Akmal Murodov
429 subscribers
7.99K photos
3.85K videos
14 files
6.01K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
Forwarded from O‘zsuvta'minot
“O‘zsuvta’minot” AJ rahbari Jizzaxda: Yangi tizimlar, tezkor xizmat va intizomiy talablar

☄️Bugun “O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulov xizmat safari bilan Jizzax viloyatida bo‘ldi. Safar davomida u “Jizzax suv ta’minoti” AJda amalga oshirilayotgan ilg‘or tashabbuslardan biri, pilot loyiha — maxsus mobil ilova faoliyati bilan tanishdi. Ushbu dastur avariya holatlarini tezkorlik bilan qayd etish va ularni aniqlash imkonini beradi, bu esa tizim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

💬Shuningdek, korxonada ish boshlash arafasida bo‘lgan call-markaz faoliyati hamda zamonaviy laboratoriyaning texnik imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi. Axmad Suvankulov bu jarayonlarni tezkor va sifatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berdi.

📌Uchrashuv yakunida boshqaruv raisi jamoa xodimlari bilan muloqot qilib, tartib-intizomga qat’iy amal qilish, har bir vazifaga mas’uliyat va fidoyilik bilan yondashish zarurligini alohida ta’kidladi.

|🌐Website          | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘zsuvtaʼminot” AJ Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan haftalik dayjest (4-10-avgust) :

00:46-“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi v.b. Axmad Suvankulov Osiyo taraqqiyot banki hamda Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki vakillari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.

01:57-“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Toxir Xaydarov hamda tizim mutasaddilari “Basalt Uzbekistan” klasteri vakillari bilan uchrashdi.

02:13-Boshqaruv raisi o‘rinbosari Xurshid Raxmatullayev “O‘zbekiston Respublikasi milliy investitsiya jamg‘armasi” AJning vakillari, “Franklin Templeton Asset Management” MChJ XK mas’ullari va Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki (OIIB) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘ldi.

03:17-“O‘zsuvta’minot” AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Nodir Xodjamov xizmat safari doirasida Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib qaytdi.

03:37-“Surxondaryo suv ta’minoti” AJda 2025-yilning birinchi yarim yilligi davomida amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

04:15-“Namangan suv ta’minoti” AJ direktori ishtirokida yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etildi.

05:05-O‘tgan haftaning reyd tadbirlari xususida.

08:15-“Qorovulbozor tumanida kanalizatsiya tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish” loyihasi doirasida jamoatchilik muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

08:25-“Navoiy suv ta’minoti” AJ Navoiy shahar bo‘limi Ekspluatatsiya bloki xodimlari o‘rtasida bilimlar bellashuvi o‘tkazildi.

09:44-Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumanida suv ta’minoti infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilmoqda.

10:29-“Ali Said” suv inshooti hududida Yuqori Chirchiq va Parkent tumanlari aholisi uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

11:09-“Navoiy suv ta’minoti” AJ axborot xizmati mutaxassislari tomonidan viloyatdagi barcha ta’lim-tarbiya muassasalarida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.

12:01-"Sirdaryo suv ta'minoti" AJ Boyovut tumani bo'limi rahbari Ulug‘bek Urolov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi

12:38-“Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ tomonidan viloyatdagi barcha shahar va tumanlardagi hududiy bo‘limlarga yangi texnika jamlanmalari topshirildi.

|🗝Cabinet        |🌐 Veb-sayt
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 Twitter
|
💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1
#Elon
#Navoiy_viloyati

📣 Xatirchi tumani aholisi diqqatiga!

📆 Joriy yilning 14-avgust kuni soat 10:00 da “Navoiy suv ta’minoti” AJ rahbariyati ishtirokida ichimlik suvi va oqova suv xizmatlariga oid masalalar yuzasidan sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.

📌Manzil: Xatirchi tumani, "Miyonqol" mahalla fuqarolar yig‘ini binosi.

☎️ Bog‘lanish uchun telefon:
+99850-877-11-66
+99877-999-12-55

❗️Ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha murojaatlaringizni bildirish uchun ushbu imkoniyatdan foydalaning!

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Jizzax_viloyati

☄️Noqonuniy ulanishlar aniqlanib, tegishli choralar ko'rildi

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Daryolarni tozalashning aqlli yo‘li

✔️Tasavvur qiling: daryo bo‘ylab suzuvchi oddiy qurilma hech qanday tashqi energiyasiz, tun-u kun ishlaydi va chiqindilarni to‘playdi. Bu endi fantastika emas – bu Italiyaning “River Cleaning” startapi amalga oshirayotgan loyiha.

🌊 Ularning ishlash prinsipi juda oddiy: daryo oqimiga diagonal tarzda o‘rnatilgan aylanuvchi “tishli g‘ildiraklar” plastmassa va boshqa chiqindilarni qirg‘oqdagi maxsus yig‘ish nuqtalariga yo‘naltiradi.

❗️ Bu texnologiyaning afzalliklari:

💭 Tashqi energiya talab qilmaydi – butun quvvati daryo oqimidan olinadi;

💭 Qayiqlar harakatiga xalaqit bermaydi, hatto kemalar bilan to‘qnashuvga ham bardosh beradi;

💭 Har qanday daryo sharoitiga moslashuvchan tuzilishga ega.

📌 Natijalar esa aniq va ishonchli:

➡️ 2021-yil – Italiyadagi Rosada shahrida sinov paytida atigi bir necha haftada 100 kg dan ortiq chiqindi yig‘ildi;

➡️ 2023-yil – Venetsiya yaqinida o‘rnatilib, chiqindilarning Adriatika dengiziga oqib ketishining oldi olindi;

➡️ Bugungi kunda esa “Horizon Europe” ko‘magida Milan, Albaniya va boshqa hududlarda ham mazkur usul kengaymoqda.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🌍🌕 Iqlim isishi – suv ta’minotiga jiddiy ta’sir koʻrsatadi

🟠Jahon meteorologiya tashkilotining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025–2029 yillar oralig‘idagi har bir yil 1991–2020 yillar me’yoridan issiqroq bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi yillarda esa global harorat sanoatgacha bo‘lgan davrga nisbatan +1,5°C darajadan ham oshib ketishi ehtimoli bor.

📣 Haroratning ortishi nafaqat yashash va xo‘jalik faoliyatiga, balki suv ta’minotiga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.

💭Iqlim isishining kuchayishi natijasida:

📌Tоjikistondagi eng yirik suv manbai – Fedchenko muzligining 40% qismi,

📌 Qirg‘izistondagi asriy muzliklarning 30% qismi muddatidan oldin erib ketgan.

➡️Bu holat, ayniqsa, iqtisodiyoti gidroelektr stansiyalarga tayanadigan Qirg‘iziston va Tojikiston kabi davlatlar uchun katta muammo tug‘diradi.


Odatda may–sentabr oylarida mintaqaning aksar hududida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Endilikda esa Jahon meteorologiya tashkiloti yoz oylarida havo me’yoridan yuqori bo‘lish ehtimoli 82% ekanini ma’lum qilmoqda. Bu esa avvaliga yog‘ingarchilik, keyin esa qurg‘oqchilik yuz berishi mumkinligini anglatadi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

❗️Сув кодекси қабул қилинди


Батафсил инфографикада👆

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassis_minbari

"Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni


18-modda
: Isteʼmolchilarning huquqlari

|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✔️Sug'orishni daraxt ekishdan oldin o'ylash kerak!

|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🤝🚜 Zamonaviy suv inshootlarini boshqarish qanday mexanizm asosida amalga oshiriladi?

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Aysara Asharova, o‘quvchi.

Amudaryo va Orol – bu nomlar shunchaki geografik joylar emas, balki butun bir tarix, hayot, og‘riq va umid ramzidir. Bir paytlar Amudaryo bo‘ylarida hayot qaynar, suv jilg‘alari nafaqat dalalarni, balki insonlarning qalbini ham shod etar edi. Orol dengizi esa shu hayotning yuragi bo‘lgan.

Kemalar suvda erkin suzar, bolalar suv bo‘yida quvnab yugurar, baliqchilar esa tongni duolar bilan qarshi olar edi. Hammada bir xil tuyg‘u bor edi — umid.

Biroq bugungi manzara tamoman boshqacha. Orol — qurigan. Uning o‘rnida esa qum va tuzga to‘la so‘ngan umidlar qoldi. Har gal shamol essa, qumli bo‘ron ko‘zni ham, ko‘ngilni ham og‘ritadi. Qachonlardir hayot manbai bo‘lgan dengiz, endi eslatmaga aylangan — insonning tabiatga bo‘lgan bee’tiborligi qanday fojeaga olib kelishi mumkinligining ochiq timsoli.

