FARG‘ONA VILOYATI ADLIYA BOSHQARMASI (RASMIY)
5.36K subscribers
7.6K photos
1.37K videos
13 files
4.43K links
Download Telegram
#intellektual_mulk

Tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanib kelgan tadbirkorga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanildi

Adliya vazirligiga “FATIH KRAL MOB” MChJga tegishli tovar belgisiga oʻxshash belgilardan foydalangan holda kontrafakt mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi boʻyicha murojaat kelib tushdi.

Murojaatda keltirilgan holatlarni oʻrganish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan “L.A” XK faoliyatida belgilangan tartibda tekshiruv oʻtkazildi.

Tekshiruv natijasida “L.A” XK tomonidan “FATIH KRAL MOB” MChJga tegishli “Ханский” jamlama tovar belgisiga tasviriy va grafik jihatdan oʻxshash “Хақиқий” jamlama koʻrinishidagi belgilardan ishlab chiqarilayotgan va savdoga taklif qilinayotgan pishloq mahsulotlari nomida foydalanilayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzar “L.A” XKga oʻzganing tovar belgisiga oʻxshash belgidan qonunga xilof ravishda foydalanganligi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (75 mln soʻm) miqdorida moliyaviy jarima qoʻllanildi hamda huquqbuzarlik holatini toʻxtatish yuzasidan qaror qabul qilindi.

(Suratda chap tomondagi asl mahsulot)

📌 Kanalga ulanish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#jonli_radio_muloqot

Farg'ona viloyat "Farg'ona" teleradiokanalining 90.8 to‘lqinida efirga uzatilgan "Huquq soati" dasturida Quva tuman adliya bo'limi boshlig'i G.Qodirova va Davlat kadastrlar palatasi Quva tuman filiali muhandisi A.Yo'ldoshevlarning "O'zboshimchalik bilan egallab olingan yerlar hamda ularga egalik qilish huquqini e'tirof etish" masalasida aholi bilan jonli muloqot asosida savollarga javob berishlari yuzasidan radiomuloqot (1-qism)

Batafsil 👆

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

❗️Pedagogning huquqlari, sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'si davlat himoyasida

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

❗️Har bir davlat xizmatchisi - qonun targ'ibotchisi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1-son qarori bilan aholini xabardor qilish, qarorning mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha davlat xizmatchilari tomonidan targ'ibot tadbirlari o'tkazildi.

Oltiariq tumani davlat xizmatlari markazi va FHDY bo'limiga tashrif buyurgan aholiga mazkur qaror mazmuni tushuntirilib, uning ahamiyati bo’yicha tayyorlangan flayer va bukletlar tarqatilmoqda.

Farg'ona viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish:
🚀Telegram 🌐Websayt 📷Instagram 🔵Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM