“Dolzarb 90 kunlik”: yoshlarni intellektual va jismoniy faollikka chorlovchi mashg'ulotlar
Andijon davlat universitetining Odam fiziologiyasi va hayot xavfsizligi hamda Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-grafik asosida Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida bo‘ldilar.
Tashabbus doirasida kafedra o‘qituvchilari tomonidan yoshlar bilan davra suhbatlari, sport musobaqalari, interaktiv o‘yinlar, to‘garak mashg‘ulotlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi. Xususan, yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida mehnat to‘garaklari hamda mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarni rivojlantirish uchun yoshlar o‘rtasida shaxmat musobaqalari o‘tkazildi.
Ta’kidlash joizki, bunday faoliyatlar o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini oshirish hamda ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5❤🔥1👍1🔥1🤓1🆒1 1
Bugun, 11-iyul kuni Andijon davlat universitetida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Andijon viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Zakovat” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Turnirda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalaridan saralangan jamoalar ishtirok etdi. O‘yin davomida talabalar o‘zlarining bilimlari va zukkoligini sinovdan o‘tkazib, do‘stona muhitda bir-birlari bilan bellashdi. Qizg'in bahs-munozaralarga boy kechgan intellektual bellashuv natijalariga ko'ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdi:
Turnir yakunida tashkilotchilar musobaqaning ahamiyatini ta'kidlab, bunday intellektual bellashuvlar talabalar orasida bilimga bo‘lgan ishtiyoqni oshirish va ularning intellektual salohiyatini rivojlantirishga katta hissa qo‘shishini aytib o‘tdi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥3 2❤1👍1🥰1💘1
Yozgi ta’til – imkoniyatlar davri, to‘garaklar va uchrashuvlar: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida manzilli tashabbuslar
Prezidentimiz tashabbusi bilan ilgari surilgan “Dolzarb 90 kunlik” amaliy sa’y-harakatlar dasturi doirasida Andijon davlat universitetining Xorijiy tillar (Aniq va tabiiy fanlar) kafedrasi professor-o‘qituvchilari yozgi ta’til davrida Qo‘rg‘ontepa tumanida bo‘lib, o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni foydali faoliyatlarga jalb qilish hamda ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazdilar.
Tashabbus doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchi-yoshlar bilan sport musobaqalari, jumladan, stol tennisi bo‘yicha bellashuvlar, kompyuter to‘garaklari hamda ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi. Uchrashuvlar davomida yoshlarga sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini samarali o‘tkazish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ham berildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥2⚡1❤1👍1🔥1 1
Yoshlarni intellektual va jismoniy faollikka chorlovchi mashg'ulotlar: “Dolzarb 90 kunlik” doirasida manzilli tashabbuslar
Andijon davlat universitetining Matematika, Kondensirlangan muhitlar fizikasi hamda Amaliy matematika va mexanika kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida bo‘ldilar.
Ushbu tashabbus doirasida kafedra o‘qituvchilari yoshlar bilan davra suhbatlari, sport musobaqalari, interaktiv o‘yinlar, to‘garak mashg‘ulotlari va ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qildi. Jumladan, “Mohir qo‘llar”, “Yosh rassomlar”, “Kompyuter savodxonligi”, “Ingliz tili” va “Sport” to‘garaklari tashkil etilib, yoshlarga ijodiy, intellektual va jismoniy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratildi. Ushbu mashg‘ulotlar yoshlarning o‘z qiziqishlariga mos yo‘nalishlarda ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu faoliyatlar o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish va ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥3🔥2 2🥰1
"Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida "Mohir qo‘llar" to‘garagi o'tkazildi
Andijon davlat universitetida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish, ularni mustaqil hayotga va kasb-hunarga tayyorlash maqsadida turli yo‘nalishlarda to‘garak mashg‘ulotlari tajribali ustozlar tomonidan tizimli ravishda olib borilmoqda.
Bugun, 15-iyul kuni talabalar turar joyida istiqomat qilayotgan talaba-qizlar ishtirokida "Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida Filologiya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Dilfuza Xodjayeva boshchiligida "Mohir qo‘llar" to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo'lib o'tdi.
Bu galgi mashg'ulotlarda talaba-qizlar zamonaviy tikuv mashinalarida andoza asosida mato bichish va tikish, rang-barang qog‘ozlardan nafis gullar yasash hamda maxsus iplardan o‘ziga xos hunarmandchilik buyumlari to‘qish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirdilar. To'garak mashg‘ulotlarida faol ishtirok etgan talaba-qizlarga universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnomalar topshirildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10❤🔥2😍2🔥1🤩1🕊1🤓1🆒1💘1 1
Yoshlar bilan mazmunli vaqt o‘tkazish: amaliy tashabbuslar va natijalar
Andijon davlat universitetining Rus tili va adabiyoti, Ekologiya va botanika hamda Zoologiya va biokimyo kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-jadval asosida Xonobod shahri va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirdilar.
