ALGORITM | Rasmiy kanal
1.45K subscribers
2.9K photos
1.73K videos
147 files
2.19K links
Namangan shahridagi eng yirik AyTi markazi.
• Sun'iy intellekt;
• Veb-dasturlash;
• Kiberxavfsizlik;
• IT KIDS - bolalar uchun dasturlash kurslari
• SMM

📞 +998973701818

@Algoritm_qabulxona

📍Manzil: Namangan sh. A.Xo'jayev. DXA binosi, 2-qavat.
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"-5² ifoda -25 ga tengmi yoki 25 ga?" degan savolga javob.

Obuna bo'ling👉 @algoritm_edu
Yo'nalish tezlikdan muhimroqdir. Ko'pchilik insonlar juda ham tez, ammo to'g'ri yo'nalishda emaslar

© Truth in the picture

Obuna bo'ling 👉 @algoritm_edu
⚡️Dunyoning eng boylari ro‘yxati o‘zgardi.

🔹️ Ilon Mask yana bir bor dunyoning eng boy odamiga aylandi. Forbes nashrining xabariga ko‘ra, dushanba kuni uning boyligi birinchi marta $200 mlrddan oshdi.

Tesla kotirovkalari o‘sishi tufayli 27 sentyabrda Maskning boyligi $3,8 mlrdga oshdi. Forbes Real-Time reytingida Maskning umumiy boyligi $203,4 mlrdga baholanmoqda.

Ayni paytda Djeff Bezos $197,7 mlrd bilan dunyoning eng boy milliarderlari reytingida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Bernard Arno esa $175,2 mlrdlik boyligi bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Obuna bo'ling 👉 @algoritm_edu
O‘zbekiston tarixi
6. Mirzacho‘l shaharchasi qachon Guliston shahriga aylantirildi?
Anonymous Quiz
22%
1958-yil
38%
1961-yil
24%
1962-yil
15%
1965-yil
#aforizm

Tenglik hukm surgan joyda sotqinlik, aldamchi ehtiroslar, g'am-g'ussa bo'lmaydi.

Abu Rayhon Beruniy

Obuna bo'ling👉 @algoritm_edu
#namozvaqti

4-Oktabr Dushanba kungi Namoz vaqti.

☝️(...Albatta, namoz mo'minlarga vaqtida farz qilingandir! (Niso:103))

❗️ Bu namozning kirish vaqti, masjiddagi azon vaqti emas!

Obuna bo'ling 👉@algoritm_edu
Bugun, 4 oktabr
☀️ +18°...+9°, Ochiq havo

Hozir: 🌤 +9°, ⬇️ 4 m/s

Tong: ☀️ +12°
Kun: ☀️ +17°
Oqshom: ☀️ +16°

Namlik: 57%
Shamol: Shimoli-sharqiy, 7 m/s
Bosim: 768 mm sim. ust.

Oy: Eski oy
Quyosh chiqishi: 06:15
Quyosh botishi: 17:52
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#motivation

IT sohasiga endi kirib kelayotgan yoshlarga maslahat!

Bizni kuzatib boring
Instagram | Telegram | Tiktok
#kun_tarixi

4️⃣ ОКТЯБРЬ САНАСИДА СОДИР БЎЛГАН МУҲИМ ТАРИХИЙ ВОҚЕАЛАР

🛳1780 йил —инглиз денгизчиси Жеймс Кукнинг охирги экспедицияси қолдиқлари Англияга қайтган;

🇳🇱 1830 йил — Бельгия Нидерландиянинг мустақиллигини тан олган;

1853 йил—Қрим уруши бошланган;

🇵🇹 1910 йил—Португалия республика деб эълон қилинган, қирол Мануэл II мамлакатни тарк этган;

🇬🇧 1911 йил —Лондонда биринчи эскалатор ишга туширилган;

🛰1957 йил - СССРда биринчи сунъий Ер сунъий йўлдоши "Sputnik-1 учирилган;

📌 1991 йил — Болтиқбўйи давлатларидан ташқари барча СССР республикалари раҳбарлари иқтисодий ҳамкорлик тўғрисида битим имзолаган;

🇷🇺 1993 йил —Россия Президенти Борис Елцин Олий Кенгашни тарқатиб юбориш ҳақидаги фармонини амалга ошириш учун Москвага зирҳли қўшинларни олиб келган ва парламент биносига бостириб кирган;

🌐 1999 йил —АҚШда Интернет жиноятларини кузатиш ва назорат қилиш маркази ташкил этилган;

🛰 2004 йил — SpaceShipOne ўзининг иккинчи Суборбитал космик парвозини якунлаган ва Ансари Х мукофотига сазовор бўлган;

2017 йил — Нигерия-Америка қўшма махсус кучлари Тонго қишлоғи ташқарисида «Исломий давлат» жангарилари томонидан пистирмага учраган.

Obuna bo'ling👉@algoritm_edu
So'ngi rus shohi Nikolay II ichkilikbozlikni juda yomon ko'rgan. U alkogol ishlab chiqarish va sotishni butunlay taqiqlab qo'ygan. Uning ichkilikbozlikka qarshi kurashi natijasida inqilobdan oldingi Rossiya Yevropaning eng kam alkogolli ichimliklar ichadigan mamlakatiga aylangan.

