Akmal Murodov
428 subscribers
7.99K photos
3.86K videos
14 files
6.02K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
🚰Буюк Британия инфратузилманинг эскириши ва талабнинг ўсиши туфайли 10 йил ичида хонадонлар учун сувга лимит жорий қилиши мумкин

Атроф-муҳит вазири Стив Рид шундай хавф борлиги ҳақида огоҳлантирди.

Унинг таъкидлашича, яқин 5 йилда сув таъминоти тизимини модернизация қилиш учун $136 млрд. керак бўлади. Ва натижалар учун йиллар керак бўлади.

Аввалроқ Англияда сўнгги 69 йилдаги энг қурғоқчил баҳордан кейин бу ёз қурғоқчилик хавфи борлиги ҳақида хавотирлар янграганди.

@SputnikUzbek
1
💬“Samarqand suv ta’minoti” AJ direktori Tolibjon Boboyev rahbarligida iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun debitor qarzdorliklarni undirish masalasiga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔻Yig‘ilishda tizim rahbariyati, tuman va shahar filiallari boshliqlari hamda videokonferensiya aloqasi orqali hududiy bo‘linma xodimlari ishtirok etdi.

📢 Muhokamalarda qarzdorlikni kamaytirish, tushumlar va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir hudud kesimida mavjud holat tahlil qilinib, qarzdorliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq manzilli yo‘l xaritalari ishlab chiqildi va mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📈 Toshkent shahrining Bektemir tumani — poytaxt bilan Toshkent viloyati o‘rtasidagi chegara hududlardan biri hisoblanadi. 4 yil muqaddam viloyatdan poytaxt tarkibiga qo‘shilgan mahallalarning aksariyati aynan shu tuman hududida joylashgan.

📢 Biroq yangi aholi maskanlarining barchasida ham infratuzilma, ayniqsa, kommunal xizmatlar, talab darajasida emas edi. Ayniqsa, ichimlik suvi tarmoqlari yo‘q hududlarda muammolar mavjud bo‘lgan.

🔵 Bugungi kunda ushbu hududlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

➡️ Rejaga ko‘ra, 2026-yil oxirigacha viloyatdan poytaxtga qo‘shilgan barcha mahallalarni to‘liq suv bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
▫️ Jumladan, ayni paytda Bektemir tumanining "Zabardast" mahallasida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bu yerda 17 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda.


Rejaga muvofiq, yaqin oylarda qurilish ishlari yakunlanib, yangi tarmoq orqali toza ichimlik suvi ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi. Natijada, ushbu hududda yashovchi 2 ming 300 nafar aholi markazlashgan suv ta’minotidan foydalana boshlaydi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd_tadbiri

-Yig‘ishtir kamerangni...

Qarshi shahrida o‘tkazilgan reyd tadbiri chog‘ida ichimlik suvidan 8 mln so‘m qarzdor fuqaro jurnalistga tahdid qildi

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🔵Xorazm viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlaridan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan yuridik iste’molchilar o‘rtasida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔻 O‘rganishlar davomida qator korxona va tashkilotlarga tegishli hisoblash uskunalariga zarar yetkazilgani, ayrim holatlarda suvdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

‼️Reydlar natijasida jami qariyb 200 million so‘mlik qarzdorlik undirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha huquqiy choralar belgilandi.

📌 Eslatib o‘tamiz, xizmat ko‘rsatish sifati va hisob-kitob tartibini yaxshilash, shuningdek, qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari respublika miqyosida davom etmoqda.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Suv hisob-kitoblari bilan bog‘liq har qanday tushunmovchiliklarni bartaraf etish uchun cabinet.uzsuv.uz shaxsiy kabinetidan foydalaning!

Ushbu platforma orqali siz:

* Hisob-kitoblarni onlayn tarzda kuzatib borishingiz;
* Suv iste’moli to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishingiz;
* To‘lovlarni amalga oshirishingiz;
* Boshqa foydali xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

Vaqtingizni tejang va suv hisob-kitoblari bilan bog‘liq muammolardan xalos bo‘ling!

Instagram | Facebook |Telegram | Website | Cabinet | Chat |Youtube
1
#Tayinlov

Mamadaliyev Raxmonjon Baxrom o‘g‘li "Namangan suv ta’minot" AJ direktorining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

R. Mamadaliyev bunga qadar Namangan shahar hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Suvni asrang
Sun'iy intellekt
Sun'iy intellekt yozib bergan qo'shiqni bir tinglab ko'ring

Usiz donlar koʻkarmaydi,
Usiz nonlar qizarmaydi,
Nabodotning navosi suv,
Tiriklikning davosi suv.

Oqaverar qadrsizdek,
Goho ichdik, gohi suzdik.
Asrash shartdir ikki koʻzdek,
Bu borliqning havosi suv.

Muzliklardan kelar sado,
Ey odamzod, sen beparvo...
Tugasak gar boʻlib ado,
Kelajakning balosi suv.

Doʻstim, ukam, joʻram, asrang,
Bir zum oʻylang, toʻram, asrang,
Isrof qilmang, bolam, asrang,
Yerning Momo Havosi suv.


"Samarqand suv ta'minoti" AJ Axborot xizmati rahbari
Alisher Aliqulov she'ri


| 🌐Veb-sayt    | 🗝Cabinet 
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|📹
YouTube       |🕊 X(Twitter)
|💬Chat               | TikTok
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"2025-yil yanvar-aprel oylari mobaynida sudlarga jami 1 578 ta iste’molchiga nisbatan 6 mlrd 482 ming so‘mlik da’vo arizalari kiritildi".


🎙"Qashqadaryo suv ta’minoti" AJ yuridik bo‘lim boshlig‘i Umid GULMATOVning muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirish bo‘yicha ta’sir choralarini ko‘rish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi fikrlari.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
☄️Кобул чучук сувдан тўлиқ қуриб қолган дунёдаги биринчи пойтахтга айланмоқда. Ер ости сувлари сатҳи 30 метрга пасайган, шаҳардаги қудуқларнинг ярми қуриб қолган, дея хабар беради Азаттйк радиоси.

📣 Иқлим ўзгариши ва аҳолининг кескин кўпайишидан ресурсларни самарасиз бошқаришгача бўлган бир қанча сабаблар мавжуд. Кобулнинг айрим ҳудудларида аҳоли аллақачон озиқ-овқат ва қимматроқ тоза сув ўртасида танлов қилишга мажбур.

📌 2000 йилда Кобулда икки миллион, 2025 йилда эса олти миллион киши яшаган. Шаҳарда кўп сув талаб қиладиган иссиқхоналар ва корхоналар мавжуд.

👉 Бу муаммо ҳаммага маълум бўлиб, ўз вақтида афғон ҳукуматига турли ечимлар таклиф қилинган, жумладан, янги сув омбори қуриш, сув қувурларини тортиш. Аммо бу ҳукумат учун устувор вазифа эмас эди. Энди толиблар бу вазифалар учун бюджет ажратиш ниятида эканликларини айтишмоқда.

Эслатиб ўтамиз, “Толибон” ҳаракати Амударёнинг сув ресурсларига даъвогарлик қилмоқда, бу эса қўшнилар, биринчи навбатда, Ўзбекистон билан муносабатларнинг кескинлашувига олиб келади.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2😢1