Adpi.uz | Rasmiy kanal
14.5K subscribers
27.2K photos
1.26K videos
140 files
10.3K links
✔️Veb-sayt:www.adpi.uz
✔️Facebook:www.fb.com/adpiuz
✔️Instagram:www.instagram.com/adpiuz
✔️Twitter:www.twitter.com/adpiuz
✔️Youtube:www.youtube.com/adpiuz

©️Andijon davlat pedagogika instituti matbuot xizmati

Murojaat uchun: @adpiuzbot
Download Telegram
TTJDA "YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI, BIRLASHAYLIK!" SHIORI OSTIDA MADANIY-MA'RIFIY TADBIR O'TKAZILDI

📆 15-iyun kuni Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar uchun “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

♻️Unda talaba-yoshlar uchun sho‘x kuy, qo‘shiqlar va qiziqarli o‘yinlar namoyish etildi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Oʻqishni_koʻchirish

“Perevod” boʻyicha kengroq tushuntirish

Quyidagi tushuntirishlarimiz Prezident qaroriga asoslangan, yaʼni rasmiy kuchga ega.

1️⃣Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga oʻqishni koʻchirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush oʻrtogʻi doimiy yashaydigan hududdagi OTMga koʻchmoqchi boʻlsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga koʻchsa va turmush oʻrtogʻi yoki voyaga yetmagan farzandining oʻqishini oʻsha hududga koʻchirmoqchi boʻlsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yoʻq. Boshqa hududga ham, oʻz hududidagi boshqa OTMga ham.

2️⃣ Xorijdan oʻqishni koʻchirish

Bunda oʻtgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yoʻnalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda oʻtish balini toʻplash talab etiladi;

2) oʻtish balini toʻplay olmasa, super-kontrakt shartlari asosida oʻqishini koʻchirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishga oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilmaydi.

3️⃣ Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan oʻqishni koʻchirish

Bunda ham oʻtgan yilgi eskicha tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yoʻnalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda oʻtish balini toʻplash talab etiladi;

2) oʻtish balini toʻplay olmasa, super-kontrakt shartlari asosida oʻqishini koʻchirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” toʻlab koʻchirishi mumkin.

4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga oʻqishni koʻchirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning oʻzi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga oʻqishni koʻchirish mumkin yoki mumkin emasligini oʻsha OTMning oʻzidan aniqlashtiring.

5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga oʻqishni koʻchirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini koʻchirmoqchi boʻlinayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga oʻqishni koʻchirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini koʻchirmoqchi boʻlinayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul_2022

⚡️ 2022/2023 oʻquv yili uchun qabul parametrlari taqsimoti tasdiqlandi

🔰 2022/2023 oʻquv yilida
OTM bakalavriatining kunduzgi, sirtqi, kechki, masofaviy taʼlim shakllari boʻyicha hamda OTM magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida oʻqishga qabul qilish parametrlari:

▫️kunduzgiyuklab olish;

▫️sirtqiyuklab olish;

▫️kechki yuklab olish;

▫️masofaviyyuklab olish;

▫️magistraturayuklab olish.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul_2022

⚡️⚡️⚡️Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti qabul kvotalari tasdiqlandi: O'zgarishlar katta

🔰2022/2023 o‘quv yilida Andijon davlat universitetining Pedagogika institutiga bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi.

♻️Joriy yil 19 ta ta'lim yo'nalishlari bo'yicha jami 1140 ta kvota ajratildi. Shulardan davlat granti uchun 220 ta kontrakt uchun 920 ta o'rin ajratildi.

2 ta yangi ta'lim yo'nalishlari (60110300 - Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi, 60111100 - Tarix) qo'shildi.

❗️Eslatib o'tamiz, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Davlat test markazining sayti orqali onlayn ro‘yxatga olinadi.

Abituriyent do'stlarimizga yuboramiz👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Нега ўқишни кўчириш кўпайиб кетди?

Вазир айрим ота-оналар ва абитуриентларнинг ўқишни танлашдаги эскича қарашларини қоралади

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul_2022

⚡️⚡️⚡️Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti SIRTQI VA KECHKI ta'lim shakli uchun qabul kvotalari tasdiqlandi
. Yangiliklar bor

🔰2022/2023 o‘quv yilida Andijon davlat universitetining Pedagogika institutiga bakalavriatning kechki hamda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish kvotalari tasdiqlandi.

♻️Joriy yildan ilk bora institutda KECHKI ta'lim shakli bo'yicha ham talabalar qabul qiladi. 2022/2023 o'quv yilida 6 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha to'lov-kontrakti uchun 225 ta o'rin ajratilgan (to'liq jadval rasmda).

♻️Sirtqi ta'lim shaklida esa 12 ta ta'lim yo'nalishi bo'yicha jami 725 ta to'lov-kontrakt uchun kvotalar belgilandi. (Batafsil rasmda)

❗️Eslatib o'tamiz, abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 20-iyundan 20-iyulga qadar (20-iyul kuni ham) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Davlat test markazining sayti orqali onlayn ro‘yxatga olinadi.

Abituriyent do'stlarimizga yuboramiz👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul_2022

⚡️⚡️⚡️Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti MAGISTRATURASIGA davlat buyurtmasi asosida qabul kvotalari tasdiqlandi
.

🔰2022/2023 o‘quv yilida Andijon davlat universitetining Pedagogika instituti magistraturasiga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlari tasdiqlandi.

♻️Joriy yil magistratura uchun 11 ta ta'lim yo'nalishlari bo'yicha jami 66 ta (davlat granti 26 ta, kontrakt 40 ta) ajratildi.

O'tgan yilgiga nisbatan yangi 70111101 - Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodakasi (Tarix) ta'lim yo'nalishi qo'shildi.

❗️Eslatib o'tamiz, magistraturaga qabul ikki marta amalga oshiriladi:

🗓 avgust oyidagi qabul – navbatdagi oʻquv yili uchun tasdiqlangan davlat granti va toʻlov-kontrakt asosidagi kvotalar uchun;

🗓 yanvar oyidagi qabul – yozda toʻlmay qolgan oʻrinlar hamda Davlat qabul komissiyasi tasdiqlangan kontrakt asosidagi qoʻshimcha kvotalar uchun boʻladi.

Bakalavr do'stlarimizga yuboramiz👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kun_tarixi

Bugun, 17-iyun haftaning juma kuni.

📆Bugun:

🇺🇳 BMT - Xalqaro sahrolanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni.
🌏 Xalqaro tumsohlar kuni
🇬🇧 Buyuk Brtaniya - Ayollar kuni.
🇲🇨 Indoneziya - Bolalar kuni.
🇦🇽 Islandiya - Mustaqillik kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Tibbiyot xodimlari kuni.

Tarixiy voqealar:

🗽 1885 - Ozodlik haykali Nyu-Yorkka olib kelindi.
🇺🇸 1898 - AQSh Senati Gavayini qo'shib olishga rozi bo'ldi.
⚡️ 1967 - Xitoyda birinchi vodorod bombasi sinovdan o‘tkazildi.
💻 1988 - “Microsoft” MS DOS 4.0 operatsion tizimini ishlab chiqdi.

🎉Bugun tug'ilganlar:

👑 1239 - Eduard I Uzunoyoq (1307) - Angliya qiroli (1272-1307).
🇷🇺 1856 - Frans Rubo (1928) - rossiyalik rassom.
🏳️ 1929 - Tigran Petrosyan (1924) - sovet shaxmatchisi, 9-jahon chempioni.
🏊‍♂️ 1964 - Mixael Gross - nemis suzish ustasi, uch karra olimpiada chempioni.
🏊‍♂️ 1988 - Stefani Rays - avstraliyalik suzish ustasi, uch karra olimpiada chempioni.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul_2022
#Call_markaz

📣ABITURIYENTLAR VA ULARNING OTA-ONALARI DIQQATIGA

🔰2022/2023 oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalariga abituriyent sifatida roʻyxatdan oʻtish jarayonlari 2022-yilning 20-iyunidan 20-iyuliga qadar (joriy kun ham) boʻlib oʻtadi. Bunda onlayn roʻyxatdan oʻtish:

👉 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali (https://my.gov.uz/oz);

👉 Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali (https://my.dtm.uz) amalga oshiriladi.

➡️Chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishlariga onlayn roʻyxatdan oʻtish 10-iyuliga qadar (10-iyul kuni ham) amalga oshiriladi.

Abituriyentlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish uchun oliy oʻquv yurtiga borilmaydi.

🏛 Respublikamizda 2022/2023 oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan, abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob berish, joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazib borish maqsadida Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida Call-markaz tashkil etildi.

☎️Fuqarolar quyidagi telefon raqamlari orqali Call-markaz bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin:

+998953010175;
+998953020175;
+998953030175;
+998742240175;

📆Murojaatlar markazi (Call-markaz) dushanba-shanba kunlari soat 9:00dan 18:00 gacha sizning xizmatingizda

Abituriyent do'stlarimizga yuboramiz👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAVda_chiqishlar

KONSTITUTSIYAGA MENING TAKLIFIM: JAMOATCHILIK FIKRI

🔰Andijon davlat universitetninig Pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar, san'at va jismoniy madaniyat fakulteti dekani D.Samatovning fikr-mulohazalari

🎥To'liq videoni youtube kanalimizda tomosha qiling

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Adpi.uz | Rasmiy kanal
#Yoshlar_oyligi
#Andijon2022

"MUNOZARA" KLUBI YOSHLARNI MUNOZARAGA CHORLAYDI

🔰"Yoshlar oyligi" doirasida institutimiz yoshlari uchun yana bir intellektual o'yin tashkil etiladi.

3 kishidan iborat jamoa tuzing va tanlovda ishtirok eting.

📆Tanlov joriy yilning 17-iyun kuni soat 14:00da o'tkaziladi.

🗣Tanlov uchun mavzular:

1️⃣.Taʼlim-tarbiyaga eʼtibor iqtisodiyotni rivojlantirishdan ustunroq;
2️⃣.Ommaviy axborot vositalari xalq maʼnaviyatini oshirishga xizmat qiladi.
3️⃣.Televideniya bola tarbiyasida muhim ahamiyatga ega.
4️⃣. Shaharlarda yashash qishloqlarda yashashdan qulay.

📆Tanlovda ishtirok etish istagida bo'lgan yoshlar fakultetning yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan o'rinbosarlariga murojaat etishlari mumkin.

📝"Munozara" shartlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

🏆Tanlov g'oliblari "Smart watch" (aqlli soat) bilan taqdirlanadi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAVda_chiqishlar

KONSTITUTSIYAGA MENING TAKLIFIM: JAMOATCHILIK FIKRI

🔰Andijon davlat universitetninig Pedagogika instituti yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo'limi boshlig'i Q.Ibaydullayevning fikr-mulohazalari

🎥To'liq videoni youtube kanalimizda tomosha qiling

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#OAVda_chiqishlar

NAJOT TA'LIMDA: XALQARO BAHOLASH TIZIMLARI MARKAZI OCHILDI

🎥Batafsil videoni youtubedagi sahifamizda tomosha qiling

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Yoshlar_oyligi
#Andijon2022

"MUNOZARA" INTELLEKTUAL O'YININING INSTITUT BOSQICHI O'TKAZILDI

🔰Bugun, 17-iyun kuni Andijon davlat universitetining Pedagogika institutida yoshlar oyligi doirasida talabalar o'rtasida "Munozara" intellektual o'yini o'tkazildi.

♻️4 ta mavzu asosida o'tkazilgan qiziqarli baxsda jamoalar o'zlarining tasdiq hamda inkor pozitsityalarini munosib himoya qildilar.

8 ta jamoa qatnashgan o'yinning final bosqichida Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim hamda tillarni o'qitish metodikasi fakultetining "Paradoks" jamoasi Ijtimoiy fanlar, san'at va jismoniy madaniyat fakultetining "Iqro" jamoasi bilan bellashdi. Yakunda "Iqro" jamoasi 1-o'rinni egalladi, 2-o'rinni esa "Paradoks" jamoasi qo'lga kiritdi. "Liderlar" hamda "Pedagoglar" jamoalari 3-o'rinni band etdi.

🏆G'oliblar yoshlar oyligi yakunida munosib taqdirlanadi.

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling👇🏻
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube