Фонд развития культуры и искусства | Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasi
3.69K subscribers
4.6K photos
428 videos
310 files
471 links
Официальный телеграм канал Фонда развития культуры и искусства Республики Узбекистан

O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg’armasining rasmiy telegram kanali

https://acdf.uz/
t.iss.one/acdfuz
fb.com/acdfuz
tw.com/acdfuz_official
Download Telegram
Shayx Ol Mayassa bint Hamad Ol Soniy Xonim Oliyalarining taklifiga binoan Gayane Umerova boshchiligidagi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi delegatsiyasi Qatarga buyurgan tashrifini “Hermès Heritage: In Motion – Hermes fransuz uyi tarixiga sayohat” nomli ko‘rgazma ish boshlagan Milliy muzey faoliyati bilan tanishishdan boshladi.

Qayd etilishicha, “Hermès Heritage: In Motion” ko‘rgazmasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Hermès jamoasi Markaziy Osiyoning boy merosidan ilhomlangan. Xalq amaliy va hunarmandchilik san’ati, jumladan, Buxoro uslubida yasalgan egarlar muhim ilhom manbai bo‘lib xizmat qilgan. Hermès sara toʻplamida saqlanayotgan buxorocha egar mana shunday namunalardan hisoblanadi.

Jamg‘arma delegatsiyasi, shuningdek, “Harakat va meros: an’ana, hunarmandlik va dizayn o‘rtasidagi muloqot” shoʻba bahs-munozaralarida ishtirok etdi. Yelena Trkulya moderatorlik qilib, maʼruzachilar sifatida Shayx Mayassa Xonim Oliyalari, Vissam Ol Mana, Menueld de Balzer du Shatel va Jan-Lui Sava qatnashdilar.
По приглашению Её Превосходительства Шейхи Аль Майассы бинт Хамад Аль Тани делегация Фонда развития культуры и искусства Узбекистана во главе с Гаянэ Умеровой начала свой визит в Катар с посещения Национального музея, где открылась выставка Hermès Heritage: In Motion — путешествие через историю французского дома Hermès.

Было отмечено, что в процессе подготовки к выставке Hermès Heritage: In Motion команда Hermès черпала вдохновение в богатом наследии Центральной Азии. Народно-прикладное и ремесленное искусство, включая расписные седла в бухарском стиле, стали важными источниками вдохновения. Бухарское седло, находящееся в коллекции Hermès, является одним из таких примеров.

Делегация Фонда также приняла участие в панельной сессии «Движение и наследие: Диалог между традициями, ремеслом и дизайном». Модератором выступила Елена Тркулья, а среди спикеров были Её Превосходительство Шейха Маясса, Виссам Аль Мана, Менуэльд де Бальзер ду Шатель и Жан-Луи Сава.
Gayane Umerova boshchiligidagi O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi delegatsiyasi Qatar markazidagi tarixiy binoda joylashgan, 2019-yildan buyon arab merosi, ayniqsa Qatar madaniyatini asrab-avaylash va targ‘ib etish bilan shugʻullanib kelayotgan “Liwan Design Studios and Labs” madaniyat markaziga tashrif buyurdi.

Mehmonlar markaz faoliyati, shu jumladan, kulolchilik va charm ustaxonalari, mushtarak ijod maydonlari, dizaynerlar uchun studiyalar, shuningdek, xomaki qoliplar laboratoriyalari, fotostudiya va kutubxona – Bana hudididagi birinchi qizlar maktabi merosi bilan tanishtirildi.

Delegatsiya Toshkentdagi sanʼat rezidentsiyalari faoliyati haqida gapirib, Qatar va O‘zbekistonning madaniy salohiyati va rassomlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tajriba almashish va hamkorlik qilish istiqbollarini muhokama qildi.
Делегация Фонда развития культуры и искусства Узбекистана под руководством Гаянэ Умеровой посетила Liwan Design Studios and Labs — культурный центр в историческом здании в центре Катара, который с 2019 года сохраняет и популяризирует арабское наследие, особенно катарскую культуру.

Гостям представили деятельность центра, включая мастерские по керамике и коже, коворкинговые пространства и студии для дизайнеров, а также лаборатории прототипирования, фотостудию и библиотеку — наследие первой школы для девочек в регионе Bana.

Делегация рассказала о работе арт-резиденций в Ташкенте, обсудив перспективы обмена опытом и сотрудничества для поддержки культурного потенциала и художников в Катаре и Узбекистане.
Xalqaro madaniy muloqot va kreativ almashinuv doirasida Qatar Madaniyat vazirligi shu yili birinchi Fereej san’at va dizayn festivali – san’at, dizayn va madaniy an’analarga bag‘ishlangan keng ko‘lamli tadbirni ishga tushirdi.

E’tiborga molik jihati, tadbirning asosiy ishtirokchilardan biri an’anaviy o‘zbek so‘zanasi kashtachiligi ustasi Madina Qosimboyeva bo‘lib, uning qoʻl mehnati namunalari nafaqat qadimiy hunarmandchilikning go‘zalligini namoyish etadi, balki o‘zbek madaniy merosining betakror timsollarini ham o‘zida mujassam etmoqda.

Festivalga tashrif buyurganlar nafaqat uning ijodidan bahramand boʻlishlari, balki so‘zana kashtachiligi bo‘yicha mahorat darsida ishtirok etgan holda koʻhna san’atga shaxsan daxldor sifatida har bir muxlis o‘zbek naqshin bezaklarining betakror uslublari va ramziy maʼnolarini his etishlari mumkin.

Festival 31-oktabrdan 6-noyabrga qadar 100 dan ortiq rassom va dizaynerlarning asarlari taqdim etilgan Darb al Saai shahrida boʻlib oʻtadi.