Alisher Sadullaev
175K subscribers
2.41K photos
636 videos
33 files
1.7K links
Senator | Yoshlari ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
Download Telegram
Endi davlat granti 4 yilga bitta talabaga emas, balki har yili yuqori baholarga erishgan talabalar orasida qayta taqsimlanadi.


Ya’ni, grantga kirgan talaba yaxshi o’qimasa, keyingi yil kontraktga tushishi mumkin. Yoki aksincha kontraktga kirgan talaba yaxshi o’qisa, keyingi yili grantga o’tishi mumkin.

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida oliy ta’lim tizimi bo‘yicha bo‘lgan taqdimotda aytib o‘tildi. Davlatimiz rahbari bu tizimni adolatli yo‘lga qo‘yish, yoshlarga va ota-onalarga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

@alisher_sadullaev
👍736🔥11588
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Endi mahallangizga sport maydonchasini o'zingiz sovg'a qilishingiz mumkin!

🗣O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo'yicha tanlov o'tkazilmoqda.

Sport maydonchalari ovoz berish yo'li bilan g'olib bo'lgan mahallalarga qurib beriladi.


❗️Ovozlar joriy yilning 10-mayidan 1-iyunigacha tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi.

Loyihada faol ishtirok eting va mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi yutib oling!

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍25336🔥31
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand o'rganishlar davom etmoqda

⚡️Respublika komissiyasi
ishchi guruhi bilan Samarqand viloyatidagi o'rganishlarimizda Paxtachi tumanida viloyat hokimi tashabbusi bilan ochilgan Yoshlar markazi bilan tanishdik.

📚Mazkur maskanda xorijiy tillar, zamonaviy kasblar o'rganayotgan yoshlar hamda ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdik.

@alisher_sadullaev
👍304🔥4627
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎼“Yoshlar ovozi” festivalining final bosqichi boshlanish arafasida

Fevral oyida start olgan tanlovda yoshlarimiz 4 bosqichli sinovlardan o’tib, final bosqichiga yetib keldi. Qoraqalpog’iston Respublikasi tanlovning final bosqichini o’tkazishda mezbonlik qiladi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍15125🔥24
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Sen nima uchun o’qiyapsan?”

— Bu aslo oddiy savol emas!

“Qoʻrqma” filmni albatta tomosha qiling, balki bu filmdan keyin javobingiz boshqacha boʻlishi mumkin.

Film havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=PYNopQErSuQ

- Talaba do’stlaringizga ulashib qo’ying.

@alisher_sadullaev
278👍192🔥73
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar markaziga va‘da qilingan oʻzbek va jahon adabiyotiga oid eng sara kitoblar yetib bordi

Yaqin kunlar oralig‘ida Samarqand viloyatidagi yoshlar muammolarini o‘rganish chog‘imizda Paxtachi tumanidagi Yoshlar markazi uchun kitoblar sovg‘a qilishni va‘da qilgan edik. Bugun ushbu kitoblar o‘z manziliga yetib bordi. Kitoblar borganidan soʻng markazdagi kutubxonani koʻrib yuragim hayajonga toʻldi, safardan qaytgandagi charchoq va horgʻinliklar ham chiqib ketdi.

O‘ylaymanki, Paxtachilik yoshlarimizning kitobxonligi yanada ortib berilgan bu imkoniyatdan unumli foydalanishadi.


@alisher_sadullaev
👍212🔥4429
I Respublika bolalar forumi o‘tkaziladi!

Joriy yilning 19-23-may kunlari O‘zbekiston bolalar tashkilotining I Respublika bolalar forumi bo‘lib o‘tadi.

⚡️ Forum doirasida seminar-treninglar, tanlovlar, sport musobaqalari, madaniy dasturlar tashkil etiladi. Shuningdek, ishtirokchilar taniqli soha mutaxassislari bilan uchrashish, vazir va rahbarlarga o‘z tashabbus hamda g‘oyalarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

🙋 Forumda ishtirok etish istagini bildirgan 10 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ariza topshirishi mumkin:

- Ta’lim
- Imkon
- Madaniyat va san’at
- Ekologiya
- Media
- Sport
- Liderlik va jamoani shakllantirish
- IT


📝 Arizalar 15-may kuniga qadar quyidagi havola orqali qabul qilinadi: forms.gle/emxSwZvY1tL3FJVAA

Vatan, do‘stlik va baxtli bolalik uchun!

Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍186🔥2321
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Magnus Carlsen 🔥

@uzchesss
👍634🔥19464
Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlarni imzoladik

Yoshlar orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida tashkil etilgan “Mutolaa” loyihasi doirasida “Mutolaa marafoni”ni oʻtkazish respublika miqyosida “O‘zbek ziyolilari”, “Kelajak liderlari” loyihalarini birgalikda amalga oshirish, yosh ijodkorlar uchun grantlar ajratish, bolalar uchun milliy qahramonlar yaratish kabi bir qator rejalarimiz bor.

Shuningdek, davlat xizmati uchun yosh kadrlar zaxirasini tizimli ravishda tayyorlash, davlat fuqarolik xizmatida yosh istiqbolli kadrlarning ulushi ortishi, yoshlar orasida davlat xizmatchilari to‘g‘risidagi eskicha qarashlardan voz kechilishi, yoshlarning davlat xizmatidagi faolligi rag‘batlantirilishi ko‘zda tutilgan.


@alisher_sadullaev
👍28341🔥31
"IQtidorli"oromgohida
qatnashishingiz uchun TOP 5 ta sabab


Oromgohda sizni ajoyib muhit, yangi tanishuvlar, zoʻr master-klasslar, foydali darslar va koʻplab qiziqarli jarayonlar kutmoqda.

