Akmal Binokulov
137 subscribers
5.35K photos
1.2K videos
2.65K links
Akmal Binokulov Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati rahbarning rasmiy kanali
Download Telegram
Zarbdor tumanida aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan koʼmirni talon-toroj qilish holati aniqlandi

Batafsil👉 https://goo.su/GpRmYx

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
15-noyabr chorshanba
📢 Asosiy xabarlar va yangiliklar⬇️

Yangiobod tumanida davlat xizmatchilari uchun ochiq muloqot oʼtkazildi
👉 https://goo.su/PBLh

Paxtakor tumanidagi mahallalarda yangi transformatorlar oʼrnatilmoqda
👉 https://goo.su/f9CkhXP

Zarbdor tumanida aholiga imtiyozli narxda sotish uchun ajratilgan koʼmirni talon-toroj qilish holati aniqlandi
👉 https://goo.su/GpRmYx

Doʼstlik tumani hokimi qabulida aholining muammolari hal etilmoqda
👉 https://goo.su/y3db3y8

Muravvat uyiga koʼchatlar yetkazildi
👉 https://goo.su/0VALkvT

Zominda sayyor qabul
👉 https://goo.su/Gwkxp

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda 8 ta tanlovning taqdirlash marosimi hamda viloyat hokimining mahalla xotin-qizlar faollari bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi

Tadbirda viloyat hokimi so'zga chiqib mahalla faollariga murojaat yo'lladi.

Unda viloyat hokimi xotin-qizlar tizimida amalga oshirilishi lozim bo'lgan yo'nalishlarda mahlla xotin-qizlar faollariga takliflar berdi.

Shundan so'ng, tadbirning asosiy qismi "Gender tenglik faoli" , "Yil ayoli" milliy tanlovlari, "Eng namunali boshlang'ich tashkilot", "Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli" tanlovlari hamda "Ilmli ayol jamiyat ko'zgusi" shiori ostidagi "XXI asr ayoli" festivali faol ishtirokchilari va festival doirasida o'tkazilgan "11 -oktyabr - Xalqaro qizlar kuni", "15-oktyabr-Xalqaro qishloq ayollari kuni" munosabati bilan bir qator soha vakillari va g'oliblar taqdirlandilar.

Shu bilan birga viloyat hokimi Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga asosan viloyat hududida yashovchi, tavsiyanoma asosida Oliy ta'lim muassasiga davlat granti asosida talaba bo'lgan 87 nafar qizlarga maxsus pul mukofoti vaucherlari ham topshirildi.

Bir so'z bilan aytganda bugungi tadbir, haqiqiy ayollar bayramiga aylandi. Ajoyib kuy-qo'shiqlar tadbirga yanada shukuh baxsh etdi.

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Аssalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʼlsin

16-noyabr, payshanba yilning 320-kuni yil yakuniga 45 kun qoldi

KUN TARIXI

1841 yil - Qo'shma Shtatlarda mantardan yasalgan qutqaruv kemasi patentlangan;

1938 yil - SSSR sport qo'mitasi sambo (qurolsiz o'zini o'zi mudofaa) jangovar sport turi sifatida rasman ommalashtirishni boshladi;

1945 yil - Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti - YUNESKOning ixtisoslashgan agentligi tashkil etildi;

1966 yil - astronomlar tarixdagi eng kuchli meteor yomg'irini qayd etishdi;

BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

1922 yil — Xose Saramago, portugal shoiri, dramaturg va tarjimon, Nobel mukofoti laureati.

1958 yil - Aleksandr Malinin, estrada xonandasi, bastakor, Rossiya xalq artisti.

1961 yil - Sergey Galanin, rus rok musiqachisi, qo'shiq muallifi va qo'shiqchisi.

1964 yil - Diana Krall, kanadalik jazz xonandasi va pianinochi, beshta Grammy mukofoti sovrindori.

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
Jami koʻrsatilgan bozor xizmatlari hajmida qaysi turdagi xizmatlar ustunlik qiladi?

2023-yilning yanvar-sentabr oylari yakuniga koʻra koʻrsatilgan bozor xizmatlari tarkibida eng katta ulushni savdo xizmatlari 23,8 % tashkil etdi. Shu bilan birga, yuqori koʻrsatkichlar moliyaviy xizmatlar (23,2 %), transport xizmatlari (22,9 %), aloqa va axborotlashtirish (6,9 %), shuningdek, taʼlim sohasidagi xizmatlar (4,2 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
e-auksion.uz platformasi biznes uchun qulay platforma!

Jizzax viloyatid 4 142 ta
ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling!

🔵 Arnasoy tuman 367 ta (ko'rish)
🔵 Baxmal tuman 300 ta (ko'rish)
🔵 G'allarol tuman 252 ta (ko'rish)
🔵Sh.Rashidov tuman 242 ta (ko'rish)
🔵 Do'stlik tuman 280 ta (ko'rish)
🔵 Zomin tuman 222 ta (ko'rish)
🔵 Zarbdor tuman 269 ta (ko'rish)
🔵 Mirzacho'l tuman 324 ta (ko'rish)
🔵 Zafarobod tuman 329 ta (ko'rish)
🔵 Paxtakor tuman 258 ta (ko'rish)
🔵 Forish tuman 376 ta (ko'rish)
🔵 Yangiobod tuman 346 ta (ko'rish)
🔵 Jizzax shahar 639 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

Qo'shimca ma'lumotlar uchun:
📞Auksion vakili: (99)-2072608 (99)-207-3608 (( soat 09:00 dan 18:00 gacha))

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzaxda “Halqaro bagʻrikenglik kuni” nishonlandi

“Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmon bilan tasdiqlangan Davlat Dasturiga asosan 16-noyabr - Xalqro bagʻrikenglik kuniga bagʻishlab barcha hududlarda “Bagʻrikenglik xaftaligi”ni oʻtkazish belgilangan boʻlib, Jizzaxda millatlararo totuvlik, diniy bagʻrikenglik va xalqaro doʻstlikni targʻib etuvchi maʼdaniy – maʼrifiy tadbirlar oʻtkazildi.

Tadbir doirasida “Oʻzbekiston – bagʻrikeng diyor” nomi ostida “Yoshlar shaharchasi” majmuasida turli millat vakillari ishtirokida konsert tomoshalari, xalq amaliy sanʼati koʻrgazmalari, rassomlar, xunarmandlar, yozuvchi shoirlar asarlari koʻrgazmalari, xalq oʻyinlari tashkil etildi.

“Milliy anʼana va udumlar”, “Milliy qoʻshiq va raqslar” koʻrik-tanlovlari, “Mening bagʻrikeng dunyoim” mavzusida “Eng yaxshi rasm” koʻrik - tanlovi, “Bagʻrikenglik mening nazlimda” mavzularida “Eng yaxshi insho” koʻrik-tanlovi hamda “Biz bir mamlakatda yashayotgan yagona xalqmiz” mavzusida ilmiy-amaliy va maʼrifiy tadbirlar tashkil etildi.

Shuningdek, turli millat yozuvchilari, shoirlari hamda olimlarining asarlari va tadqiqot ishlari, milliy madaniy markazlar vakillari tomonidan nashr etilgan adabiyotlardan iborat “Kitobxonlik bizni birlashtiradi” nomli hamda qardosh xalqlar yozuvchi va shoirlari asarlaridan iborat kitoblar koʻrgazmasi va viloyatda yashovchi millatlarning betakror madaniyati, sanʼati, urf-odatlari, anʼanalarini aks ettiruvchi yuqori sinf oʻquvchilari va talabalar ishtirokida
“Doʻstlik jamiyatlari: kecha va bugun” nomli qardosh xalqlar rassomlarining asarlari va fotolar koʻrgazmalari ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.

Viloyat musiqali drama teatrida tashkil etilgan tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Latibjon Axmadjonov ishtirok etib, barchani bayram bilan samimiy tabrikladi.

Tadbirda faol boʻlganlar eʼtirof etilib, taqdirlanishdi va yakunda konsert dasturi namoyish etildi.
16-noyabr payshanba
📢 Asosiy xabarlar va yangiliklar⬇️

Sharof Rashidov tumanida podstantsiyasining quvvati oshirildi
👉 https://goo.su/Yzpsy

«Besh tashabbus olimpiadasi» doirasidagi «Zakovat» intellektual turnirining Jizzax viloyat bosqichi oʼtkazildi
👉 https://goo.su/QKlx

Xarid uchun berilmagan chek qimmatga tushushi mumkin
👉 https://goo.su/F8hIu

Аrnasoyda ijtimoiy soha obʼektlarida oʼrganish ishlari olib borilmoqda
👉 https://goo.su/l4HM

Boʼstonliqdagi suvchilar bogʼini barpo qilishda Jizzaxliklar ham qatnashdi
👉 https://goo.su/cLDH

Mirzachoʼlda “Oʼzbekiston – bagʼri keng diyor” adabiyotlar koʼrgazmasi oʼtkazildi
👉 https://goo.su/dOf1J

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
Аssalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʼlsin

17-noyabr, juma yilning 321-kuni yil yakuniga 44 kun qoldi

KUN TARIXI

1800-yil — Vashington AQSH poytaxti boʻldi;

1833 yil - Aleksandr Pushkin Boldinda "O'lik malika va etti ritsar haqidagi ertak" ishini tugatdi;

1869 yil - Suvaysh kanali ochildi;

1913 yil - birinchi kema Panama kanali orqali o'tdi;

1988 yil - Benazir Bxutto Pokiston Bosh vaziri etib saylandi va musulmon davlatining birinchi ayol rahbariga aylandi;

BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

Soichiro Xonda 1906 yilda tug‘ilgan, yapon sanoatchisi va muhandisi, Honda kompaniyasi asoschisi;

Martin Skorseze 1942 yilda tugʻilgan — amerikalik kinorejissyor, aktyor, prodyuser va ssenariy muallifi, Oskar mukofoti sovrindori;

1944 yilda Denni DeVito tug'ilgan - amerikalik aktyor, rejissyor, prodyuser ("Bir vaqtlar Rimda", "Junior", "Egizaklar" filmlari);

Sofi Marso 1966 yilda tug'ilgan - fransuz aktrisasi va rejissyori

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat dasturlari doirasida Jizzax shahar hududidagi koʻp qavatlik uylarda mukammal va joriy taʼmirlash borasida ishlar amalga oshirildi

Jizzax shahri hududida bugungi kunda 599 ta koʻp kvartirali uy-joylar mavjud boʻlib, shundan 2018-2023-yillar mobaynida 70 ta koʻp qavatlik uylar qurib foydalanishga topshirilgan.

Shahar hududidagi koʻp qavatlik uylarga 10 ta Boshqaruv servis kompaniyalari xizmat koʻrsatib kelmoqda.

Joriy yilda Davlat dasturlari doirasida shahar hududidagi 334 ta koʻp qavatlik uylar 68.3 mlrd.soʻm mablagʻlar hisobidan mukammal va joriy taʼmirlanib 13 ta lift moslamarini yangilash ishlari amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 247 ta koʻp kvartirali uylarning 159.7ming m2 tom tom qismi, 574 ta kirish yoʻlaklari, 61 ta uylarning muxandislik kommunkatsiyalari, 95 ta uylarning fasad qismlari, 114 ta elektr taqsimlovchi shitlarni taʼmirlash,13 ta lift moslamalari, 240 ta kodli temir eshiklar, 244 ta framuga romlar hamda 65 ta uylarning ichki issiqlik tizimlarini oʻrnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
17-noyabr juma
📢 Asosiy xabarlar va yangiliklar⬇️

Slovakiya elchisi Jizzaxdagi ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi
👉 https://goo.su/qPszOO

Jizzaxda maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi bogʼi tashkil etildi
👉 https://goo.su/ZFQJB

Zarbdorda korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha umumiy va maxsus oʼquv seminar oʼtkazildi
👉 https://goo.su/TDuXSi

Аtmosfera havosini muhofaza qilish uchun ekologlar nazorat ishlarini olib bormoqda
👉 https://goo.su/Uc1t

Forishda milliy gvardiya xodimlari ham «Yashil makon» loyihasida faol ishtirok etishmoqda
👉 https://goo.su/WLfzykr

Bugungi "Siyosiy-maʼrifat soati"da Jizzax viloyati hokimligi xodimlari ham ishtirok etishdi
👉 https://goo.su/FZvR5KM

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
18-noyabr — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun!

Shu munosabat bilan Jizzax shahrida gʻurur, faxr va iftixorimiz boʻlgan Davlat bayrogʻining 32 yilligi “Muqaddasdir – Vatan bayrogʻi” shiori ostida bayram tadbirlari boʻlib oʻtdi.

Dastlab harbiylardan iborat ishtirokchilar Jizzax shahridagi markaziy Sharof Rashidov shoh koʻchasidan yurish qilib Mustaqillik maydonida saf tortishdi.

Jizzax shahri markazidagi Mustaqillik maydonida 65 metr boʻlgan yurtimizdagi eng baland bayroqlardan biri oʻrnatilgan. Hilpirab turgan ulkan bayroq ostida davlat madhiyasi ijro etildi.

Shundan soʻng, Tadbirda harbiylar, huquq-tartibot idoralari xodimlari, madaniyat va sanʼat maktablari, viloyat oliygohlari talabalari, sport sohasi vakillari, jamoatchilik, yoshlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.

Unda viloyat hokimi oʻrinbosari Nazira Muxtorova ishtirok etdi.

Bayram tadbirlari viloyatimiz tuman va shaharlarida, tashkilot hamda idoralarda koʻtarinki ruhda davom etmoqda.
Forwarded from Jizzax.Uz|Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangiobod tumanida viloyat hokimi Ergash Saliyevning sayyor qabuli boʻlib oʻtdi

Yangiobod tumani aholisini qiynab kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga yechim topish maqsadida, viloyat va tuman tashkilotlari rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari hamda fuqarolar ishtirokid ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabulni ochib bergan viloyat hokimi Ergash Saliyevning taʼkidlashicha, tumanda ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholi yashash sharoitini yaxshilash uchun 2023-yilda 6 ta Dasturlar doirasida 39 ta obyektlarda 41,2 mlrd soʻmlik ishlar amalga oshirilishi koʻzda tutilgan.

Batafsil👉 https://goo.su/ARCHE

📲 Jizzax.uz rasmiy sahifalariga aʼzo boʼling:👇

🕊Telegram|📱Facebook|📺You Tube|📱Instagram|
|💬ok.ru|✍️@Viloyat_hokimiga_murojaat |💬twitter|

#хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun 18-noyabr kuni JDPU Tarix fakultetida universitetimizning sobiq bitiruvchilari bilan fakultet professor-o'qituvchilari hamda 2023-2024 o'quv yili bitiruvchilari ishtirokida "Uch avlod uchrashuvi" bo'lib o'tmoqda. Ushbu tadbirga ko'zga ko'ringan, hayotda o'z o'rnini topib jamiyatimizning turli sohalarida o'z iqtidorini qolaversa o'qish jarayonida olgan bilimlarini mahorat bilan qo'llab kar'era pillapoyalarida yuqoriga ko'tarilib borayotgan sobiq bitiruvchilar tashrif buyurishdilar. Ahmedov To'ychi Adashevich, Ismatov Zafar Abdubayevich, Binoqulov Akmal Akbarovich, Beknazarov Zayniddin Mamarasulovich, Ahmedov Ijod Narziqul o'g'li, Muzaffarov Samandar Izbosarovich, Rahmatillayev Ahadilla Yusupjon o'g'li, Jo'raqulov Nizom, Umrzoqov Umid, Abduqodirov Sarvar Begimqulovichlar shular jumlasidandir.

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
Аssalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʼlsin

20-noyabr, dushanba yilning 324-kuni yil yakuniga 41 kun qoldi

KUN TARIXI

1962 yil - SSSR va AQSh o'rtasidagi Kuba raketa inqirozining tugashi, Sovet qurollari, shu jumladan yadroviy qurollarning Kubaga o'tkazilishi natijasida yuzaga kelgan;

1979 yil - dunyoda birinchi marta odamga sun'iy qon quyildi;

1985 yil – Microsoft Windows 1.0 operatsion tizimi chiqarildi;

BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

Selma Lagerlöf (1858-1940), shved yozuvchisi

Mixail Ulyanov (1927-2007), SSSR xalq artisti

Evgeniya Yanishchits (1948-1988), belarus shoiri

Sergey Polunin (1989), balet raqqosi

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
#Jizzax viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov e’lon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Jizzax viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qilindi:

🔷 Jizzax viloyati Madaniyat va turizm boshqarmasi:
— Sharof Rashidov tuman Madaniyat bo`limi mudiri;

🔷 Baxmal tuman hokimligi:
— Tuman hokimligi raqamli iqtisodiyotni joriy etish bo`yicha loyihalar menejeri;

