Alisher Sadullaev
172K subscribers
2.41K photos
635 videos
33 files
1.7K links
Senator | Yoshlari ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi
Download Telegram
Live stream scheduled for
⚡️ Bugun eng zo’r, asosiysi mutlaqo bepul bo’lgan chet tillari bo’yicha oromgohga qanday kelish mumkinligi haqida gaplashamiz! “Ibrat camp” qaytmoqda.

Soat 20:00da barchani ushbu havola orqali ishtirok etishlarini so’raymiz: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream!

@alisher_sadullaev
👍573🔥4836🤩31🎉28👏25😱17😢16
Live stream started
Chet tillari bo’yicha bilimdon yoshlar uchun ajoyib imkoniyat yaratildi! Mutlaqo bepul “Ibrat” tillar oromgohida qanday ishtirok etish mumkinligi haqida suhbatlashamiz. Suhbatda ishtirok etish: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

Savollaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin.
👍387👏36🤩30🔥27😢2718🎉10😱8
Ibratcamp
Alisher Sadullaev
#ovozlisuhbat

Iqtidorli yoshlar uchun ajoyib imkoniyat va mutlaqo bepul bo'lgan “Ibrat” tillar oromgohi yuzasidan o'tkazgan ovozli suhbatimizning yozib olingan shakli taqdim etilmoqda.

Mazkur oromgoh yuzasidan qoʻshimcha savollaringiz bo'lsa, izohlarda qoldiring.

@alisher_sadullaev
👍196👏2019🔥18🎉10😢9
Siz kanalimizni qaysi hududdan kuzatib borasiz? (Davomi yuqorida)
Anonymous Poll
16%
Surxondaryo viloyati
18%
Toshkent viloyati
29%
Toshkent shahri
22%
Xorazm viloyati
15%
Oʻzbekistondan tashqarida
👍53561👏48😢46😱39🔥35🎉30🤩29
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshligimizda bolalar adabiyotining oltin vakillari — Xudoyberdi To‘xtaboyev, Anvar Obidjon kabi adiblarimizning asarlarini maroq bilan o‘qiganmiz. Hozir-chi? Bolalar adabiyotida yozuvchilar va ijod mahsullari orasida kichik bir jarlik paydo bo‘lgandek, nazarimda.

Kitobga farzandlarimizni yoshligidan qiziqtirishimiz kerak, kitob o‘qitishimiz kerak. Buning uchun sifatli asarlar va kitoblar zarur. Inson non va suv bilan qorin to‘qlashi mumkin, biroq eng yaxshi ma’naviy ozuqani esa faqatgina kitob orqali berish mumkin.

Bolalar va yoshlar adabiyoti yozuvchilari asarlari orqali bolalarimizni tarbiyasida hissa qo‘shadi, ular eng katta boylik — bilim olishdagi asosiy mezondir. Shu sababli Yoshlar ishlari agentligi «Bolalar va yoshlar uchun eng yaxshi kitob» tanlovini taqdim etadi.

Tez kunda taqdirlash marosimi!

@alisher_sadullaev
👍340👏34🔥2317🤩15🎉11😢10😱4
Prezident Farg‘ona viloyati Furqat tumanidagi “Usta Yusufjon naqqosh” oilaviy korxonasida bo‘ldi

Korxona rahbari O‘zbekiston xalq ustasi Muhammadali Yunusov milliy yog‘och o‘ymakorligi maktabining munosib davomchisi. Uning ishlari yurtimizdagi ko‘plab maqbara va yangi majmualarga ko‘rk bag‘ishlagan.

Davlatimiz rahbari mazkur oilaviy korxona yonida maktab tashkil etish, unda hunarlar bilan birga matematika, geometriya, fizika, kimyo kabi fanlarni ham chuqurlashtirib o‘qitish muhimligini ta’kidladi. Toshkent, Samarqand, Xiva va Buxoroda ham shu kabi yog‘och o‘ymakorligi markazlari tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi.

@alisher_sadullaev
👍411👏2619🔥19🎉13🤩13😢12😱8
⚡️«Wiki-stipendiya» marafonini e'lon qilamiz!

Bugungi kunda dunyodagi eng yirik ma'lumotlar bazasi — Wikipedia ochiq internet ensiklopediyasiga maqolalarning 63 foizi ingliz tili, 6,9 foizi rus tili, 4 foizi turk tili va boshqa tillarda kiritilgan. Afsuski, o'zbek tilidagi maqolalar 0,1 foizdan ham kam ko’rsatkichni tashkil qiladi.

Shu sabab Yoshlar ishlari agentligi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Wiki-stipendiya» marafonini e'lon qiladi. Bundan asosiy maqsadimiz internet tarmog'ida o'zbek tilidagi foydali ma'lumotlarni ko'paytirishdan iboratdir.

G'oliblar: 1-o'rin 50 mln so'm, 2-o'rin 40 mln so'm, 3-o'rin 30 mln so'm pul mukofotlari bilan, bundan tashqari, eng faol beshtalikning har biri 20 mln so'm, eng faol o'ntalikning har biri esa 10 mln so'mlik bir martalik stipendiya bilan taqdirlanadi.

Marafon shu yilning 20-mayidan 20-dekabriga qadar o'tkaziladi. Marafonda ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_bot Telegram boti orqali ro'yxatdan o'ting.

@alisher_sadullaev
👍43631🔥30🤩22🎉16👏15😢10😱7
⚡️@bilimtestbot’da 6-tur savollarini ishlang!

«Bilim uchun 100 million» loyihasining navbatdagi 6-turi @bilimtestbot’da e’lon qilingan boʻlib, uni hafta davomida oʻzingizga qulay soatda kirib ishlashingiz mumkin.

Shuningdek, hali roʻyxatdan oʻtmaganlar yoki avvalgi tur savollarini ishlashga ulgurmaganlar boʻlsa, hozir ham @bilimtestbot’da roʻyxatdan oʻtib, olimpiadada ishtirok etishni ayni vaqtda mavjud turdan ham boshlash mumkin!

Eslatma:
6-tur savollari taqdim etilishi uchun @bilimtestbot Telegram botida «Test ishlash» tugmasini bosish va test ishlashni boshlash mumkin. Bilimlaringizni va mantiqni ishga solib, albatta, ishtirok eting!

@alisher_sadullaev
👍20516🔥12👏12🤩11🎉8😱7
Live stream scheduled for
Bugun, 13-may kuni soat 20:00 da «Wiki-stipendiya» marafoni yuzasidan ovozli muloqot oʻtkazamiz. Loyiha yuzasidan oʻzingizni qiziqtirgan savollarni izohlarda qoldiring.

Ovozli suhbatda ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
👍291🤩20🔥18👏18😱1514🎉11
Live stream started
«Wiki-stipendiya» marafoni yuzasidan ovozli muloqotimiz boshlandi. Ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
👍213😢23🎉1915🤩11🔥10👏10😱9
Live stream finished (1 hour)
Wiki-stipendiya
Alisher Sadullaev
«Wiki-stipendiya» marafoni yuzasidan o‘tkazgan ovozli suhbatimizning yozib olingan shakli e’lon qilinmoqda. Suhbatda loyiha yuzasidan ko‘pgina ma’lumotlar va savollarga javoblar aytib o‘tildi.

Eslatib o‘tamiz, «Wiki-stipendiya» marafoni joriy yilning 20-mayidan 20-dekabriga qadar o‘tkaziladi. Marafonda ishtirok etish uchun @Wikistipendiya_bot Telegram boti orqali ro‘yxatdan o‘tish lozim.

@alisher_sadullaev
👍243🔥2119🎉12😱8👏7😢7🤩7
⚡️«Yosh kitobxon»ni YouTube’da tomosha qiling!

«Yosh kitobxon» tanloviga yoshlarimizning qiziqishi kun sayin tobora ortib bormoqda.
Albatta, bu bizni juda quvontiradi. Ushbu tanlovining 2022-yilgi mavsumi respublika bosqichi YouTube tarmog‘idagi kanalimizga to‘liq joylandi. Quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin.

«Yosh kitobxon» 2022-yilgi mavsum. 10-14 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart

«Yosh kitobxon» 2022-yilgi mavsum. 15-19 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart

«Yosh kitobxon» 2022-yilgi mavsum. 20-30 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart

Shu o‘rinda tanlovning keyingi mavsumida ishtirok etishni istagan yoshlarga yuqoridagi havolalar orqali avvalgi mavsumning finalidagi yoshlarning chiqishlarini ko‘rishni tavsiya qilaman. Bu sizning ishtirokingiz uchun foydali bo‘ladi, albatta. Tez orada kanalimiz orqali kitoblar ro‘yxatini ham e’lon qilamiz.

@alisher_sadullaev
👍376🎉3022👏22😱13😢12🤩12🔥10