Intellektual mulk yangiliklari
2.38K subscribers
4.12K photos
497 videos
42 files
1.99K links
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Download Telegram
#Adliyadan_javob

Savol: Bir vaqtning oʼzida topshirilgan oʼxshash talabnomalarning qaysi biriga nisbatan ustuvorlik belgilanadi?

Javob: Аgar davlat ekspertizasi jarayonida patent berish haqidagi o‘xshash talabnomalar ayni bitta ustuvorlik sanasiga ega ekanligi aniqlansa, u holda patent oldinroq sana bilan jo‘natilganligi isbotlangan talabnoma bo‘yicha, basharti jo‘natilgan sanalari ham bir xil bo‘lib chiqsa, qaysi birida ro‘yxatga olish kirim raqami oldin qayd etilgan bo‘lsa, shu talabnoma bo‘yicha beriladi.

На русском
In English

@adliyaimd
👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Intellektual mulk sohasiga oid seminar
#22aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
👍5
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔹 Agar sanoat namunasi sifatida ko‘rsatilgan obyekt yangi va original (o‘ziga xos) bo‘lsa, u huquqiy muhofaza qilinadi.
🔹 Agar sanoat namunasining muhim belgilari majmui sanoat namunasiga ustuvorlik berish sanasiga qadar jahonda ommaga oshkor bo‘lgan ma’lumotlardan ayon bo‘lmasa, u yangi deb e’tirof etiladi.
🔹 Sanoat namunasining yangiligini aniqlash chog‘ida birmuncha oldin ustuvorlikka ega bo‘lgan holda topshirilgan va chaqirib olinmagan patent berish haqidagi talabnomalar ham hisobga olinadi.
🔹 Sanoat namunasi, agar uning muhim belgilari majmui buyum xususiyatlarining ijodiy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lsa, original deb e’tirof etiladi.
"IXTIROLAR, FOYDALI MODELLAR VA SANOAT NAMUNALARI TO‘G‘RISIDA"gi O'zbekiston Respublikasi qonuni, 8-modda

@adliyaimd
👍41🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Birmurojaatizidan

Kontrafakt dori fosh etildi
.

🔎 “Sanofi” kompaniyasining (Fransiya) murojaatiga asosan “A.Ph.” MChJda adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.

– Tekshiruv davomida “Sanofi” kompaniyasining ruxsatisiz “MAGNE B6” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan “MAGNE B6” belgisidan dori vositalarining qadoqlarida foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

– Ushbu holat bo‘yicha “A.Ph.” MChJ rahbariga nisbatan MJtkning 177-moddasi (O‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish) bilanma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga yuborildi va sud qaroriga ko‘ra MChJ rahbariga 6,8 mln so‘m jarima jazosi tayinlanib, huquqbuzarlik bartaraf etildi.
👍61🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

Korzinka.uz sudlandimi?

Britaniya do‘konlariga havas qilib ochilgan Korzinka.uz, uning bugun nechta do‘koni bor? Ishchilar maoshi qancha? Rostdan ham undagi mahsulotlar «Eng arzon narx»mi? Zafar Hoshimov raqobatdan qo‘rqadimi? Korzinka mahsulotlari qay darajada sifatli. «Qaroqchi»ning bu galgi sonida ayni shu savollarga javoblar yangradi.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/NmfHF-7BF9Q?si=268o3aK1a2NeglxX

@adliyaimd
👍3👏21🔥1
#Adliyada_hashar

Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti xodimlari ham xayrli ishga o‘z hissasini qo‘shishdi.

Hashar mamlakatimizning qadimgi tarixga ega va eng olijanob milliy an'analaridan biridir.

Butun mamlakatimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida e’lon qilingan umumxalq xayriya hasharida adliya organlari xodimlari ham faol qatnashib, ushbu xayrli ishga o‘z hissalarini qo‘shmoqda.

Jamoaviy birdamlik, o‘zaro hamjihatlik, ahilllik asosida tashkil etilgan xayrli tadbirda binolar hududi, xizmat xonalari ham tozalandi.

O‘tkazilayotgan umumxalq hashari yurtimizni yanada obod va fayzli bo‘lishiga xizmat qiladi.

@adliyaimd
👍5👏21
Intellektual mulk yangiliklari
#Adliya_xabari Kontrafaktga qarshi kurashishda vakolatli organlarning hamkorlikdagi tadbirlari Andijon viloyatida bo‘lib o'tdi Uchrashuvda adliya, bojxona, soliq, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari intellektual mulk huquqiga…
#Adliya_xabari

Kontrafaktga qarshi kurashishda vakolatli organlarning hamkorlikdagi tadbirlari Samarqand viloyatida davom etmoqda.


