Alisher Sadullaev
175K subscribers
2.41K photos
636 videos
33 files
1.7K links
Senator | Yoshlari ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
Download Telegram
#repost #kumushqish

Kumush qish o’z ziynati, qalin qor bilan keldi. Bunday ob-havo zavq ulashishi bilan, ko’pchiligimiz uchun ma’lum qiyinchiliklarni ham yuzaga keltirdi. Sovuqdan saqlanish, yo’llarda ehtiyot bo’lish va umuman juda ko’plab maslahat hamda ehtiyot choralari internet tarmoqlarida aylandi. Biz ham jamoamiz bilan obodonlashtirish tizimidagi hamkasblarimizga yordam berish maqsadida hech bo’lmaganda o’z ishxonamiz atrofidagi qorni kurab, piyodalar uchun qulay yo’l ochib, qor bosib qolgan daraxtlarni tozaladik. Umid qilamizki, ushbu tashabbus tizimdagi hamkasblarimiz va internet faollari tomonidan ham qo’llab-quvvatlanadi.

@alisher_sadullaev
👍947👏9845🤩45🔥20😱18😢18🎉14
⚡️Bugundan boshlab, siz azizlarga turk tili hamda nemis tili bo'yicha bepul video darsliklar taqdim qilib boramiz.

Turk tili: https://youtu.be/CkwEedkE4Zo
Nemis tili: https://youtu.be/oGY1i_fWQMY

Ushbu tillarni o'rganmoqchi bo'lgan barcha yaqinlaringizga xabarimizni ulashing. Ilm tarqalishi yo'lida o'z hissangizni qo'shing 😊

📌 @ibratfarzandlari
👍52438👏18🎉12🔥10😢10🤩9😱6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yarim soat ichida jamoamiz bilan ishxonamiz oldidan o’tuvchi piyodalar yo’llari va daraxtlarni qordan tozaladik. Ertaga sovuqda yo’llar muzlamasa, daraxtlar sinmasa va yurish oson bo’lsa, biz xursandmiz 😉

@alisher_sadullaev
👍1.61K👏17697🔥55😢26😱22🤩20🎉13
Dunyoning eng zo’r universitetlaridan biri Stanfordga o’qishga kirish osonmi?

⚡️Navbatdagi mehmonimiz Stanford Huquq Maktabi magistranti, "Datatruck" startap loyihasi asoschilaridan biri bo'lgan Asror Arabjanov bo'ladi.

Havola: https://youtu.be/iyfw48D8xkA
👍239🔥4120🎉8😢7🤩4😱1
⚡️Doʻstlar, bugun sizlar bilan juda yaxshi yangilikni boʻlishmoqchiman. Kecha BMB Trade Group kompaniyasi ikki iqtidorli shaxmatchilarimiz — Umida Omonova hamda Humoyun Begmuratov bilan homiylik shartnomasini imzoladi. Endilikda ushbu shaxmatchilarimiz kompaniyaning brend yuzlariga aylanishadi. Kompaniyaning Kuzatuv kengashi raisi Bekzod Mamatqulovga ijobiy tashabbus uchun minnatdorchilik bildiramiz. Umid qilamizki, yosh shaxmatchilarimizni qoʻllab-quvvatlaydigan homiylarimizning safi yanada ortadi.

@alisher_sadullaev
👍723👏6039🔥27🎉18🤩12😢6😱1
⚡️Xorazmda koʻzni quvnatadigan, zamonaviy “Yoshlar kutubxonasi” ochildi!

100 ming
kitob fondiga ega boʻlgan kutubxonada 7 000 xildagi darsliklar, ilmiy va badiiy adabiyotlar jamlangan. Kutubxonaga Oʻzbekiston Milliy kutubxonasining elektron bazasi ham ulangan.

Urganch markazida joylashgan ziyo maskani bir vaqtning oʻzida 200 dan ortiq kitobxonni oʻz bagʻriga sigʻdira oladi. Kutubxona bepul Wi-Fi tarmogʻi, eng zamonaviy texnik vositalar bilan jihozlangan. Oʻquvchilar kitoblarni uylariga olib ketib oʻqish imkoniyatiga ham egalar.

Shunday shinam ziyo maskanining ochilishida tashabbuskor boʻlgan yosh tadbirkor Quvondiq Abdullayevga minnaddorchilik bildiramiz.

@alisher_sadullaev
👍954141👏60🤩54🔥21🎉18😱12😢7
Nodirbek Аbdusattorov hamda Javohir Sindarov 13-29-yanvar kunlari Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahrida 85-marotaba tashkil etilayotgan "Tata Steel-2023" turnirida qatnashadi.

Abdusattorov ishtirok etayotgan "Masters" guruhida Magnus Karlsen, Ding Liren, Fabio Karauna, Uesli So, Gukesh va boshqa ko'plab kuchli shaxmatchilardan tashkil topgan 14 nafar ishtirokchi gʼoliblik uchun kurashadi. Sindarov esa, "Chellenjer" guruhida dona suradi. "Tata Steel-2023" turniri "Yoshlar" telekanalida bugun 18:00 dan boshlab jonli efirga uzatiladi.

Omad, yigitlar!

@alisher_sadullaev
👍582🔥6426👏25🤩7😱6🎉3😢2