Akmal Murodov
404 subscribers
8.11K photos
3.93K videos
14 files
6.11K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
📚 “Oʻzsuvta’minot” AJ tomonidan tashkil etilgan seminar-trening o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

🔹 Seminar doirasida bugun ishtirokchilar uchun ichimlik va oqova suv xizmatlari ko‘rsatish jarayonida yuzaga keladigan huquqiy va metrologik masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

🔵 Tadbirda “Oʻzbekiston Milliy metrologiya instituti” davlat muassasasining Bosim va sarfni oʻlchash boʻlimi bosh mutaxassisi Doniyor Inog‘omjonov, shuningdek, Davlat sinovlarini o‘tkazish va laboratoriyalararo solishtirish bo‘limi bosh mutaxassisi Fatxulla Tulaganovlar o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

☁️ Ular ichimlik suv ta’minoti va oqova suv xizmatlarini ko‘rsatish sohasida o‘lchashlar aniqligi, standartlarga muvofiqlik va metrologik nazoratga oid dolzarb mavzularni yoritib o‘tdilar.

🔊 Shuningdek, seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi mas’ul xodimi tomonidan qarzdorlikni undirish, sudga da’vo kiritish tartibi, MIB bilan hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va ularning huquqiy oqibatlari yuzasidan atroflicha ma’lumot berildi.

🔍 Seminar ishtirokchilari mavzular bo‘yicha savol-javoblarda faol ishtirok etib, amaliyotda qo‘llash mumkin bo‘lgan ko‘plab tavsiyalar oldilar.

🔺 Seminar-trening o‘z ishini davom ettirmoqda.

👉akmal_murodov👈
|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔈 Avvalroq Axmad Suvankulovning Andijon viloyatiga xizmat safari haqida xabar bergan edik.

Safari doirasida u viloyatning bir qator tumanlarida ichimlik suvi ta'minoti holatini o‘rganishda davom etmoqda.

💬 Jumladan, Buloqboshi va Izboskan tumanlarida hududlarni ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

🖥 Shuningdek, "Munduz" suv saqlash inshootida yozgi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari tahlil qilindi.

Ta’kidlash muhim, aholiga sifatli va barqaror ichimlik suvi yetkazib berish masalalari doimiy e’tiborda.

|🗝Cabinet        |🌐Website
|
🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 Twitter
|
💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

👥Joriy yilning 16-aprel kuni Qorakoʻl tumanida “Buxoro suv taʼminoti” AJ rahbariyati ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilishini maʼlum qilamiz.

💬Qabul davomida hududda suv taʼminotiga oid masalalar va ularning yechimlari, aholini qiynab kelayotgan muammolar atroflicha o‘rganiladi.

10:00

📍Qorakoʻl tumani, Yangibozor MFY binosi

🤙(90)745-88-04(99)093-78-38

#Выездной_приём

👥Сообщаем, что 16 апреля текущего года в Каракульском районе при участии руководства АО «Бухоро сув таъминоти» состоится выездной приём.

💬В ходе приёма будут подробно изучены вопросы, касающиеся системы питьевого водоснабжения в регионе, пути их решения и тревожащие граждан проблемы.

10:00

📍Каракульский район, здание МСГ Янгибозор

🤙(90)745-88-04(99)093-78-38

💧Информационная служба АО «Бухоро сув таъминоти»
📱𝗧𝗲𝗹𝗲𝗴𝗿𝗮𝗺                📱𝗙𝗮𝗰𝗲𝗯𝗼𝗼𝗸

📱𝗜𝗻𝘀𝘁𝗮𝗴𝗿𝗮𝗺               📱𝗬𝗼𝘂𝘁𝘂𝗯𝗲

📱𝗖𝗮𝗯𝗶𝗻𝗲𝘁                    📱𝗪𝗲𝗯𝘀𝗶𝘁𝗲

📱𝗕𝗼𝘁                            📱𝗖𝗵𝗮𝘁

📱𝗧𝘄𝗶𝘁𝘁𝗲𝗿                      📱𝗧𝗶𝗸𝗧𝗼𝗸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Forwarded from Huquqiy axborot
#Қонунчиликдаги_янгиликлар

❗️Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида давлат назорати самарали ташкил этилади


“Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида давлат назоратини самарали ташкил қилиш чора-тадбирлари тўғрисида” ги Президент Фармони (ПФ-66-сон, 14.04.2025 й.) қабул қилинди.

🔰Фармонга кўра, қуйидагилар қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида давлат назоратини такомиллаштиришнинг асосий мақсадлари этиб белгиланди:

🔹Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилиш инспекциясини (Инспекция) мустақил республика ижро этувчи ҳокимият органи сифатида шакллантириш;

🔹қурилиш, кўп квартирали уйларни бошқариш ҳамда ичимлик суви таъминоти ва оқова сувларни чиқариб юбориш соҳасида назорат функцияларини тўлиқ рақамлаштириш;

🔹хусусий сектор томонидан амалга ошириладиган назорат тизими механизмларини шакллантириш.

✔️2025 йил 1 майдан:

🔸тадбиркор ва қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилиш ҳудудий инспекциялари ўртасида шартнома тузилган бўлса, тадбиркорларнинг қурилиш объектларида қисқа муддатли давлат қурилиш назорати тадбирлари шартнома шартлари доирасида амалга оширилади ва “Ягона давлат назорати” ахборот тизимида рўйхатдан ўтказилмайди;

🔸Инспекцияга хўжалик юритувчи субъектларнинг молиялаштириш манбаларидан қатъи назар молия-хўжалик фаолиятига аралашиш қатъиян тақиқланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
ИЦМ экспозициясида қадимги сув иншоотларининг нусхаси ёки макети эмас, ҳақиқийси жойлаштирилади

Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси маркази экспозициясини бойитиш мақсадида тузилган илмий-инновацион лойиҳалар доирасида қадимги сув иншоотларини замонавий услубда намойиш этиш ишлари бошлаб юборилди. Экспозицияда тарих, бугун ва келажак уйғунлигига эътибор қаратилмоқда, ҳар бир лойиҳа эса музейлаштиришга инновацион ёндашув асосида шакллантирилмоқда.

Батафсил — cisc.uz

Ислом цивилизацияси маркази Ахборот хизмати

📱 Telegram 📱 YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱 Web-site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💦 Qumqo‘rg‘on tumanida ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlaridan foydalanish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazildi

🔺 Tuman hududida ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tarmoqlaridan foydalanish holati bo‘yicha o‘tkazilgan reyd tadbirlari davomida bir qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan.

📣 “Ulug‘bek” mahallasida yashovchi fuqaro ichimlik suvi tarmog‘idan noqonuniy foydalangani uchun unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (MJtK) 163-moddasi 1-qismi asosida 3 mln 750 ming so‘mlik ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

🔵 “Qorsoqli” mahallasida olib borilgan o‘rganishlarda esa 3 ta noqonuniy ulanish holati aniqlanib, MJtKning 74-moddasi 2-qismi asosida jami 2 mln 250 ming so‘m miqdorida ma’muriy bayonnomalar tuzildi.

🔼 Qonunbuzarliklar natijasida “Surxondaryo suv ta’minoti” AJga yetkazilgan umumiy zarar 3 mln 470 ming so‘mni tashkil etdi.

🟢Hududlarda ichimlik suviga noqonuniy ulanishlar va suvdan samarasiz foydalanish holatlariga qarshi reyd tadbirlari davom etmoqda.

👉akmal_murodov👈
|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM