Akmal Murodov
441 subscribers
7.95K photos
3.82K videos
14 files
5.97K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
📣Surxondaryo viloyati Boysun tumani “Hunarmandlar” mahallasida ichimlik suvi va oqova tarmoqlaridan foydalanish holatini o‘rganish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi.

📈Tadbir davomida 2 nafar fuqaro tomonidan ichimlik suvi tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlandi. Ular tarmoqqa noqonuniy tarzda ulanish orqali ichimlik suvdan foydalanib kelgan.

🗣️Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 15 iyuldagi 194-son qarori bilan tasdiqlangan qoidalarning 49-bandiga muvofiq, ichimlik suvi va oqova tarmoqlariga ruxsatsiz ulanish qat’iyan man etiladi.

🟠Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 163-moddasiga asosan 7,5 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Vatan_uchun_millat_uchun_xalq_uchun

🟠Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda sohada joriy yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar sarhisob va tahlil qilindi.

🗣️Tadbirda ma'lum qilinishicha, soha xodimlari tomonidan suv ta'minoti korxonasi foydasiga undiruvlar bilan bog‘liq 2112 ta holatda 3,3 mlrd so‘mlik, 2243 ta holatda 3,1 mlrd so‘mlik hujjatlar ijrosi tamomlanib, 1707 ta holatda 2,2 mlrd so‘mlik hujjatlarning amalda ijrosi ta'minlandi.

📣Matbuot anjumani davomida OAV va jamoatchilik vakillari savollariga javoblar berildi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
📣 Қашқадарё вилоят прокуратураси, шаҳар, туман прокуратуралари ва "Қашқадарё сув таъминоти" АЖ ходимларидан иборат ишчи гуруҳ вилоятимизнинг барча туман ва шаҳарларида фойдаланилган ичимлик суви ва канализация хизматлари учун тўловлардан муддати ўтган қарздорликларни бартараф этиш бўйича назорат-рейд тадбирларини ўтказмоқда.

🟠Суратларда Яккабоғ, Қарши ва Нишон туманларида ўтказилган назорат тадбирлари акс этган.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟦 RASMIY MUNOSABAT

Naymandagi suv muammosining yechimi bor(mi)

“Jizzax suv ta’minoti” AJ G‘allaorol tuman filialining axborotiga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlarda Mirzabuloq QFY Nayman qishlog‘i aholisi tomonidan bildirilgan murojaat asosida mutaxassislar joyiga chiqib, o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida aniqlanishicha, aholi ilgari Marjonbuloq oltin boyitish konining yirik suv tarmog‘idan suv olib kelgan. Biroq Nayman qishlog‘i aholisi tomonidan iste’mol qilingan suv uchun har oy 1 million 500 ming so‘m miqdorida to‘lovlar o‘z vaqtida amalga oshirilmagani sababli, kon ma’muriyati tomonidan suv tarmog‘i uzib qo‘yilgan.

📌 Vaziyatdan kelib chiqib, “Jizzax suv ta’minoti” AJ rahbari Hamid Hasanov va tuman hokimi Jaloliddin Oqboyev boshchiligida mutasaddilar joyiga yetib borib, mavjud muammo bartaraf etildi. Uzilgan tarmoq qayta ulanishi ta’minlandi, nosoz quvurlar yangisiga almashtirildi va aholi yana birlamchi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

🚧 Hozirda Nayman qishlog‘ining ichki va markaziy 6 ta ko‘chasiga 7,6 km ichki va 2,9 km markaziy quvur tarmog‘ini tortish bo‘yicha loyiha va taklif ishlari yakunlanmoqda. Qurilish-montaj ishlari joriy yil yakuniga qadar amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

|🌐Website |🤖Bot
|Telegram |💬Facebook
|🌐Instagram |📹YouTube
|🗝Cabinet   |💬Chat

“Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aholi murojaatiga javoban chora ko‘rildi

|🌐Website |🤖Bot
|Telegram |💬Facebook
|🌐Instagram |📹YouTube
|🗝Cabinet   |💬Chat

“Jizzax suv taʼminoti” AJ axborot xizmati
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Hurmatli isteʼmolchilar!

Hududingizda ichimlik suvi ta’minoti, oqova suv xizmatlariga oid muammolar yoki avariya holatlari yuzaga kelgan bo‘lsa, zudlik bilan bizga murojaat qiling!

☎️"O‘zsuvta’minot" AJning 24/7 rejimida faoliyat yurituvchi 12-55 qisqa raqamlari hamda hududiy suv ta’minoti korxonalarining quyidagi dispetcherlik xizmati telefon raqamlari tun-u kun xizmatingizda:

#Hududiy #dispetcher #avariya #murojaat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📌 “Suvо‘lchagichxizmati” AJda tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

🗓 Kunikecha “Suvо‘lchagichxizmati” AJda aksiyadorlik jamiyati direktori Bobir Shulmister ishtirokida tanqidiy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda muovinlar, bo‘lim va tarmoq rahbarlari, Komplayens nazorat xizmati inspektori hamda nazoratchilar ishtirok etdi.

🔍 Yig‘ilish davomida metrologiya bo‘limi muhandis-nazoratchilarining yuridik iste’molchilarga masofadan ma’lumot uzatuvchi zamonaviy suv hisoblagichlarni o‘rnatish jarayonida yo‘l qo‘yilayotgan kamchilik va xatoliklari aksiyadorlik jamiyati direktori tomonidan tanqidiy ruhda tahlil qilindi.

📈 Shu bilan birga, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

📈 Mas’ullarga suv hisoblagichlarni o‘rnatish jarayonini kuchaytirilgan nazorat ostida olib borish, xizmat sifati va aniqligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar yuklatildi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1