Uchrashuvda adliya, bojxona, soliq, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari intellektual mulk huquqiga rioya qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda chora-tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbirda Adliya vazirligi maxsus vakolatli оrgаnlаr tomonidan oʻtkaziladigan tezkor vа nazorat tadbirlarida ishtirok etishi va maxsus vakolatli organlarning qаrоrlаrigа asosan kontrafakt mahsulotlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xulosa berishi tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Xususan Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash vа sotish holatlari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni fosh etishi va ularga chek qo‘yishi bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan amalga oshiriladigan navbatdagi ishlar muhokama qilindi.

Maʼlumot uchun, Prezident Farmoniga muvofiq kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish huquqlari berilgan.

@adliyaimd
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Studiya 24 | Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: taraqqiyot yo'lidagi taklif va tashabbuslar
#26aug #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
1👍1🔥1👏1
O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Studiya 24 | Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot: taraqqiyot yo'lidagi taklif va tashabbuslar #26aug #uzbekiston24 mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Nukus shahrida bo'lib o'tgan tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ilgari surilgan tashabbuslar, O‘zbekistonning JST a'zo bo'lish jarayonlari va Tadbirkorlik kodeksining ahamiyati yuzasidan berilgan savollarga Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi Madina Mahmudova "Studiya 24" dasturining jonli efirda javob berdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ixtiroga talabnoma topshirish uchun videoqo'llanma.

Xabaringiz bor, Intellektual mulkni ro‘yxatdan o‘tkazishda aholi va tadbirkorlik subyektlariga qulay va to‘liq raqamlashtirilgan davlat xizmatlari ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish maqsadida intellektual mulk obyektlarini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnomalarni topshirish va ushbu jarayon bilan bog‘liq boshqa tartib-taomillarni boshqa manfaatdor davlat organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilingan Adliya vazirligining "Sanoat mulki muhofazasi portali" (Intellektual mulk elektron davlat xizmatlari portali) - im.adliya.uz orqali amalga oshirilib kelinmoqda.

Vazirlik tomonidan ushbu portal orqali ixtironi ro'yxatdan o'tkazish uchun talabnoma berish tartibi to'g'risida videoqo'llanma yaratildi. Mazkur videoqo'llanma ixtirochilar uchun o'z yaratmalarini davlat ro'yxatidan o'tkazishda amaliy yordam bo'ladi.

@adliyaimd
👍2
Mualliflik huquqiy himoya qilindi.

– Tarixchi olim Sh. Ergashev unga tegishli boʻlagn “Erk istar koʻngil” asari internet tarmoqlarda noqonuniy foydalanilayotganligidan norozi boʻlib Adliya vazirligiga murojaat qilgan.

– Adliya vazirligi tomonidan murojaat yuzasidan “I.P.” MChJning faoliyatida belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazildi va jamiyatning kitobxon.com saytida “Erk istar koʻngil” asar huquq egasining ruxsatisiz elektron shaklda sotilayotganligi aniqlandi.

– Holat yuzasidan adliya organlari tomonidan “I.P.” MChJ rahbari R.A.ga ma'muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun Jinoyat ishlari boʻyicha Mirzo Ulugʻbek tuman sudiga yuborilgan va sudning qaroriga asosan unga MJtKning 1771-moddasi bilan 1 mln. 700 ming soʻm jarima jazosi qoʻllanilgan.

☝🏻Eslatib oʻtamiz muallifning ruxsatisiz uning asaridan har qanday holatda foydalanish huquqbuzarlik hisoblanadi.
👏41🔥1
Davlat siriga nimalar kiradi? Nima uchun hokimlarning ko’pgina qarorlari bekor qilinmoqda? Shu kabi savollarga video davomida batafsil javob olishingiz mumkin.

Havola: https://youtu.be/P7QPWH1z2XI?si=NolmTBKKlPcGHTn_
👍31🔥1👏1
Hurmatli obunachilar, kanaldagi postlar qanday ko'rinishda bo'lishi siz uchun qulay?
Anonymous Poll
29%
videorolik
39%
infografika
33%
matn
👍1
Hurmatli obunachilar, siz ko'proq qaysi vaqtda yangilik joylanishini xohlaysiz.
Anonymous Poll
33%
09:00
13%
12:00
7%
15:00
14%
18:00
30%
20:00
4%
00:00
👍1