Akmal Murodov
395 subscribers
8.2K photos
3.97K videos
14 files
6.18K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
Ижтимоий тармоқларда эълон қилинган хабар юзасидан расмий маълумот
Жорий йилнинг 4 сентябрь куни соат 12:02да Бухоро вилояти ФВВ томонидан, Бухоро вилояти ИИБ “102” қисқа рақамига, Бухоро тумани “Боғидашт” қишлоғи ҳудудидан ўтувчи Марказий канализация қувурига, Бухоро шаҳар 7-микрорайонда қурилаётгган янги кўп қаватли уйларнинг канализация қувурларини ушбу марказий қувурга улаётган 5 нафар ишчилари эҳтиётсизлиги оқибатида қувурга тушиб кетганлиги тўғрисида хабар берилган.

Олиб борилган текширув ҳаракатлари давомида, жорий йилнинг 4 сентябрь соат 12:00ларда “Файз бинокор Олтиариқ” МЧЖнинг жами 5 нафар ишчилари томонидан юқорида кўрсатиб ўтилган ҳудуддан ўтган канализацияни таъмирлаш жараёнида, “Ўрта Осиё қурилиш” МЧЖга қарашли Камаз русумли давлат рақам белгиси 80 411 JBA бўлган кран ҳайдовчиси томонидан ҳажми 1000 диаметр, чуқурлиги 8 метр бўлган мазкур канализацияга янги қазилган канализацияни бирлаштириш (улаш) учун ички томондан туйнук очиш мақсадида Бухоро вилояти Сув ва оқава таъминоти бўйича инжинеринг компаниясининг рухсатсиз қопқоқни жойидан очиб, олиб қўйилиши, меҳнатни муҳофаза қилиш қоидаларига риоя қилмаганлиги сабабли, 5 нафар ишчилар ушбу канализацияга тушиб кетиб, кучли оқим туфайли оқиб кетишган.

Ҳодиса содир бўлган жойни кўздан кечириш давомида, Бухоро тумани Зарманоқ МФЙ ҳудудидан ўтувчи оқова сувларни узатгич пунктидаги қувурлар ичидан 3 нафар фуқароларнинг жасадлари топилган. Қолган 2 нафар фуқароларни топиш чоралари кўрилмоқда.

Ушбу ҳолат юзасидан Бухоро вилояти ИИБ ТБ томонидан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 257-моддаси 2-қисми “а” банди билан (Меҳнатни муҳофаза қилиш қоидаларини бузиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, дастлабки тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
Sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Bugun soat 1️⃣0️⃣-0️⃣0️⃣da  “O‘zsuvta’minot” AJning https://t.iss.one/uzsuv telegram kanali orqali bo‘lib o‘tadigan “Ovozli most” loyihasiga taklif etamiz.
——————————————
Приглашаем вас принять участие в проекте "Голосовой мост", который пройдет в телеграмм-канале https://t.iss.one/uzsuv АО "Узсувтаъминот" сегодня в 1️⃣0️⃣: 0️⃣0️⃣ часов.

|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT E’LON: VAQTINCHA SUV O‘CHIRILADI

☄️2025 yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida katta hajmli suvo‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta’mirlash ishlari olib borililadi.

‼️ Shu munosabat bilan «Toshkent shahar suv ta’minoti» AJ iste’molchilarga ichimlik suvi bosimi pasayishi hamda vaqtincha bo‘lmasligi haqida quyidagilarni ma’lum qiladi:

8 sentabr 09.00 dan 9 sentabr 09.00 gacha

Quyidagi manzillarda vaqtincha suv o'chadi:

Uchtepa tumani bo‘yicha:
Chilonzor 15-mavze, "Bog‘obod", "Ko‘hna Cho‘ponota", "Birlik"

Mirzo Ulug‘bek tumani bo‘yicha:
Qorasuv 1-dahasi, Qorasuv 2-dahasi, Qorasuv 4-dahasi ,Temur Malik ko‘chasi, Avayxon ko‘chasi.

