ANDIJON VILOYAT ADLIYA BOSHQARMASI
1.61K subscribers
15.2K photos
1.53K videos
13 files
4.8K links
Andijon viloyat adliya boshqarmasining yangi qonun hujjatlari, huquqiy islohotlar haqida kanali.

Normativ-huquqiy hujjatlar yetkazish
@adliyaandtargibot

Savollar, huquqshunos maslahati va murojaatlar uchun
@murojaatadliyaga_bot
Download Telegram
Asaka tuman adliya bo'limi tomonidan tashkil etilgan “Huquqshunoslik” fani bo‘yicha to‘garak mashg'ulotlari 2024-2025-o'quv yillarida ham davom etmoqda.

Asaka tuman adliya bo'limi tashabbusi bilan tumanning 31-sonli umumta’lim maktabida otaliqqa olingan yoshlarning ta’lim olishiga qo‘shimcha sharoit yaratish, darsdan bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida “Huquqshunoslik” fani bo‘yicha to‘garak tashkil etilgan.

Mazkur tashkil etilgan “Huquqshunoslik” fani bo‘ycha to‘garakda maktab o‘quvchilariga O‘zbekistion Respublikasi Konstitutsiyasi, fuqarolik va mehnat huquqlari bo‘yicha qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, qonunga itoatkorlik, Vatanga muhabbat tuyg‘ularini shakllantirish borasida hamda firibgarlik, o‘g‘rilik, ta’magirlik jinoyatlarining salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma'ruza qilinmoqda.

@adliyaboshqarmasi
#Adliya_teleloyiha

⚡️Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi. Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Energiya tejamkorligi va muqobil energiya resurslari

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot Telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

📹 https://www.youtube.com/watch?v=Wbwe9MSuAf4

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Iqtibos

Adliya vaziri Akbar Toshqulov: Merosxoʻrlar doirasini aniqlab beruvchi elektron shajara dasturi yaratildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya

📈Siz hali ham mana bunday cho'g'lanma lanpalardan foydalanayapsizmi?

Biz allaqachon energotejamkor zamonaviy LED lanpalariga o'tganmiz.

Batafsil videorolikda

@adliyaboshqarmasi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tavsiya

📈Elektr energiyasini barchaga bir xilda yetib borishini hohlaysizmi?

U holda uyingizdagi cho'g'lanma lanpalarni energotejamkor zamonaviy LED lanpalari bilan almashtiring.

Batafsil videorolikda

@adliyaboshqarmasi
Forwarded from Huquqiy axborot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔔Marhamat tuman navbatdagi “Huquqiy targ'ibot kuni” tadbiri o’tkazildi!!!

📝Marhamat tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, uyma-uy yurgan holda fuqarolarga huquqiy ko‘mak berib kelinmoqda.

🔹Tumandagi "Yuqori Rovot", "Do'stlik", "Ko'tarma" MFYlarda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadoniga kirib, ularga yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilindi.

Shuningdek, tumanning olis hududi sanalgan "Konchilar" MFYda fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.

@adliyaboshqarmasi
Huquqiy targ'ibot tadbirlari davom etmoqda...

Ma’lumki, 2024-yil 16-aprel kuni "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori qabul qilindi.

2024-yil 11-sentyabr kuni Qo'rg'ontepa tuman Adliya bo‘limi xodimlari va FHDY bo'limi xodimlari tomonidan mazkur tashkilotlarga tashrif buyuruvchi fuqarolarga va keng aholiga qarorning mazmun-mohiyati tushuntirilib flaer va bukletlar tarqatilmoqda.

Bundan tashqari, qaror bo‘yicha tayyorlagan flaer va bukletlar barcha M.F.Y lar, davlat tashkilotlari, aholi gavjum bo'lgan savdo do'konlari kesimida ham tarqatilmoqda, tayyorlangan videoroliklar aholi ko‘p tashrif buyuradigan DXM, FHDYO binosidagi mavjud monitorlarda doimiy ravishda namoyish etilmoqda.

@adliyaboshqarmasi
🔔 Buloqboshi tumanida navbatdagi “Huquqiy targ'ibot kuni” tadbiri o’tkazildi!!!

📝Buloqboshi tuman adliya bo‘limi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.05.2024 yildagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80 sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tuman adliya bo‘limlariga yuklatilgan yangi vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida, uyma-uy yurgan holda fuqarolarga huquqiy ko‘mak berib kelinmoqda.

🔹Tumandagi "Navoiy", "Toshkechik", "Qumguzar", "Shirmonbuloq", "Qashqar", "Qaqir" MFYda istiqomat qiluvchi fuqarolarning xonadoniga kirib, ularga yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida xabardor qilindi.

Shuningdek, tumanning olis hududi sanalgan "Qaqir" hamda "Toshkechik MFYda 5 nafar fuqarolarning murojaatlari tuman adliya bo'limi ish yurituviga qabul qilindi.

@adliyaboshqarmasi