FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)
4K subscribers
7.21K photos
1.31K videos
13 files
4.22K links
Download Telegram
Nodavlat Notijorat tashkilotlari uchun davra suhbati va sayyor qabul o‘tkazildi

👉🏻O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-124-son Farmonining mazmun-mohiyatini tegishli davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillariga yetkazish yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

👉🏻Jarayonlarda Fuqarolik jamiyati institutlari va Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida uchrovchi huquqiy, tashkiliy va boshqa muammolarini o‘rganish bo‘yicha sayyor qabul ham bo‘lib o‘tdi.

👉🏻Tadbir davomida Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi NNT sho‘basi tomonidan 10 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirish berildi.

👉🏻Shuningdek, ishlab chiqilgan huquqiy-uslubiy qo‘llanmalar NNT vakillariga yetkazildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook
#Adliya_xabari

Joriy yilning 2-oktabr kuni Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig`i birinchi o`rinbosari O.Fayzullayev tomonidan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari ishtirokida aholi bilan bevosita ochiq muloqot qilish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadida Rishton tumanidagi "Xalqaro kulolchilik markazi"da ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar va yuridik shaxslardan sud-tergov, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, sog‘liqni saqlash, bandlik, sud hujjatlari ijrosi va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda murojaatlar kelib tushdi.
Kelib tushgan murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan aniq huquqiy tushuntirishlar berildi. Hal etish uchun vaqt talab etiladigan murojaatlar ish yurituviga olindi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg'ona viloyati bo'yicha boshqarmasida shaxsiy tarkib va 83721-sonli harbiy qism harbiy xizmatchilari uchun saylov qonunchilisi va harbiy xizmatchilarning huquq-majburiyatlari yuzasidan tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi Huquqiy axborot sho‘basi boshlig‘i M.Toshmatova va Farg’ona tumanlararo ma’muriy sudining sudyasi N.Tojievalar ishtirok etishdi.
Unda "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o'tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi qonuni hamda "Sud binolari, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash to'g'risidagi yo'riqnoma"ning mazmun-mohiyati o'rganildi
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan qonunchilikka oid berilgan savollarga batafsil javob berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook
#Adliya_xabari

Adliya vaziri hokimlar bilan onlayn muloqot oʻtkazdi

Bugun, 3-oktabr kuni adliya vaziri bir qator tuman va shahar hokimlari bilan videokonferensiya orqali muloqot oʻtkazib, murojaatlarni tingladi. Muloqotda koʻtarilgan ayrim masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirish berildi. Alohida oʻrganib chiqish uchun vaqt talab qiladigan murojaatlar nazoratga olindi.

Adliya vazirining muloqoti 4—5-oktabr kunlari davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning joriy yil 11-12-iyul kunlari Fargʻona viloyatiga tashrifi davomida tuman (shahar) hokimlarining vazirlik va idoralar birinchi rahbarlariga toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilish imkoniyatini yaratish topshirigʻi berilgan edi.

Bunda grafikka asosan vazirlik va idora rahbarlari tomonidan tuman(shahar) hokimlari bilan murojaat.ijro.uz platformasi orqali videokonferensiya tarzida muloqot oʻtkazishi belgilangan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fargʻonada muqobil energiya manbalari va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilmoqda

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook
#Adliya_va_yoshlar

Yoshlar uchun huquqiy dars o‘tkazildi


Yoshlarning huquqiy madaniyatinii yuksaltirish, ularning huquq va burchlarini tushuntirish, huquqiy sohadagi bilimlarini mustahkamlash maqsadida Quvasoy shahridagi otaliqqa olingan 22-umumta'lim maktabida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Dars davomida yoshlarga huquq va axloq haqida ma'lumot, huquq sohalari, huquq turlari hamda yoshlar sohasidagi qonun hujjatlarning mazmum-mohiyati yetkazildi.

Shuningdek, yoshlarni qiziqtirgan turli mavzudagu savollarga javob berildi.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🌐Telegram 🌐Websayt 🌐Instagram 🌐Facebook