Akmal Murodov
400 subscribers
8.12K photos
3.94K videos
14 files
6.12K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati

☄️Qumqo‘rg‘on tumanida ichimlik suvidan oqilona foydalanishi, uni isrof qilmaslik hamda suv resurslarini muhofaza qilish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✔️Ma’lumki, inson salomatligida suvning o‘rni beqiyos. Mutaxassislarning ta’kidlashicha:

🔴 Organizmga yetarlicha suv kirmasa, qon quyuqlashadi va yurak og‘ir sharoitda ishlashiga to‘g‘ri keladi. Bu esa yurak faoliyatining sustlashuviga olib kelishi mumkin.

🔴Ko‘k choy – tarkibidagi tabiiy antioksidantlar yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, xolesterinni pasaytiradi hamda qon tomirlarida tiqinlar paydo bo‘lishining oldini oladi. Mutaxassislar kuniga 2–3 piyola ko‘k choy ichishni tavsiya etadi.

📣Shunday ekan, sog‘lom hayot uchun toza va sifatli ichimlik suvini yetarli miqdorda iste’mol qilish juda muhimdir.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✔️ Suv isrofgarchiligiga qarshi kimyoviy yechimlar

Bugungi kunda suv resurslaridan oqilona foydalanish nafaqat iqtisodiy, balki ekologik zaruratga ham aylanib bormoqda. Ayniqsa, kanallarda yuz berayotgan katta hajmdagi suv isrofi mamlakatimiz suv xavfsizligiga jiddiy tahdid solmoqda. Shu bois mutaxassislar suvning har bir tomchisini asrash uchun turli kimyoviy tadbirlarni hayotga tatbiq etmoqda.


💬 1. Bentonit gil tuproqlari
Bentonit tarkibidagi “mont-morillonit” minerallari suv ta’sirida shishib, suv o‘tkazmaydigan xususiyat hosil qiladi. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, odatda filtratsiya koeffitsiyenti 20,8 m/kun bo‘lgan qumli o‘zan, bentonit qo‘shilganda 0,0017 m/kungacha tushadi. Xorazm, Buxoro va boshqa hududlarda katta zaxiralar mavjudligi bu usulning amaliy ahamiyatini oshirmoqda.

💬 2. Gruntni bitumlash
Bitum emulsiyasi yordamida tuproq qatlamlari suv o‘tkazmaydigan qoplamaga aylanadi. Bu usul 3–4 yil davomida samaradorlik beradi va suv isrofini 2–4 barobargacha kamaytiradi.

💬 3. Tuzdan foydalanish
Qizdirilgan osh tuzi eritmasi gruntga singdirilganda, suv o‘tkazuvchanlik keskin kamayadi. Natijada 5–8 yilgacha samaradorlik ta’minlanadi. Shu bilan birga, karbonatli tuproqlarda bu usulni qo‘llash mumkin emas.

💬 4. Neftlash
120°C haroratda qizdirilgan neftni 15–20 kg/m² hisobida sepish orqali 5–6 yil mobaynida suvning 70–80 foizgacha isrof bo‘lishi oldi olinadi.

💬 5. Silikatlash
Suyuqlashtirilgan shisha bosim ostida tuproq qatlamiga yuborilib, kovaklarni yopadi. Bu usul sovuqqa chidamli bo‘lsa-da, sho‘r yerlar va yog‘ingarchilikli davrlarda uncha samara bermaydi.

💬 6. Plyonkalash
Suv sathiga monomolekulyar plyonka — maxsus yog‘li spirt moddalarini yoyish orqali bug‘lanishni 77 foizgacha kamaytirish mumkinligi ilmiy isbotlangan.

‼️ Bir qarashda oddiy ko‘ringan bu kimyoviy tadbirlar aslida katta natijaga xizmat qiladi. Chunki suvni tejash – kelajak avlod uchun eng muhim boylikni asrab qolishdir.

🔴 Manba: Qishloq xo‘jaligi vazirligi

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik bayrami oldidan o‘tkazilgan hayriya xasharida "Toshkent shahar suv ta’minoti"AJ i xodimlari ham faol ishtirok etdilar

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
💬 “Samarqand suv ta’minoti” AJ hamda hamkor tashkilotlar vakillari ishtirokida Bulung‘ur tumanida ichimlik suvidan oqilona foydalanish bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

🔴Tadbirlar davomida “Qildon” mahallasidan 3 ta holatda fuqarolar tomonidan ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 163-moddasiga muvofiq, huquqbuzarlarning har biriga nisbatan 12 mln 360 ming so‘m miqdorida ma’muriy jarimalar qo‘llandi.


|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Suv hisob-kitoblari bilan bog‘liq har qanday tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun cabinet.uzsuv.uz shaxsiy kabinetidan foydalaning!

Ushbu platforma orqali siz:

* Hisob-kitoblarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz;
* Suv iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishingiz;
* To‘lovlarni amalga oshirishingiz;
* Boshqa foydali xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Vaqtingizni tejang va suv hisob-kitoblari bilan bog‘liq muammolardan xalos bo‘ling!

Instagram | Facebook |Telegram | Website | Cabinet | Chat |Youtube
✔️ Orolbo‘yi uchun hayotbaxsh loyiha

Orolbo‘yi hududini ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlash yo‘lida navbatdagi ulkan qadam tashlanmoqda. Prezidentning 248-son qaroriga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ichimlik suv tarmoqlarini tubdan yaxshilash bo‘yicha yangi dastur boshlangan.


🔴 97 kilometr uzunlikdagi Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq magistral suv tarmog‘i quriladi.
🔴 Tuyamo‘yin suv tozalash inshooti to‘liq rekonstruksiya qilinib, zamonaviy suv tindirgich quriladi.
🔴 Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun Osiyo taraqqiyot banki bilan 70 mln dollarlik moliyaviy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Ushbu loyiha nafaqat ichimlik suvini barqaror yetkazib berishni ta’minlaydi, balki Orolbo‘yi aholisining hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qiladi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijonda qarzdorlikni kamaytirish bo‘yicha targ‘ibot ishlari olib borilmoqda

✔️ “Andijon suv ta’minoti” AJ xodimlari iste’molchilar orasida qarzdorlikni bartaraf etish maqsadida shahar bo‘ylab 21 ta mahallada tushuntirish va targ‘ibot ishlarini olib bormoqda.

📣 Suv uchun kechiktirilgan to‘lovning salbiy oqibatlari haqida ma’lumot berish bilan birga, ular iste’molchilar orasida tushum madaniyatini shakllantirishga ham alohida e’tibor qaratmoqda.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassis_minbari

Iste’molchilar 23-25-sanasida suvni hisobga olish asboblari ko‘rsatkichlarini taqdim etishga majburdirlar.


Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori,
2-ilova, 123-band

|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik bayrami arafasida ezgu tashabbus

📣 "Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” DUK Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan Mustaqillik bayrami arafasida Sirdaryo tumanining “Sholikor” MFYda yashovchi kam ta’minlangan 4 ta oila oziq-ovqat mahsulotlari hamda farzandlari uchun maktab anjomlari bilan ta’minlandi.

💬 Ushbu xayriya tadbiri ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va aholining farovonligini oshirish yo‘lidagi amaliy ezgulikning yana bir ifodasidir.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_viloyati

☄️Ichimlik suvidan foydalanish bo'yicha nazorat tadbirlari o'tkazilmoqda

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zsuvtaʼminot” AJ Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan haftalik dayjest (18-24-avgust):

00:44-“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulov xizmat safari bilan Surxondaryo viloyatida bo'ldi.

01:03-Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Toxir Xaydarov xizmat safari bilan Qoraqalpog‘istonda bo‘ldi.

01:49-“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari v.b. Komilbek Yusupov xizmat safari bilan Jizzax viloyatida bo‘ldi.

01:40-Janubiy Koreyaning yirik injiniring kompaniyasi hamda “O‘zsuvta’minot” AJ vakillari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

01:56-Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki ishtirokida amalga oshirilayotgan yirik loyihaning Buxoro viloyati Romitan tumanida yangi bosqich ishlariga kirishildi.

02:16-“O‘zsuvta’minot” AJ tomonidan yuridik iste’molchilar uchun mo‘ljallangan yangilangan “UzWater” billing dasturidan foydalanish bo‘yicha amaliy o‘quv seminari tashkil etildi.

03:20-“O‘zsuvta’minot” AJ Axborot xizmati rahbari Akmal Murodov ishtirokida “Ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun subsidiya ajratish tartibi” mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi.

04:21-Reyd: Surxondaryoda o‘tkazilgan reydlarda fuqaro suv hisoblagich asbobini teskari o‘rnatib, aksiyadorlik jamiyatiga qariyb 594 mln so‘m zarar yetkazgani aniqlandi.

07:29-Xo‘jaobod tumanidagi turizm qishlog‘i 100 foiz ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

08:08-“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ rahbariyati, tegishli bo‘lim masʼullari hamda viloyat prokuraturasi vakillari ishtirokida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

08:28-“Oʻzsuvtaʼminot” AJ va hududiy suv taʼminoti tashkilotlari xodimlari “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida tashkil etilgan umumxalq xayriya hasharida qizg‘in ishtirok etishdi.

09:45-OPEK loyihasi doirasida “Namangan suv ta’minoti” AJ Yangi Namangan tumani bo‘limi uchun zamonaviy uch qavatli ma’muriy bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM