📌Suv ta’minoti tizimida samarali faoliyat yuritish nafaqat texnologik jarayonlarni, balki xodimlarning mehnat muhofazasi va xavfsizligini ham taqozo etadi. Shu maqsadda “Navoiy suv ta’minoti” AJ Konimex tumani bo‘limida navbatdagi o‘quv-tushuntirish tadbirlari o‘tkazildi.
💬 Tadbirda 131-sonli tezkor xabarnoma yuzasidan ishchi-xodimlar va mutaxassislarga mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi qoidalari atroflicha tushuntirildi. Xavfi yuqori bo‘lgan ishlarni bajarishda naryad-ruxsatnoma rasmiylashtirish tartibi amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
❗️ Shuningdek, oqova suv quduqlarida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaharli gazlarni gazoanalizator yordamida aniqlash usullari xodimlar va mas’ul shaxslar bilan birgalikda amaliy mashg‘ulotlar orqali o‘rganildi.