Akmal Murodov
393 subscribers
8.19K photos
3.96K videos
14 files
6.17K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
#СМИ_О_НАС

😄 Uza.uz: Обеспечение питьевой водой – основа благополучия

За последние пять лет в Бухарской области централизованным водоснабжением обеспечено более 1,5 миллиона человек, что составляет 74% от общей численности населения региона.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️Andijon shahar "Barkamol" MFY (4-kichik daha) hududida suv quvurida nosozlik yuzaga kelib, ichimlik suvi isrof bo‘layotganligi haqida murojaat kelib tushgan edi. Mazkur murojaat "Andijon suv taʼminoti" AJ tomonidan zudlik bilan nazoratga olindi.

✔️Masʼullar qisqa vaqt ichida nosozlik sabablarini o‘rgandilar va taʼmirlash ishlarini sifatli amalga oshirdilar.

🔈Bugungi kunga kelib ushbu hududda suv taʼminoti bilan bog‘liq muammo to‘liq bartaraf etildi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo aholisining 20 foizi suvsizlik iskanjasida

‼️Yer yuzining 71 foizi suv bilan qoplangan bo‘lsa-da, uning atigi 2 foizi iste’molga yaroqli. So‘nggi 40 yil davomida kishi boshiga to‘g‘ri keladigan chuchuk suv miqdori 60 foizga kamaygan. Yana 25 yil ichida bu ko‘rsatkich ikki barobarga qisqarishi kutilmoqda.

📈 Bugun dunyoda 1,5 milliarddan ortiq inson — ya’ni aholining 20 foizidan ko‘prog‘i — har kuni suv tanqisligini his etib yashamoqda.

☄️2050-yilga borib Yer yuzi aholisi 9 milliardga yetadi va ularning yarmi suvsizlik og‘ushida qolishi mumkin.

💬 Har yili qariyb 4 million kishi ifloslangan suv ichish oqibatida kasallanib, muddatidan avval hayotdan ko‘z yummoqda.

📣 Sifatli suv resurslari dunyo bo‘ylab teng taqsimlanmagan. Hindistonda dunyo aholisining 20 foizi istiqomat qiladi, ammo chuchuk suv resurslarining atigi 4 foizi shu yerda. Kanadada esa bir kishi kuniga o‘rtacha 335 litr suv sarflaydi. Qurg‘oqchil hududlarda yashayotgan 1 milliarddan ortiq insonning ulushi bor-yo‘g‘i 5 litr.

Markaziy Osiyo va O‘zbekiston
2050-yilga kelib mintaqa aholisining 25–30 foizi suv tanqisligi bilan yuzma-yuz kelishi mumkin. O‘zbekiston ehtiyojining atigi 18 foizi ichki hududlarda shakllanadi, qolgan qismi esa qo‘shni davlatlardan kirib keladi. Suv resurslarining qariyb 85 foizi sug‘orma dehqonchilikka sarflanadi.

So‘nggi yillarda suvni tejash borasida ijobiy o‘zgarishlar ham kuzatilmoqda. 1990-yillarda 64 milliard kub metr suv ishlatilgan bo‘lsa, 2008-yildan keyin bu ko‘rsatkich 51 milliardga tushdi. 1 gektar maydonni sug‘orish uchun 1985-yilda 22,4 ming kub metr suv talab qilingan. 2015-yilga kelib bu miqdor o‘rtacha 10 ming, ayrim hududlarda esa hatto
6 ming kub metrga qadar kamaydi.


🖥 Xulosa shuki, suv – tabiatning bebaho in’omi. Uni isrof qilmaslik, asrab-avaylash va oqilona ishlatish barchamizning burchimizdir. Bugun suvga bo‘lgan munosabat o‘zgarsa, ertangi avlod suv tanqisligidan aziyat chekmasligi mumkin.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Suvdan oqilona foydalanish – rejalashtirishdan boshlanadi!

⁉️ Suv kodeksining 27-moddasida nima deyiladi?

🔴 Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilishni rejalashtirish shuni anglatadi:

1. Avvalo odamlar uchun ichimlik va kundalik ehtiyojlar qondirilishi kerak.

2. Suv asrab-avaylanishi va uning zararli ta’siri (masalan, toshqin yoki ifloslanish) oldi olinishi kerak.

3. Suv ilmiy asosda adolatli taqsimlanishi lozim – kimga qancha suv kerakligi hisoblab chiqiladi.

4. Bu ishlarni rejalashtirishda davlatda mavjud suv haqida barcha ma’lumotlar (kadastr, monitoring, ma’lumotlar bazalari) va aholiga ichimlik suvi yetkazib berish rejasi inobatga olinadi.


|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1