Bugun Orolning atrofi cho‘lga aylangan. U yerda yorg‘oq emas, chang yog‘adi, suv emas, ko‘z yoshlari oqadi. Menda esa doim bir savol:
"Qanday qilib shunday bo‘lib qoldi?"

Bu fojia faqat tabiat emas, balki insonning orzu-umidlarini, bolalarning quvonchini, baliqchilarning hayotini ham o‘zi bilan olib ketdi. Orolning qurishidan keyin uning tubi keng bir qumli va tuzli cho‘lga aylandi.

Buvam har doim shunday der edilar:

“2016-yilgacha suv yetarli edi. Hamma quvonar, odamlar suvni bag‘rikenglik bilan qabul qilardi. Lekin keyin suv kamaydi, va biz tomonlarda ham suv kelishi sezilarli darajada ozaydi.”

Eng ajablanarli jihati — o‘sha yerda hali ham insonlar yashayapti. Ular hali ham Orol qayta tiklanishiga umid qilmoqda. Ular ishonishadi — Orol yana suvga to‘ladi, hayot qayta jo‘sh uradi.

Bu umid menga ham o‘tdi.

Kelajak bizning qo‘limizda!
Agar biz tabiatga nisbatan mas’uliyatli bo‘lsak, uni ehtiyot qilsak, yana Orolda hayot gullab-yashnaydi. Bu faqat Orol emas — biz, kelajak, bolalarimiz haqidagi qaror.

Suv – bu shunchaki daryo emas, u hayotning yuragidir. Uni asrash – hammamizning burchimiz!


p.s: 2025-yil may oyida Janbasqala 39- va 41-maktab o‘quvchilari Dunyo Orol Bo‘yi Xayriya Jamg‘armasi,
Ekolog.uz hamda O‘zbekiston Ekologik Harakati hamkorligida ekologik ogohlik dasturi tashkil etilgan edi. Unda o‘quvchilar Orol bo‘yida cho‘llanish chegarasida yashayotgan insonlar misolida iqlim o‘zgarishi borasidagi shaxsiy tajribalari haqida insholar va hikoyalar yozishgandi. Yuqoridagi matn o‘sha dastur doirasida yozilgan ishlardan...

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1😢1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Ichimlik suvi ta’minoti yoki oqova suv xizmatlariga oid murojaat yoki takliflaringiz bormi?

Sohadagi qurilish ishlari borasida savollar yoki yechimini kutayotgan muammolar sizni qiziqtirayotgandir?

To‘lovlar xususida mutaxassisdan javob olmoqchimisiz?

Shaxsiy kabinetdan foydalanishga oid savollaringiz bormi?

Sohada korrupsion holatlarning guvohi bo'ldingizmi?

📞Unda sizni 🟠🟠🍎❤️💜🩷💙❤️❤️ soat 1️⃣0️⃣-0️⃣0️⃣da  “O‘zsuvta’minot” AJning https://t.iss.one/uzsuv telegram kanali orqali bo‘lib o‘tadigan “Ovozli most” loyihasiga taklif etamiz.

🗣👤 Chat tarzida tashkil etiladigan mazkur loyiha orqali mutaxassislar ishtirokida murojaatlaringizga yechim topilishiga ishonamiz.
——————————————
У вас есть предложения или обращения, касающиеся вопросов питьевого водоснабжения и водоотведения?

Вы не равнодушны к решению имеющихся проблем или у вас есть вопросы о строительстве в отрасли?

Хотите получить ответы от специалистов по вопросам осуществления оплаты?

У вас есть вопросы о том, как воспользоваться "Личным кабинетом"?

Вы стали свидетелями коррупции в сфере?

📞 Тогда мы хотим пригласить вас принять участие в проекте "Голосовой мост", который пройдет в телеграмм-канале https://t.iss.one/uzsuv АО "Узсувтаъминот" 🟠🟠 👍👍👍👍😁👍👍 текущего года в 1️⃣0️⃣: 0️⃣0️⃣ часов.

🗣👤Надеемся, что в этом проекте, который будет проходить в формате чата с участием специалистов, вы сможете найти решение своих проблем.

|🌐Website     | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mutaxassis_minbari

Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori


2-ilova, 119-band

| 🌐Veb-sayt    | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 X
|💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qoraqalpogiston_Respublikasi

‼️Nukus shahrida ichimlik suvidan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1