Akmal Murodov
467 subscribers
8.83K photos
4.37K videos
14 files
6.76K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
☄️Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (MIB) Namangan viloyat boshqarmasi hamda “Namangan suv taʼminoti” AJ hamkorligida viloyatning barcha shahar va tumanlarida ichimlik suvi boʻyicha debitor qarzdorliklarni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda.

❗️Bugun, oʻtkazilayotgan reyd tadbirlariga Namangan viloyatining 14 ta shahar va tumanlaridan 264 nafardan ortiq MIB va suv taʼminoti xodimlari jalb etildi.

📌Tadbirlar davomida xonadonlarda tushuntirish ishlari olib borilib, suv toʻlovlarini oʻz vaqtida amalga oshirish va hisoblagichlardan toʻgʻri foydalanish va iste’mol madaniyatiga amal qilishning ahamiyati tushuntirilmoqda.

🔴Ushbu chora-tadbirlar aholining suv resurslariga nisbatan masʼuliyatini oshirish va qarzdorlikni kamaytirishga xizmat qilmoqda.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
➡️Mintaqada suv taqchilligi tobora o‘sib borayotgani va uning barqaror rivojlanishdagi salbiy oqibatlarini hisobga olib, 2026-2036-yillarni “Markaziy Osiyoda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy harakatlar o‘n yilligi” deb e’lon qilish taklif etildi. Mazkur taklifni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo (MO) davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida bildirdi.

❗️Ma’lumki, MOning asosiy suv manbalari Qirg‘iziston va Tojikistondagi tog‘lar hisoblanadi va mazkur ikki mamlakatda shakllangan suv O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston respublikalarini Amudaryo hamda Sirdaryo orqali, shuningdek, Afg‘onistonni ham suv bilan ta’minlaydi. So‘nggi yillarda MO davlatlarining suv taqsimoti kelishuvlariga zid ravishda Afg‘oniston tomonidan Amudaryodan qazilayotgan “Qo‘shtepa” kanali daryo suvi hajmining sezilarli kamayishiga va daryo suv yetkazib beruvchi MO davlatlarda turli ekologik, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa muammolarning kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.

📣Davlatimiz rahbari qo‘shni Afg‘onistonni Amudaryo havzasi suv resurslaridan birgalikda foydalanish bo‘yicha mintaqaviy muloqotga faol jalb etishni muhim, deb hisobladi. “Soha kadrlarini professional tayyorlashga investitsiya jalb etmasdan turib, suv resurslarini samarali boshqarish imkonsiz. Shu maqsadlarda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti bazasida Suv xo‘jaligi sohasida kompetensiyalar mintaqaviy markazini tashkil etishni rejalashtirganmiz”, — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, davlat rahbari kelgusi yilda mamlakatimizda Suvni tejash bo‘yicha butunjahon forumi o‘tkazilishi rejalashtirilganini eslatib o‘tdi. Jumladan, “Bu borada sizlarning qo‘llab-quvvatlashingizga va anjumanda faol ishtirok etishingizga umid qilamiz”, — dedi Prezident.


|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
☄️”Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulovning tegishli topshirigʻiga binoan, kuz-qishga tayyorgarlik jarayonida “Musaffo obi hayot magistral suv taʼminoti” AJ tomonidan Qibray, Toshkent, Zangiota tumanlarida oqova suv tarmoqlari yuvilmoqda.

❗️Eslatib oʻtamiz!

Oqova suv tizimiga qurilish chiqindilari, qogʻozlari, bolalar tagliklari va boshqa gigieniya vositalari, saqich, plastir, xlorli tozalash vositalari, sellofan qoplarni tashlash mumkin emas.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
"Saripichoq" mahallasida 2000 nafardan ortiq aholi ilk bor ichimlik suvi bilan ta’minlanadi

❗️Samarqand viloyati Jomboy tumani "Obod qishloq", "Obod mahalla" dasturi bo‘yicha "Saripichoq" mahallasining "Saripichoq", "So‘qmoq", "Yetti urug‘" qishloqlarida 13 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmoqlari tortilib, 1 dona 50 m³ sig‘imli yangi suv inshooti qurilmoqda.

✔️Natijada, 417 xonadonga yashovchi 2085 nafar aholi ilk bor markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Ayni paytda loyiha doirasidagi ishlar davom etmoqda.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
#Andijon_viloyati

🌐Jalaquduq tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini nazorat qilish maqsadida saf ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Unda mavsumga mas’ul korxona va tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

❗️Tadbirda “Andijon suv ta’minoti” AJning tumandagi filiali jamoasi ham faol ishtirok etdi. Ular tomonidan mavsum davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilgan choralar va tashkil etilgan ishlarga baho berildi.

📣Aytish joizki, tumanda aholini ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash va oqova suv xizmatini ko‘rsatish, yuzaga kelgan nosozliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida navbatchilik va ta’mirlash guruhlari tashkil etilgan. Ushbu jamoalar kecha-yu kunduz xalq xizmatida bo‘lib, mavsumda barqaror faoliyatni ta’minlashga tayyor.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Virtual_suv

📣Boriy Alixanov, Senatning Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirish masalalari va ekologiya qo‘mitasi raisi:

1 kg kartoshka yetishtirish uchun 100 litr suv kerak, 1 kg guruch yetishtirish uchun 4 ming litr suv kerak



|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Endi Jinnidaryo, Sassiqsoy, Gaiston kabi suv obyektlari mavjud emas

❗️Hukumatning “Suv xo‘jaligi sohasidagi ayrim geografik ob’ektlarning nomlarini davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiqlashtirish hamda yangi nom berish to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekistondagi ayrim daryolar, soylar, ko‘llar, buloqlar, sharsharalar, suv omborlari va sel suv omborlarining davlat tilidagi nomlari tasdiqlandi.

☄️Ro‘yxatdan jami 130 ta suv obekti joy olgan. Ularning katta qismi ruscha shakldan o‘zbekchaga o‘tkazilmoqda.
Shuningdek, nom o‘zgarishlari ham bor: masalan, Uychi tumanidagi Sassiqsoy nomli sel suv ombori bundan buyon Sho‘rsuv, Yangiqo‘rg‘ondagi Gaiston sel suv ombori – Yangiqo‘rg‘on, Kitob tumanidagi Jinnidaryo nomli daryo Zo‘g‘atasoy deb ataladi.

✔️Ro‘yxatdagi obyektlarning nomi bundan buyon normativ-huquqiy hujjatlar, xaritalar, ish yuritish hujjatlari va xizmat yozishmalarida ushbu qaror bilan tasdiqlangan shaklda yoziladi.
2 oy muddatda tegishli hujjatlar, xaritalar, ma’lumotlar bazalariga o‘zgartirishlar kiritiladi.

📌Daryolar, soylar, ko‘llar, buloqlar, sharsharalar, suv omborlari va sel suv omborlarida o‘rnatilgan peshlavhalar hamda axborot ko‘rsatkichlaridagi yozuvlarning davlat tili qoida va me’yorlariga muvofiq lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yozilishini ta’minlash vazifasi mahalliy hokimliklar zimmasiga yuklandi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saidabror Umarxon, mustaqil ilmiy tadqiqotchi:

“Suvni isrof qilayotganimizda, uning uvoli tutishini oʻylashimiz, his qilishimiz shart. Aks holda yarim litr suv oltindan qimmatga aylanishi mumkin. Bir tafakkur qilib, harakatimizni qilaylik”.

|🌐Website          | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
❗️Davlat organlarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring!

Bu Sizga maʼlumotlarni birinchi manbadan o‘qish imkonini beradi. Mazkur kanallarida yangiliklar, Siz uchun ahamiyatli mavzular, muhokamalarga sabab bo‘layotgan masalalarga rasmiy idoralar pozitsiyasi berib boriladi.

📌 Ro‘yxat bilan tanishib, o‘zingizga maʼqul bo‘lgan tashkilotning rasmiy kanaliga obuna bo‘lishni tavsiya qilamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
🎙🎙🎙

#Qashqadaryo_viloyati
#sayyor_qabul

☄️Ayni paytda Qashqadaryo viloyati Xalq qabulxonasida “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Toxirjon Xaydarov ishtirokida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlariga oid masalalar yuzasidan sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.

❗️Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida mazkur qabulda "Qashqadaryo suv ta'minoti" AJ shahar va tuman filiallaridan onlayn tarzda fuqarolar ishtiroki ham tashkil etilgan.

|🌐Website          | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1