Alisher Sadullaev
175K subscribers
2.41K photos
636 videos
33 files
1.7K links
Senator | Yoshlari ishlari agentligi | Shaxmat federatsiyasi | Stanford GSB Executive
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlari ishlari agentligi va “Najot taʼlim” markazi hamkorligida tashkil etilgan “IMKON GRANT” loyihasi doirasidagi SMM kursida tahsil olayotgan jizzaxlik ukamiz Shohrux IT olamiga kirishdagi mashaqqatlari haqida soʻzlaydi.

“IMKON GRANT” loyihasi yana qaytadi. Ma’lumot uchun, Hukumat qarori bilan nogiron yoshlarga nodavlat ta’lim tashkilotlarida kasb-hunar, dasturlash, umumta’lim fanlari va xorijiy tillarni o‘rgatish, zarur hollarda yashash va transport xarajatlarini qoplash uchun BHMning 50 baravarigacha (hozirda 15 mln so‘mgacha) subsidiya ajratilishi belgilangan.

Albatta, mazkur videoni oxirigacha koʻring, ulashing. Shohruxning ta’sirli hikoyasi yoshlarimizning xulosa qilishlari va harakat qilishlari uchun yaxshi ibrat boʻladi, degan umiddamiz.

@alisher_sadullaev
👍40528👏21😢18🔥16🤩16🎉14
⚡️@bilimtestbot’da 12-tur savollarini ishlang!

Bilim uchun 100 million” loyihasining navbatdagi 12-turi @bilimtestbot’da e’lon qilindi, uni 25-iyulga qadar oʻzingizga qulay soatda kirib ishlashingiz mumkin.

Shuningdek, hali roʻyxatdan oʻtmaganlar yoki avvalgi tur savollarini ishlashga ulgurmaganlar boʻlsa, hozir ham @bilimtestbot’da roʻyxatdan oʻtib, olimpiadada ishtirok etishni ayni vaqtda mavjud turdan boshlash mumkin!

Eslatma:
12-tur savollari taqdim etilishi uchun @bilimtestbot Telegram botida «Test ishlash» tugmasini bosish va test ishlashni boshlash mumkin. Bilimlaringizni va mantiqni ishga solib, albatta, ishtirok eting!

@alisher_sadullaev
👍287👏24😢19🤩1917🔥17
⚡️“WikiOromgoh”ga start beramiz!

Bir hafta davom etadigan mazkur oromgohda
ishtirokchilar Vikipediya administratorlari tomonidan mahorat darslari, taniqli ijodkorlar, blogerlar, ishbilarmonlar bilan uchrashuvlar va boshqa qiziqarli mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniga ega bo‘ladilar.

“WikiOromgoh”da 19-iyul soat 00:00 dan 26-iyul soat 00:00 ga qadar Vikipediyaga kamida 10 ta sifatli maqola joylagan ishtirokchilar qatnasha oladi. Eng muhimi esa yosh chegaralanmagan! Maqolalar ensiklopedik ahamiyatga ega va Vikipediya qonun-qoidalariga mos tarzda yaratilishi kerak.

Anketada foydalanuvchi sahifasining havolasini kiritmagan va notebook yo‘q, deb belgilagan ishtirokchilar saralashda qatnasha olmaydi. Batafsil ma’lumot. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://bit.ly/3yN7rkq

@alisher_sadullaev
👍265🔥32😢2615🤩15🎉14👏13😱11
⚡️Ko’pchilik kitobxonlarning talab va takliflaridan kelib chiqib, tez orada “Jadidlar” to’plamining audio variantini ham e’tiboringizga havola etamiz. Tinglash uchun maroqli hamroh bo’lishiga ishonamiz. Bu ishda tashabbus ko’rsatayotgan barchaga tashakkur bildiramiz!

