Davlat mukofoti, 2 xonali uy va 250 million so‘m — Nodirbek Abdusattorov munosib taqdirlandi
«Mard o‘g‘lon» davlat mukofotini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar, fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha maslahatchisi Abduvaxitov Abdujabar Abdusattarovich topshirdi.
Toshkent shahridan 2 xonali uy kalitini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot kotibi Sherzod Asadov topshirdi.
Bundan tashqari, Nodirbek Abdusattorovga 250 million so‘m, ustozlari — Jahongir Vohidovga va marhum Dmitriy Qayumovning oilasiga 100 million so‘mdan pul mukofotlari topshirildi.
@alisher_sadullaev

“Mard o’g’lon” davlat mukofoti, 2 xonali uy va o’ziga 250 million so‘m; 2 nafar ustoziga 100 million so’mdan – Nodirbek Abdusattorov munosib taqdirlandi.
P.S. Xushnudbek aka bilan havasdamiz)
@alisher_sadullaev
P.S. Xushnudbek aka bilan havasdamiz)
@alisher_sadullaev
#repost
Kanalimizda “2022-yilda yoshlar uchun qanday yangi imkoniyat va tizimlar ishga tushishidan xabaringiz bormi?” deb nomlangan so’rovnoma tashkil qilgan edik. Natijalarga ko’ra, so’rovnomada jami 21495 nafar foydalanuvchilar ishtirok etishgan. Respondentlarning 62%, ya’ni 13361 nafari “afsuski, hozircha bilmayman” variantini tanlashgan, qolgan 8135 (38%) nafar respondentlar mos ravishda “qisman xabarim bor” va “barchasidan xabardorman!” variantlarini tanlashgan.
Tahlillardan so’ng yangi imkoniyatlarni kengroq targ’ibot qilish va OAV bilan hamkorlikni kuchaytirishga ehtiyoj borligi ma’lum bo’ldi. Shuningdek, bugundan boshlab (kechroq) agentlik va shaxsiy sahifalarimda yangi imkoniyatlarni kengroq targ’ib qilishni reja qilib oldim. Yoshlardan esa, albatta, ushbu imkoniyatlardan foydalanib ko’rishlarini undan foydalanishdagi noqulayliklar va tajribalarini bo’lishishlarini so’rab qolaman!

2021-yilda ishga tushgan xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi. Yoshlar yilida yoshlar uchun qanday imkoniyatlar joriy etildi? (1-qism)
Hukumat qarori bilan 2021-yil 1-maydan boshlab 5 ta turdagi xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan (IELTS – 7 va undan yuqori; TOEFL – 95 va undan yuqori; GMAT – imtihon natijalari (Verbal/Quantative) bo‘yicha 75 percentile va undan yuqori; GRE – imtihon natijalari (Verbal/Quantative) bo‘yicha 75 percentile va undan yuqori; SAT – 1200 va undan yuqori) natijani qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan to'liq kompensatsiya qilib berish boshlandi (tizimdan foydalanish boʻyicha videoqoʻllanma).
Ushbu tizim bilan bog'liq tahlillarimizni mana bu yerda o'qishingiz mumkin. Bugungacha bu imkoniyatdan foydalanish uchun 3488 nafar yoshlardan ariza kelib tushgan. Shundan 2833 nafariga imtihon xarjatlari kompensatsiya qilib berilgan, 2 ta ariza ko'rib chiqish jarayonida, 169 ta yangi ariza kelib tushgan. 469 ta ariza esa rad etilgan. Buning sababi ushbu arizachilar mazkur tizim yo'lga qo'yilishidan avval sertifikatni qo'lga kiritishgan yoki yuqori natija (maksimal ballning 75 foizdan yuqorisini) qayd etmay murojaat qilishgan.
Istasangiz plastik kartaga, istasangiz, naqd shaklda pulingizni qaytarib olishingiz mumkin. Albatta, avvalo, yuqori natija qayd etish talab etiladi. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun qayergadir borib murojaat qilish shart emas. Tizim raqamlashgan, my.gov.uz portali orqali onlayn ariza yuborish mumkin. my.gov.uz portalida ma'lumotlar doim yangilanib boradi. Shuningdek, siz ham buni doimiy ravishda ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
Xo'sh, yoshlar, 2021-yilda siz qaysi xalqaro imtihondan yuqori natija qayd etdingiz va imtihon pulini qaytarib oldingiz? Agar bu imkoniyatdan hali foydalanmagan bo'lsangiz, 2022-yilga rejalaringiz qanday?

⚡️Poliglot yoshlar uchun yangi imkoniyatlar! (1-qism)
2022-yil, 1-yanvardan arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushdi.
Avvalroq (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT) xalqaro imtihon tizimlarida yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berilishi haqida ma’lumot bergandim.
2022-yil, 1-yanvardan boshlab yoshlar uchun mana shunday imkoniyatlarning yana 13 tasi ishga tushib, ularning soni jami 18 taga yetdi. Endilikda ushbu xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natija qayd etgan yoshlarning imtihon xarajatlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi. Batafsil ma’lumot.
Читать на русском

⚡️Yoshlar uchun imkoniyat: “El-yurt umidi” jamg‘armasi 2022-yilgi 1-stipendiya tanlovini e’lon qildi
“El-yurt umidi” jamg‘armasi yoshlarga xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida ta’lim olish uchun 2022-2023-o‘quv yilida 420 o‘ringa mo‘ljallangan (bakalavriat 120 nafar; magistratura 180 nafar; doktorantura 120 nafar) ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi. Batafsil ma’lumot.
Bundan tashqari, nogironligi bo‘lgan yoshlarni ham qo‘llab-quvvatlash va ularga e’tibor qaratish maqsadida barcha ta’lim dasturlari bo‘yicha ularga ham kamida 20 ta o‘rin ajratiladi. Hujjat topshirish 10-yanvardan 10-fevralga qadar onlayn tarzda amalga oshiriladi. Hujjat topshirish.
Chet elda o‘qishga, buning ustiga nufuzli oliy ta’lim muassasasida o‘qishga hamma bilimli va salohiyatli yoshlarda ham mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. Bu esa mana shunday yoshlarning orzusini amalga oshirish uchun, ularning ham sifatli shaklda xorijda ta’lim olishlari uchun juda katta imkoniyat, nazarimda.
P.S. Obunachilarimiz orasida ham shunday yoshlar bormi?

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Yaqin kunlarda zakovat, chet tillari bilimdonlari, ijtimoiy tarmoqlarda bilim olishga rag’batlantiruvchi blog yuritadigan yoshlar va ijtimoiy loyihalarga qiziquvchilar uchun qishki oromgohlarimiz boshlanadi!
❄️🏕🏔 Yoshlar oromgohi sizlarni har doimgidan ham ko’proq kutmoqda!
@alisher_sadullaev
❄️🏕🏔 Yoshlar oromgohi sizlarni har doimgidan ham ko’proq kutmoqda!
@alisher_sadullaev
Bugun, 8-yanvar — O'zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!
Yurtimizda qonunlarning bajarilishini nazorat qiluvchi bu tizimning barcha jonkuyar va fidoyi xodimlarini bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaymiz! Qonun ustuvorligini ta'minlash, yoshlarimizning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirishda hamisha jonkuyarlik bilan xizmat qilib, mashaqqatli kasbingizda doim kuch-quvvat tilaymiz!

17 yoshli o'quvchi TOP-300 talikka kiradigan 11 ta xorijiy universitetga o'qishga qabul qilindi
Toshkent shahridagi Prezident maktabi o'quvchisi Maqsadbek Fayzullayev 17 yoshda. U TOP-300 talikka kiradigan 11ta xorijiy universitetga o‘qish qabul qilinib, umumiy hisobda 312 ming dollar grant yutgan. Maqsadbek kiberfutbolning ilk o‘zbekcha variantini yaratish loyihasi muallifi hamdir.
Maqsadbekka o‘qishi uchun grant berishga tayyorligini bildirgan oliygohlar: AQShning Arizona, Ayova, Buffalo va Sent Edvard universitetlari, Illonoys kolleji; Britaniyaning Manchester, Liverpul, Birminghem, Durham va Lids universitetlari; Ispaniyadagi Barselona xalqaro universiteti.
Uning intervyusini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin. Mana shunday yutuqlarga erishayotgan yoshlarimizni ko'rsam, o'zim shu yutuqqa erishgandek xursand bo'laman. 17 yoshida shuncha natija. Albatta, bu boshlanishi bo'lsin. Maqsadbekning o'qish va ishlarida omad!
Siz ham mana shunday ajoyib yutuqlarga erishayotgan yoshlarni bilasizmi? Yoki o'zingiz erishgandirsiz? Izohlarda yozing.