P.s. inqilobdan keyin, SSSR davrida, esa deyarli barcha rekordlarni yangilab tashlashgan🤪


Obuna bo'ling👉 @algoritm_edu
​​Talabgorlarning to‘lovlarini qaytarish yuzasidan

Ma’lumki, 2021-yil 10-iyun kuni biologiya fanidan milliy sertifikat uchun o‘tkazilgan test sinovida ishtirok etgan barcha talabgorlarning to‘lovi to‘liq qaytarilishi haqida xabar berilgan edi.

Buning uchun Davlat test markazi tomonidan alohida platforma (tq.dtm.uz sayti) ishga tushirilgan bo‘lib, talabgorlarning arizalari onlayn tarzda mazkur platforma orqali qabul qilinmoqda.

Hozirga qadar mazkur platforma orqali 897 nafar va yozma ravishda 105 nafar talabgor to‘lovni qaytarish bo‘yicha murojaat qilgan bo‘lib, ularning 865 nafariga to‘lov to‘liq qaytarilgan.

137 nafarida esa talabgor tomonidan kiritilgan ma’lumotlar xato ekanligi, ya’ni plastik karta raqami yoki bank rekvizitlari xato kiritlganligi sababli qaytarilgan to‘lovlar Davlat test markaziga qaytib kelgan.

Hozirda mazkur 137 nafar talabgorning ma’lumotlari (plastik karta raqami va bank rekvizitlari) ga aniqlik kiritish va to‘lovni to‘liq qaytarish uchun talabgorlar bilan telefon orqali bog‘lanib chiqilmoqda.

Shu o‘rinda talabgorlardan to‘lovni qaytarish uchun ariza bilan murojaat qilganda plastik karta raqami va bank rekvizitlarini to‘g‘ri kiritishlarini so‘raymiz.
#Matematika

Soʻroq oʻrniga mos sonni qoʻying.

A) 40 B) 45 C) 180 D) boshqa son

👉 @algoritm_edu
14-20-oktabrda prezidentlik saylovi uchun muddatidan oldin ovoz berish mumkin

▪️Oldindan ovoz berish uchun saylovchi saylov uchastkasiga borib, sababini aytishi lozim. Saylovchining byulleteni yopiq konvertda, seyfda saqlanadi, deb xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi.

Asosiy saylov kuni – 24-oktabr.
#biologiya 1
Siydik ayirish a'zolari kasalligini belgilang.
Anonymous Quiz
21%
Gepatit
30%
Pankreatit
43%
Nefrit
6%
Nevrit
#Мулоҳаза

Бир ёш йигит Суқротдан муваффақиятнинг сири нимада эканлигини сўради. Суқрот унга эртаси куни тонгда дарё бўйига келишини, саволига ўша ерда жавоб беришини айтинг.
Эртасига эрталаб йигит дарё бўйига келди. Суқрот ундан дарёга тушишни сўради. Бирга дарёга тушдилар. Сув бўйинларига етганда, кутилмаганда Суқрот йигитнинг бошини сувга тиқди. Йигит сувдан чиқишга қанчалик ҳаракат қилмасин, Суқрот кучли эди. Суқрот йигитни кўкариб кетгунича сувда ушлаб турди, кейин сувдан чиқариб олди. Йигит чуқур нафас олди. Суқрот сўради: "Бошингни сувда тутиб турган пайтим энг кўп нимани хоҳладинг?" Йигит жавоб берди: "Ҳаво." Суқрот деди: "Муваффақиятнинг сири мана шунда. Қачонки сен муваффақиятни сув тубида ҳавони хоҳлаганингчалик хоҳласанг, шунда унга эришасан. Бундан бошқа сир йўқ."
Ёниқ истак муваффақиятнинг бошланишидир. Кичик олов кўп иссиқлик беролмаганидек, кучли бўлмаган истак буюк мақсадларга асос бўлолмайди.
O‘zbekiston tarixi
7. "Al-jome' as-sahih" asarining muallifi kim?
Anonymous Quiz
14%
At-Termiziy
69%
Al-Buxoriy
17%
Naqshbandiy
0%
Moturidiy
Tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti harorat va sezish retseptorlarini kashf qilgan olimlarga berildi

▪️Nyu-Yorklik 66 yoshli Devid Julius va 54 yoshli livanlik Ardem Patapoutian retseptor-molekulalarni kashf etishgan.

O‘tgan yili fiziologiya va tibbiyot sohasida Nobel gepatit C ni kashf qilgan 3 olimga berilgan edi.
Grin-karta uchun arizalar qabuli 6-oktabrdan boshlanadi

▪️6-oktabr, chorshanba kuni Vashington vaqti bilan soat 12:00, Toshkent vaqti bilan soat 21:00da Xilma-xillik viza dasturi (DV-2023) uchun ariza qabul qilish boshlanadi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti ma’lum qildi.

Arizalar dvprogram.state.gov sayti orqali, 9-noyabr Toshkent vaqti bilan soat 21:00gacha qabul qilinadi. Eslatib o‘tamiz, ariza berish bepul. Dastur orqali dunyo bo'ylab 55 ming kishiga AQSHda yashash vizasi beriladi. Natijalar 2022-yil 8-mayda e'lon qilinadi.

Obuna bo'ling👉 @algoritm_edu
#aforizm

Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir

Abdulla Avloniy

Obuna bo'ling 👉@algoritm_edu