@alisher_sadullaev
👍81067👏52🤩34🔥31🎉20😢13😱5
❗️OTMlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish yakunlanishiga 7 kun qoldi

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga
abituriyentlarni ro‘yxatga olish Davlat test markazining my.dtm.uz sayti va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali onlayn amalga oshirilmoqda.

Fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan qabul komissiyalarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. Abituriyentlarni ro‘yxatga olish 27-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Abituriyentlar mazkur muddat davomida o‘z ma’lumotlari va tanlagan ta’lim yo‘nalishlarini o‘zgartirishlari mumkin. Onlayn ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma. Abituriyentlar uchun foydali ma’lumotlar.

@alisher_sadullaev
👍331😱28👏23🎉23🔥21🤩1815😢15
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatovning ma’lum qilishicha, Xalqaro IT-sertifikatni olish yoshlarning birinchi marotaba ishga kirishlarini osonlashtiradi. Endi bunday sertifikatlarni olishga ketkazgan xarajatining 50 foizgacha bo‘lgan qismi davlat tomonidan qoplab beriladi.

Mehnat staji yoki o‘zining portfoliosiga ega bo‘lmagan yoshlarning birinchi marotaba ish topishlari juda qiyin jarayon odatda, chunki ish beruvchilar nomzodning bilimi va qobiliyatiga ishonishi qiyin.

Ish beruvchi ishonadigan xalqaro IT sertifikatiga ega bo‘lsangiz, ishga kirish ham osonlashadi. Marhamat, Xalqaro IT-sertifikatlarini olish hamda o‘qish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish xizmatidan foydalaning: https://my.gov.uz/uz/service/622

Uni yoniga chet tilini bilish bo‘yicha sertifikatniyam (IELTS, TOEFL va h.k.) qo‘shib olsangiz, ish topishingiz yanada osonlashadi. Uning 100% xarajati qoplab beriladi: https://my.gov.uz/uz/service/413

Ayniqsa, talabalar universitetni chet tili va kamida bitta IT sertifikatiga ega bo‘lib bitirib chiqishsa, kelgusida ularni ishga joylashishida ancha yengillik bo‘ladi.

@alisher_sadullaev
👍379🔥31👏2625😱21🤩4😢3
⚡️Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi Maslahat uchrashuvida so‘zga chiqib, qator takliflarni ilgari surdi:

tovarlarni yetkazib berishning yagona qoidalari va soddalashtirilgan tartib-qoidalariga ega bo‘lgan chegara savdo zonalari tizimini yaratish;

har yili Markaziy Osiyo mintaqalari forumi o‘tkazilishini yo‘lga qo‘yish;

Hindiston, Pokiston va Xitoy bozorlariga chiqish uchun muqobil transport yo‘laklarini ilgari surish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni ishlab chiqish;

aholini keng nomenklaturadagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli ta’minlashning kompleks sxemasini birgalikda ishlab chiqish;

Markaziy Osiyo madaniyat, san’at va kino festivalini mamlakatlarimizda navbatma-navbat o‘tkazish;

o‘zaro turistik oqimlarni ko‘paytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlash uchun qo‘shma ekspertlar guruhini tashkil etish;

yoshlar siyosatining umumiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘p tomonlama shartnomani tayyorlash.

@alisher_sadullaev
👏303👍193🎉2416🔥16😱16🤩13😢12
Prezident Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining to‘rtinchi maslahat uchrashuvida:

Shu yilning may oyida Toshkentda o‘tkazilgan Markaziy Osiyo yoshlar forumining samarali natijalariga alohida to‘xtalib o‘tmoqchiman. Biz yoshlarimizning qarash va intilishlari o‘xshash, kuchli intellektual salohiyatga ega ekaniga yana bir bor guvoh bo‘ldik.

Biz ularning ilg‘or tashabbuslari, ijodiy yondashuvlari va startap loyihalarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz kerak. Navbatdagi uchrashuvimizga yoshlar siyosatining umumiy yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘p tomonlama shartnoma tayyorlashni taklif qilamiz”.

@alisher_sadullaev
👍58275👏48🔥43😱27🤩17😢14🎉13
“Yosh kitobxon”da ishtirok etish uchun qaysi kitoblarni oʻqish kerak? #yoshkitobxon

“Yosh kitobxon” tanlovi 3 ta yosh toifasida — 10-14 yosh, 15-19 yosh va 20-30 yosh toifasida oʻtkaziladi. Yuqoridagi rasmlarda tanlovning yangi mavsumida ishtirok etish istagida boʻlgan yoshlar oʻqishi lozim boʻlgan kitoblar roʻyxati e’lon qilinmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yangi mavsum uchun ro‘yxatdan o‘tish 1-sentabrga qadar @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali davom etadi.

Qo‘shimcha foydali ma’lumotlar:
2021-yilgi mavsumda yoshlarning finaldagi chiqishlari.
Tanlov yuzasidan ko‘proq ma’lumotlar bilan tanishing.

@alisher_sadullaev
👍585😱6251🔥46😢23🎉21👏19🤩18
⚡️Yosh kitobxon”ni YouTube’da tomosha qiling!

“Yosh kitobxon
” tanlovining 2022-yilgi mavsumi respublika bosqichidagi yoshlarning chiqishlari YouTube tarmog‘idagi kanalimizga to‘liq joylangan. Quyidagi havolalar orqali tomosha qilishingiz mumkin.

“Yosh kitobxon” 2022-yilgi mavsum. 10-14 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart

“Yosh kitobxon” 2022-yilgi mavsum. 15-19 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart

“Yosh kitobxon” 2022-yilgi mavsum. 20-30 yosh toifasi:
1-shart
2-shart
3-shart
4-shart
5-shart

Albatta, bu tanlovning yangi mavsumida ishtirok etish istagida bo‘lgan yigit-qizlarimiz uchun foydali bo‘ladi, deb umid qilamiz. Eslatib o‘tamiz, yangi mavsumga arizalar qabuli 1-sentabrga qadar @yoshkitobxon_bot telegram boti orqali davom etadi. Kitoblar ro‘yxati.

@alisher_sadullaev
👍48541👏35🔥27🎉27🤩23😢19😱18
🇺🇿 Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin, janob Prezident!

Oʻzbekiston rivoji uchun millat gʻururini tiklash, kuchli iqtisod qurish, doʻstlik diplomatiyasini ilgari surish, qardosh Markaziy Osiyoni jipslashtirish yoʻlidagi tinimsiz harakatdan charchamang va eng muhimi, yoshlarga boʻlgan ishonchingiz hech qachon soʻnmasin.

@alisher_sadullaev
1.84K👍1.02K🎉572👏281🔥88🤩73😱54😢53
15-23-iyun kunlari Maldiv davlatida 8 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar o‘rtasida nufuzli G‘arbiy Osiyo chempionati bahslarida o‘zbekistonlik shaxmatchilar 10 ta oltin, 8 ta kumush va 5 ta bronza medallarini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida 2-o‘rinni egallagani haqida xabar bergandim. 25-iyul kuni soat 10:00 da Yoshlar ijod saroyida ushbu nufuzli turnirda yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan shaxmatchi yigit-qizlarimizni taqdirlash marosimi, soat 11:00 da esa matbuot anjumani o‘tkaziladi.

Biz yana bir muhim olimpiada oldida turibmiz. 28-iyul — 8-avgust kunlari Hindistonning Chennay shahrida navbatdagi Butunjahon shaxmat olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Ushbu nufuzli shaxmat olimpiadasiga o‘zbekistonlik shaxmatchilari ham puxta tayyorgarlik ko‘rishlari uchun niderlandiyalik kuchli mutaxasisslar — Ivan Sokolov hamda Sergey Tivyakovlar taklif qilingan. Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadigan shaxmatchilarimiz ro‘yxati bilan rasmda tanishishingiz mumkin.

P.S.: Olimpiadada ishtirok etadigan shaxmatchilarimizning yoshiga e’tibor berasangiz, juda yosh, ammo shunga qaramay, juda kuchli yigit-qizlarimiz bilan ishtirok etamiz. Albatta, sizning qo‘llab-quvvatlovingiz bilan eng zo‘r natijalarni ko‘rsatishga, yurtimiz sharafini munosib himoya qilishga harakat qilamiz!

#shaxmatuzbekistan #chessuzbekistan

@alisher_sadullaev
👍378👏3627🎉25🔥21🤩12😢3😱1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qoraqalpogʻistonlik yosh ijodkor yigit-qizlarimizdan “Yoshlar — tinchlik elchisi” nomli ajoyib qoʻshiq premyerasi! HD holatda tomosha qilish uchun.

#uzbekistan #karakalpakstan #bizbirgamiz #bizbirkuchmiz

@alisher_sadullaev
👍435138👏43🔥32😱24🎉18😢16🤩11
Live stream scheduled for
Bugun, 25-iyul kuni soat 19:00 da Yoshlar ishlari agentligi tomonidan ma’rifatparvar jadid allomalarimizning ilmiy merosini ommalashtirish maqsadida chop etilgan “Jadidlar” kitoblar to‘plami bo‘yicha ovozli muloqot o‘tkazamiz.

Ovozli suhbatimizda kitob ustida ishlagan mutaxassislar ham ishtirok etadilar. Shuningdek, quyidagi savollarga aniq javoblar berib o‘tamiz:
1. Kitobni nashr etish xarajatlari qanchaga tushgan?
2. Nega bepul tarqatilmoqda?
3. Maktab va kutubxonalarga ham tarqatiladimi?
4. Sotuvga chiqadimi?
5. Bugungacha qancha kitob tarqatildi va kimlarga tarqatildi?

Bundan tashqari, muloqotimiz davomida kitobning qulayligi, dizayni va yangicha ko’rinishi, umuman, kitob bo‘yicha barcha masalalarga to‘xtalib o‘tishga harakat qilamiz. Ovozli suhbatimizda barcha ishtirok etishi mumkin. Kitob yuzasidan savollaringizni esa izohlarda qoldiring.

Ovozli suhbatda ishtirok etish uchun:
https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream

@alisher_sadullaev
👍357👏2625🔥21😢15😱11🤩6🎉4
Ayni vaqtda Facebook sahifamizda Xorazm viloyatida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarning avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlarini va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmati badalini qoplash yuzasidan jonli translyatsiya boʻlmoqda. Tomosha qilish uchun: https://fb.watch/eu9XHFK5hE/

@alisher_sadullaev
👍277👏25🤩1816🔥14🎉13😢5😱3
Live stream started
“Jadidlar” kitoblar to‘plami bo‘yicha ovozli muloqotimiz boshlandi 👉 https://t.iss.one/alisher_sadullaev?livestream
👍154😢16👏15😱1311🔥9🎉7🤩1
“Jadidlar” kitoblar toʻplamini nashr etish xarajati qanchaga tushgan?

“Jadidlar” kitobi to‘plamini tayyorlash va 23 ming (har bir to‘plamda 8 ta kitob jami 184 mingta) nusxada chop etish uchun Yoshlar ishlari agentligi tomonidan 1 mlrd 416 mln 800 ming so‘m mablag‘ ajratilgan.

“Jadidlar” kitobi to‘plamidagi har bir kitobni yozish uchun mualliflarga 10 million so‘mdan gonorar puli berildi. Har bir to‘plam o‘rta hisobda 61 600 so‘mga (har bir kitobcha esa 7 700 soʻmga) to‘g‘ri kelmoqda.

@alisher_sadullaev
👍291😱3617👏17🔥16😢3🤩1