Alisher Sadullaev
134K subscribers
2.27K photos
604 videos
31 files
1.59K links
Bugun allaqachon kechikdik, kecha boshlashimiz kerak edi!
Download Telegram
Xalqaro volontyorlar kuni munosabati bilan barcha volontyorlarni tabriklayman. Sizlar haqiqiy qahramonlarsizlar, Pandemiya davrida mardlik ko’rsatdingiz. 500 nafarga yaqin volontyorlar, Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan “Mehr-saxovat” ko’krak nishonlari bilan taqdirlandilar. Bugun bayramga mos ravishda O’zbekiston volontyorlari assotsiatsiya ham tashkil etildi. Oldimizga katta marralarni egallashni vazifa qilib olganmiz, albatta bu maqsadlarga sizlar bilan erishamiz.

@alisher_sadullaev
#Xorazm

Xorazm viloyati yoshlari uchun 2021-yilda rivojlangan xorijiy davlatlarda ta’lim olish va stajirovka o’tash uchun maqsadli 50tagacha qo’shimcha kvota o’rinlari ajaratiladi.

Loyiha “El-yurt umidi” jamg’armasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan amalga oshiriladi.

@alisher_sadullaev
Xorazmlik yoshlar bilan muloqotlarda turar joylarga bo’lgan mavjud ehtiyoj masalasi ham ko’tarildi. Xususan, yosh oilalar tomonidan bu muammo ko’p takrorlandi. Yoshlar murojaatlarini inobatga olgan holda, viloyat yosh oilalari uchun 2021-yilda har bir tumanda kamida bittadan, (ehtiyojdan kelib chiqib ortishi mumkin) arzonlashtirilgan uylar barpo qilinadi.

@alisher_sadullaev
Президент Шавкат Мирзиёев бугун Ўзбекистон ёшлари форумида иштирок этади.
Давлатимиз раҳбари форумда нутқ сўзлайди ва ёшлар билан мулоқот қилади. Тадбирнинг ўзида 3 минг 300 нафардан зиёд, шунингдек, ҳудудлардаги студияларда 26 минг нафар йигит-қиз қатнашиши кутилмоқда.
Ушбу йирик тадбирни ташкил этиш ташаббуси давлатимиз раҳбари томонидан шу йил 20 ноябрь куни илгари сурилган эди.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев примет участие в Форуме молодежи Узбекистана.
Глава государства выступит с речью и пообщается с молодежью. Ожидается, что на мероприятии будут присутствовать более 3,3 тысячи юношей и девушек, еще 26 тысяч молодых людей подключатся из студий на местах.
Инициатива проведения крупного молодежного события была выдвинута главой государства 20 ноября этого года.

#Mirziyoyev #forum #yoshlar #muloqot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президентнинг ёшларга мурожаати: муҳим янгиликлар

🔹 ОТМга кириш имтиҳонида энг юқори балл тўплаган 200 нафар ёшга 4 йиллик президент стипендияси берилади.

🔹 2 ва ундан ортиқ фарзанди ОТМда контрактда ўқиётган оилаларга имтиёзли таълим кредити берилади.

🔹 IELTS, TOEFL, GMAT ва SAT каби имтиҳонларда максимал баллнинг камида 75 фоизини тўплаган ёшларнинг имтиҳон харажатлари тўлиқ қоплаб берилади.

🔹 Ишсиз ёшлар тадбиркорларга бириктирилади. Ёшларни ишга олган тадбиркорларга имтиёзлар берилиши мумкин.

🔹 Ёшларнинг лойиҳаларини молиялаштириш учун 100 млн доллар ажратилади. Ёшлар кичик саноат зоналари ташкил этилади.

Kun.uz Telegram каналлари👇

Ўзбекча | O‘zbekcha | Русская
Oxirgi kunlarda yuzlab yoshlar tunu kun mehnat qilib, katta tashabbus va g`oyalarni ilgari surishdi. Ba`zilari ko`rinmas qahramonlar, "O`zbekiston Yoshlari" forumi sahna ortida qattiq ter to`kishdi, mehnat qilishdi va takliflar berishdi. Barchangizga rahmat, sizlar bilan faxrlanaman!
2021-yil, biz uchun juda mas`uliyatli yil. 2020 haqida alohida yozaman!

@alisher_sadullaev
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон. Президент. Йилнома-2020

Узбекистан. Президент. Хроника-2020

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
O'zbekistonda Sindarov xalqaro shaxmat turniri o'tkaziladi!

O'zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi jamoasi Javohir Sindarovning samarali mehnatini qadrlaydi hamda yosh shaxmatchini qo'llab-quvvatlash maqsadida Sindarov xalqaro shaxmat turnirini tashkil etadi.

🔸 Musobaqani tashkil etish masalalari bugun jahonning eng yosh grossmeysterlaridan biri Javohir Sindarov, murabbiyi Bobur Sattorov, Komil Sindarov va Yoshlar ishlari agentligi xodimlari o'rtasida muhokama qilinib, zarur rejalar tuzib olindi.

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
#yoshlar_bilan

Anchadan beri Shahobiddin bilan ko’rishamiz deb yurgandik. Pastdarg’om tumanidagi do’stim anchadan buyon meni kutayotgan edi. Shahobiddin bir necha yillar oldin to’rt muchchasi sog’lom, zabardast (hozir ham) o’g’lon edi, ko’ngilsiz hodisa tufali oyoqlari shol bo’lib qoldi. Ammo, g’ayrati shol bo’lmadi, uydagilarga ortiqcha yuk bo’lmaslik uchun anchadan buyon dasturchi bo’lishni orzu qilib, menga xat yozgandi. Dasturlash uchun soz noutbuk va kerakli qo’llanmalar so’ragan edi, mana o’sha kun yetib keldi. Bugun do’stimiz bilan dasturlashni o’rganish uchun ilk qadamni, yaxshi niyat va maqsadni qo’yib oldik.
Jamoamiz bilan uning muvaffaqiyati va sog’ligi uchun harakat qilamiz! Uning g’alabasi uchun, u bilan yelkama-yelka turishga va unga tirgak bo’lishga bizning Agentlik doimo tayyor!

@alisher_sadullaev
Alisher Sadullaev
Photo
Bolalagimida harbiy bo’lishni orzu qilardim. Dadam bu ishtiyoqimni ko’rib “Men General bo’laman” degan kitob hadya qilganlari hozirgacha esimda. Doim kitobimni oldimda olib yurar va harbiy bo’lish uchun tinimsiz o’z ustimda ishlar edim. Keyinroq, “Sardor” nomli milliy serialimiz telekanallar orqali uzatilgandi. Serial ta’sirida atrofimdagi aksariyat tengdoshlarim ham askar bo’lishni orzu qila boshlashdi. O’zimda ham bu sohaga qiziqish yanada ortdi! Yillar o’tdi, men harbiy sohani tanlamadim, ko’proq ilm-fan, xalqaro aloqalar va biznes sohasida bilim olishga intildim, o’z tadbirkorligimni boshladim. Uni kengaytirish uchun o’z ustimda ishladim, hamkorlarim bilan yangi loyihalarni boshladik. Biroz o’tib, Prezidentimizning yoshlar bilan ochiq muloqotlarida o’z takliflarimni bildirganimdan so’ng, ular meni davlat xizmatida ishlab ko’rishimni taklif qildilar va Xalq ta’limi vaziri o’rinbosari lavozimiga tayinladilar. 2017-yil, 30-iyun yoshligimdan General bo’lishimni istagan ota-onam uchun unutilmas kun bo’lgan edi. Shundan buyon davlat xizmatida ishlab kelmoqdaman, harbiy bo’lmasamda, qayerda bo’lmayin vatan xizmatida xoh tadbirkor xoh o’qituvchi yoki davlat xizmatchisi sifatida ishlashda davom etaman. Eng muhimi, shu xalqqa xizmat qilish va odamlarning og’irini yengil qilish baxtidan Yaratganning o’zi bizni ayirmasin!

Bayramingiz muborak do’stlarim, vatan himoyachilari!

@alisher_sadullaev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezidentimiz Buxoro viloyati yoshlari bilan IT (Axborot texnologiyalari) sohasida samimiy suhbatlar o’tkazdilar! Buxoroda intelektual salohiyat baland, buni to’gri yo’naltirsak, mamlakat rivoji ancha tezlashishi va bu uchun ta’lim, ayniqsa xususiy ta’lim markazlarini qo’llab-quvvatlash haqida ham alohida to’xtalib o’tdilar.

Safarimiz davom etadi...
Har safar tashrif jarayonlaridagi samimiy emotsiyalarni ochib beradigan tahliliy format kutardim. Bunisi qiziq va tabiiy chiqibdi. Prezidentimizning tanqid, qarsak va maqtovga munosabatlari. Har bir ishga talabchanlik bilan yondashishlari, muloqot qilish kerakligi haqidagi gaplari va shuningdek yoshlar bilan bo’lgan samimiy uchrashuv!

👉 https://youtu.be/mEUAOu9DB48


@alisher_sadullaev
Forwarded from Asaxiy Books
​​🎊 Yoshlar uchun maxsus 20 % lik chegirma!

"Talabalar uchun 20% chegirma" aksiyamizdan keyin loyihamiz rahbari "Faqat talabalar kitob o'qiydimi, boshqa yoshlar ham chegirmadan foydalansin" deb taklif berdilar. Shundan so'ng bor imkoniyatdan kelib chiqib ushbu aksiyani taqdim qilishni lozim topdik.

"Yigirma to'rtga kirmagan kim bor" bo'lsa, tortinmasdan chegirmadan foydalaning. Zero yoshlik qaytib kelmaydi, bu kabi aksiyalar ham🤓

* Asaxiy Books loyihasi doirasida tarjima va chop qilingan kitoblarga amal qiladi.
** Chegirmadan foydalanishda shaxsni tasdiqlovchi hujjat va rasm talab etiladi.
*** Chegirmadan foydalanishda telegramdan @asaxiybook akkaunti orqali buyurtma qilish maqsadga muvofiq.
**** Chegirma amal qiluvchi kitoblar ro'yxati 👉🏿 https://t.iss.one/asaxiybooks/1197
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar bilan yangicha ishlash tizimi

Alisher Saʼdullayev Yoshlar ishlari agentligi direktori

#intervyu

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligi munosabati bilan eʼlon qilingan #baytchellenj da estafetani Xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovdan qabul qilib oldim.
O‘zbekiston yoshlari buyuk ajdodimiz hayoti va ijodiga chuqur ehtirom ko‘rsatgan holda, g‘azal mulki sultonining bebaho merosini asrab-avaylaydi.

Bayt:

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin,
Ichim ul chok-chok etmas, tanim ul band-band etmas.

Ma’nosi:
Menga oy va quyoshning nur sochishlari kerakmas. Oy shunchalik go‘zal bo‘lgani bilan ichimni parcha-parcha etolmas, quyosh porloq va malohatli bo‘lgani bilan badanimni bo‘g‘im-bo‘g‘imidan so‘yib tashlayolmaydi. Mening oy va quyoshdan ham husnu malohatda ustun turgan yorim bor.

Navbat Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vaziri Abduqodir Toshqulovga!

#baytchellenj, #navoiyiftixorim


@alisher_sadullaev