Loyiha doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan umumta’lim maktablarida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Sport o‘yinlari”, “Mehnat” va “Ertak qahramonlari” loyihalari asosida turli tadbirlar hamda to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida amalga oshirilgan bunday faoliyatlar o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini oshirish hamda ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥3😍1
ADU professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida joylarda uchrashuvlar o‘tkazmoqda
Andijon davlat universitetining Geografiya, Kimyo hamda Genetika va biotexnologiya kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-jadval asosida bir qator hududlarda bo‘lishdi.
Jumladan, Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilar bilan jonli muloqotlar o‘tkazildi, kasb tanlovi, oliy ta’lim imkoniyatlari, ilm-fanga bo‘lgan qiziqish va yoshlarning shaxsiy rivoji bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi. Shu bilan birga, tadbirlar doirasida o‘quvchilar o‘rtasida shaxmat o‘yinlari, stol tennisi musobaqalari va musiqiy chiqishlar tashkil etilib, yoshlarning ijodiy va sportga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur loyiha doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga doir targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍3❤🔥1🔥1🤩1😍1🆒1💘1 1
“Dolzarb 90 kunlik” loyiha doirasida yoshlar bilan manzilli ishlar davom etmoqda
Andijon davlat universitetining Oziq-ovqat texnologiyasi, O‘zbekiston tarixi va Jahon tarixi kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlarni foydali hamda mazmunli faoliyatlarga keng jalb etish maqsadida tuzilgan reja-grafik asosida Xonobod shahridagi umumta’lim maktablari va boshqa ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi.
Xususan, ushbu tashabbus doirasida kafedra o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilar uchun mazmunli suhbatlar, sport musobaqalari, interaktiv o‘yinlar, to‘garak mashg‘ulotlari hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi. Shuningdek, yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida rassomchilik to‘garaklari yo‘lga qo‘yildi, mantiqiy fikrlash va strategik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun esa shashka hamda shaxmat musobaqalari o‘tkazildi.
Bunday tadbirlar yoshlarda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda ijtimoiy faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ushbu sa’y-harakatlar esa yosh avlodning har tomonlama kamol topishi va barkamol shaxs sifatida shakllanishiga xizmat qilmoqda.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤7❤🔥1🔥1🥰1😍1 1
Bo‘sh vaqtni mazmunli o‘tkazish yo‘lida: “Dolzarb 90 kunlik” jarayonlari davom etmoqda
Andijon davlat universitetining Ijtimoiy fanlar, Milliy g‘oya hamda Falsafa kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-jadval asosida Xonobod shahri, Jalaquduq va Qorg‘ontepa tumanlarida bo‘ldilar.
Tashabbus doirasida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan o'quvchi-yoshlar uchun sport musobaqalari, interaktiv o'yinlar, to'garak mashg'ulotlari va ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar o’tkazildi. Jumladan, “Mohir qo‘llar”, “Yosh rassomlar”, “Kompyuter savodxonligi”, “Ingliz tili” va “Sport” to‘garaklari tashkil etilib, yoshlarga ijodiy, intellektual va jismoniy rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Shuningdek, uchrashuvlarda yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish borasida amaliy tavsiyalar berildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5🤩3😁2 2❤🔥1👍1🔥1🥰1
“Dolzarb 90 kunlik”: Ustoz-shogird an’analarini ulug’lash
Bugun, 18-iyul kuni Andijon davlat universiteti Filologiya fakulteti professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasidagi navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tashabbus asosida ustoz-shogird an’analarini ulug‘lash, ziyolilarga ehtirom bildirish maqsadida biologiya fanlari doktori, professor Lolaxon Saidbayeva xonadoniga bo’ldilar.
Mazkur tashrif mo‘tabar ustozning tavallud ayyomi munosabati bilan tashkil etildi. Tashrif davomida ustoz bilan samimiy suhbat olib borilib, ehtirom ifodasi sifatida esdalik sovg‘asi topshirildi. Jamoa ustozga mustahkam sog‘lik, bardavom umr va yangi muvaffaqiyatlar tilab, samimiy tilaklarini bildirdi.
Bunday uchrashuvlar nafaqat ustoz-shogird munosabatlarini mustahkamlash, balki yosh avlod qalbida kattalarga hurmat, ilmga ehtirom, qadriyatlarimizga sadoqat kabi ezgu fazilatlarni shakllantirishda muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤10👍4 2❤🔥1🔥1👏1😍1🆒1💘1
“Dolzarb 90 kunlik”: Yoshlar uchun manzilli va tizimli yondashuv
Andijon davlat universitetining Sport faoliyati turlari nazariyasi va metodikasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Jalaquduq tumanidagi umumta’lim maktablarida bo‘ldilar.
Tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’lim muassasalarida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari hamda turli yo‘nalishlardagi to’garak mashg’ulotlari o‘tkazildi. Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilarga o‘zaro hurmat, jamoada ishlash ko‘nikmalari rivojlantirishga yo‘naltirilgan qiziqarli topshiriqlar taqdim etildi.
"Dolzarb 90 kunlik" loyihasi doirasida amalga oshirilgan bunday faoliyatlar o‘quvchilarning ijtimoiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini oshirish hamda ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4👍3❤🔥1😍1🆒1 1
Yozgi ta’tilda yoshlar ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlar
Andijon davlat universitetining Iqtisodiyot kafedrasi professor-o'qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida Xonobod shahridagi umumta’lim maktablarida targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini o‘tkazdilar.
Tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan o’quvchi-yoshlar bilan qiziqarli va ma’naviy-ma’rifiy mavzularda uchrashuvlar o‘tkazilib, ularning ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan to’garaklar tashkil etildi. Shuningdek, turli ijodiy mashg‘ulotlar, sport va intellektual o‘yinlar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini yanada mazmunli va samarali o‘tkazilishini ta'minladi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5👍2❤🔥1🥰1🎉1😍1🆒1💘1 1
“Dolzarb 90 kunlik”: Andijon davlat universiteti professor-o’qituvchilari yoshlar bilan faol hamkorlikda
Andijon davlat universitetining Odam fiziologiyasi va hayot xavfsizligi, Fakultetlararo jismoniy tarbiya va sport hamda Tasviriy san’at kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi asosida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida viloyatning turli hududlarida bo‘ldilar.
Xususan, kun davomida Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda o‘quvchilar bilan samarali suhbatlar o‘tkazildi. Professor-o‘qituvchilar yoshlarga kasb tanlash, oliy ta’lim imkoniyatlari, ilm-fanga qiziqishni oshirish va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha muhim tavsiyalarni berishdi.
Tashabbus doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yildi. Jumladan, yoshlarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish maqsadida musiqa to‘garaklari, mantiqiy fikrlash va strategik ko‘nikmalarini rivojlantirish uchun esa shashka hamda shaxmat musobaqalari o‘tkazildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6👏2🆒2⚡1❤🔥1😁1😍1💘1
Yoshlarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil qilinmoqda: “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida samarali faoliyat
Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida respublika bo‘ylab “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur tashabbus doirasida Andijon davlat universitetining Musiqiy ta'lim, Kompyuter injiniringi hamda Axborot texnologiyalari kafedralari professor-o‘qituvchilari yozgi ta’til kunlarida Xonobod shahri, Jalaquduq va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar va uyushmagan yoshlarga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirdilar.
Tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida kasb tanlash, oliy ta’lim imkoniyatlari, kompyuter savodxonligini oshirishga qaratilgan ochiq muloqotlar, motivatsion uchrashuvlar, sport musobaqalari, shaxmat o‘yinlari, shuningdek, san’at va texnologiyalar yo‘nalishidagi to‘garak mashg‘ulotlari kabi targ‘ibot-tashviqot tadbirlari samarali tashkil etildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥2👏2❤1🔥1🥰1🎉1🤩1🕊1😍1🆒1 1
ADU professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida joylarda uchrashuvlar o‘tkazmoqda
Andijon davlat universitetining Pedagogika, Xorijiy tillar (aniq va tabiiy fanlar) hamda Fakultetlararo chet tillar kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-grafik asosida bir qator hududlarda bo‘lishdi.
Jumladan, tashabbus davomida Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchilar bilan jonli muloqotlar o‘tkazildi, kasb tanlovi, oliy ta’lim imkoniyatlari, ilm-fanga bo‘lgan qiziqish va yoshlarning shaxsiy rivoji bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.
Mazkur uchrashuvlar doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga doir targ‘ibot ishlari ham olib borildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5❤🔥2🔥1🎉1🤩1💘1 1
“Dolzarb 90 kunlik”: o’quvchi-yoshlar faolligi yo‘lida
Bugun, 24-iyul kuni Andijon davlat universitetining Matematika, Amaliy matematika va mexanika hamda Kondensirlangan muhit fizikasi kafedralari professor-o'qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi hamda uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida tuzilgan reja-grafik asosida Xonobod shahri, Qo'rg'ontepa va Jalaquduq tumanlaridagi maktablarda bo'ldilar.
Tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan o'quvchi-yoshlar bilan uchrashuvlar, interaktiv o'yinlar, to'garak mashg'ulotlari va ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda yoshlarning sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish borasida amaliy tavsiyalar berildi.
Shuningdek, professor-o‘qituvchilar tomonidan sport mashg‘ulotlari, ingliz tiliga oid qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazilib, ularning bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida yoshlar bilan birgalikda viloyatdagi turli muzeylarga sayohatlar amalga oshirildi. Pedagogik yondashuv asosida olib borilgan bu tadbirlar yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirishga, ularni ilm-fanga, sportga va sog‘lom hayot tarziga jalb etishga xizmat qildi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3❤🔥1👍1😍1🆒1 1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏟 Ayni daqiqalarda “Bobur Arena” stadionida katta futbol bayrami boshlanish arafasida.
“Beshta muhim tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan DXX kubogi uchun musobaqaning final bahsi birozdan so‘ng boshlanishi rejalashtirilgan. Stadionga yig‘ilgan minglab futbol ishqibozlari o‘yinni katta qiziqish va hayajon bilan kutib olishmoqda.
Mazkur musobaqada Andijon davlat universiteti rahbariyati boshchiligida talaba-yoshlar “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida jamoalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida faol ishtirok etmoqda.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤🔥3❤2🔥2😍1 1
Tadbirning ochilish marosimida Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi, final bosqichiga yetib kelgan jamoalarni samimiy tabriklab, ularga omad tiladi.
Bugun futbol muxlislari Andijon shahrining "Gumbaz" hamda Oltinko'l tumanining "Mirobod" mahallalari o'rtasidagi shiddatli o'yinga guvoh bo'ladilar.
Ushbu final uchrashuvini Andijon davlat universiteti rektori Baxtiyorjon Akbaraliyev boshchiligida professor-o’qituvchilar hamda talabalar stadiondan bevosita kuzatib, ishtirokchi jamoalarni faol qo‘llab-quvvatlamoqda.
Eslatib o'tamiz, final o'yinini ushbu havola orqali jonli efirda ham kuzatib borishingiz mumkin.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤6❤🔥2 2👍1😍1
“Dolzarb 90 kunlik”: o‘quvchi-yoshlar bilan manzilli uchrashuvlar davom etmoqda
Andijon davlat universitetining O‘zbek adabiyotshunosligi, Rus tili va adabiyoti hamda Umumiy fizika kafedralari professor-o‘qituvchilari “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida yozgi ta’til davrida o‘quvchi va uyushmagan yoshlarni mazmunli faoliyatlarga keng jalb etish, ularning ijtimoiy faolligi va ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish maqsadida tuzilgan reja-grafik asosida Xonobod shahri hamda Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlaridagi umumta’lim maktablarida bo‘lib, turli tadbirlar o‘tkazdilar.
Mazkur tashabbus doirasida yozgi ta’til davrida universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan umumta’lim maktablari ma’muriyati bilan hamkorlikda o‘quvchilar uchun sport musobaqalari hamda ingliz tili, rasm chizish, musiqa va raqs yo‘nalishlaridagi to‘garak mashg‘ulotlari tashkil etildi.
Professor-o‘qituvchilar tomonidan amalga oshirilgan bunday tashabbuslar yoshlarning qiziqish va salohiyatini aniqlash, ularni ijtimoiy foydali faoliyatlarga jalb etish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etdi.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5❤🔥1🔥1🤩1 1
“Dolzarb 90 kunlik”: O‘quvchi-yoshlar bilan tizimli va maqsadli ishlar amalga oshirilmoqda
“Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida Andijon davlat universitetining Kimyo hamda Geografiya kafedralari professor-o‘qituvchilari yozgi ta’til vaqtida o‘quvchi va uyushmagan yoshlar bilan ishlashga yo‘naltirilgan targ‘ibot-tashviqot tadbirlarini Xonobod shahri, Qo‘rg‘ontepa va Jalaquduq tumanlaridagi umumta’lim maktablarida amalga oshirdilar.
Tashabbus doirasida professor-o‘qituvchilar tomonidan har bir maktabda o‘quvchilar bilan jonli muloqotlar tashkil etildi. Uchrashuvlarda kasb tanlovi, oliy ta’lim imkoniyatlari, ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda yoshlarning shaxsiy va intellektual rivoji bo‘yicha muhim fikr va tavsiyalar bildirildi.
Tadbirlar doirasida o‘quvchilar o‘rtasida shashka va shaxmat bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi. Shuningdek, ular milliy oshxonamizning betakror taomi palov tayyorlash sir-asrorlarini o‘rganib, o‘zlarining ijodiy va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirdilar.
#Dolzarb_90_kunlik #Yoshlar_oyligi
Veb-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM