#yoshlar_bilan
Anchadan beri Shahobiddin bilan ko’rishamiz deb yurgandik. Pastdarg’om tumanidagi do’stim anchadan buyon meni kutayotgan edi. Shahobiddin bir necha yillar oldin to’rt muchchasi sog’lom, zabardast (hozir ham) o’g’lon edi, ko’ngilsiz hodisa tufali oyoqlari shol bo’lib qoldi. Ammo, g’ayrati shol bo’lmadi, uydagilarga ortiqcha yuk bo’lmaslik uchun anchadan buyon dasturchi bo’lishni orzu qilib, menga xat yozgandi. Dasturlash uchun soz noutbuk va kerakli qo’llanmalar so’ragan edi, mana o’sha kun yetib keldi. Bugun do’stimiz bilan dasturlashni o’rganish uchun ilk qadamni, yaxshi niyat va maqsadni qo’yib oldik.
Jamoamiz bilan uning muvaffaqiyati va sog’ligi uchun harakat qilamiz! Uning g’alabasi uchun, u bilan yelkama-yelka turishga va unga tirgak bo’lishga bizning Agentlik doimo tayyor!
@alisher_sadullaev

Alisher Sadullaev
Photo
Bolalagimida harbiy bo’lishni orzu qilardim. Dadam bu ishtiyoqimni ko’rib “Men General bo’laman” degan kitob hadya qilganlari hozirgacha esimda. Doim kitobimni oldimda olib yurar va harbiy bo’lish uchun tinimsiz o’z ustimda ishlar edim. Keyinroq, “Sardor” nomli milliy serialimiz telekanallar orqali uzatilgandi. Serial ta’sirida atrofimdagi aksariyat tengdoshlarim ham askar bo’lishni orzu qila boshlashdi. O’zimda ham bu sohaga qiziqish yanada ortdi! Yillar o’tdi, men harbiy sohani tanlamadim, ko’proq ilm-fan, xalqaro aloqalar va biznes sohasida bilim olishga intildim, o’z tadbirkorligimni boshladim. Uni kengaytirish uchun o’z ustimda ishladim, hamkorlarim bilan yangi loyihalarni boshladik. Biroz o’tib, Prezidentimizning yoshlar bilan ochiq muloqotlarida o’z takliflarimni bildirganimdan so’ng, ular meni davlat xizmatida ishlab ko’rishimni taklif qildilar va Xalq ta’limi vaziri o’rinbosari lavozimiga tayinladilar. 2017-yil, 30-iyun yoshligimdan General bo’lishimni istagan ota-onam uchun unutilmas kun bo’lgan edi. Shundan buyon davlat xizmatida ishlab kelmoqdaman, harbiy bo’lmasamda, qayerda bo’lmayin vatan xizmatida xoh tadbirkor xoh o’qituvchi yoki davlat xizmatchisi sifatida ishlashda davom etaman. Eng muhimi, shu xalqqa xizmat qilish va odamlarning og’irini yengil qilish baxtidan Yaratganning o’zi bizni ayirmasin!
Bayramingiz muborak do’stlarim, vatan himoyachilari!
@alisher_sadullaev
Bayramingiz muborak do’stlarim, vatan himoyachilari!
@alisher_sadullaev
Bugun Prezidentimiz Buxoro viloyati yoshlari bilan IT (Axborot texnologiyalari) sohasida samimiy suhbatlar o’tkazdilar! Buxoroda intelektual salohiyat baland, buni to’gri yo’naltirsak, mamlakat rivoji ancha tezlashishi va bu uchun ta’lim, ayniqsa xususiy ta’lim markazlarini qo’llab-quvvatlash haqida ham alohida to’xtalib o’tdilar.
Safarimiz davom etadi...
Safarimiz davom etadi...
Har safar tashrif jarayonlaridagi samimiy emotsiyalarni ochib beradigan tahliliy format kutardim. Bunisi qiziq va tabiiy chiqibdi. Prezidentimizning tanqid, qarsak va maqtovga munosabatlari. Har bir ishga talabchanlik bilan yondashishlari, muloqot qilish kerakligi haqidagi gaplari va shuningdek yoshlar bilan bo’lgan samimiy uchrashuv!
👉 https://youtu.be/mEUAOu9DB48
@alisher_sadullaev
👉 https://youtu.be/mEUAOu9DB48
@alisher_sadullaev
YouTube
Специальный репортаж о поездке Президента Шавката Мирзиёева в Бухарскую область
Forwarded from Asaxiy Books
🎊 Yoshlar uchun maxsus 20 % lik chegirma!
"Talabalar uchun 20% chegirma" aksiyamizdan keyin loyihamiz rahbari "Faqat talabalar kitob o'qiydimi, boshqa yoshlar ham chegirmadan foydalansin" deb taklif berdilar. Shundan so'ng bor imkoniyatdan kelib chiqib ushbu aksiyani taqdim qilishni lozim topdik.
"Yigirma to'rtga kirmagan kim bor" bo'lsa, tortinmasdan chegirmadan foydalaning. Zero yoshlik qaytib kelmaydi, bu kabi aksiyalar ham🤓
* Asaxiy Books loyihasi doirasida tarjima va chop qilingan kitoblarga amal qiladi.
** Chegirmadan foydalanishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va rasm talab etiladi.
*** Chegirmadan foydalanishda telegramdan @asaxiybook akkaunti orqali buyurtma qilish maqsadga muvofiq.
**** Chegirma amal qiluvchi kitoblar ro'yxati 👉🏿 https://t.iss.one/asaxiybooks/1197

Forwarded from Yoshlar ishlari agentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi
Alisher Saʼdullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori
#intervyu
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Alisher Saʼdullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori
#intervyu
Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan #baytchellenj da estafetani Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovdan qabul qilib oldim.
O‘zbekiston yoshlari buyuk ajdodimiz hayoti va ijodiga chuqur ehtirom ko‘rsatgan holda, g‘azal mulki sultonining bebaho merosini asrab-avaylaydi.
Bayt:
Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.
Ma’nosi:
Menga oy va quyoshning nur sochishlari kerakmas. Oy shunchalik go‘zal bo‘lgani bilan ichimni parcha-parcha etolmas, quyosh porloq va malohatli bo‘lgani bilan badanimni bo‘g‘im-bo‘g‘imidan so‘yib tashlayolmaydi. Mening oy va quyoshdan ham husnu malohatda ustun turgan yorim bor.
Navbat Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulovga!
#baytchellenj, #navoiyiftixorim

Yoshoila.uz elektron platformasi ishga tushiriladi
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi yosh oilalar muammolarini o'rganish, oilaviy ajrimlarni kamaytirish, yoshlarni qiziqtirib kelayotgan savollar va dolzarb muammolar yechimini o‘zida jamlagan yagona platforma - “yoshoila.uz” elektron sayti va mobil ilovani ishlab chiqish ustida ish boshladi.
📩 Loyihaning foydali va mukammal bo'lishida o'z hissangizni qo'shing. Ushbu platforma qanday shaklda bo'lishi haqidagi fikr va takliflaringizni izohlarda qoldiring👇
🔸 Sizning fikringiz, biz uchun muhim!

Video message
Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligiga bag’ishlangan tanlov tashkil etgan edik. Yoshlarda Navoiyning hayot va ijodiga oid mukammal dasturlar bor ekan)
Umuman, hazrat Navoiyning ishlarini to’liqligicha Mobil Ilovaga aylantirishgan! Bu zo’r!

