Abdullayev
1.14K subscribers
1.17K photos
1.28K videos
101 files
1.7K links
👤 Fayzulloh Abdullayev
🎯 UNICORP asoschisi | IT mutaxassis & startup tadbirkor
📍 FinTech | ERP | MedTech yo‘nalishlarida raqamlashtirish

🔗Fikrlog: @fayzulloh_abdullayev
🤫 Savollar, hamkorlik: @abdullayev_fayzulloh
Download Telegram
Frontendchilar bormi bizda?

do‘stlar yana safimizni kengayishida davom etamiz ana endi bizga yana bir frontend dasturchi kerak bo‘layabdi 👨🏻‍💻
👌31👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dubayda 2026-yildan boshlab shunday elektrolyotlarda taksilar ishga tushiriladi.

Vertolyotlar bilan solishtirganda, Joby kompaniyasining qurilmasi tovushi pastroq va deyarli bir yarim barobar tezroq uchadi — u 320 km/soat tezlikka erisha oladi, zaryadi esa 240 km masofaga yetadi.

Parvozlar aeroport, Dubay Marina, Palm Jumeirah va shahar markazidan amalga oshiriladi. Parvoz narxi hozircha ma’lum emas.

@suniy_intelekt_uzb
#vakansiya_frontend

❇️ Frontend dasturchi kerak (Middle)

🏛 Kompaniya: UNICORP
💵 Maosh: 10 mln - 15 mln
📍 Mo'ljal: Pushkin metro

— Ish holati - #active

✔️ Talablar:

🔹 2+ yillik real tajriba
🔹 React, Next.js
🔹 TailwindCSS, CSS
🔹 React router, Tanstack router
🔹 Redux, RTK Query, Zustand
🔹 React Query (Tanstack query)
🔹 Git, Github, Gitlab
🔹 REST API & Web Socket
🔹 Testing, Jest, E2E
🔹 FSD yoki DDD, Solid

🔜Ish vaqti » 5 kunlik ish 10:00-19:00

🔖Sharoitlar:
🤝 Qulay office, yuqori internet va komputer
🎁 tekin abed va coffee
🤝 Ajoyib jamoa)
Staj yoziladi

☎️ Bog‘lanish: @unicorp_uz

-----------------------------------------------

⚠️ Ish qidirib yurganlar bo'lsa share qisangiz xursand bo'lardik

➡️ @abdullayevnotes
👀3🔥21
Xasan aka ustozni ilgari faqat mediada kuzatardim. Kecha esa TB klub jamoamiz tashabbusi bilan ustoz bilan jonli suhbat tashkil etildi. Suhbat mavzusi — "Kontaktdan kontraktgacha". Ustozning boy tajribalari, teran fikrlashlari va kuchli zehni menga katta taassurot qoldirdi. Bunday ziyrak insonlardan o‘rnak olishga arziydi.
1🔥73🤩2👌1
Channel name was changed to «Abdullayev»
🔊Do‘stlar, kanalimiz yangi bosqichga o‘tyapti!

Avval ushbu kanal sun’iy intellekt va texnologiyaga oid yangiliklarga bag‘ishlangan edi. Endilikda esa — shaxsiy blog formatidagi kanalga o'zgaradi , haqiqiy IT va startup loyihalarni noldan qurish, joriy qilish va IT bozoridagi shaxsiy productlarni o'z o'rnini topishdagi xatoliklar va yechimlarni to'g'ridan tog'ri kanal nomidan yoritib bormoqchiman.

Men — Fayzulloh Abdullayev, UNICORP kompaniyasi asoschisiman.
Bugungi kunda FinTech, MedTech, ERP/CRM kabi murakkab sohalarda real startaplar ustida ishlayapmiz. Har bir qadamim — tajriba, har bir muvaffaqiyatim — sinovdan o‘tgan.

