Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.7K subscribers
16.3K photos
1.78K videos
34 files
6.46K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

❗️"Zakovat"- bilimdonlar o'yini

Farg'ona viloyati adliya boshqarmasi tizimidagi xodimlarning intellektual salohiyatini yanada oshirish, jamoada birdamlikni ta'minlash, xodimlarni o'z ustida ishlashlariga yo'naltirish maqsadida "Zakovat" NNT Farg'ona filiali bilan hamkorlikda o'tkazilgan "Huquqiy zakovat" o'yinlaridan lavhalar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Navbahorlik yosh nikohlanuvchilar “Farovon oila” markazida o'qiydilar


🔹Navbahor tumani FHDY bo‘limida tashkil etrilgan “Farovon oila” markazida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o’rinbosari — Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova, Adliya vaziri o‘rinbosari Nuʼmon Muxammadiyevlar tadbir jarayonida FHDY xodimlari va hamkor tashkilot vakillari tomonidan oila qurish arafasidagi maxsus kurslarda o'qitilgan yoshlarga sertifikatlar topshirdilar.

👆Batafsil videoda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud

📢Namanganda davlat hisobidan yuridik yordam masalalari yuzasidan seminar o‘tkazildi.


🔹Adliya vazirligi ishchi guruhi tomonidan Namangan viloyat adliya boshqarmasida sudyalar, tergovchilar, surishtiruvchilar va advokatlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

🔹Tadbirda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tartibi, advokatlarni tizim orqali jalb etish, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash mexanizmlari hamda amaliy jihatlar batafsil tushuntirildi.

🔹Shuningdek, Yuridik yordam axborot tizimida kuzatilayotgan muammolar va kamchiliklar muhokama qilindi hamda tizimni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

🔹Seminar yakunida ishchi guruh a’zolari tomonidan ishtirokchilarning savollariga javob berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Oltinko‘l tumani “Madaniy mehnat” mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi asosida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etilib, uyma-uy yurgan holda fuqarolar muammolari o‘rganildi.

🖥 Buxoro viloyati: Buxoro shahrida oilaviy ajrimlarni oldini olish, oilalar mustahkamligini ta’minlash va farzandlar tarbiyasiga bag‘ishlangan amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🖥 Fargʻona viloyati: Farg‘ona tumani “Xosilot” mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

🖥 Jizzax viloyati: Doʻstlik tuman adliya boʻlimi tomonidan “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” aksyasi doirasida “Qaxramon” mahallasida huquqiy targʻibot tadbiri tashkil etildi.

🖥 Xorazm viloyati: “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida fuqarolar va ularning oila a’zolariga tegishli bo‘lgan fuqarolik holati dalolatnoma yozuvlaridagi 4178 ta xatoliklar to‘g‘rilandi.

🖥 Namangan viloyati: Yangiqoʻrgʻon tumanida fuqaro O.Aga 25 yildan soʻng “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida tugʻilganlik to'g'risida guvohnoma rasmiylashtirilib berildi.

🖥 Navoiy viloyati: Navoiy viloyat OITSga qarshi kurashish markazida korrupsiyaga qarshi kurashish yuzasidan huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Qarshi shahar FHDY boʻliminining amaliy yordami bilan fuqaro M. X 15 yoshida tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomaga ega boʻldi.

🖥 Samarqand viloyati: Oqdaryo tumanida joylashgan “Galaravot” mahallasida “Bepul huquqiy maslahat bilan har bir uyga” huquqiy aksiyasi doirasida sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Yangiyer shahar dehqon bozorida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

🖥 Toshkent shahri: Yunusobod tumani adliya bo‘limining aralashuvi bilan fuqaroga nafaqa pullari va 23 million so'mdan ortiq kompensatsiya toʻlab beriladigan boʻldi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Asaka tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar uchun "ochiq eshiklar kuni" tashkil etilib, rahbar va yoshlar uchrashuvi o‘tkazildi.

🖥 Farg'ona viloyati: Dang'ara tuman adliya bo'limi tomonidan elektr energiyadan oqilona foydalanish yuzasidan targ'ibot tadbirlari davom etmoqda.

🖥 Jizzax viloyati: Jizzax shahar "Do'stlik" mahallasida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida mahalla fuqarolari uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.

🖥 Namangan viloyati: Davlatobod tumani "Porloq" mahallasida Namangan shahar, Davlatobod, Yangiqo’rg’on, Kosonsoy hamda Yangi Namangan tumani fuqarolari uchun ommaviy sayyor qabuli tashkil etildi.

🖥 Navoiy viloyati: Nurota tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Mirishkor tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanining "Nurafshon" mahallasida uyma uy yurgan holda aholi muammolari o'rganildi.

🖥 Samarqand viloyati: Samarqand tumani "Sho‘rboi" mahallasida mahalla aholisi uchun Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar uchun "ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Andijon tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi "Zangibobo" mahallasida  uyma-uy yurgan holda aholiga qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

🖥 Farg'ona viloyati: Bag‘dod tuman FHDY bo‘limi tomonidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida 10 yildan ortiq shar’iy nikoh asosida birga yashab kelayotgan oilaning nikohi qonuniylashtirilib, nikoh guvohnomasi topshirildi.

🖥 Jizzax viloyati: Jizzax shahar adliya bo'limi tomonidan tumanning "Sangzor" mahallasida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va behuda sarflanishining oldini olishga qaratilgan huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.

🖥 Xorazm viloyati: Xiva shahar, Yangibozor va Shovot tumanidagi mahallalarda Adliya boshqarmasi rahbariyatining fuqarolar bilan uchrashuvi tashkil etildi.

🖥 Namangan viloyati: Uychi tumanida Respublika ishchi guruhi, shu jumladan, Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshlig'ining sayyor qabuli tashkil etildi.

🖥 Navoiy viloyati: Respublika ishchi guruhi Navoiy viloyatida ishsiz va otaliqqa olingan yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar holatini o'rganmoqda.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan uyma-uy yurgan holda otaliqqa olingan yoshlarning muammolari o'rganildi.

🖥 Samarqand viloyati: Toyloq tuman "Davlatobod" mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni” doirasida mahalla aholisi bilan ochiq muloqot o'tkazilib, sayyor qabul tashkil etildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida otaliqqa olingan yoshlarning muammolari individual tarzda o‘rganilmoqda.

🖥 Toshkent shahri: Bektemir tuman adliya bo'limi tomonidan korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan targ'ibot tadbiri o'tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari: kun davomida

🖥 Andijon viloyati: Paxtaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumandagi 37-umumiy o'rta ta'lim maktabida o'qituvchilar va yuqori sinf o'quvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🖥 Farg'ona viloyati: Farg'ona shahar FHDY bo'limining amaliy yordami bilan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida 1-guruh nogironligi bo'lgan 2016-yilda tug'ilgan E.A 9 yil deganda tug'ilganlik haqidagi guvohnomaga ega bo'ldi.

🖥 Jizzax viloyati: Do'stlik tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning “Saritepa” mahallasida uyma-uy yurgan holda fuqarolarning huquqiy muammolari o'rganildi.

🖥 Xorazm viloyati: “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida 9 ta sayyor qabullar tashkil etilib, 357 nafar fuqaroga bepul birlamchi huquqiy yordam ko'rsatildi.

🖥 Namangan viloyati: Yangi Namangan tumani FHDY bo'limi tomonidan bir oilaning bir necha yillardan buyon hujjatsiz yashab kelayotgan 5 nafar a’zosiga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib berildi.

🖥 Navoiy viloyati: Zarafshon shahar adliya bo’limi tomonidan Zarafshon shahar 21-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida tashkilot xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🖥 Qashqadaryo viloyati: Yakkabog' tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Do'stlik" mahallasida "Adliya kuni" tadbiri tashkil etildi.

🖥 Samarqand viloyati: Paxtachi tuman adliya bo'limi tomonidan tumanning "Hayit Elbegi" mahallasida mahalla aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.

🖥 Sirdaryo viloyati: Sirdaryo viloyat yuridik texnikumida “Gender tengligi va ayollarning saylovlardagi o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.

🖥 Toshkent shahri: Mirobod tumani adliya bo‘limi tomonidan tumanning "Oltinko‘l", "Qorasuv" va "Sariko‘l" mahallalari yoshlari o‘rtasida “Mening mahallamda jinoyat bo'lmaydi” dasturi doirasida “Zukko kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Xorazm_viloyati

🤔Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi 741-son qarori bilan jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish va aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida “Madad” — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti hamda tuman (shahar)larda uning huquqiy maslahat byurolari tashkil etildi.

🤔Yuqoridagi 👆videoda Xorazm viloyati Urganch tumanida "Madad" huquqiy maslahat byurosi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishishingiz mumkin.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Namangan_viloyati

🔘Yurtimizda oilalarning gullab-yashnashi, tinch va unda yashayotgan har bir fuqaroning farovon hayot kechirishi bejizga davlat siyosati darajasiga ko'tarilmagan.

🔘Bugun 15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Namangan viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho'basi boshlig‘i N.Yadigarovaning ham oilasi ibratli oila sifatida baholanib, "Ibratli oila" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.

Darhaqiqat, vatan ichra bir kichik vatan deya ta'riflanadigan oilalar mustahkam bo'lishi, farzandlarni foydali kasb-korga ega bo'lishida oilalarni o‘z o'rni bor.


🔘Ushbu sana munosabati bilan respublikamizdagi barcha ibratli oilalarni qutlaymiz.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
#Sirdaryo_viloyati

Adliyada "Ota-onalar kuni" o'tkazildi


🤔Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida boshqarmada faoliyat yurituvchi xodimlarning ota-onalari uchun “Ota-onalar kuni” tadbiri oʻtkazildi.

🤔Tadbirda ota-onalarga, dastlab, farzandlarining ish joylari, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar batafsil tanishtirildi.

🤔Shuningdek, Adliya boshqarmasi rahbariyati va ota-onalar bilan uchrashuv tashkil etilib, ota-onalarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalar topshirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM