Alisher Sadullaev
171K subscribers
2.3K photos
611 videos
31 files
1.62K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
Download Telegram
O'zbekistonlik shaxmatchilar Ukrainaga qarshi:

1. Nodirbek Abdusattorov 99% aniqlik
2. Nodirbek Yoqubboyev 98% aniqlik
3. Javohir Sindarov 99.5%
aniqlik
4. Shamsiddin Vohidov 99%
aniqlik

O'yinlar juda sifatli. G'alabalar kutib qolamiz.

Jonli efir: https://www.youtube.com/live/bkdQhz2ALF8?si=tKmfHXlQ9fb1qVeJ
O’zbekiston Ukraina va Gretsiyani mag’lub etdi

⚡️Yigitlarimiz bugun Ukraina terma jamoasini 3:1 hisobida, ayollar terma jamoamiz esa Gretsiyani 2,5 : 1,5 hisobida mag’lub etdi

👏Barakalla, biz sizlarga ishonamiz, kelgusi turlarda ham omad tilaymiz!

@alisher_sadullaev
Assalomu alaykum, hurmatli talabalar.

Tez orada oliy ta'lim maskanlarida talabalar bilan uchrashuvlarimiz boshlanadi.

Talabalar uchun qanday yangi loyihalar va fikrlaringiz bor?
⚡️Bugun shaxmatchilarimiz uchun juda muhim kun!

Yigitlarimiz Serbiya, qizlarimiz esa AQSh terma jamoasiga qarshi dona surishadi.

Hamyurtlarimizni jonli efirda qo'llav-quvvatlang: https://www.youtube.com/live/vZVXGEa-9wM?si=JG8ZrWH5UWA1h6Mm

@uzchesss
⚡️Shaxmat olimpiadasi hal qiluvchi pallada!

O'zbekiston uchun olimpiada yo yakunlanishi yoki g'alaba qozonishimiz mumkin.

Eng hayajonli vaziyat. Oxirgi umid.

👉https://www.youtube.com/live/vZVXGEa-9wM?si=90JbFyrYq5LzLOKo
Albatta, eshiting 🇺🇿
Demak, bugun butunjahon shaxmat olimpiadasi hal qiluvchi pallaga yetib keldi. Turnir peshqadamlari Hindiston O'zbekiston terma jamoasiga qarshi dona suradi. Hammani qiynayotgan savol "kim g'olib bo'ladi?"
Anonymous Poll
85%
Albatta, O'zbekiston
7%
Afsuski, Hindiston
8%
Jangovor durang
⚡️Chempionlik taqdiri bugun hal bo'ladi

Shaxmatchilarimizga qanday fikrlar bilan motivatsiya bergan bo'lardingiz?

Eng sara fikrlarni jonli efirda o'qib eshittiramiz. Shaxmatchilarga ham yetkazamiz.

Siz ham jonli efirda hamyurtlarimizni qo'llab-quvvatlang:

👉https://www.youtube.com/live/B0z4UU19TeA?si=UruXigy5qAyF1yi3
Bugungi Hindiston bilan o'yindan keyingi fikrlar.
Natija qanday bo'ldi?
Anonymous Poll
26%
Mag'lubiyatga teng durang
74%
G'alaba teng durang
Bugun yigitlarimiz xitoylik shaxmatchilarga qarshi dona surishadi. Xitoy terma jamoasi juda tajribali va intizomli jamoa, lekin ular ham hindistonlik shaxmatchilarga imkoniyatni boy berishdi. Ayniqsa, birinchi doskada o'ynagan Wei Yeining Gukesh Dommarajuga mag'lub bo'lgani umuman ortiqcha bo'ldi.

Bugun ham bizga oson bo'lmaydi. Yigitlar uchun katta sinov, faqat g'alaba kerak bizga. Shubhasiz, Xitoy bilan g'alabaga o'ynashning o'zi katta bosim, ammo boshqa imkoniyatimiz yo'q. Faqat g'alaba bizni qoniqtiradi.

Shu o'rinda shaxmat muxlislarining, yigitlarimizga, qizlarimizga ishongan har bir o'zbekistonlikning mehri va sabrini e'tirof etmaslikning ilojisi yo'q. Bir muncha vaqt oldin, "o'zbek shaxmatida jonli efirning ko'rishlar soni 200 mingdan oshadi desa" hatto tasavvur ham qila olmasdim. Lekin kecha muxlislar bu natijani ro'yobga chiqarishdi. Bu o'zbek shaxmat uchun katta voqeilik. Shaxmatni xalqimiz, ayniqsa yoshlarimiz o'rtasida ommalashayotganing isboti. Bu yo'lda mehnat qilayotgan OAV vakillari, ayniqsa joylardagi mahalla yetakchilari mehnatini aytib o'tmasam bo'lmasdi.

Bu jabhada mehnat qilayotgan @uzchesss jamoasining mehnatlarini alohida ta'kidlab o'tishim zarur. Jamoa a'zolari kechayu-kunduz shaxmat ixlosmandlari uchun kontent yaratishdan to'xtaganlari yo'q, ayniqsa Bobur Sattorov hamda Baxtiyor Jumayevlar shaxmat strimerlari uchun ustoz, kuzatuvchilar uchun haqiqiy shaxmat kumirlariga, jonkuyarlariga aylanib ulgurishdi. Loyiha rahbari Ulug'bek Ismatov o'z atrofiga to'plagan yosh va iqtidorli jamoa global chaqiriqlarga ham tayyor. Ularning kelajakdagi faoliyatlariga ham omadlar tilab qolaman.

Bugun ham shaxmatchi yigit qizlarimizni chin qalbdan qo'llab-quvvatlashingizga ishonib qolaman @uzchesss
⚡️Vengriya poytaxti Budapeshtda davom etayotgan 45-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etayotgan yurtdoshlarimizni qo’llab quvvatlash maqsadida “Turonbank” ATB hodimlari, “Turonbank stipendiyasi” sovrindorlari hamda bir guruh iqtidorli yoshlar masofaviy tarzda qo’llab quvvatlash maqsadida “Fan zona” tashkil etishdi.

Hududlarda shaxmatchilarimizni shunday masofaviy tarzda qo’llab-quvvatlayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz!

O’zbekiston terma jamoalarimizga omad tilaymiz. Biz sizlarga ishonamiz !

@alisher_sadullaev
Xitoy bilan o'yindan keyingi fikrlar.
⚡️Ha, Fransiya bilan o'yinda ham yigitlarimiz qahramonlik ko'rsatishga yaqin. Yana Shamsiddin katta maydonga chiqib kelmoqda.

Qizlarimiz o'zbek shaxmat tarixida kuchli TOP 10 mamlakatlar safiga kirishi mumkin.

👉https://www.youtube.com/live/HG2-ekrRYt8?si=LAvtelkxvFoBW0DV
⚡️O'zbekiston butunjahon shaxmat olimpiadasida rasman kumush medal olishga juda yaqin.

⚡️Qizlarimiz esa 7-12-o'rinni raqiblar bilan bo'lishgan holda. O'zbek ayollari shaxmatida ham tarix yozishmoqda.

@uzchesss
⚡️Rasmiy natijalarni kutamiz.
Hali o'yinlar davom etmoqda. Shu sababli so'nggi natijalar hali chiqmadi.
Chess Olympiad 2024, Budapesht.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib yangilik!

Bilganingizni ulashing va bepul sayohatga ega bo‘ling!
🇦🇿

Yoshlar ishlari agentligining WikiStipendiya loyihasi hamda Yurturofficial.uz sizni Ozarbayjonga bir haftalik bepul sayohat bilan taqdirlaydi! Buning uchun faqatgina O‘zbekcha Vikipediyaga O‘zbekiston haqida ma’lumot joylasangiz kifoya.

WikiNations oyligi 25-sentyabrdan 25-oktyabrgacha davom etadi. Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

Sayohatga chiqish uchun bu yerda ro‘yxatdan o‘ting: @WikiNations_bot 🛫

Keling, tilimiz va madaniyatimizni birgalikda rivojlantiraylik!

#bilganingni_ulash
#tilimiz_uchun

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sport vazirligi
Ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar diqqatiga!

Joriy yilning 24-sentabr kuni soat 12:30 da 45-Butunjahon shaxmat
olimpiadasi
o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston delegatsiyasi Toshkent xalqaro aeroportida (“Terminal 2”) tantanali tarzda kutib olinadi.

Kutib olish tadbirida ishtirok etmoqchi bo'lganlar ro'yxatdan o'tish uchun o'zlari haqidagi tegishli ma'lumotlarni 24-sentabr soat 10-00 ga qadar Sport vazirligi Axborot xizmatiga yuborishlari so'raladi.

Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Президент Шавкат Мирзиёевнинг шахмат бўйича Ўзбекистон терма жамоаси аъзоларига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева членам сборной команды Узбекистана по шахматам

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X