Xalqaro imtihon tizimlari: 2020-yil IELTS bo'yicha qaysi hududlar eng ko'p kompensatsiya olgan?
2021-yilda ishga tushgan IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi haqida yozgandim. Tahlillarimizga ko'ra, IELTS bo'yicha eng ko'p kompensatsiya olgan yoshlarToshkent shahariga , keyingi o'rinlar esa Farg'ona va Buxoro viloyatlariga to'g'ri kelmoqda.
Shu o‘rinda xorijiy tillarga o‘qitadigan repetitorlar va o‘quv markazlarga aytmoqchimanki, mana shu tizim haqidagi xabarni ko‘proq yoshlarga, o‘quvchilaringizga yetkazishda yordam bering. Bu imkoniyat bilimli, salohiyatli yoshlar uchun yaratilgan, undan yoshlarimiz foydalanishlari kerak.
Eslatib o'taman, 2022-yil, 1-yanvardan arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushgan.
@alisher_sadullaev
2021-yilda ishga tushgan IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi xalqaro imtihon tizimlari kompensatsiyasi haqida yozgandim. Tahlillarimizga ko'ra, IELTS bo'yicha eng ko'p kompensatsiya olgan yoshlar
Shu o‘rinda xorijiy tillarga o‘qitadigan repetitorlar va o‘quv markazlarga aytmoqchimanki, mana shu tizim haqidagi xabarni ko‘proq yoshlarga, o‘quvchilaringizga yetkazishda yordam bering. Bu imkoniyat bilimli, salohiyatli yoshlar uchun yaratilgan, undan yoshlarimiz foydalanishlari kerak.
Eslatib o'taman, 2022-yil, 1-yanvardan arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida ham yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini kompensatsiya qilib berish tizimi ishga tushgan.
@alisher_sadullaev
Xavfsizlik kengashi yigʻilishida Prezident Shavkat Mirziyoyev ayrim davlat rahbarlarining soʻzlariga munosabat bildirdi:
“Kuni kecha baʼzi davlat rahbarlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Qozogʻistonda boʻlib oʻtgan voqealardan saboq chiqarishi lozimligi haqida asossiz bayonot berildi.
Biz mintaqadagi vaziyatni, xavfsizlikka boʻlgan barcha xavf-xatarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz.
Har qanday tahdidga nisbatan munosib javob qaytarish va zarba berish uchun biz yetarli kuch va salohiyatga egamiz”, dedi davlatimiz rahbari.

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni!
Jonajon yurtimizning sarhadlarida Vatanimiz tinchligini himoya qilayotgan, xalqimizning farovon hayotini ta’minlayotgan, tinchligimiz va mustaqilligimiz yo‘lida mehnat qilayotgan barcha mard o‘g‘lonlarimizni, harbiylarimizni hamda xavfsizligimizga mas’ul barcha xodimlarni bugungi bayram bilan chin dildan tabriklaymiz!
Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-quvvat, masʼuliyatli va sharafli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz!

⚡️Dasturlashni bepul o‘rganish mumkin. «Bir million o‘zbek dasturchilari» loyihasi — yoshlar uchun imkoniyat! (2-qism)
2019-yil O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash bo‘yicha «One Million Uzbek Coders» («Bir million o‘zbek dasturchilari») loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha 2017-yilda BAAda ishga tushirilgan «One Million Arab Coders» loyihaning analogi hisoblanadi.
Loyihaning birinchi bosqichida https://uzbekcoders.uz/ onlayn platformasi orqali o‘zbek tilida global mehnat bozoridagi to‘rtta eng talabgir mutaxassislik — Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development va Frontend Development bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil qilingan. Batafsil ma’lumot.
Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil, 1-iyundan “Xalq banki”, “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” tomonidan ushbu loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (hozirda 6 mln. 750 ming so‘m) iste’mol kreditlari ajratiladi.
Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan kompensatsiya qilib beriladi. Asosiy qarz esa kredit oluvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi. 6 mln. 750 ming so‘mni 24 oyda to‘lansa, bir oyga 281 250 so‘mga to‘g‘ri kelmoqda.
Bundan tashqari, mazkur tizim ham elektronlashtirilgan. «Bir million o‘zbek dasturchilari»da dasturlashni bepul o‘rganib, tegishli sertifikatni qo‘lga kiritgach, iste’mol krediti kompensatsiyasini olish uchun ushbu havola orqali onlayn ariza yuborishingiz va o‘zingiz ham kuzatib borishingiz mumkin.
Juda ko‘pchilik yoshlar noutbuk olishda ko‘mak so‘rab murojaat qilishardi. Mana yoshlarga imkoniyat, ham dasturlashni bepul o‘rganish mumkin, ham noutbuk xarid qilish mumkin. Imkoniyatdan foydalanish esa doimgidek o‘zingizning qo‘lingizda!

“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2022-yilgi birinchi stipendiya tanlovini e’lon qilgani xabar berilgandi. Bugun, 19-yanvar kuni soat 20:00da ushbu tanlov yuzasidan ovozli muloqot bo'lib o'tadi.
Ovozli suhbat davomida stipendiyaning maqsadi, mexanizmi, olish tartibi, kimlar imtiyozdan foydalanishi mumkinligi kabi masalalarga javob olishingiz mumkin.
Ishtirok etish uchun: https://t.iss.one/elyurtumidifoundation?livestream

Bugungacha Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan Daniyarov Abatbay Saparbayevich Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari etib tayinlandi.
Abat akaning yoshlar bilan ishlash tizimida alohida o'rni bor. Ayniqsa, qoraqalpoq yoshlarining muammolarini eshitib, uni hal etishda qilgan va qoraqalpoq yoshlari uchun amalga oshirgan barcha xizmatlarini alohida e'tirof etish kerak. Bugungi tayinlov esa yoshlarga bo'lgan juda katta ishonchning yana bir dalilidir.
Abat Saparbayevichning keyingi faoliyatiga omad va ulkan zafarlar tilaymiz!

Yoshlar bilan ishlashning yangicha boshqaruv mexanizmlarini joriy etishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilindi
Prezident qaroriga ko'ra, mahallalarda yoshlar bilan ishlashning yaxlit vertikal “mahalla – tuman – viloyat – respublika” boshqaruv tizimini yaratilib, har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi.
“Yoshlar balansi”ni shakllantirish, mahallalarda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sport turlarini yoshlar orasida ommalashtirish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish kabilar mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari etib belgilandi.
Har chorakda mahallada yoshlar siyosatini samarali amalga oshirishda yuqori natijadorlikka erishayotgan mamlakat bo‘yicha eng ilg‘or 100 nafar yetakchilar bir oylik ish haqiga teng miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, faoliyatini samarali tashkil etayotgan, o‘zining shaxsiy fazilatlari bilan yoshlarga namuna bo‘layotgan va ularga yetakchilik qilayotgan yetakchilar “Yangi O‘zbekiston islohotchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi.
Yetakchining oylik ish haqi miqdori u biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:
👉🏻 xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5 baravari (bugungi kunda 4 mln 110 ming so‘m) miqdorida;
👉🏻 xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 5,5 baravari (bugungi kunda 4 mln 521 ming so‘m) miqdorida;
👉🏻 xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari (bugungi kunda 4 mln 932 ming so‘m) miqdorida.

⚡️Prezident Shavkat Mirziyoyev «Zakovat» intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarorni imzoladilar.
Prezident qarori bilan Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga “Zakovat” intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarni tizimli ravishda rivojlantirishga doir vazifalar yuklandi.

2022-yildan boshlab, bosqichma-bosqich umumiy o‘rta, Prezident, o‘rta maxsus va professional hamda oliy ta’lim muassasalarida “Zakovat” intellektual klublari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi hamda hududlardagi Yoshlar markazlarida intellektual o‘yinlar jamoalari uchun alohida xonalar tashkil etiladi — Prezident qarori
@alisher_sadullaev
@alisher_sadullaev
2022-2023-o‘quv yilidan boshlab intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘quvchi yoshlar va talabalar uchun yil davomida har oyda beriladigan “Zakovat” stipendiyasi joriy etiladi — Prezident qarori
@alisher_sadullaev
@alisher_sadullaev
2022-yildan boshlab har yili talabalar o‘rtasida Intellektual olimpiada tashkil qilinadi. Unda umumjamoa hisobida dastlabki uchta o‘rinni qo‘lga kiritgan oliy ta’lim muassasasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi topshiriladi — Prezident qarori
@alisher_sadullaev
@alisher_sadullaev