📌 Eslatib oʻtamiz,roʻyxatdan oʻtish jarayoni 1 kundan keyin yopiladi. Hoziroq murojaat qiling va jamoamizga qo'shiling.

@alisher_sadullaev
👍18335🔥35
❗️Muhim so’rovnoma!

Sun’iy intellekt sabab kasblar krizisi, ishsizlik muammosi jiddiylashayotgan davrda yashayapmiz. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, AI keyingi yillarda 20%dan ko’proq ishchi o’rinlarini egallashi mumkin.

Aynan shu mavzuga doir qanday savollaringiz bor? Izohlarda yozib qoldiring! Soha mutaxassislaridan sizni qiziqtirgan savollarga birgalikda javob olamiz!

📌 @undovpodkast
👍236🔥3628
Kecha “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlovida “Yoshlar ovozi” gazetasi jamoasi “Yoshlar hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun” nominatsiyasi g‘olibi deb topildi.

Gazeta 10 mingdan ziyod nusxada chop etilyapti. You tube (https://youtube.com/@yoshlarovozigazetasi?si=xChmqAdF11j7adCO) , instagram (Yoshlar ovozi) va telegram kanallaridagi (https://t.iss.one/yoshlarovozi) obunachilari soni tezkorlik bilan o‘sib bormoqda. Yangicha yondashuvdagi videolavha, so‘rovnoma, podkastlari You tubeda qariyb 19 million marta ko‘rilgan.

Menimcha, hozirgi matbuot zamonaviy texnologiyalardan keng foydalanishi kerak. Shunda ular axborot maydonida o‘z o‘rnini topa oladi. “Yoshlar ovozi” gazetasining kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar tilayman.

@alisher_sadullaev
👍260🔥3634
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍718🔥125123
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizlarni butun dunyo eshitib tan bersin!

🎵“Yoshlar ovozi” – Bo‘zatov Fest tanlovining 2024-yilgi g‘oliblarini taqdirlash marosimidan qaynoq video.

@alisher_sadullaev
👍295🔥6351
⚡️Hozirgina Javohir Sindarov rossiyalik top shaxmatchi Vladimir Fedoseev ustidan g'alaba qozondi, endi navbat Shamsiddin Vohidovga. Shamsiddin g'alabaga yaqin, o'yin yonayapti!

Jonli efirda Shamsiddinni qo'llab-quvvatlaymiz: 👉https://www.youtube.com/live/4O2F9pWBgGk?si=5M3VJLfbthMhfJdr
👍604🔥9977
⚡️Kitob o‘qing va 100 million so'm egasiga aylaning!

“Yosh kitobxon oila” tanloviga ro’yxatdan o’tish uchun atigi 10 kun qoldi.

📝Hoziroq @kitobxonoila_bot orqali ro‘yxatdan o‘ting.

@alisher_sadullaev
🔥161👍10032
⚡️Shamsiddin Vohidov juda kuchli formada, ayni vaqtda juda qizg'in bahsda amerikalik raqibi ustidan g'alaba qozonishga juda yaqin. Shu jumladan, Muhiddin Madaminov ham grosmeysterlik unvoniga katta qadam tashladi.

👇Hamyurtimizni jonli efirda qo'llab-quvvatlang: https://www.youtube.com/live/oNjhEz6xPhg?si=KKyp_lpuPS1Aw2ZB

@alisher_sadullaev
👍324🔥5030
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Biz, albatta, qaytamiz!”

Dunyoning turli nuqtalarida yurtdoshlarimiz, talaba-yoshlarimiz tahsil olib, mehnat qilishmoqda. Xizmat safari bilan xorijga chiqqanimizda har doim ular bilan uchrashishga, ochiq muloqotlar qilishga hamda takliflarini eshitishga harakat qilamiz.

Ana shunday tirishqoq, doimiy izlanuvchan yigit-qizlarimiz haqida “Global ko‘prik” nomli ilmiy-ommabop hujjatli film ishlandi. Mazkur loyihaning ilk soni Germaniyadagi yigit-qizlarimiz haqida boʻlib, 22-may kuni Yoshlar ijod saroyida premyerasi boʻlib oʻtadi.


@alisher_sadullaev
👍231🔥5729
⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️

Shamsiddin Vohidov juda kuchli formada, ayni vaqtda juda qizg'in bahsda BAAning birinchi raqamli grosmeysteri ustidan g'alaba qozonish va nufuzli turnir g'olibi bo'lishga juda yaqin. Shu jumladan, Muhiddin Madaminov ham grosmeysterlik unvonini qo'lga kiritishga juda yaqin.

👇Hamyurtlarimizni jonli efirda qo'llab-quvvatlang: https://www.youtube.com/live/vdhh32wJ-4g?si=x2NhB9sDsnS-wB7H

@alisher_sadullaev
🔥170👍10921
⚡️Shamsiddin Vohidov turnirda peshqadamlar bilan 1-va 4-oʻrinni boʻlishdi performans boʻyicha esa u birinchi. Shamsiddin butun turnir davomida 2860 performans natija koʻrsatdi va reytingiga qimmatli 32,7 ball qoʻshdi.

U Arjun Erigaisi, Yu Yangyi, Parham Maghsoodloo kabi kuchli shaxmatchilarni ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.


✊🏼Shamsiddinni bunday ajoyib natija bilan tabriklaymiz, barakalla!

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍442🔥7745