Forwarded from Xushnudbek.uz
«Заковат» интеллектуал клубида янги мавсум, янги давр бошланмоқда!
Бир-биридан қизиқ интеллектуал турнирлар, ўйинлар Сизни кутиб турибди.
Масалан, 27-28 февраль кунлари брейн-ринг ўйини форматида катта очиқ чемпионат ўтказилмоқда. Соврин жамғармаси ҳам кичкина эмас – нақ 100 миллион сўм!
Турнирда исталган жамоа иштирок эта олади. Бунинг учун нима қилиш керак?
Энг аввало 6 кишилик жамоа тузинг. Масалан, билимга қизиқадиган курсдошлар, ҳамкасблар, қариндошлар, таниш-билишлар бўлиши мумкин.
Жамоа тузгач, zakovat.tv сайтида рўйхатдан ўтинг. Бўлди! Сиз турнирда қатнашиш учун энг катта қадамни босиб ўтдингиз.
Агар 6 кишилик жамоа туза олмадингиз дейлик, унда нима бўлади? Хавотирга ўрин йўқ. Бемалол якка тартибда ҳам рўйхатдан ўта оласиз. Биз кейинчалик якка ариза юборганларни автоматик 6 кишилик жамоаларга бўлиб юборамиз. Баҳонада янги дўстлар орттиришингиз мумкин.
❗️Клубга аъзолик ва турнирда қатнашиш - БЕПУЛ!
Рўйхатдан ўтганлар ўртасида дастлаб интеллектуал кастинг ўтказилади ва ундан ўтган жамоалар турнирда қатнашиш ҳуқуқини қўлга киритишади. Брейн-ринг турнири ва интеллектуал кастинг ўтказиладиган жой, вақти, шартлари ҳақида zakovat.tv сайти ҳамда @zakovat Телеграм каналида тез орада маълум қилинади.
Келинг, сафимизга қўшилинг! Ҳақиқий билимдонга айланиш имкониятини қўлдан бой берманг!
👉 @xushnudbek 👈

Birgalikda ezgulik ulashamiz: sizda ham volontyor bo'lish imkoniyati bor!
🔹 Shu yilning fevral va mart oylarida O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining barcha hududiy boshqarmalari qoshida "Volontyorlar maktabi" tashkil etilishi haqidagi xabarni sizga yetkazishdan mamnunmiz.
🔸 Agarda siz o'z oldingizga jamiyat rivojiga hissa qo'shish, insonlarga ko'mak berishdek ezgu maqsad qo'ygan bo'lsangiz, safimizga qo'shiling.
🔗 Ushbu havola orqali ro'yxatdan o'ting. Biz siz bilan tez orada bog'lanamiz!

Islohotlar davrida davlat xizmatchisi bo’lish oson emas. Ayniqsa, bu sohada yosh kadrlarning har doim ham “ketmoni uchavermaydi”. Xatolar, uquvsizlik yoki tajriba yetishmasligi yosh kadrlarni tezda sindirib qo’yadi. Aynan shu muammolarni o’zim shaxsan boshimdan o’tkazganman va o’tkazayapman. Ammo muvaffaqiyat imkonsiz emas, xatolardan to’g’ri xulosa chiqarish, bilmaganni o’rganish va tajribali mutaxassislar bilan muloqot qilish orqali bu vazifani uddalasa bo’ladi. Yosh davlat xizmatchilari manfaatlarini himoya qilish maqsadida ikki Agentlik o’zaro rasmiy hujjat - memorandum imzolab oldik. Oldinda ushbu sohada katta reja va hamkorliklar bizni kutmoqda.
@alisher_sadullaev
@alisher_sadullaev
Biz ham she’riyat (adabiyot) ham ilm-fan tarafdorimiz, faqat muvozanat saqlab qolinsa bo’lgani. Alisher Navoiy ham kuchli arxitektor, boshqaruvchi ham buyuk shoir bo’lganlar. Ularni eslab turishda va ularga ergashishda muvozanat saqlansa bas.
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Bugun soat 18.00 da, Yoshlar Ishlari agentligi binosida (Navoiy ko’chasi 11) men maruza o’qiyman.
Ro’yxatdan o’tib, keling.
https://forms.gle/Zg1uKTNWLPWAQUN66
Ro’yxatdan o’tib, keling.
https://forms.gle/Zg1uKTNWLPWAQUN66
#repost
Bu Finlandiyadagi kutubxona emas) O’zimizning Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi yoshlar kutubxonasi!
Bizda ham shunday kutubxonalar bo’larmikan, deb rosa rejalarini tuzar ham edik. Chet el kutubxonalariga havas bilan qarardik. Mana tumanlarda ham shunday kutubxonalar barpo etilyapti. Ishonchim komil, bu kutubxona nafaqat Namangan, balki butun Respublika yoshlari uchun sevimli maskanga aylanadi! Ilm-fan rivojida kutubxonalar juda muhim rol o’ynaydi. Ayniqsa, netvorking uchun juda qulay va shinam joy bo’lgan. Kitob taqdimotlari, olimlar bilan uchrashuvlar yoki katta IT hakatonlar o’tkazish uchun zo’r joy bo’lgan!
P.S. Rasman kutubxona yaqin kunlarda ochiladi.