Akmal Murodov
399 subscribers
8.12K photos
3.94K videos
14 files
6.13K links
"O‘zsuvta’minot" AJ Axborot xizmati rahbarining rasmiy kanali

Rasmiy sayt: uzsuv.uz

Murojaat uchun: @uzsuv_oav
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati

🔺Suv inshootlarida bahor-yoz-kuz mavsumlariga tayyorgarlik ishlari qay darajada?

👉akmal_murodov👈
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from O‘zsuvta'minot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Tomchida_hikmat

|🗝Cabinet       |🌐Website
|
🤖Bot                |😄Telegram
|
💬Facebook    |🌐Instagram
|
📹YouTube      |🕊 Twitter
|
💬Chat | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
#Qaror_va_ijro

📢 “Oʻzsuvta’minot” AJda ijro intizomini mustahkamlashga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi

📅 31-yanvar kuni “Oʻzsuvta’minot” AJda oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Tadbirda Adliya vazirligi, Hisob palatasi, Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimlari, shuningdek, “Oʻzsuvta’minot” AJ tarkibidagi tashkilotlar rahbarlari, boshqarma va boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.

🔎 Seminarda quyidagi mavzular xususida ma’lumot berildi va fikr almashildi:
Ijro.gov.uz” tizimida 2024-yilda yuklatilgan nazorat topshiriqlarining ijro samaradorligi va aniqlangan kamchiliklar;
Ijro intizomini mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar;
Vazirlik, idoralar va mahalliy hokimliklarda Prezident topshiriqlarini samarali tashkil etishning muhim jihatlari;
Hisob palatasi tomonidan nazorat jarayonida aniqlangan kamchiliklar va ularni bartaraf etish choralari;
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tartibi va qonunchilik talablari.


🎤 Ma’ruzachilar:
📌Seminarni boshqaruv raisining oʻrinbosari - loyiha ofisi rahbari Nodir Xodjamov kirish soʻzi bilan ochib bergan boʻlsa, Adliya vazirligi vakili F. Raximov, Hisob palatasi mas’ul xodimi B. Dushayev, Vazirlar Mahkamasi vakili B. Ne’matovlar oʻz yoʻnalishlari boʻyicha ma’lumot berishdi.
Shuningdek, “Oʻzsuvta’minot” AJ Ijro nazorati boʻlimi boshlig‘i X. Daniyorov, Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash boʻlimi boshlig‘i O. Ergasheva hamda Xodimlar bilan ishlash xizmati boshligʻi A. Islamovlar sohada yoʻnalish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida ma’lumot berishdi.
🔹 Seminar davomida soha mutaxassislari ijro intizomini mustahkamlash yoʻlida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolarga alohida e’tibor qaratildi.
🔹 Muhokamalar davomida kelgusida ijro tizimini takomillashtirish boʻyicha muhim taklif va tavsiyalar ilgari surildi.
🔹 Tadbir soʻngida mavzu yuzasidan ochiq savol-javoblar oʻtkazildi.

Mazkur seminar ijro intizomini yanada kuchaytirish va tizim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

|🗝Cabinet       |🌐Website
|
🤖Bot                |😄Telegram
|
💬Facebook    |🌐Instagram
|
📹YouTube      |🕊 Twitter
|
💬Chat | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Forwarded from O‘zsuvta'minot
🖥 “O‘zsuvta’minot” AJ targ'ibot yo'nalishida "G'uncha" jurnali bilan hamkorlik qiladi

‼️ Suv – hayot manbai! Uni qadrlash va tejash madaniyatini bolalikdan shakllantirish esa ertangi avlod uchun mustahkam poydevor yaratadi. Endilikda, yosh kitobxonlar ichimlik suvi, uning ahamiyati va ekologik muhofazasi haqida qiziqarli ma’lumotlar, ijodiy maqolalar va eksklyuziv ruknlar orqali bilib borishadi.


☄️ Gap shundaki, “O‘zsuvta’minot” AJ va bolalarning eng sevimli nashrlardan biri – “G‘uncha” jurnali o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi!

📈 Bu tashabbus yosh avlodga ichimlik suvi va iste’mol madaniyati haqida tushuncha berish, ularning bu boradagi qarashlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

⚡️ Hamkorlik doirasida:

✔️ Ichimlik suviga oid sohaviy ma’lumotlar jurnalda alohida ruknda yoritiladi.
✔️ Yosh ijodkorlarning suv haqida maqola, she’r va rasmlari e’lon qilinadi.
✔️ Ijtimoiy tarmoqlarda suvni tejash va to‘g‘ri iste’mol qilish bo‘yicha qo‘shma postlar beriladi.

📌 Bolangiz yozgan she’r yoki chizgan rasmi jurnalda chiqishini xohlaysizmi?

Unda biz bilan kuzatib boring va ijodiy loyihalarda qatnashing!

|🗝Cabinet       |🌐Website
|
🤖Bot                |😄Telegram
|
💬Facebook    |🌐Instagram
|
📹YouTube      |🕊 Twitter
|
💬Chat | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sirdaryo_viloyati

🔺Suv inshootlarida bahor-yoz-kuz mavsumlariga tayyorgarlik ishlari qay darajada?
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍41
Forwarded from O‘zsuvta'minot
Kunikecha, "O‘zsuvta’minot" AJda boshqaruv raisi Axmad Suvankulov hamda O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja, xalqaro media olami vakillari, milliy media sohasi mas’ullari, OAV vakillari va xorijiy ekspertlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda suv ta’minoti va iste’mol madaniyati, shu jumladan, to‘lov madaniyati hamda suvdan oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yana-da kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xususan, Sherzodxon Qudratxo‘ja mamlakatimizda ichimlik suvi ta’minoti va bu borada aholi orasida targ‘ibotni kuchaytirish masalalariga to‘xtalar ekan, davlat rahbarining suv siyosati bo‘yicha olib borayotgan siyosatini to‘liq qo‘llab-quvvatlayotganligini e’tirof etdi. Jumladan, suv manbalaridan mintaqada teng va unumli foydalanish uchun qo‘shnichilik siyosatining ahamiyatini hamda bu borada davlat rahbarining adolatli siyosat yuritayotganini alohida ta'kidladi. Shuningdek, ichimlik suvi hamda oqova suv xizmatlaridan o‘rinli foydalanishga oid media materiallarni ko‘paytirish zarurligi va bu boradagi targ‘ibot ishlarining ahamiyatini alohida qayd etdi.


O‘z o‘rnida, A. Suvankulov bu borada tizimda axborot siyosatining doimiy monitoringi yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidladi. U, shuningdek, soha rivoji uchun investitsiyalarning o‘rni va bu borada katta islohotlarni amalga oshirishda davlat rahbarining tashabbusini e’tirof etdi: “Bugungi kunda, O‘zbekistonda markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti 80 foizdan oshirildi. Bu ko‘rsatkichni 2030-yilga qadar 90 foizdan oshirish uchun izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar, muhtaram yurtboshimiz ta’kidlaganidek, avvalo inson hayoti va xalq farovonligi uchun. Faqat, amalga oshirilayotgan ishlardagi mashaqqat va mehnatni, aholi xonadonlarigacha kirib borayotgan ichimlik suvining oddiy jarayon emasligini aholimizga yetkazish, iste’molchilarimizning ichimlik suvidan oqilona foydalanishi va iste’mol madaniyatiga qat’iy amal qilishda targ‘ibotning o‘rni muhimligini ta’kidlash lozim”.


Shuningdek, Axmad Suvankulov suv ne’matining qadriyatlarimizdagi ifodasi, har bir tomchisidan o‘rinli foydalanishda nafaqat soha va media olami vakillari, balki barcha birdek mas’ul bo’lishi lozimligini qayd etdi.

Uchrashuvda “O‘zsuvta’minot” AJ tizimi va unga bo‘lgan jamoatchilik e’tiborini oshirishda yangi targ‘ibot loyihalari, ijodiy yondashuvlar va kengaytirilgan media mahsulotlarini ishlab chiqish, ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish haqida fikrlar almashildi.

Ayniqsa, ichimlik suvi iste’molining madaniyatini oshirish, suvni tejash va undan samarali foydalanish borasida yangi kontentlar yaratilishi hamda ommaviy axborot vositalari orqali aholi orasida suvning qadri va to‘g‘ri iste’mol madaniyatini shakllantirishga keng e’tibor qaratilishi zarurligi ta'kidlandi.

Uchrashuv yakunida, ichimlik suvi iste’moli va to‘lov madaniyatini yaxshilash maqsadida yangi media mahsulotlarini ommalashtirishga kelishib olindi. Bu orqali, fuqarolarni suvning ahamiyatini anglashga chaqirish va suvdan oqilona foydalanishni targ‘ib qilishni davom ettirish rejalashtirildi.

Suv-umummilliy boyligimiz. Undan o‘rinli foydalanish, iste’mol madaniyatini shakllantirish va aholining ongini oshirish borasidagi targ‘ibot ishlarining muvaffaqiyati, butun jamiyatning suvga bo‘lgan munosabatini yaxshilashga xizmat qiladi. Tomonlarning bu boradagi hamkorligi suv resurslari, xususan ichimlik suvidan samarali foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

|🗝Cabinet       |🌐Website
|
🤖Bot                |😄Telegram
|
💬Facebook    |🌐Instagram
|
📹YouTube      |🕊 Twitter
|
💬Chat | TikTok
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1