ARISTON-ushbu brend Italiyaning "Ariston Holding NV" kompaniyasiga tegishli va u isitish tizimi moslamalari ishlab chiqaradi.
Bugungi kunda bizda barcha suv isitgichlar Ariston deb ataladi 😂😂😂
Davomi bor…
@adliyaimd

👍3👏2❤1
TEFAL - xalqaro brend bo'lib, bu tovar belgisi ostida maishiy texnika va idishlar ishlab chiqariladi. Ushbu brend hozirda ROWENTA va MOULINEX brendlariga ega bo'lgan Groupe SEB (Fransiya) kompaniyasiga tegishli.
Bizda esa ARTEL elektr choynaklari ham TEFAL deb ataladi. Qiziq-a 😳😁
Davomi bor…
@adliyaimd
Bizda esa ARTEL elektr choynaklari ham TEFAL deb ataladi. Qiziq-a 😳😁
Davomi bor…
@adliyaimd
👍3🔥2❤1
©️"Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi qonunning 65-moddasiga koʻra muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:
✅muallif va ijrochi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini talab qilishga;
✅huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni to‘xtatishini;
✅huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning o‘rnini qoplashini. Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan bo‘lsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam bo‘lmagan miqdorda qoplashini;
✅zararlar yetkazilishi faktidan qat’iy nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini;
✅Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot mulkiy huquqlarini boshqarish shunday tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan shaxslarning buzilgan mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarini himoya qilib qonunda belgilangan tartibda o‘z nomidan ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir.
🌐На русском 🌐In english

👍1
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bilan hamkorlikda mahalliy tadbirkorlik subyektlarining intellektual mulk obyektlaridan foydalanish bo‘yicha bilim va ko‘nikmasini oshirishga qaratilgan BIMTning “G‘oyalarni tijoratlashtirish” o‘quv qo‘llanmasini o‘zbek tiliga tarjima qilinishini hamda milliy intellektual mulk tizimiga moslashtirilishini ta’minladi.
O‘quv qo‘llanmada intellektual mulkning biznesda tutgan o‘rni, ulardan foydalanishning innovatsion usullari, tovar belgisi, geografik ko‘rsatkich, tijorat siri va boshqa IM obyektlari tushunchasi, shuningdek, o‘z tovar va (yoki) xizmatlarini brendga aylantirgan mahalliy tadbirkorlik subyektlari haqida “Case study”lar o‘rin olgan.

👍2❤1
Mahsulot turiga aylangan BRENDlar haqidagi xabarlarimiz davom etadi…
PAMPERS - mashhur Procter & Gamble (AQSH) kompaniyasiga tegishli tovar belgisi. Kompaniya bu nom ostida bolalar tagliklari va nam salfetkalar ishlab chiqaradi.
Bugun siz farzandingizga "LALAKU" tagligidan olmoqchi bo'lib do'konga kirasiz va "pampers bormi" deb so'raysiz.😀😀😀
Do'konchi ham sizga o'z navbatida "qanaqasidan: EVY BABY, Hugges, Bumble, Lalaku bor" deb javob qaytaradi😜😜😜

👍4🔥1👏1
JEEP- bu "Fiat Chrysler Automobiles" (Italiya-AQSH) zavodining JEEP nomli avtomobili. Ushbu kompaniya JEEP brendi ostida ko'plab avtomobil modellarini ishlab chiqargan.
Hozirda barcha shu ko'rinishdagi avtoulovlar JEEP deb ataladi.😊😊
Davomi bor…
@adliyaimd
Hozirda barcha shu ko'rinishdagi avtoulovlar JEEP deb ataladi.😊😊
Davomi bor…
@adliyaimd
👍3❤1
Bu Yaponiyaning Sumitomo kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan SACA JAZZ nomli avtomobil diski.
Yurtimizda ushbu turdagi barcha avtomobil disklari "saka disk" deb ataladi 😄😄😄
@adliyaimd
Yurtimizda ushbu turdagi barcha avtomobil disklari "saka disk" deb ataladi 😄😄😄
@adliyaimd
❤3🔥2👍1
#Adliya_xabari
Kontrafaktga qarshi kurashishda vakolatli organlarning hamkorlikdagi tadbirlari boshlandi
Joriy yilning 13-avgust kuni Toshkent viloyati adliya boshqarmasida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga oid qo‘shma qaror ijrosi buyicha vakolatli organlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda adliya, bojxona, soliq, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari intellektual mulk huquqiga rioya qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda chora tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Davra suhbatida kontrafakt mahsulotlarni aniqlash bo‘yicha master klasslar tashkillashtirildi hamda aniqlangan kontrafakt mahsulotlar yuzasidan ma’lumotlar almashishga kelishib olindi.

❤5👍1
❓Savol: Mualliflik huquqi subyektlariga kimlar kiradi?
✅Mualliflik huquqi subyektlari – bu ma’lum bir mualliflik huquqlariga ega shaxslar doirasi. Ularga muallif yoki uning merosxo‘rlari, shuningdek shartnomada yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asos bo‘yicha asarlardan foydalanish huquqini olgan boshqa yuridik yoki jismoniy shaxslar kiradi.
❓Вопрос: Кто является субъектами авторского права?
✅Субъектами авторского права является круг лиц, обладающих определенными авторскими правами. К ним относятся автор или его наследники, а также иные юридические или физические лица, получившие право использования произведения на основании договора или иных юридических документов.
❓Question: Who are the subjects of copyright?
✅Subjects of copyright are the circle of persons with certain copyrights. They include the author or his heirs, as well as other legal entities or individuals who have received the right to use the works on the basis of the contract or other legal documents.

#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️“Интеллектуал мулк объектларига оид муҳофаза ҳужжатларининг амал қилиш муддатини узайтириш бўйича давлат хизматини кўрсатишнинг маъмурий регламентини тасдиқлаш тўғрисида”ги Вазирлар Маҳкамасининг (ВМҚ-468-сон) қарори қабул қилинди.
🔰 Маъмурий регламентга кўра, қуйидаги интеллектуал мулк объектларига оид муҳофаза ҳужжатларининг амал қилиш муддати узайтирилиши назарда тутилмоқда:
ихтиро ;
фойдали модель;
саноат намунаси;
селекция ютуғи;
товар белгиси ва хизмат кўрсатиш белгиси;
географик кўрсаткич;
товар келиб чиққан жой номи;
✔️ Давлат хизматидан фойдаланишда:
резидентлар – ваколатли органнинг махсус ахборот тизими (im.adliya.uz) ёки Ўзбекистон Республикаси Ягона интерактив давлат хизматлари портали орқали;
норезидентлар – махсус ахборот тизими (im.adliya.uz) орқали Адлия вазирлигига ариза беради.
🏢 Ариза келиб тушган кундан эътиборан ўн беш кунлик муддат ичида кўриб чиқилади.

Navoiyda kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashuvchi vakolatli оrgаn xodimlariga oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazildi
Joriy yilning 13-avgust kuni Adliya vazirligining masʼul xodimlari tomonidan Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti va viloyat soliq boshqarmasi bilan hamkorlikda kontrafaktga qarshi kurashishni koʻzda tutuvchi oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi.
Tadbirda Adliya vazirligi maxsus vakolatli оrgаnlаr tomonidan oʻtkaziladigan tezkor vа nazorat tadbirlarida ishtirok etishi va maxsus vakolatli organlarning qаrоrlаrigа asosan kontrafakt mahsulotlar boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda xulosa berishi tartibi va uni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.
Mashgʻulot yakunida maxsus vakolatli organlar tomonidan kelgusida viloyat hududida kontrafakt mahsulotlar realizatsiyaga qarshi kurashishda oʻzaro hamkorlik qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Maʼlumot uchun, Prezident Farmoniga muvofiq kontrafakt mahsulotlarni yashirin ishlab chiqarish holatlarini aniqlash boʻyicha maxsus vakolatli organlar bilan hamkorlikda tadbirlar oʻtkazish va aniqlangan kontrafakt mahsulotlarni olib qoʻyish va yoʻq qilish huquqlari berilgan.

Kontrafaktga qarshi kurashishda vakolatli organlarning hamkorlikdagi tadbirlari Buxoroda boʻlib oʻtdi
Joriy yilning 13-avgust kuni Buxoro viloyati adliya boshqarmasida kontrafakt mahsulotlarga qarshi kurashishga oid qo‘shma qaror ijrosi buyicha vakolatli organlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda adliya, bojxona, soliq, iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari intellektual mulk huquqiga rioya qilish bo‘yicha o‘zaro hamkorlikda chora-tadbirlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuvda hamkor tashkilotlarning kontrafaktga qarshi kurashishdagi muhim vazifalari muhokama qilindi. Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti kontrafakt mahsulotlarni ishlab chiqarish, saqlash vа sotish holatlari bilan bog‘liq huquqbuzarliklarni fosh etishi va ularga chek qo‘yishi bo‘yicha tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan suhbatlashildi.
Shuningdek, Soliq qo‘mitasi majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha aniqlangan qalbaki vа kontrafakt holatlar hamda markirovkalash qoidalari buzilganligi yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rishi yuzasidan fikr almashildi.
Eslatib oʻtamiz, ayni kunlarda respublika boʻylab hamkorlikdagi tadbirlar davom etmoqda.

❤1
#Bu_muhim
®️Mahsulotingiz bor-u, ammo tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazmadingizmi?
❌BILINGKI, BRЕNDINGIZ YO‘QLIGI BOZORDA O‘RNINGIZ YO‘QLIGINI BILDIRADI.
⁉️Ammo, siz brendingizni qanday muhofaza qilishni bilmayapsizmi?
⁉️Brendingiz o‘zga shaxslar tomonidan foydalanilishi yoki o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tkazib olishi sizni tashvishlantiryaptimi?
⁉️Siz o‘zingizni halol va sifatli mahsulot ishlab chiqaruvchi deb hisoblaysizmi?
☝️UNDA ZUDLIK BILAN TOVAR BELGINI RO‘YXATDAN O‘TKAZING VA HUQUQIY MUHOFAZAGA OLING.
✔️Tovar belgisi himoyasi kompaniya rivojlanishiga, bozorda mustahkam o‘rin egallashiga hamda xaridorlar ishonchini zabt etishiga xizmat qiladi. Eng muhimi bu orqali kompaniya o‘z imijini yaratib, katta nufuzga ega bo‘ladi.

👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Toshkent viloyati Adliya boshqarmasida intellektual mulk sohasiga oid muammolarni o‘rganish va ko‘maklashish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi
Qabul tafsilotlari bilan yuqoridagi lavhada tanishishingiz mumkin

#Adliya_tayinlov
Adliya vazirligi Axborot xizmati boshlig‘i lavozimiga Shoxidaxon Yuldasheva tayinlandi.
Sh. Yuldasheva adliya organlari tizimida 18 yillik ish tajribasiga ega. Oliy ma'lumotli yurist, fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega, 1-darajali adliya maslahatchisi.

Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Furqat Tojiyev tayinlandi.
F.Tojiyev Adliya vazirligi tizimida 15 yillik ish tajribasiga ega, oliy ma'lumotli yurist, 1-darajali adliya maslahatchisi.

Farg‘onada yana bir kontafakt mahsulot aniqlandi
Farg’ona viloyat adliya boshqarmasiga “Family Group” MChJ “FLAVIS” tovar belgisining tasviriy qismidan huquq egasining ruxsatisiz Farg‘ona viloyatida joylashgan "S.W." MChJ foydalanilayotganligi yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaat asosliligi oʻrganilganda, "Family group" MChJ Adliya vazirligidan “Flavis” jamlanma tovar belgisi, tasviri hamda idishi uchun tovarlar va xizmatlar xalqaro tasnifining 32-sinfiga muvofiq guvohnomalar olganligi ma‘lum bo‘ldi. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasi hududida muhofazaga olingan.
Murojaat asosida "S.W." MChJ tekshiruv o’tkazilganda, jamiyat tomonidan “FLAVIS” tovar belgisining tasviriy qismiga aynan bir xil bo’lgan tasvirdan foydalanib “SAFINUR” nomli salqin ichimliklar ishlab chiqarayotganligi aniqlandi.
Tekshiruv yakuni boʻyicha "S.W." MChJ rahbariga qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritildi.
Shuningdek, huquq egasining tovar belgisi mavjud boʻlgan kontrafakt mahsulotlarni savdodan qaytarib olish, tovar belgisi tasvirlarini yoʻq qilish, tovar belgisini tovardan yoki uning idishi va oʻrovidan yoʻqotish, ushbu talablarni bajarishning iloji boʻlmagan taqdirda, tegishli tovarni yoʻq qilib tashlash choralarini koʻrish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Ogoh bo’ling! Tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt hisoblanadi.
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona

👍2❤1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi
Kontrafakt mahsulotni originalidan farqlay olasizmi?
Batafsil videorolikda
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona
Kontrafakt mahsulotni originalidan farqlay olasizmi?
Batafsil videorolikda
Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish: @adliya_fargona
👍1
#Adliya_tayinlov
Adliya vazirligi Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga Maʼrufjon Nazarov tayinlandi.
M.Nazarov Adliya vazirligi tizimida 9 yillik ish tajribasiga ega, oliy maʼlumotli yurist, 2-darajali adliya maslahatchisi.