Endi shu yo‘limni siz bilan baham ko‘raman:
📌Startaplarda boshdan kechirgan qiyinchilik/tajriba/natijalarim.
📌Koddan biznesgacha bo‘lgan real strategiyalar
📌Rivojlanayotgan yosh IT mutaxassislar uchun motivatsion maslahatlar
📌Asoschi sifatida xatolarim va yutuqlarim
💡 Bu kanal — faqat nazariya emas, balki turli video tasvirlar ham bo‘ladi.

🎯 Mening maqsadim:
2025 yilda O‘zbekistondagi eng e’tiborga loyiq startaplar safida bo‘lish. Jamoam bilan Yevropa va Osiyo bozorlariga chiqish va eng muhimi — bu yo‘lda sizni ham ilhomlantirish.
Agar sizni IT, dasturchilik, startup, loyiha boshqaruvi va shaxsiy o‘sish qiziqtirsa — bu blog siz uchun.
Men bu yerda hech narsani yashirmayman. Faqat ochiq gaplar, haqiqiy natijalar va harakat.

Keling, birga o‘samiz📉
Bu safar — kuchliroq, maqsadliroq va sizlar bilan birga harakat qilamiz. Sizlarni qo'llab-quvvatlashlaringiz men uchun juda muhim azizlar!
393👌21🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
dam olish kuni bo‘lishiga qaramasdan jamoa a’zolarimiz o‘z ishlarini sevib davom ettirishmoqda
1🔥62😁21🤯1
🎯 Qobiliyatli xodimlar — jamoaning yuragi.

Men o‘zim faoliyatimni backend dasturchi sifatida boshlaganman. Bugun esa UNICORP IT kompaniyasida rahbarlik qilib kelayabman, texnik intervyudan keyingi bosqichda — yangi xodim bilan odatda o'zim suxbat qilaman, odatiy suxbat qilib tanishamiz va bu menga xodimni ko'proq o'rganishga yordam beradi

Mana shu tajriba menga bitta muhim haqiqatni o‘rgatdi:
📌Qobiliyatli, energiyali, mas'uliyatli xodimkompaniya uchun eng muhim inson.

🏆Ular doim:
topshiriqdan qochmaydi,
javobgarlikdan ham,
mustaqil o‘rganadi, o'zini o‘stiradi,
jamoaning ruhini ko‘taradi,
energiyasini oshiradi,
tanqidga ochiq, o‘z ustida ishlashdan to‘xtamaydi.

Bunday insonlar jamoada jim turib “qahramonlik qiladi”. Ular texnik jihatdan kuchli bo‘lishi mumkin, lekin eng muhimi — insoniylikga xos sifatlari bor: sadoqat, halollik, qiziquvchanlik va madaniyat.

💥 Ammo ikkinchi qatlam ham bor — vadaboz xodimlar.
So‘zlari o‘tkir, lekin amalda yo'q.
Ularni intervyuda tanimasangiz, ish jarayonida tanib olasiz.

Ular:
deadline’ni doim kechiktiradi,
bahona bilan yashaydi,
jamoaviy ishda xalaqit bo‘ladi,
o‘z xatosini tan olmaydi, tanqidni qabul qilmaydi,
“men” bilan yashaydi, “biz” degan tuyg‘udan yiroq.

Bu insonlar bir qarashda jamoani to‘ldirayotgandek tuyuladi, lekin aslida — sifatli jamoani ichidan yemiradi
.

👨‍💼 Shaxsan men, ko‘plab shunaqa holatlarga duch keldim. Har bir xodimni alohida kuzatib, tushunib, qaror qabul qilish tajribasi paydo bo‘ldi.
Va men bugun bitta haqiqatni ishonch bilan ayta olaman:
Yaxshi xodim — sizning biznesingizni o‘stiradi. Yomon xodim esa — asta-sekin ichidan yemirib boradi.

Shu sabab:
Jamoani tanlashda shoshilmang, sifatsiz xodimni ushlab o'tirmang yoki tarbiyalang yokida choping🪓

Xulosa shuki:
Texnik bilim — o‘rganiladi. Ammo mas'uliyat, sadoqat va jamoaviy madaniyat — bu insonning asil yuzidir. Yaxshi xodimni doim qo'llab quvvatlang va asrang.

💬 Siz nima deb o‘ylaysiz? Xodim yoki boshqaruvchi sifatida tajribangizni izohlarda yozing

@abdullayevnotes
🔥6👏31👍1😱1🕊1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
cantrol…..🤣
69😁12
“Startap loyihani tanlashda –ko‘p funksionallik emas, kerakli yechimlar tanlanadi”

Ko‘pchilik startap boshlamoqchi bo‘lgan dasturchilarda(shuningdek o’zimda ham bo’lgan bu vaziyat) birinchi keladigan g‘oya "dasturda qancha ko‘p funksiya mavjuda bo‘lsa, shuncha zo‘r bo‘ladi va oson bozorga kiraman” — deb o‘ylaydi.Bu — juda katta noto‘g‘ri yondashuv, startap — bu muammoni hal qilish uchun yaratilgan oddiy yechim.
Turlicha va talab qilinmaydigan funksiyalar bilan ortiqcha resurs yo‘qotamiz aslida foydalanuvchi uchun oddiygina qiymat/natija kerak.

Siz ishlab chiqqan har bir funksiyaga shunday savol bering:
📌Kimga kerak?
📌Qanday og‘riqni bartaraf etadi?
📌Uni haqiqatda ishlatadigan foydalanuvchilar yetarlicha bormi?

Agar bu savollarga javob yo‘q bo‘lsa — u funksiya ortiqcha resurs, vaqt, va pul isrofi xolos.

Loyihaga foydalanuvchi ko‘zi bilan qarash
Startapni ishlab chiqishdan oldin:
Haqiqiy foydalanuvchilar bilan gaplashing
Ularning og‘rig‘ini tushuning
“Siz uchun eng noqulay jihatlar qayerda?” deb so‘rang
Va shunga yechim qilib bering.

Dasturchilar agarda startap qilishni boshlasa ko‘pincha turli va g‘ayri oddiy funksiyalar bilan dasturni ideal qilaman deb uylaydi va buni o‘ziga o‘xshagan dasturchilarga baham ko‘rganda sheriklari vovv deydi va yana loyihani bezashda davom etadi (( .Lekin siz yaratgan funksiya, foydalanuvchiga foydasiz bo‘lishi mumkin emasmi? yoki siz asosiy muammoga yechim bermasdan foydalanuvchingiz uchun unchalik muhim bo‘lmagan boshqa bir muammoga siz ortiqcha resurs sarflayolgandirsiz.

Shuningdek moliyaviy holatlar
Startap bu — faqat dasturni tamomlashgacha ketgan xarajat bilan to‘xtab qolmaydi.
💰 Server uchun to‘lov
💰 Reklama + marketing guruh
💰 Mobile(Android,IOS)/Web uchun hukumatimizga ba’zi integratsiyalar uchun yaxshigina $
💰 va boshqa to‘lovlar.

Shuning uchun har bir funksiya — sarmoya. Va uni qo‘shishdan oldin savol berish kerak:
"Bu sarmoya qaytadimi va agar ha bo‘lsa qachon qaytadi?"

Yechim nima?
1. MVP’ni iloji boricha minimal qilish — asosiy muammoni hal qilsa bo‘ldi.
2. Foydalanuvchi og‘rig‘i bo‘yicha aynan kerakli funksiyalarni ishga tushirish
3. Dasturchilar fikri bilan emas — bozor, mijoz, foydalanuvchi fikri asosida qaror qilish loyihaga

Startap — bu muammoga ko‘p funksiyanalik bilan maksimal yechim berish emas. Bu — Yuqori darajadagi muammolar uchun to‘g‘ri yaratilgan minimal harakatingiz!!!!!

👨‍💻@abdullayevnotes
43👍1🔥1
#vakansiya_frontend

❇️ Frontend dasturchi kerak (Middle)

🏛 Kompaniya: UNICORP
💵 Maosh: 10 mln - 15 mln
📍 Mo'ljal: Pushkin metro

— Ish holati - #yopildi

✔️ Talablar:

🔹 2+ yillik real tajriba
🔹 React, Next.js
🔹 TailwindCSS, CSS
🔹 React router, Tanstack router
🔹 Redux, RTK Query, Zustand
🔹 React Query (Tanstack query)
🔹 Git, Github, Gitlab
🔹 REST API & Web Socket
🔹 Testing, Jest, E2E
🔹 FSD yoki DDD, Solid

🔜Ish vaqti » 5 kunlik ish 10:00-19:00

🔖Sharoitlar:
🤝 Qulay office, yuqori internet va komputer
🎁 tekin abed va coffee
🤝 Ajoyib jamoa)
Staj yoziladi

☎️ Bog‘lanish: @unicorp_admin

----------------------------------------

⚠️ Ish qidirib yurganlar tanishlar bo'lsa share qisangiz xursand bo'lardik

➡️ @abdullayevnotes
86😢2🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IT ta’lim ⚠️

IT ta’limda yolg’on marketing bilan pul ishlayotganlarga murojaatim, gapirmasam bo’lmadi!
💯7🔥4😁1
📄 Diplomlar o’tmishda qoldi: Goldman Sachs yangi tadqiqotida shuni aniqladiki, oliy ma’lumot afzalligi deyarli yo’qolib bo’lgan.

Bitiruvchilar va diplomsiz odamlarning ishga kirish tezligi deyarli tenglashdi. 2025-yilda farq atigi 0,9 foiz punktini tashkil etdi. Shuningdek, oliy ma'lumotli ishsizlar soni ham ko’paygan.

Kompaniyalar yangi xodimlarni ishga olishda diplom va tavsiya xatlariga e’tibor bermay, ko’nikmalar testlariga o’tishgan.
🔥81
Sahar 3:00 da jamoamiz bilan ot minishga chiqib ketdik, quyoshni tog’ ortida ko’tarilishni tomosha qildik va otlarni ham mazza qilib yugurtirdik 🐎
Jamoamiz safi anchagina kengayib qoldi, bizni jamoa ham ishlashadi hamda sayohat qilishadi. Bizga hozirda frontchi kerak, ichida olovi bor frontchilar biz sizni kutmoqdamiz…
Ushbu postni Frontchilarga yuborib qo’yamiz…🍸
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥101
🇰🇿 Markaziy Osiyodagi eng yirik FinTech kelishuv!
Qozog‘istonning yirik moliyaviy instituti Halyk Group O‘zbekistonning fintech bozoridagi flagmani — Click kompaniyasining 49% ulushini \$176 million evaziga sotib oldi. Shu bilan birga, Click aksiyadorlari Qozog‘istonga tegishli, O‘zbekistonda faoliyat yurituvchi Tenge Bank’ning 49% ulushini \$60.8 million ga xarid qildi.

🇺🇿Bu sarmoya Click’ning eksport qilish salohiyatini oshiradi (Qozog‘iston, Qirg‘iziston va boshqa bozorlar)
Bozor uchun esa — bu sarmoya kuchli signal: "O‘zbekiston FinTech bozori jadal o‘smoqda."
33🏆3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
11
Abdullayev
Video message
Amon akadan kuchli advice-lar,
linkedin orqali B2B mijozlarni olib kelish bo’yicha maslaxatlari
3👍21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥7👍52🤩21
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍11🔥42🤩1🕊1🏆1
sotuv managerlarini qo‘liga shunaqa cho‘p bersangiz, mijoz bilan gaplashganda natija yaxshi bo‘lar ekan🤣
👀3😁21😱1😭1