🔷 Zomin tumani hokimligi:
— Oilaviy, manaviy-aхloqiy qadriyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy reabilitatsiya qilish ishlarini muvofiqlashtirish bo`yicha yetakchi mutaхassis;

🔷 G‘allaorol tumani Qishloq xo‘jaligi bo‘limi:
— Yer tuzish va monitoring shu'basi boshlig`i;

🔷 O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi G‘allaorol tumani bo‘limi:
— Naхroch mahallasi yoshlar yetakchisi;

🔷 Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarish boshqarmasi:
— Paxtakor tuman inspeksiya boshlig`i;

— Zarbdor tuman inspeksiya boshlig`i;

🔷 Mirzacho‘l tuman hokimligi:
— Qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal хo`jalik, ekologiya va ko`kalamzorlashtirish masalalari bo`yicha bosh mutaхassisi;

🔷 G‘allaorol tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi:
— Bo`lim boshlig`i o`rinbosari - Oila va хotin-qizlar masalalari bo`yicha;

🔷 Baxmal tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi:
— Muzbel mahalla fuqarolar yig`ini хotin-qizlar faoli.

❗️Arizalar 22.11.2023 yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
Jizzax viloyati bo‘yicha uzum yetishtirish hajmi

2023– yilning yanvar-sentabr oylarida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan 0,7 ming tonna uzum (2022– yilning yanvar-sentabriga nisbatan 5,6 % ga kam) ishlab chiqarildi. Uzum ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini xo‘jaliklar toifalari bo‘yicha tahlil qilinganda, uzum ishlab chiqarish umumiy hajmidan 67,8 % i dehqon va tomorqa xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatmoqda.

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
20-noyabr dushanba
📢 Asosiy xabarlar va yangiliklar⬇️

Jizzaxda Respublika stomatologlarining ilmiy-amaliy anjumani oʼtkazildi
👉 https://goo.su/GpRalBZ

Jizzaxdagi “Yangi nafas”marafonida 2 mingga yaqin sport ixlosmandi ishtirok etdi
👉 https://goo.su/YGu9uwS

Sayyor qabul: murojaatlar yechimi birgalikda izlandi
👉 https://goo.su/k5gAiN6

Jizzaxda MIB yoʼl harakati qoidalarini 26 marotaba buzgan haydovchining mashinasini jarima maydonchasiga joylashtirdi
👉https://goo.su/Wc1uS3

Аrnasoyda xotin-qizlar bandligini taʼminlash maqsadida mexnat yarmarkasi tashkil etildi
👉 https://goo.su/PDaEtc

Doʼstlik tumani aholisining Bank tizimi sohasidagi muammolari tinglandi
👉 https://goo.su/dx2fza

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov
Аssalomu alaykum Jizzax ahli boshlanayotgan kun xayrli boʼlsin

21-noyabr, seshanba yilning 325-kuni yil yakuniga 40 kun qoldi

KUN TARIXI

1699 yilda Pyotr I harbiy xizmatga chaqirish to'g'risida farmon chiqardi.

1783 yilda tarixda insonning birinchi havo shari parvozi sodir bo'ldi. Ikki fransuz Parij chekkasida 915 metr balandlikka ko‘tarilib, 25 daqiqadan so‘ng qo‘ngan.

1806 yilda Napoleon Angliyani "kontinental blokada" ni e'lon qildi.

1965 yilda Moskvada bolalar musiqali teatri ochildi, hozirda u Natalya Sats nomini oladi.

2013 yilda Yevromaydan Kiyev markazida boshlandi - ommaviy, bir necha oy davom etgan norozilik.

BUGUN TAVALLUD TOPGANLAR

Nikolette Sheridan 1963 yilda tugʻilgan, britaniyalik kinoaktrisa, “Sokin qoʻnish” serialidagi Peyj Meteson va “Umidsiz uy bekalari” serialidagi Edi Britt rollari bilan tanilgan;

Byork 1965 yilda tug'ilgan - islandiyalik qo'shiqchi, aktrisa, musiqachi, qo'shiq muallifi;

1963-yilda rossiyalik fantastika yozuvchisi Nik Perumov tug‘ilgan;

Polina Favorskaya 1991 yilda tug'ilgan, rossiyalik qo'shiqchi, SEREBRO ayollar estrada guruhining solisti.

🇺🇿Kanalga ulanish:
@akmalbinokulov