Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
94 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining yoshlar yetakchisi Dilrabo Uralova hamda maktab sardorlari tomonidan yangicha yondashuv,kreativ loyiha asosida tayyorlangan "Qadring baland bo‘lsin ona tilim!" shioridagi ko‘rsatuv Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining "Fayzli kun" dasturida efirga uzatildi.
Ўзбекистон Либерал-демократик партияси Президент ғалабасини нишонламоқда

📍
https://uza.uz/posts/314646

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
Бугун мамлакатимиз тарихида улуғ кун. Байрам. Донишманд халқимиз ўз қатъий қарорини айтди. Ўз орзуларини рўёбга чиқарувчи Йўлбошчисини танлаб олди.
Президент Шавкат Мирзиёевнинг сайловолди дастурида белгиланган ишлар халқимизнинг келажакка ишончини ошириб юборди. Завқ, илҳом берди. Одамларнинг чеҳрасидаги мамнуният шундан. Миллат тўй қилаётир.
Бизни улуғ марралар кутаяпти. Бу марраларнинг меваси ҳар бир оиланинг ҳаётини безайди. Тинч Ватанда хотиржам, бахтли ва албатта фаровон яшаймиз.
Бу улуғ айём барчамизга муборак бўлсин!

Республика Маънавият ва маърифат маркази раҳбарининг биринчи ўринбосари Муҳаммаджон Қуронов.
Qaysi bir millatning ona tili o‘z hojatini o‘tayolmay, boshqa yot tillar oldida mag‘lubiyatga uchrab tiz bukar ekan, unday millat ko‘p uzoqlamayoq, insoniy huquqlaridan ajragan holda hayot daftari ustiga inqiroz qalami chekilishi shubhasizdir. Unday millatlar yolg‘izgina Vatanlaridan emas, balki butun borlig‘i bilan tarix yuzidan yo‘qolishga majbur bo‘ladilar.

© Alixonto‘ra Sog‘uniy - «Turkiston qayg‘usi» kitobidan

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
"So‘z latofati" kitobidan

Arab tilidan o‘tgan narsa va buyum nomlari ham tilimizda ko‘p: Aroba, musallas, istehkom, qalam singari. Shuningdek, fors tilidan kirgan falsafiy atamalar ham talaygina.

Javonmard, sarbador, charxi kajraftor, Oynai Iskandar va hokazo. Harakat nomlari asosan turkiycha. Ko‘pgina so‘zlarning o‘zbekchasi ham, arabchasi ham, forschasi ham tilimizda barobar ishlatiladi.

Arabcha Alloh yonida forscha xudo, turkiy Tangri so‘zlarimiz bor.
Yurak ham, qalb ham, dil ham deymiz.

Arabcha ism, forscha nom, o‘zbekcha ot - ham o‘zimizniki.
Til, zabon, lison bizda shu sababdan beqiyos va rangin.

Erkin Vohidov
O‘zbekiston Qahramoni,
O‘zbekiston xalq shoiri

Erkin Vohidov kanalidan olindi

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
Forwarded from Qashqadaryo xabarlari  (Ahror Sodiqov)
27 ОКТЯБРЬ – ҚАРШИ ШАҲАР КУНИ

Ҳурматли воҳадошлар ва ҳамшаҳарлар!

Вилоятимиз маркази - Қарши шаҳри куни барчамизга муборак бўлсин!

Зойир Мирзаев, Қашқадарё вилояти ҳокими.

Каналга уланиш➡️@qashvilhokimligi
#27_ОКТЯБРЬ_ҚАРШИ__ШАҲРИ_КУНИ

Маълумки, вилоятимиз маркази бир неча минг йиллик тарихга эга. Қарши шаҳри куни 11 йил муқаддам, 2006 йил 27 октябрь санасида Қарши шаҳрининг 2700 йиллиги халқаро миқёсда кенг нишонланганди. Шу кундан буён мазкур сана жаҳон цивилизациясига улкан ҳисса қўшган Қарши шаҳри куни сифатида нишонлаб келинмоқда.

Қарши шаҳри қадимдан кўплаб номлар билан аталиб келинган. Антик даврда Нахшаб, Наутака, ўрта асрларда Насаф, ҳатто Беҳбудий шаҳри деб ҳам аталган. 2700 йиллик тарихга эга бўлган Қарши шаҳрида илм-фан ўрта асрларда ўзининг юксак чўққисига чиққан. Бу заминда 300 дан ортиқ «Насафий» нисбаси билан ижод қилган машҳур алломалар турли-туман диний ва дунёвий билимлар соҳасида ижод қилганлар.

IX асрда Насафда ҳадисшунослик ва фиқҳшунослик мактаблари вужудга келган. X-XII асрларда Мовароуннаҳрдагина эмас, балки бутун Шарқда «Насафий» нисбаси анча машҳур бўлган. Бу даврда фиқҳ, ҳадис, тафсир ва ислом динининг асоси бўлган ақоид илми ривожланган. XV асрда Насафий алломалар ислом дини аҳкомлари ва бошқа ижтимоий соҳаларга оид асарлар ҳам ёза бошлаганлар.

Агар қадимда Кеш шаҳри «Илм вал адаб қуббаси» деб ном қозонган бўлса, Насаф шаҳри ҳадис ва фиқҳ соҳасида нафақат Мовароуннаҳрда, ҳатто олис юртлардан олимлар келиб баҳс-мунозара юритадиган «Мажлис-тадрис» (дарс йиғини), халқаро илмий тадбирлар ўтказиладиган шаҳар ҳисобланган. Бундай мажлиси тадрислар кўпинча дунёвий илмларга бағишлаб ташкил этилган. Бу ҳақда манбаларда маълумотлар бор.

Насафда хаттотлик мактаби ҳам равнақ топиб, бу соҳада Муҳаммад бин Саид ан-Насафий (XIII аср), Ражаб бин шоҳим Али Насафий (XVI аср), Муҳаммад Абдусалом ибн Муҳаммад ан-Насафий (XVI аср), Хўжамберди бин Мулла Қора Насафий (XVII аср), Неъматулло ал-муфти валади Қози Нахшабий (XVIII аср), Муҳаммад Шариф Насафий (XVIII аср), Муҳаммад Саид Насафий (XIX аср), Искандар Насафий (XIX аср), Мирзо Абдулқодир Насафий (XIX аср), Мирзо Исомиддин Насафийлар (ХХ аср боши) самарали фаолият юритган.

Рамзий ҳисоб-китобларга кўра, ҳозирда Қарши шаҳри 2714 ёшда.

@abdullaoripovmaktabi
#bizning_ijod
(Abdulla Oripovga)
Moziydan keladi hayotbaxsh navo,
Tinglagan ko‘ngilga beradi davo.
So‘zlari sehridan bo‘laman shaydo,
Bebaho merosdir shoir ijodi.

Hayotning shodligi yiroqlashsa gar,
Qalbimni chorlasa she’riyat agar.
Umrim yo‘llariga tashlasam nazar,
Qayta umid berar ajdodlar yodi,
Obihayot erur shoir ijodi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi, "Ozod va obod Vatanda erkin va farovon yashaylik" ko'rik-tanlovi g‘olibi, Lochinbek Ismatullayev

@abdullaoripovmaktabi
YAXSHI NOM
Boylik deb yashamoq nodonning ishi,
Buni soz biladi har qanday kishi.
Borin olib ketmoq boʻlsaydi agar
Qoʻli boʻsh ketmasdi buyuk Iskandar.
Deydilar, yaxshi nom mangulik demak!
Yurt deb kulmoq kerak, xoh oʻlmoq kerak.
Shuning-chun eslanar buyuk Temur ham,
Zero, afsonamas, u ham bir odam!
Nega yod olinar Shiroq, Toʻmaris?
Nega Muqannalar tarixda aziz?
Nega ular kabi eslanmas yovuz?
Nega yomon debmas maqtov-u xush soʻz?
Chunki barcha narsa oʻz nomiga xos
Yomon kelar-ketar, yaxshiga ixlos…
Vaqtlar oʻtajakdir, ilgʻor, bardavom.
Biroq, aslo o‘chmas yaxshi degan nom!
BURCH
Goho yurdim quvonchga toʻlib,
Goh gʻam chekib, baʼzida kulib,
Shu paytgacha ne foydam tegdi
Onam uchun bir farzand boʻlib?
Baʼzan uning bagʻrini yuldim,
Dam koʻnglidan baxtni daf qildim,
Ishongani boʻla turib ham
Otam uchun nima naf qildim?
Deyman, hali bari oldinda,
Ular mushtoq mening ortimdan,
Qiyosi yoʻq ota-onam-chun
Albat,haykal qoʻyay oltindan!
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o'quvchisi
Sh. Tojiddinov
#bizning_ijod
Ona zamin

Beshigimga baxtni belab
Tovonimdan o‘pgan zamin.
Tog‘lar kabi tole tilab,
Tandirda non yopgan zamin.
Meni deya istiqbolni,
istiqlolni tutgan zamin.
Boshim uzra nurlar elab
Poyimga dur sepgan zamin
Har zarrangni, har gardingni
Tomirimda qon bilaman.
Ellar ichra, yurtlar ichra
Nomingni doston qilaman.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi, "O'zbek ruhiyati me'mori" Respublika ko'rik-tanlovi g‘olibi
Azizbek Rajabov
@abdullaoripovmaktabi
#adabiy_suhbat
#Odil_Yoqubov_95_yoshda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida O'zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubov tavalludining 95 yilligiga bag‘ishlangan "O'zbek nasrining buyuk darg'asi" mavzusida ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasi hamda shahar bolalar kutubxonasi bilan hamkorlikda tashkil etildi. QarDU dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Saodat Mo'minova tomonidan yozuvchu mahorati, o'zbek adabiyotiga qo'shgan ulkan hissasi, asar qahramonlari haqida ma'lumotlar berildi. Ijod maktabi o'quvchilarining Odil Yoqubov romanlaridan badiiy ifodali o'qishlari, o'tkazilgan viktorina savollarga atroflicha javob berganlari mutaxassislar tomonidan yaxshi baholandi. Tadbir davomida Odil Yoqubov hayoti va faoliyatiga doir hujjatli film namoyish etildi.

@abdullaoripovmaktabi
#Zulfiya_Davlat_mukofoti
#Shahar_bosqichi

Bugun Qarshi ixtisoslashtirilgan san'at maktabida shahar hokimligi Oila va mahallani qo'llаb-quvvatlash bo'limi tomonidan Zulfiya Davlat mukofoti shahar bosqichi bo'lib o'tdi. Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Hamrayeva Sevinch adabiyot yo'nalishida ishtirok etib, 1-o'rinni egalladi.

@abdullaoripovmaktabi