Batafsil: https://toshkent.uzsuv.uz/uz/posts/post0409
——————————————
ВНИМАНИЕ: ВРЕМЕННОЕ ОТКЛЮЧЕНИЕ ХОЛОДНОЙ ВОДЫ

☄️В рамках подготовки к осенне-зимнему сезону 2025 года проводятся профилактические и ремонтные работы на крупных водопропускных трубах.

‼️ В этой связи, АО «Тошкент шахар сув таъминоти» сообщает вам о том, что в этот период будут наблюдаться временные отключения холодной воды и снижение ее давления.

С 9:00 часов 8 сентября до 9:00 часов 9 сентября холодной воды временно не будет по следующим локациям:

Учтепинский район:

Чиланзар, 15 квартал, улицы "Bog‘obod", "Ko‘hna Cho‘ponota", "Birlik"

Мирзо-Улугбекский район:

Карасув 1,2,4-й кварталы, улица Темура Малика, Авайхон.

Подробнее: https://toshkent.uzsuv.uz/uz/posts/post0409

|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#СМИ_О_НАС

😄 Uza.uz: Обеспечение питьевой водой – основа благополучия

За последние пять лет в Бухарской области централизованным водоснабжением обеспечено более 1,5 миллиона человек, что составляет 74% от общей численности населения региона.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
‼️Andijon shahar "Barkamol" MFY (4-kichik daha) hududida suv quvurida nosozlik yuzaga kelib, ichimlik suvi isrof bo‘layotganligi haqida murojaat kelib tushgan edi. Mazkur murojaat "Andijon suv taʼminoti" AJ tomonidan zudlik bilan nazoratga olindi.

✔️Masʼullar qisqa vaqt ichida nosozlik sabablarini o‘rgandilar va taʼmirlash ishlarini sifatli amalga oshirdilar.

🔈Bugungi kunga kelib ushbu hududda suv taʼminoti bilan bog‘liq muammo to‘liq bartaraf etildi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dunyo aholisining 20 foizi suvsizlik iskanjasida

‼️Yer yuzining 71 foizi suv bilan qoplangan bo‘lsa-da, uning atigi 2 foizi iste’molga yaroqli. So‘nggi 40 yil davomida kishi boshiga to‘g‘ri keladigan chuchuk suv miqdori 60 foizga kamaygan. Yana 25 yil ichida bu ko‘rsatkich ikki barobarga qisqarishi kutilmoqda.

📈 Bugun dunyoda 1,5 milliarddan ortiq inson — ya’ni aholining 20 foizidan ko‘prog‘i — har kuni suv tanqisligini his etib yashamoqda.

☄️2050-yilga borib Yer yuzi aholisi 9 milliardga yetadi va ularning yarmi suvsizlik og‘ushida qolishi mumkin.

💬 Har yili qariyb 4 million kishi ifloslangan suv ichish oqibatida kasallanib, muddatidan avval hayotdan ko‘z yummoqda.

📣 Sifatli suv resurslari dunyo bo‘ylab teng taqsimlanmagan. Hindistonda dunyo aholisining 20 foizi istiqomat qiladi, ammo chuchuk suv resurslarining atigi 4 foizi shu yerda. Kanadada esa bir kishi kuniga o‘rtacha 335 litr suv sarflaydi. Qurg‘oqchil hududlarda yashayotgan 1 milliarddan ortiq insonning ulushi bor-yo‘g‘i 5 litr.

Markaziy Osiyo va O‘zbekiston
2050-yilga kelib mintaqa aholisining 25–30 foizi suv tanqisligi bilan yuzma-yuz kelishi mumkin. O‘zbekiston ehtiyojining atigi 18 foizi ichki hududlarda shakllanadi, qolgan qismi esa qo‘shni davlatlardan kirib keladi. Suv resurslarining qariyb 85 foizi sug‘orma dehqonchilikka sarflanadi.

So‘nggi yillarda suvni tejash borasida ijobiy o‘zgarishlar ham kuzatilmoqda. 1990-yillarda 64 milliard kub metr suv ishlatilgan bo‘lsa, 2008-yildan keyin bu ko‘rsatkich 51 milliardga tushdi. 1 gektar maydonni sug‘orish uchun 1985-yilda 22,4 ming kub metr suv talab qilingan. 2015-yilga kelib bu miqdor o‘rtacha 10 ming, ayrim hududlarda esa hatto
6 ming kub metrga qadar kamaydi.


