Akmal Murodov
400 subscribers
8.12K photos
3.94K videos
14 files
6.12K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👉 Kanalizatsiya tarmog‘i nega tiqiladi?

🖥Urganch shahrining Pahlavon Mahmud ko‘chasida oqova suv tarmog‘ida tez-tez tiqilish holatlari yuzaga kelayotganligi sababli, bugun ushbu ko‘chadagi 2,3 kilometr kanalizatsiya quvuri maxsus texnika yordamida yuvildi.

Tozalash jarayonida quvurlardan turli xil qattiq chiqindilar — suvda erimaydigan buyumlar va oziq-ovqat qoldiqlari chiqarildi.

✔️ Shuni unutmang: oqova suv tarmog‘i — axlat qutisi emas! Undan to‘g‘ri foydalanish, unga chiqindi tashlamaslik — barchamizning jamoaviy mas’uliyatimizdir.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aholi va tashkilotlar tomonidan ichimlik suvini noqonuniy iste’mol qilish holatlarining oldini olish, to‘lov intizomini kuchaytirish maqsadida butun respublika bo‘ylab “O‘zsuvta’minot” AJ va uning hududiy filiallari tomonidan keng ko‘lamli reydlar tashkil etilmoqda.

Farg‘ona shahrida ana shunday reydlar davomida ichimlik suvidan katta miqdorda qarzdor bo‘lgan tashkilotlar aniqlanib, ularning suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi hamda qonun doirasida ma’muriy jarimalar qo‘llanildi.


📌 Noqonuniy ulanish holatlari bo‘yicha ham qat’iy choralar ko‘rilmoqda — ayrim fuqarolar jarimaga tortildi, hatto ma’muriy qamoq jazosi qo‘llangan holatlar ham qayd etildi.

✔️ Unutmang, suv — beqiyos ne’mat! Uni qonuniy asosda va adolatli to‘lov evaziga iste’mol qilish barchamizning fuqarolik burchimizdir.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Saida Mirziyoyeva
O‘zbekistonning eng muhim yutuqlaridan biri — erkin va professional matbuotdir.

Ustuvor qadriyatlarga sodiqligingiz va o‘quvchilaringiz-obunachilaringiz oldidagi mas’uliyatingiz uchun har biringizga minnatdorlik bildirmoqchiman. Jasoratingiz va tahririyat siyosatini, pozitsiyangizni himoya qilishga doimo tayyorligingiz e’tirofga loyiq.

O‘zbekistonning yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan barcha jurnalistlarni tabriklayman — mamlakatimizdagi ko‘pgina ijobiy o‘zgarishlar aynan Sizning mehnatingiz tufayli amalga oshmoqda.

Rahmat! Bayramingiz muborak bo‘lsin!



Одно из самых значимых достижений Узбекистана — это свободная и профессиональная пресса.

Я хочу поблагодарить каждого из вас за принципиальность и ответственность перед своими читателями. За вашу смелость и постоянную готовность отстаивать свою редакционную политику.

Поздравляю журналистов, которые получили высокие награды Узбекистана. Огромное количество позитивных преобразований в стране удалось осуществить благодаря вам.

Спасибо! С праздником!
👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
☄️Suv pulini to'lash har birirmizning burchimizdir!

|🗝Cabinet        |🌐 Veb-sayt
|🤖Bot                 |😄Telegram
|
💬Facebook     |🌐Instagram
|
📹YouTube       |🕊 Twitter
|
💬Chat               | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Suv quvuriga noqonuniy ulanganlar jarimaga tortildi

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📷 OAV va matbuot xodimlari kuni — axborot makonini shakllantirayotganlarga minnatdorlik bilan

🇺🇿 Bugun Toshkent Shahar hokimligida 27-iyun — Ommaviy axborot vositalari va matbuot xodimlari kuniga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Yig’ilganlarni poytaxt hokimi nomidan hokim o‘rinbosari Shahnoza Sultonova tabriklab, jurnalistlar, matbuot kotiblari va blogerlarga samimiy minnatdorlik va tabrik so‘zlarini yetkazdi.

💬 U o‘z nutqida matbuotning poytaxt hayotidagi muhim rolini ta’kidlab, jamiyat bilan ochiq va professional muloqotning ahamiyatini alohida qayd etdi hamda OAV hamjamiyatiga kundalik mehnati, tezkorligi va xolisligi uchun minnatdorchilik bildirdi.

🎁 Tadbir doirasida soha vakillariga shaharning axborot madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissalarini e’tirof etish ramzi sifatida esdalik sovg‘alari topshirildi.
Barcha hamkasblarimizni kasb bayramlari bilan samimiy tabriklaymiz! Mehnatingiz doimo e’zozda bo‘lsin, so‘zingiz aniq va hurmatga sazovor bo‘lsin.



📷 День работников СМИ и печати — с благодарностью к тем, кто формирует информпространство страны

🇺🇿 Сегодня в хокимияте Ташкента прошло торжественное мероприятие, посвящённое 27 июня — Дню работников средств массовой информации и печати.

С искренними поздравлениями от имени хокима города к журналистам, пресс-секретарям и блогерам обратилась заместитель хокима Шахноза Султанова.

💬 В своём выступлении она отметила важную роль прессы в жизни столицы, подчеркнула значимость открытого и профессионального диалога с обществом и поблагодарила медиасообщество за ежедневный труд, оперативность и объективность.

🎁 В рамках мероприятия представителям сферы были вручены памятные подарки как знак признания их вклада в развитие информационной культуры города.
Сердечно поздравляем всех коллег с профессиональным праздником! Пусть ваш труд будет всегда востребован, а слово — точным и уважаемым.

YouTube | Facebook | Instagram | Web-site | Telegram-bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Канализация қувури ахлат қутиси эмас!

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1🤔1🤬1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Andijon suv ta’minoti” AJ: ichimlik suvi xizmatlarining barqarorligini ta’minlashga iste’molchilar ham mas’ul!

Bu borada o‘z majburiyat va bir necha tavsiyalarga rioya qilishning o‘zi kifoya:

📲 To‘lovlarni uydan chiqmasdan, onlayn tarzda amalga oshirish mumkin.

📉 Suv hisoblagich moslamasi yordamida esa suv sarfini va xarajatlarni 4–5 barobargacha tejashingiz mumkin.

⚠️ Qarzdorlikni bartaraf etmaslik holati sud tartibida ko‘rib chiqilishi mumkin.
Unutmang! To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz- sifatli xizmat kafolati!

O‘z burch va majburiyatimizga mas’uliyat bilan yondashaylik!

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda Ellikqal’a tumani hududida ichimlik suvini yetkazib beruvchi obyektlardan birida muammolar borligi bo‘yicha telegram kanallarda xabar tarqalgan edi. Bu bo‘yicha "Qoraqalpoq suv ta’minoti" AJ mutaxassislari tomonidan vaziyat o‘rganib chiqildi va quyidagilar ma’lum qilinadi. Mazkur suv inshooti orqali iste’molchilar belgilangan grafik asosida ichimlik suvi bilan ta’minlanadi. Inshootda olib borilgan kichik ta’mirlash ishlari sababli suv yetkazib berish ma’lum muddatga vaqtincha to‘xtatilgan edi. Hozirgi vaqtda muammo ijobiy yechimini topgan. Batafsil ma’lumot videolavhada.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
☄️Farg‘ona viloyati bo‘ylab “Farg‘ona suv ta’minoti” AJ va tegishli idoralar hamkorligida ichimlik suvidan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha keng ko‘lamli reyd tadbirlari olib borilmoqda.

⚡️Mazkur reydlar davomida ichimlik suvidan to‘lovlarni amalga oshirmagan, o‘zboshimchalik bilan quvur tortib, ruxsatsiz ulanishlar orqali suvdan foydalangan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari aniqlanmoqda.

✔️Aniqlangan qonunbuzarlik holatlariga huquqiy baho berilmoqda. Aybdor shaxslar amaldagi tartib asosida jarimaga tortilmoqda, ulangan suv tarmoqlari esa faqat qarzdorlik to‘liq bartaraf etilgandan so‘ng tiklanmoqda.

Shuni unutmang, ichimlik suvi — umumiy ne’mat. Undan qonuniy va oqilona foydalanish har birimizning burchimizdir.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚨 Kobul suv inqirozi yoqasida

⚡️Mutaxassislar ogohlantirmoqda: Kobul zamonaviy dunyodagi birinchi shahar bo‘lishi mumkinki, u butunlay suvsiz qoladi. Oxirgi 10 yilda shaharning yer osti suvlari darajasi 30 metrga pasaydi. Quduqlarning yarmi qurib ketgan, suv tanqisligi yiliga 44 million kub metrga yetmoqda.

📌Suv aholining asosiy muammosiga aylangan. Oilalar daromadining 30 foizigacha faqat suv uchun sarflamoqda. Xususiy kompaniyalar esa quduqlar qazib, yer osti suvlari hisobidan foyda ko‘rmoqda va suvni aholiga qimmat narxlarda sotmoqda.

☄️Yana bir muammo — suvning ifloslanishi. Kobuldagi yer osti suvlari 80 foizgacha salbiy holatda: oqava suvlar, tuz va mishyak darajasi yuqori.

🟣 Xalqaro moliyalashtirish to‘xtagan. Masalan, 2025 yil boshida suv va sanitariya loyihalariga zarur bo‘lgan 264 million dollardan atigi 8,4 million dollar ajratilgan xolos.

⚠️Yagona umid — Panjshir daryosi orqali quvur qurilishi loyihasi, bu loyiha 2 million aholiga suv ta’minlash imkonini beradi. Biroq buning uchun yana 170 million dollar investitsiya zarur.

➡️ Kobul bugun — dunyoning ertangi kunining aksidir. Agarda suv resurslariga va iqlim muammolariga e'tibor bermasak, ko‘plab shaharlarni shunday taqdir kutmoqda.

Suv huquqi — bu hayot
huquqi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✔️"Toshkent shahar suv ta’minoti" AJ tarkibidagi inshoot va korxonalarda 400ga yaqin maxsus texnika va transport vositalari mavjud. Ularning texnik jihatdan soz bo‘lishi soha faoliyatida muhim ahamiyatga ega.

📌Ayniqsa, avtotransport vositalarining domiy shayligi Yo‘l harakati xavfsizligi organlari tomonidan nazoratga olingan. Shu maqsadda bir yilda bir marta mazkur transportlar texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.

📣Navbatdagi ko‘rikda ham avariya tiklash guruhlarining maxsus transportlari yengil avtomobillar va boshqa texnikalar tekshiruvdan o‘tdi.

⚡️Ulardagi texnik kamchiliklar bartaraf etildi. Haydovchilarga maxsus yo‘riqnoma ham o‘tildi.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
☄️В социальной сети 4 июня текущего года распространилась информация потребителя о том, что "в боте uzWater, почему то не выходит опция "отправить показания водомера".

✔️В связи с техническими работами, проведенными на тот момент в целях улучшения качества обслуживания, данная функция была недоступна. В тот же день, 4 июня данная функция стала доступна для все пользователей.

|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
✔️ “Buxoro suv ta’minoti” AJ tomonidan ichimlik suvidan oqilona foydalanish, noqonuniy ulanishlarning oldini olish va debitor qarzdorlikni kamaytirish maqsadida Buxoro viloyatida 10 ta maxsus ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgani xususida xabar berilgan edi. Reyd tadbirlari davom etmoqda.

⚡️ Xususan, 2025-yil 26–27-iyun kunlari o‘tkazilgan reydlar natijasida:

jami undirilgan qarzdorlik va to‘lovlar miqdori 614 million so‘mni,

qarzdorlik tufayli tarmoqdan ajratilgan iste’molchilar soni esa 26 nafarni tashkil etdi.

Hurmatli iste’molchilar!
Ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz hamda iste’mol madaniyatiga amal qilishingiz so‘raladi!


|😄Telegram |💬Facebook     |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1