Akmal Murodov
417 subscribers
8.01K photos
3.87K videos
14 files
6.03K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☄️Issiq suv qonga tez so‘rilib kislorod balansini tez to‘ldiradi

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Чорвоқ сув омборига оқова сувлар ташланиши ҳолати аниқланмади

Ижтимоий тармоқларда Тошкент вилояти Бўстонлиқ туманининг Чорвоқ сув омборига оқова сув қуйилаётганлиги ҳақида хабар тарқалди.

Ҳолат Экология вазирлиги, Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги соҳасида назорат қилиш инспекцияси ҳамда манфаатдор идоралар мутасаддилари иштирокида жойига чиқиб ўрганилди.

Ўрганиш натижасида Бўстонлиқ тумани, Навобод МФЙ ҳудудида жойлашган Чорвоқ сув омборининг (умумий ҳажми – 2006.0 млн.м³) “томоша қилиш майдончаси”дан кўриниб турган 600 мм диаметрли чўян қувурдан боғдорчилик фермер хўжалигининг суғориш мақсадида ишлатадиган сувлари оқаётганлиги ҳамда унинг ёнида ичида электр кабеллари ўтган полипропилен қувурлар (д-76 мм ва д-100 мм) экани аниқланди.

Ўрганишга вилоят экология бошқармасининг ҳамда Санэпидқўмитанинг туман лабораториялари жалб қилиниб, 600мм диаметрли қувурдан оқаётган сувлардан таҳлил намуналари олинди. Дастлабки сув намуналари асосида олинган кимёвий таҳлиллар натижасида сув таркибида ифлослантирувчи моддалар аниқланмади. Олинган сув намуналари San’QvaM 0083-24 талабларига мос келиши маълум бўлди.

Ушбу ҳудудда марказлашган оқова сувларни қабул қилиб олиш учун “Чимган Чорбоғ магистраль сув тармоғи” АЖга қарашли д-800 мм бўлган «Бақачол» оқова сув коллектор мавжуд бўлиб, ушбу коллектор Чирчиқ оқова сув тозалаш иншоотига бориб қуйилади.

Сув омбори сатҳи периметр бўйлаб чиқилганда, сув омборига оқова сувлар оқизилмаётганлиги, шунингдек, сув омборига қуйиладиган барча сув йўлларига оқова сувлар ташланиш ҳолати аниқланмади.

Сув омборидаги гидротехника иншоотлари хавфсизлигига ва техник ҳолатига таъсир этувчи омиллар мавжуд эмас. Яъни Тошкент вилояти Бўстонлиқ туманининг Чорвоқ сув омборига оқова сувлар қуйилаётгани тўғрисидаги хабар ўз тасдиғини топмади.

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
RASMIY MUNOSABAT

📌Ijtimoiy tarmoqlarda Amudaryo tumani “Xizireli” mahalla fuqarolar yig‘ini (MFY) hududidagi ko‘chalarda ichimlik suvi tarmoqlari tortilgan, biroq tekislash ishlari olib borilmayotgani haqida murojaat tarqaldi.

🔴Mazkur holat "Qoraqalpoq suv ta’minoti" AJ tomonidan o‘rganib chiqildi. Hozirda “Xizireli” MFY hududida ichimlik suvi tarmoqlarini tortish ishlari davom etmoqda. Qurilish-montaj ishlari bosqichma-bosqich bajarilmoqda.

📈Loyihaning yakuniy bosqichi sifatida, barcha qurilish ishlari to‘liq tugallangach, ko‘chalarda tekislash ishlari ham belgilangan tartibda bajarilishi rejalashtirilgani ma’lum qilinadi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚰Буюк Британия инфратузилманинг эскириши ва талабнинг ўсиши туфайли 10 йил ичида хонадонлар учун сувга лимит жорий қилиши мумкин

Атроф-муҳит вазири Стив Рид шундай хавф борлиги ҳақида огоҳлантирди.

Унинг таъкидлашича, яқин 5 йилда сув таъминоти тизимини модернизация қилиш учун $136 млрд. керак бўлади. Ва натижалар учун йиллар керак бўлади.

Аввалроқ Англияда сўнгги 69 йилдаги энг қурғоқчил баҳордан кейин бу ёз қурғоқчилик хавфи борлиги ҳақида хавотирлар янграганди.

@SputnikUzbek
1
💬“Samarqand suv ta’minoti” AJ direktori Tolibjon Boboyev rahbarligida iste’mol qilingan ichimlik suvi uchun debitor qarzdorliklarni undirish masalasiga bag‘ishlangan tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔻Yig‘ilishda tizim rahbariyati, tuman va shahar filiallari boshliqlari hamda videokonferensiya aloqasi orqali hududiy bo‘linma xodimlari ishtirok etdi.

📢 Muhokamalarda qarzdorlikni kamaytirish, tushumlar va xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Har bir hudud kesimida mavjud holat tahlil qilinib, qarzdorliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq manzilli yo‘l xaritalari ishlab chiqildi va mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
📈 Toshkent shahrining Bektemir tumani — poytaxt bilan Toshkent viloyati o‘rtasidagi chegara hududlardan biri hisoblanadi. 4 yil muqaddam viloyatdan poytaxt tarkibiga qo‘shilgan mahallalarning aksariyati aynan shu tuman hududida joylashgan.

📢 Biroq yangi aholi maskanlarining barchasida ham infratuzilma, ayniqsa, kommunal xizmatlar, talab darajasida emas edi. Ayniqsa, ichimlik suvi tarmoqlari yo‘q hududlarda muammolar mavjud bo‘lgan.

🔵 Bugungi kunda ushbu hududlarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda.

➡️ Rejaga ko‘ra, 2026-yil oxirigacha viloyatdan poytaxtga qo‘shilgan barcha mahallalarni to‘liq suv bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
▫️ Jumladan, ayni paytda Bektemir tumanining "Zabardast" mahallasida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bu yerda 17 kilometrga yaqin ichimlik suvi tarmog‘i tortilmoqda.


Rejaga muvofiq, yaqin oylarda qurilish ishlari yakunlanib, yangi tarmoq orqali toza ichimlik suvi ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi. Natijada, ushbu hududda yashovchi 2 ming 300 nafar aholi markazlashgan suv ta’minotidan foydalana boshlaydi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Reyd_tadbiri

-Yig‘ishtir kamerangni...

Qarshi shahrida o‘tkazilgan reyd tadbiri chog‘ida ichimlik suvidan 8 mln so‘m qarzdor fuqaro jurnalistga tahdid qildi

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
🔵Xorazm viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlaridan foydalanishda qonunchilikka rioya etilishi yuzasidan yuridik iste’molchilar o‘rtasida reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

🔻 O‘rganishlar davomida qator korxona va tashkilotlarga tegishli hisoblash uskunalariga zarar yetkazilgani, ayrim holatlarda suvdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi.

‼️Reydlar natijasida jami qariyb 200 million so‘mlik qarzdorlik undirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha huquqiy choralar belgilandi.

📌 Eslatib o‘tamiz, xizmat ko‘rsatish sifati va hisob-kitob tartibini yaxshilash, shuningdek, qonunbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan reyd tadbirlari respublika miqyosida davom etmoqda.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1