ANDIJON VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI
731 subscribers
15.1K photos
1.49K videos
13 files
4.71K links
Andijon viloyat adliya boshqarmasining yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida kanali.

Normativ-huquqiy hujjatlar yetkazish
@adliyaandtargibot

Savollar, huquqshunos maslahati va murojaatlar uchun
@murojaatadliyaga_bot
Download Telegram
#Bilasizmi #OTM

📃Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasasida o‘qiganlikni tasdiqlash haqida arxiv ma’lumotnomasi

👫Ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali murojaat qiladi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar yoki ularning yaqin qarindoshlari (eri yoki xotini, farzandlari, nevaralari, aka-uka va opa-singillari)

🏛Vakolatli organ:
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining hududiy davlat arxivlari

🗂Davlat xizmatidan foydalanish uchun talab etiladigan ma’lumotlar:
📎So‘rovnomada shaxsga oid quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
familiyasi, ismi va otasining ismi (o‘zgargan bo‘lsa, bu haqda ma’lumotlar ko‘rsatiladi);
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi ma’lumotlari (JShShIR ma’lumotlari);
ma’lumotnoma tili (o‘zbek/rus);
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
arxiv idorasi joylashgan viloyat va tuman;
ariza beruvchining o‘qiganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (o‘qishga qabul qilingan sana, o‘qish tugatilgan sana, ta’lim muassasasining o‘qigan davrdagi nomi, ta’lim muassasaning hozirgi nomi (agar mavjud bo‘lsa).

📃 Notarial tasdiqlangan ishonchnoma (agar ishonchli vakil tomonidan harakat qilinayotgan bo‘lsa).

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
Bepul


📆Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati:
5 ish kuni

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.11.2023 yildagi 612-son qarori

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaboshqarmasi
#Bilasizmi #aвызнали #didyouknow

Qanday so‘zlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi?

📘O‘zbekiston Respublikasi "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi Qonunning 10-moddasiga binoan

▪️davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;

▪️farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar (chiziqlar, oddiy geometrik figuralar);

▪️muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar (termos, choynak, ko‘za, savat);

▪️umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar (optika, go‘zallik saloni, oshxona, kafe, oromgoh);

▪️tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar (Made in China, shirin pechene, 100 foiz paxta, arzon, zo‘r texnika) tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
#Bilasizmi

💼 Yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat turi bo‘yicha 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega

📌Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar MHTEKMning 3 baravari miqdorida JShODSdan ozod qilinadi.

📄 Shuningdek, I va II guruh nogironlari uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

📝 Ushbu imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

🖥 YTT faoliyatini boshlamoqchi bo'lsangiz "New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali buni onlayn amalga oshirishingiz mumkin.

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

🟣Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibini bilasizmi?
🟣Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/adliyaboshqarmasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️ Aralash saylov tizimida deputatlik oʻrinlarini taqsimlash tartibi

Kanalga ulanish: 
@adliyaboshqarmasi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining referati qanday ma’lumotlarni o’z ichiga oladi?


Batafsil videoda…

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Brend o‘zi nima?

Batafsil javob 📎 videoda

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaboshqarmasi
#Bilasizmi

Ish vaqti haqida muhim 8 savolga javob


Xodimga qisqartirilgan ish vaqti qo‘llanilganda uning ish haqi kamaytirilmaydi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Kriptovalyuta intellektual mulk obyektimi?

Batafsil 👉 videorolikda

@adliyaboshqarmasi
#Bilasizmi

Alohida uy-joyni (kvartira, uy, kvartiraning yoki uyning bir qismini) xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotnoma berish tartibidan xabardormisiz?

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qiladi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi.

👫Davlat xizmatidan foydalanuvchilar toifasi:
Jismoniy shaxslar (mulkdor, uning oila a’zolari, mulkdor tomonidan vakolat berilgan shaxslar va xususiylashtirishga rozilik bergan shaxslar).

🏛Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):
Tuman (shahar) hokimligi.

📑So‘rovnomaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
alohida uy-joy, kvartira mulkdori ekanligini tasdiqlovchi hujjat;
mulkdorning oila a’zosi bo‘lgan taqdirda, ushbu faktni tasdiqlovchi hujjat (mulkka egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat bilan birga);
vakilning vakolatini tasdiqlaydigan ishonchnoma.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 1 ish soati.

📄Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim etiladi.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 627-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
@adliyaboshqarmasi
#Bilasizmi

❗️ Виждон эркинлиги – фуқароларнинг хоҳлаган динга эътиқод қилиш ёки ҳеч қайси динга эътиқод қилмаслик бўйича конституциявий ҳуқуқидир.

Фуқаро динга, динга эътиқод қилишга ёки эътиқод қилмасликка, ибодатларда, диний расм-русумлар ва маросимларда иштирок этишга ёки иштирок этмасликка, диний таълим олишга нисбатан ўз муносабатини белгилаётганда уни у ёки бу тарзда мажбурлашга йўл қўйилмайди.

Вояга етмаганларни уларнинг хоҳиш-иродасига, ота-онасининг ёки қонуний вакилларининг хоҳиш-иродасига зид тарзда диний ташкилотларга жалб этишга йўл қўйилмайди.

Asos: O'RQ-699-son 05.07.2021

Kanalga ulanish 👇
@adliyaboshqarmasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰 Ko‘chmas mulk sotish yoki sotib olishda "Ko‘chmas mulk tarixi haqida ma’lumot" olish xizmatidan foydalanib, mulkka nisbatan amaldagi va avvalgi huquqlar, mulk davlat ro‘yxatiga qachon kiritilgani, huquqni tasdiqlovchi hujjatlar turi, kim tomonidan berilgani, sanasi va raqami haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

📄Ma’lumotnomani olish uchun davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etish, yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YIDXP) yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish kerak.

🏢Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi vakolatli organ(lar):

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari.

💰Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun undiriladigan yig‘im miqdori:
BHMning 50 foizi. Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun YIDXP orqali murojaat etilganda, yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Davlat xizmatini ko‘rsatish muddati: 3 ish kuni.

Asos:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
#Bilasizmi

Ayrim fuqarolarga elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun kompensatsiya beriladi

Qarorga ko‘ra, isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

Shaxsga doir maʼlumotlardan qonunga xilof ravishda foydalanish javobgarlikka sabab boʻladi

Soʻnggi vaqtlarda turli toʻlov operatorlari va ijtimoiy tarmoqlarda tadbirkorlar tomonidan aholiga xizmat koʻrsatish, shu jumladan davlat xizmatlari koʻrsatishda ularining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetlari orqali yordam koʻrsatish taklif qilinmoqda.

“Shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisida”gi Qonunda mulkdor va (yoki) operatorning, shuningdek uchinchi shaxsning shaxsga doir maʼlumotlarga ishlov berish bilan bogʻliq boʻlgan xodimlari oʻziga ishonib topshirilgan yoki kasbiy, xizmat yoxud mehnat majburiyatlarini bajarishi sababli maʼlum boʻlib qolgan shaxsga doir maʼlumotlarning oshkor etilishiga yoʻl qoʻymasligi belgilangan.

Biroq, aksariyat hollarda tadbirkorlar va toʻlov operatorlari tomonidan aholiga koʻrsatilgan xizmatlar yakuni boʻyicha shaxsga doir maʼlumotlarning yigʻilishi hamda bu maʼlumotlar boshqa shaxslarga berilishi va natijada undan turli gʻaraz niyatlarda foydalanish holatlari kuzatilmoqda.

❗️Eslatib oʻtamiz, shaxsga doir maʼlumotlar toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.

Hurmatli fuqarolar, shaxsga doir maʼlumotlaringizni ishlov berish uchun toʻlov operatorlariga yoki tadbirkorlarga berish orqali kelgusida ushbu maʼlumotlardan boshqa shaxslar tomonidan gʻarazli maqsadlarda foydalanish xavfi ortishi mumkinligini eslatib oʻtamiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bayroq soat nechada ko‘tariladi?


Batafsil 👉 videorolikda

📌 Kanalga ulanish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Bayroqdan qachon foydalanish mumkin emas?


Batafsil 👉videorolikda

📌 Kanalga ulanish
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Topilmalar va yoʻqolgan ashyolarning elektron reyestri yuritiladi

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Nodavlat notijorat tashkilotlarining ramzlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish

📌 Kanalga ulanish
#Bilasizmi

🔰 Qonunchilikka ko'ra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinganda quyidagi turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining QQS summasi qaytarib beriladi:

▪️Qo'y go'shti;
▪️Parranda go'shti;
▪️Mol go'shti;
▪️Tuxum;
▪️O'simlik yog'i;
▪️Un;
▪️Shakar;
▪️Dori vositalari va tibbiy xizmatlar.

📝 Ushbu xaridni soliq mobil ilovasida, xarid chekining fiskal belgisini ro'yxatdan o'tkazganda, ularning bank kartalariga har oy yakuni bilan xarid summasining 1 foizi miqdoridagi to'lov o'rniga, xarid summasida to'langan QQS summasi qaytariladi.

📌 Bunda QQS summasini qaytarish oyiga BHMning 10 baravarigacha (3 mln 750 ming so'mgacha) bo'lgan xaridlar summasi doirasida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin