⚡️Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasi qurilishini boshlab berdi
9-noyabr kuni Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi qurilishiga tamal toshi qo‘yildi. Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.
“Olimpiya shaharchasi xalqimizning yuksak bunyodkorlik salohiyati va o‘zbek sportining olamshumul yutuqlari ramziga aylanishiga ishonaman. Bu maskan me’moriy jihatdan mukammal, energiya tejamkor va eng ilg‘or innovatsion yechimlarni mujassam qilgan zamonaviy majmua bo‘ladi”, dedi davlatimiz rahbari.
@alisher_sadullaev

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#repost #ulashing
⚡️Yoshlar ishlari agentligi Mohirdev.uz onlayn ta’lim platformasi bilan hamkorlikda IT sohasida bepul ta’lim olish va mukofot jamg‘armasi 200 million so‘mlik “MohirFest 2022“ga start bermoqda.
Festival davomida bepul onlayn ta’lim olish, shuningdek, eng yaxshi bitiruvchilar qatorida xakatonda ishtirok etish, final bosqichda esa yaxshigina mukofot g‘olibi bo‘lish mumkin. Festival 12-noyabrda boshlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish uchun: mohirdev.uz/mohirfest

⚡️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 10-dekabrga qadar uzaytirildi
2022/2023-oʻquv yilida oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari, magistratura mutaxassisliklariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda oʻqishini koʻchirayotgan va tiklayotgan talabalar uchun belgilangan kontrakt toʻlovlarini toʻlashning soʻnggi muddati joriy yilning 10-dekabriga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.
Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, xorijiy (filiallar) va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlaridan oʻqishini koʻchiriyotgan talabalar uchun bir yillik oʻqitish qiymatining 50 foizini toʻlash va talabalar safiga qabul qilishning soʻnggi muddati ham 10-dekabr (shu kuni ham) etib belgilandi.

⚡️@bilimtestbot’da so‘nggi tur savollarini ishlang!
“Bilim uchun 100 million” loyihasining onlayn bosqichi so‘nggi turi @bilimtestbot’da e’lon qilindi, uni 13-noyabr soat 20:00 ga qadar oʻzingizga qulay soatda kirib, ishlashingiz mumkin. Savollar taqdim etilishi uchun bot’da “Test ishlash” tugmasini bosish lozim.
Loyihaning onlayn mavsumi yakunlangach, bugungacha olimpiadaning barcha turlarida qatnashib, eng yuqori natija to‘plab, TOP-100 talikka kirgan ishtirokchilar loyihaning ikkinchi bosqichi — finalga Toshkent shahriga taklif qilinadilar.
So‘nggi turdan so‘ng 100 nafar finalchini ham e’lon qilamiz va ularni finalga taklif etish uchun barchalari bilan bog‘lanamiz. Shuningdek, olimpiadada faol ishtirok etgan, ammo finalga chiqa olmagan yana ko‘plab ishtirokchilarga ham maxsus sovg‘alarimizni yetkazishni rejalashtiryapmiz.
So‘nggi tur: 👉 @bilimtestbot

⚡️Samarqand shahrida o‘tayotgan Turkiy Davlatlar Tashkiloti davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida Prezidentimiz 2023-yil O‘zbekistonda Turkiy dunyo yoshlarining ilm va innovatsiyalar xalqaro kongressini oʻtkazishni taklif qildi.
Onlayn kuzatib borish uchun:
• Facebook
• YouTube
@alisher_sadullaev
Onlayn kuzatib borish uchun:
• YouTube
@alisher_sadullaev
⚡️Turkiy Davlatlar Tashkiloti davlat rahbarlari kengashining yig‘ilishida Prezidentimiz Tashkilot Bosh kotibining Yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimini joriy etishni taklif qildilar.
@alisher_sadullaev
@alisher_sadullaev
⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №13
Yoshlarning ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlaridagi olimpiada, tanlov va musobaqalarning mahalliy bosqichlarida qatnashishlari uchun yashash va transport xarajatlarini qoplashga BHMning 4 baravarigacha (hozirda 1,2 mln so‘m) hamda xalqaro bosqichlarida qatnashish xarajatlari (ishtirokchilarning yashash va transport xarajatlari) uchun esa BHMning 40 baravarigacha (hozirda 12 mln so‘m) miqdorda subsidiya ajratiladi.
Imkoniyatdan foydalanish uchun: 👉 https://yoshlardaftari.uz/application/create

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №14
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi o‘qitish xizmatini ko‘rsatgan nodavlat ta’lim tashkiloti yoki kasb-hunarga o‘qitish markaziga qoplab beriladi.
Bunda yoshlarni tadbirkorlikka va kasb-hunarga o‘qitish uchun sarflangan xarajatlarning 75 foizigacha qismi, biroq bir oygacha, bir oydan ikki oygacha, ikki oydan ortiq muddatli o‘quv kurslari uchun tegishlicha BHMning 4 (hozirda 1,2 mln), 8 (hozirda 2,4 mln), 12 (3,6 mln) baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi qoplab beriladi.

⚡️“Bilimdon talaba” onlayn olimpiadasiga start berildi
17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Yoshlar ishlari agentligi talaba-yoshlar o‘rtasida “Bilimdon talaba” onlayn olimpiadasiga start berdi.
Bunda @uzaqlbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, unda taqdim etiladigan 50 ta savolni 1 soat vaqt ichida ishlash talab etiladi.
Olimpiada 13-noyabr kuni soat 20:00 da yakunlanadi va g‘oliblar e’lon qilinadi. Eng yuqori ball to‘plagan 50 nafar talaba 1 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Bilimlar va mantiqni ishga soling, albatta, ishtirok eting: 👉 @uzaqlbot

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №15
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan yosh tadbirkor yoki o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq xizmati organlarida ro‘yxatdan o‘tgan yosh fuqaroga faoliyatini amalga oshirayotgan noturar joyning 12 oygacha ijara xarajatlarining bir yilda 30 foizi, biroq BHMning 25 baravarigacha bo‘lgan qismi (hozirda 7,5 mln so‘m) qoplab beriladi.
Masalan, tadbirkorlik qilib, o‘quv markaz ochsa yoki sartaroshxona ochib, o‘zini o‘zi band qilsa, u foydalanib turgan binoning ijara xarajatlarini qoplashda ko‘mak beriladi. Imkoniyatdan foydalanish uchun: 👉 https://yoshlardaftari.uz/application/create

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Besh tashabbus olimpiadasi g‘oliblariga qanday sovg‘alar beriladi?
Bugun jamoamiz bilan birgalikda “Besh tashabbus” olimpiadasi g‘oliblariga taqdim etiladigan sovg‘alarni ko‘zdan kechirib, hududlarimiz tomon kuzatdik.
📹 HD video

Prezident Shavkat Mirziyoyev YuNESKO’ning Kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berishga bag‘ishlangan Butunjahon konferensiyasi ochilishida ishtirok etmoqda.
Tadbirdan onlayn translyatsiyani Prezident matbuot xizmatining Facebook ijtimoiy tarmog‘i, YouTube videoxostingidagi sahifalarida tomosha qilishingiz mumkin.

⚡️Yoshlar uchun #imkoniyat №16
Yoshlarga ta’lim, madaniyat va san’at, sport, axborot texnologiyalar sohasiga hamda fanlarni o‘qitishga ixtisoslashgan nodavlat ta’lim tashkilotining uch oy muddatgacha noturar joy ijara xarajatlari uchun BHMning 50 baravarigacha (hozirda 15 mln so‘m) miqdorda subsidiya beriladi.
Bunda nodavlat ta’lim tashkilotida o‘qiyotgan jami fuqarolarning eng kamida beshdan bir qismi “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bo‘lsa, o‘quv markaziga ushbu imkoniyatdan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
Masalan, yosh tadbirkor fanlarni o‘qitishga qaratilgan (yoki yuqoridagi boshqa yo‘nalishlarda) o‘quv markaz ochsa, unda aytaylik, jami 10 nafar yosh o‘qiyotgan bo‘lsa va shundan 2 nafari (1/5 qismi) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan bo‘lsa, yosh tadbirkor mazkur imkoniyatdan foydalanishi mumkin bo‘ladi.
Foydalanish uchun: 👉 https://yoshlardaftari.uz/application/create

Assalomu alaykum, do’stlar.
Xizmat safari bilan Namangan viloyatidamiz, shu sababli yoshlarni “kelajak kasblari”ga o’qitish maqsadida o’quv markaz rahbarlari va yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazmoqchimiz. Albatta, taklif va g’oyalaringiz bilan ishtirok eting. Uchrashuv barcha uchun ochiq, hech qanday cheklovlar yo’q.
Manzil: Yangi O’zbekiston Yoshlar Ziyo Maskani, ertaga 17-noyabr, soat 14:00.

“Bilim uchun 100 million”, “Bilimdon talaba” va “Yosh kitobxon” onlayn olimpiadalarining g‘oliblari taqdirlandilar
“Bilim uchun 100 million” loyihasining birinchi bosqichi — onlayn shaklida o‘tkazilgan turlarda 246 991 nafar ishtirokchi qatnashdi. Aprel oyidan bugunga qadar eng yuqori ball to‘plagan 100 nafar ishtirokchi o‘rtasida 17-noyabr kuni Toshkent shaharida final o‘tkazildi. Va’da qilinganidek, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan ishtirokchi (keyingi postda g‘olib haqida batafsil ma’lumot beraman) 100 mln so‘m, qolgan ishtirokchilarning har biri esa 1 mln so‘mdan pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan 12-13-noyabr kunlari o‘tkazilgan “Bilimdon talaba” onlayn olimpiadasida eng yuqori balni to‘plagan 50 nafar talabaning har biri 1 mln so‘mdan pul mukofoti bilan taqdirlandi.
Bundan tashqari, @kitobxontestbot orqali kitobxon yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” onlayn olimpiadasida eng yuqori natijalarni qayd etayotgan ishtirokchilar noutbuk va planshet bilan taqdirlandilar. Ayni paytda ushbu loyiha yana davom etmoqda. Ishtirok etishingiz mumkin.
Loyihalarimizda faol ishtirok etayotgan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Bu kabi loyihalarni yanada ko‘paytirib, bilimli va iqtidorli yoshlarni kashf etishda hamda qo‘llab-quvvatlashda davom etamiz!