🖥 Xulosa shuki, suv – tabiatning bebaho in’omi. Uni isrof qilmaslik, asrab-avaylash va oqilona ishlatish barchamizning burchimizdir. Bugun suvga bo‘lgan munosabat o‘zgarsa, ertangi avlod suv tanqisligidan aziyat chekmasligi mumkin.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Suvdan oqilona foydalanish – rejalashtirishdan boshlanadi!

⁉️ Suv kodeksining 27-moddasida nima deyiladi?

🔴 Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilishni rejalashtirish shuni anglatadi:

1. Avvalo odamlar uchun ichimlik va kundalik ehtiyojlar qondirilishi kerak.

2. Suv asrab-avaylanishi va uning zararli ta’siri (masalan, toshqin yoki ifloslanish) oldi olinishi kerak.

3. Suv ilmiy asosda adolatli taqsimlanishi lozim – kimga qancha suv kerakligi hisoblab chiqiladi.

4. Bu ishlarni rejalashtirishda davlatda mavjud suv haqida barcha ma’lumotlar (kadastr, monitoring, ma’lumotlar bazalari) va aholiga ichimlik suvi yetkazib berish rejasi inobatga olinadi.


|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
✔️Fukuokada Osiyodagi birinchi osmotik elektr stansiyasi ishga tushdi. (https://www.theguardian.com/world/2025/aug/25/japan-osmotic-power-plant-fukuoka). U dengiz va chuchuk suv o‘rtasidagi tuz farqi orqali energiya ishlab chiqaradi. Suvlar maxsus membrana orqali ajratiladi, natijada hosil bo‘lgan bosim turbinani aylantirib, elektr beradi.

📌 Qiziq faktlar:

Stansiya yiliga 880 ming kVt·soat energiya ishlab chiqaradi. Bu miqdor 220 ta yapon oilasining ehtiyojiga teng.

Ishlab chiqilgan energiya shahar va atroflaridagi suvni sho‘rsizlantirish uskunalarini quvvatlantiradi.

Afzalligi: doimiy ishlaydi, quyosh yoki shamolga bog‘liq emas, chiqindi chiqarmaydi.


📣 Olimlar fikricha, agar texnologiya rivojlansa, osmotik energiya qirg‘oqbo‘yi hududlarida katta hajmda toza energiya manbaiga aylanishi mumkin.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Yer yuzidagi har to‘rtinchi odam toza ichimlik suvidan foydalana olmaydi

JSST va UNICEF hisobotiga ko‘ra:

🔴 2,1 milliard inson toza suvdan mahrum;
🔴 106 million kishi tozalanmagan suvni iste’mol qilmoqda;
🔴 3,4 milliard kishi xavfsiz sanitariya sharoitiga ega emas;
🔴 1,7 milliard odam uyida oddiy gigiyena xizmatidan foydalana olmaydi.

Esda tuting: har qatra suv — bir insonning umriga teng.


|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🩺 Ibn Sino: “Qoni suyuq odam kasal bo‘lmaydi”

💬Ibn Sinoning ta’kidlashicha, inson organizmida qon erkin va to‘g‘ri aylanishi sog‘liq uchun juda muhim. Qon quyuqlashsa, organizmda turli kasalliklar, jumladan, yurak-qon tomir muammolari, tromboz va boshqa kasalliklar rivojlanishi mumkin.

Qonni suyuq saqlash uchun:

🔴ko‘proq suv ichish,

🔴sog‘lom ovqatlanish (sabzavot, meva, omega-3 yog‘ kislotalari),

🔴harakatda bo‘lish,

🔴 stressni kamaytirish lozim.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📰📰📰📰

“O‘zsuvtaʼminot” AJ Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan haftalik dayjest:
(1-7-sentabr)


01:05 - Pekin shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston - Xitoy savdo-iqtisodiy va investitsiya forumi;

02:12 - Surxondaryoliklar foydali minerallarga serob suv isteʼmol qiladi;

4:18 - Urganch shahrida zamonaviy oqova suv tozalash inshooti qurilishi rejalashtirilgan;

04:53 - “O‘zsuvtaʼminot” AJda xalqaro tajribaga asoslangan moliyaviy boshqaruv masalalari muhokama qilindi;

05:25 - Xitoyning yetakchi kompaniyalari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi;

05:50 - Buxoro viloyatida ekologik barqarorlik va suv resurslaridan samarali foydalanishga qaratilgan yangi tashabbuslar yo‘lga qo‘yilmoqda;

06:27 - Andijon viloyati Shaxrixon tumanida “Yangi O‘zbekiston” massivi barpo etilmoqda;

07:10 - Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 1070 ta xonadon aholisi ilk bor markazlashgan ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi;

07:52 - Sirdaryo viloyatida markazlashgan ichimlik suvi taʼminoti darajasi oshmoqda;

08:36 - Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash maqsadida qanday ishlar olib borilmoqda?

09:17 - Surxondaryo viloyatida 9,5 kilometr ichimlik suvi tarmog‘i va suv inshooti, shuncha hajmdagi oqova suv kollektori va tozalash inshooti barpo etilmoqda;

09:42 - Prezidentimizning sohaga qaratayotgan doimiy eʼtibori, sohaga ajratilayotgan imkoniyatlar natijasida tizimda sifat va samaradorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda;

10:37 - ”Samarqand suv taʼminoti”AJ tasarrufidagi ichki oqova suv tarmoqlari va oqova suv kollektorlari maxsus texnikalar yordamida tozalanib, kuz-qish mavsumiga shay holatda keltirilmoqda;

11:24 - Surxondaryo, Andijon, Navoiy, Toshkent viloyatlari suv taʼminoti infratuzilmasini mustahkamlash va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida yangi texnikalar foydalanishga topshirildi;

13:27 - Jizzax shahrida sutkasiga 30 ming metr³ oqova suv tozalash quvvatiga ega inshoot foydalanishga topshirildi;

14:20 - Buxoro viloyati Kogon shahar “Vatanparvar” MFY hududida joylashgan ichimlik suv nasos stansiyasi zamonaviy qiyofa kasb etdi;

14:42 - Inshootlarda texnologik audit o‘tkazilmoqda;

15:20 - Suv taʼminoti tizimida shaffoflik va korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini kuchaytirish davom etmoqda;

17:53 - “O‘zsuvtaʼminot” AJ raisining tashabbusi bilan sohada faoliyat yuritayotgan xodimlar moddiy va maʼnaviy qo‘llab-quvvatlanmoqda.

|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☄️Suvni asrash - har birimizning burchimizdir!

|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassis_minbari

Aholi yashash punktlariga suv uzatilishi to‘liq to‘xtatilganda suv ta’minoti tashkiloti aholini ichimlik suvi bilan vaqtinchalik ta’minlash masalasini hal etadi.


Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori,
2-ilova, 129-band

|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️Andijon shahar "Mehnat" MFY Bobur shox ko‘chasidagi oqova suv quvurida yuzaga kelgan nosozlik "Andijon suv ta'minoti" AJning ta'mirlash guruhi tomonidan tezkorlik bilan bartaraf etildi

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
#mutaxassis_minbari

⚖️⚖️ O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi.169-modda. O‘g‘rilik
—————————————————
#трибуна_специалиста

⚖️⚖️ Уголовный кодекс Республики Узбекистан. Статья 169. Кража

|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Antarktidadagi ulkan A23a aysbergi yemirila boshladi

🌊 Qariyb 40 yil davomida muz tog‘idek suzib yurgan A23a aysbergi endi iliq suvlar ta’sirida parchalana boshladi.

🔹 Avvallari “megaaysberg” sifatida tanilgan bu muz massasi og‘irligi 1 trillion tonnaga yaqin, maydoni esa 3 ming km² dan ortiq edi. Bugun esa uning hajmi ikki barobardan ko‘proq kichrayib, 1770 km² atrofida qoldi. So‘nggi haftalarda undan 400 km² lik ulkan bo‘laklar ajralib ketgan.

📍 A23a ilk marta 1986-yilda Antarktida shelfigidan ajralgan, biroq 30 yildan ziyod vaqt davomida Ueddell dengizi tubida “qotib qolgan” edi. Faqat 2020-yildan keyin suzishni boshlagan va kuchli oqimlar orqali Janubiy Atlantikadagi “aysberg yo‘lagi”dan o‘tib ketdi.

🐧 2025-yil boshida aysberg Janubiy Jorjiya oroli yonida to‘xtab qolib, bu yerda yashovchi pingvin va tyulen koloniyalari uchun xavf tug‘dirgan. Ammo may oyidan boshlab yana shimolga qarab harakatlana boshladi.

🔬 Mutaxassislarning fikricha, A23a’ning hozirgi tez parchalanishi iliq suvlar va kuchli to‘lqinlar oqibati. Olimlar shuningdek, bunday ulkan muz massasi 40 yil davomida butun holda saqlanib qolganini ham mo‘jiza deb atashmoqda.

🌍 Aysberglarning erish sur’ati esa tobora yaqqol ko‘rinayotgan global iqlim o‘zgarishlari bilan chambarchas bog‘lanmoqda.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Ichimlik suvi loyihalariga ham mablag‘ ko‘paytirilishi kerak

✔️“Tashabbusli budjet”da qatnashgan loyihalarning aksariyat qismi — yarmidan ko‘pi ichki yo‘llarga oid, Qashqadaryoda bu qariyb 90%ga yetadi. Faqat Toshkent shahri va Navoiy viloyatida loyihalar ko‘proq maktab, tibbiyotga oid bo‘lgan.

Shunday bo‘lsa-da, davlat yetarlicha ovoz olmagan, qishloq aholisi uchun hayot-mamot ahamiyatga ega bo‘lsa-da, yo‘l, uyushgan maktab yoki tibbiyot muassasalariga nisbatan zaif prioritetga ega bo‘lgan toza ichimlik suvi ta’minoti loyihalariga qo‘shimcha moliyalashtirish manbalarini yo‘naltirishi zarur.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
#БИЛАСИЗМИ?

2025 ЙИЛ 1 АВГУСТДАН


ЭКОЛОГИК ҲУҚУҚБУЗАРЛИКЛАР УЧУН ЖАРИМАЛАР миқдори қуйидагича белгиланган:

Фуқароларга белгиланмаган жойларга чиқинди ташлаш – 412.000 сўмдан 1.236.000 сўмгача;

Хазон ва шох-шаббаларни ёки ўсимликларнинг қолдиқларини ёқиб юбориш – 1.236.000 сўмдан 2.060.000 сўмгача;

Сувларни ифлослантириш ёки булғатиш – 1.236.000 сўмдан 2.060.000 сўмгача;

Дарахтларни, буталарни, бошқа ўсимликларни ва ниҳолларни қонунга хилоф равишда кесиш, кундаков қилиш, шикастлантириш, йўқ қилиш ёки бошқа жойга кўчириб ўтказиш – 10.300.000 сўмдан 20.600.000 сўмгача;

Қурилиш майдонларида атмосфера ҳавосини муҳофаза қилиш талабларига риоя этмаслик – 4.120.000 сўм;

Сақланиши тақиқланган ёввойи ҳайвонларни сақлаш – 2.060.000 сўмдан 4.120.000 сўмгача (ҳайвонларни мусодара қилиб);

Табиий муҳитни тиклаш, табиий захираларни қайта ҳосил қилиш ва табиий муҳитга зарарли таъсир кўрсатиш оқибатларини бартараф этиш чораларини кўрмаганлик – 412.000 сўмдан 1.236.000 сўмгача;

Экология ва атроф-муҳитни муҳофаза қилиш органлари давлат инспекторининг қонуний фаолиятига тўсқинлик қилганлик, шунингдек, унинг кўрсатмаларини бажармаслик – 2.060.000 сўмдан 4.120.000 сўмгача жарима белгиланади.

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2022 йил 22 августдаги 464-сонли қарорига мувофиқ, соғлом дарахтларни таг қисмидан кесиш ҳамда шикастлантириш ҳолатлари содир этилса, табиатга етказилган зарар ундирилади.

Наманган вилояти Экология бошқармаси ахборот хизмати