Alisher Sadullaev
183K subscribers
2.28K photos
608 videos
31 files
1.6K links
“Bu dunyo kurash maydonidir. Sog‘lom tan, o‘tkir aql va yaxshi axloq bu maydon qurolidir”.

Abdurauf Fitrat (1886–1938)
Download Telegram
⚡️Intellektual salohiyatli yoshlar diqqatiga!

"UzChess"
loyihasining "UzChess Camp - shaxmat oromgohi" qabuliga start berildi.

Oromgohda qatnashish uchun talablar:

Talabgorlar klassik shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston, Osiyo, G‘arbiy Osiyo, Jahon chempionati va boshqa xalqaro turnirlar sovrindori;

O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xususiy shaxmat klublaridagi iqtidorli shaxmatchilar (5 nafardan*).

Xalqaro shaxmat akademiyasidan iqtidorli shaxmatchilar (5 nafardan*).

*Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi xususiy shaxmat klubidan ishtirok etuvchi shaxmatchilarga bir nafar murabbiy hamrohlik qilishi talab etiladi.

Loyihada 30 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar ishtirok etishlari mumkin.

Oromgoh joriy yilning 21-27-avgust kunlari o'tkaziladi.

📍 Manzil: 🏕Yoshlar oromgohi

Batafsil: UzChess

Ishtirok etish istagidagilar bog‘lanishi uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hukumat qarori bilan davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda talabalarga navbatni onlayn kuzatish va to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratiladi.

2023/2024 o‘quv yilida 1-kurs talabalari uchun davlat OTM talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va my.gov.uz orqali bepul elektron ariza berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Arizalar 20-avgustdan qabul qilinadi.

2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda yotoqxonaga joylashish uchun ariza OTM talabalar turar joylariga joylashtirish komissiyasiga 25-avgustgacha topshiriladi.

2024/2025 o‘quv yilidan barcha kurs talabalari uchun davlat OTM yotoqxonasiga joylashish onlayn amalga oshiriladi.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aziz yoshlar!

Mahalla yoshlari o‘rtasida o’tkaziladigan “5 tashabbus olimpiadasi”ning 2-mavsumida ishtirok etishga tayyormisiz?!

Galdagi mavsum joriy yilning sentabr-dekabr oylarida bo’lib o’tadi.

Arizalar qabuli 11-avgustdan boshlandi. 5tashabbus.uz sayti orqali hoziroq ro‘yxatdan o‘ting va iqtidoringizni sinovdan o’tkazing!

@alisher_sadullaev
⚡️Shaxmatchilarimiz Abdisalimov Abdimalik GROSSMEYSTER, Omonova Umida esa AYOLLAR O'RTASIDA XALQARO SPORT USTASI unvonlariga ega bo’lishdi. Shu bilan grosmeysterlarimiz soni yana bittaga ko’paydi. Tez orada yanada ko’proq iqtidorlar kashf etilishiga umid qilamiz.

@alisher_sadullaev
⚡️Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti boshlandi.

Muloqotning jonli translyatsiyasini “O‘zbekiston 24” telekanalida va Prezident matbuot xizmatining Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida va YouTubedagi kanalida tomosha qiling.

@alisher_sadullaev
Tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda Prezident yoshlarga motivatsiya berdi.

“Tadbirkorlik juda og‘ir. Ular bilan gaplashsangiz, eksport qilish, bozor topish azob deydi. Ular ko‘p o‘z ustida ishlaydi. Dunyoni kezib, o‘rganib keladi. Ularga ta’zim qilib, rahmat deyman.

Siz tadbirkorlarga havas qilib, har kuni o‘z ustingizda ishlang. Motivatsiya faqat bilim. Izlanishdan, o‘zingizni qiynashdan charchamang. Shunda Prezident sizni har doim qo‘llab-quvvatlaydi.”

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumani "Koʻklam" mahallasida yashovchi ukamiz Qurbonov Sardor "Yoshlar daftari" tizimi orqali roʻyxatdan oʻtkazilib, 28 million soʻm mablag’ olib, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatib kelmoqda. Sardor hozirda ustaxonasida nafaqat o’zi balki oilasini ham bandligini ta’minlagan.

Biz esa yoshlarga “Yoshlar daftari” orqali yordam berishda davom etamiz.

@alisher_sadullaev
Davlat OTMlarining talabalar turar joyiga onlayn joylashish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi

2023/2024-oʻquv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalimy.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmatdan 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingandan soʻng foydalanish mumkin boʻladi. Boisi, platformada 1-bosqich talabalari haqidagi ma’lumotlar 2023-yil qabul parametrlariga muvofiq mandat natijalari asosida yangilanadi.

@alisher_sadullaev
⚡️“Ibrat Academy” bilan til o’rganayotganlar soni 107 mingdan oshdi

Yaqindagina yoshlarimizning til o’rganishini yanada qulaylashtirish uchun “Ibrat Academy” mobil ilovasini taqdim etgandik. Qisqa muddat ichida ilovadan til o’rganayotganlar soni qariyb 107525 tani tashkil etmoqda. Til kurslariga yozilganlar esa 204 mingdan ortdi. Bu degani har bir foydalanuvchi ilovadan kamida ikkita til o’rganayotganini anglatadi.

Yana bir quvonarli jihati “Ibrat Academy” O’zbekiston internet segmentida ta’lim bo’yicha eng ko’p yuklab olingan ilovaga aylandi va bu borada Duolingo’ni ham ortda qoldirdi!

Ilova taqdimotini ko'rish

Ilovani yuklab olish: Android | iOS

@alisher_sadullaev
⚡️Mandat chiqdi

2023-2024-o‘quv yili
uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

@alisher_sadullaev
Apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari my.uzbmb.uz sayti orqali (abituriyentning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinmoqda va 31-avgustga qadar (10 kun) davom etadi.

Abituriyent apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan abituriyentga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.

Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2023-yil 24-avgustdan boshlanadi.

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1-kurs talabalari diqqatiga: yotoqxonaga joylashish uchun DXM yoki my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin

Hukumat qarori bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlangan.

Shunga koʻra, yangi joriy qilingan davlat xizmati bu yil davlat OTMga o‘qishga kirgan talabalarga Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali bepul elektron tarzda ariza yuborgan holda yotoqxonaga joylashish imkonini beradi. Arizalar 23 avgustdan qabul qilinadi.

Talabalar yotoqxonasiga joylashish uchun taqdim etilgan yo‘llanma 10 kunga amal qiladi. Shuningdek, ayrim toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, 2-kurs va undan yuqori kurs talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish an’anaviy tarzda amalga oshiriladi.

@alisher_sadullaev
⚡️Respublikamizdagi ayrim maktablar bitiruvchilarining barchasi oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘ldi

Xususan:

1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qorao‘zak tumani ixtisoslashtirilgan maktabi;

2. Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi;

3. Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi;

4. Qorako‘l tumani ixtisoslashtirilgan maktab internati;

5. Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatining bitiruvchilari 100 foizlik natijani qayd etgan holda, barchasi OTMga o‘qishga qabul qilingan.

@alisher_sadullaev
Bu yilgi kirish imtihonlaridan 754 ming 579 abituriyent o‘ta olmadi.

Jami abituriyentlar soni 948 ming 486 edi, shundan 42 ming 655 nafari davlat granti asosida, 150 ming 766 nafari esa kontrakt asosida o’qishga qabul qilinishi belgilangan edi (jami 193 ming 421 nafar).

Eslatma: o’qishga
kira olmagan bo’lsangiz, bundan tragediya yasamang. Oldinda Sizda yana ko’p imkoniyatlar bo’ladi, lekin shu davrda bilim olishdan, chet tillarini o’rganishdan va kasb-hunar egallashdan aslo to’xtamang.

Hozircha jamoamiz bilan Sizlarga chet tillarini bepul o’rganish imkoniyatini taqdim qilayapmiz, tez orada kasb-hunarlar va fanlar bo’yicha ham Sizga ko’mak beradigan loyihani ham taqdim etamiz!

Vaqt g’animat, imkon borida yoshlik davringizda otni qamchilab, bilim egallang do’stlar, yanagi yil kuchliroq bo’lib qayting!

@alisher_sadullaev
🆕 My.gov.uz portalida yoshlar uchun yana bir qulaylik yaratildi

❗️Endilikda, xalqaro imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha xabarnoma olgan yoshlar yoki ularning ota-onalari bank kassalariga borib navbat kutishiga aslo hojat yo‘q.

💻Ular uchun my.gov.uz portalida yangi qulaylik yaratildi.

📱Shaxsiy kabinetga xalqaro imtihon xarajatlarini qoplab berish bo‘yicha xabarnoma yoki SMS kelgach:
“davlat xizmatini davom ettirish” tugmasi bosiladi;
bank plastik karta raqami kiritiladi;
“yuborish” tugmasi bosiladi.

📆 Talabgorga pul mablag‘i 1 bank kuni davomida (soat 9-00 dan 17-00 ga qadar) o‘tkazib beriladi.

👩‍💻Ma’lumot o‘rnida: 2021-yil 1-maydan 5 turdagi, 2022-yil 1-yanvardan 13 turdagi (jami 18 turdagi) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilmoqda.

🔵Bugunga qadar mazkur tizim orqali 18 000 dan ortiq yoshning imtihon xarajatlari qoplab berildi.

@alisher_sadullaev
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bo'lajak chempionlar o'z vaqtida xordiq olishlari va eng yaxshi ustozlardan saboq olishlari butun dunyo darajasida muhim bo'lib kelgan.

Bu safar biz ham yangicha yondashuvda, Jahon va Osiyoda g'olib bo'lgan 200 nafar shaxmatchilarimizni ilk marotaba Yoshlar oromgohida birlashtirdik.

Ayni kunlarda, butun boshli oromgoh shaxmatchilar bilan to'la. Ular uchun eng malakali mutaxassislarimiz o'quv-mashg'ulotlar, turnirlar, master-klasslar o'tkazish uchun jalb etilgan. Bundan tashqari madaniy va sport musobaqalari ham tashkil etilmoqda.

O'ylaymanki, mamlakatimizdagi barcha yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash uchun bunday oromgohlarni tez-tez tashkil qilib turishimiz kerak.

#oltinavlodlarimiz

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Bugun Davlat xavfsizlik xizmati kubogi finali.

Bu yil 250 mingdan ortiq yoshlarni qamrab olgan mazkur turnirning finalchilari:

▶️ Futbol bo’yicha (yigitlar)

Navbahor (Toshkent viloyati) — Turon (Jizzax)

▶️Mini-futbol bo’yicha (yigitlar)

Qamashi (Qashqadaryo) — Yangi Hayot (Toshkent viloyati)

▶️Mini-futbol (qizlar)

Nafis (Samarqand) — To’maris (Xorazm)

Finalni tomosha qilish uchun bugun “Jar” stadioniga 18:00 da kelishingiz mumkin!

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni

«Kelajak bunyodkori» medali bilan

Davronova Nodira Husan qizi
- Yangiyer shahridagi “Shodiyona” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Sirdaryo viloyati

«Jasorat» medali bilan

Yusifboyev Muxammad Tangir o‘g‘li
- Quyi Chirchiq tumanidagi “Madaniyat” mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Toshkent viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Berdiyeva Oysanam Qodirjon qizi -
Qo’qon shahridagi "Sobir Abdulla" mahalla fuqarolar yig‘inidagi yoshlar yetakchisi, Farg'ona viloyati

Bizning sahifalarimiz:
🕊@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📺YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM