Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
90 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
#Ustozlarga_ehtirom
#Muallum_kamolot_ichra_ko'zgudir

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" ga bag‘ishlangan "Muallim kamolot ichra ko'zgudir" mavzusida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Noodatiy, kreativ yo'nalishda o'tkazilgan ushbu tadbirda ustozlar sharafiga badiiy kompozitsiya tashkil etildi.

@abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Muallim_kamolot_ichra_ko'zgudir
#Bu_mening_ustozim

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'quvchilari tomonidan tayyorlangan videorolik

Muallif : ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Malika Davronova

Kadr ortidan she'rni ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Yusupova Shodiya o'qidi

@abdullaoripovmaktabi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Muallim_kamolot_ichra_ko'zgudir

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ijodkor muallimasi Malika Davronova tomonidan tayyorlangan bayram videoroligi.

Ushbu rolikda arxiv materiallari dan ham foydalanildi

@abdullaoripovmaktabi
Ўзбекистон ўқитувчи ва мураббийларига табрик

Поздравление учителям и наставникам Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Ijodiy_uchrashuv
#qardoshlik_aloqalari

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Tojikiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir, tarjimon Hasan Xolmirza G'oyib bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida yangi eksponatlar bilan boyitilgan maskan- O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyida ijodkor yoshlar bilan sayohat hamda adabiy suhbat tashkil etildi. O'quvchilar o'z ijod namunalari, yaratayotgan yangi loyihalari haqida so'zlab berdilar. So'ng maktab kutubxonasida "Ijod mas'uliyati va mashaqqati" mavzusida "Mahorat darsi" o'tkazildi. O'zbek va tojik adabiyoti, o'zaro hamkorlikdagi adabiy aloqalar, tarjimachilik sirlari haqida fikr bildirildi. Tadbirda voha ijodkori, jurnalist G'. Abdiyev ishtirok etdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ona_tilim_faxrim

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida "Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!" shiori ostida o'tkazilgan tadbirlar doirasida tayyorlangan videolavha.

@abdullaoripovmaktabi
ЎЗБЕК ТИЛИГА ДАВЛАТ ТИЛИ МАҚОМИ БЕРИЛГАНЛИГИНИНГ 32 ЙИЛЛИГИГА

Ассалому алайкум, азиз маънавиятимиз фидоийлари!
Шаън, Миллий ғурур байрамингиз муборак бўлсин!
Дунёда жами 6909 та, яъни 7000 га яқин тил ва лаҳжа бўлиб, шулардан 178 тасигина давлат тили мақомига эга. Улар орасида Ўзбек тилининг ҳам борлиги, қалбимизга ғурур ва ифтихор бағишлайди.

ОНА ТИЛИМ!

Шоир- миллат қурбонлиги!
Ана,
Чўлпон исботи,
Хаёлимдан кетмас сира,
Усмон Носир ҳаёти.
Миллат бор-ки,
Улғаяди,
Шеъру
Шуур,
Баёти,
Жадидларин кўнглида,
Бўй чўзган сарви гулим,
Она тилим, Она тилим!
Асли Ўрхун-Энасойдан,
Оққан шаршара тилим,
Она сўзини айтиб,
Чиққан илк бора тилим.
Сен бор,
Мен бор,
Айтарим бор,
Дунёга Она тилим,
Сен бор экан дунёда,
Яйрайди жону-тилим,
Она тилим, Она тилим!
Қутадғу билиг элчи,
Ўн асрлар нарига,
Юсуф Хос Ҳожиб,
Амир,
Кўнгиллар лашкарига,
Таъзим қилгум Навоий,
Турк назмин заргарига,
Аждодларим куйласам,
Сайраб кетар булбулим,
Она тилим, Она тилим!
Атоийдан сўз очсам,
Аҳмад Югнакий араз,
Аҳмад Яссавий десам,
Лутфий айтар мухаммас,
Сен туғилган кун бугун-
Миллат туғилгани рост,
Она тилим, Она тилим!
Ватан билан,
Тил мангу,
Қолгани бари ўтар,
Қай дилда шу сўз бор-ки,
Яшайди Аваз Ўтар,
Туркий тилим,
Омон бўл,
Тил бўлдинг умумбашар,
Она тилим, Она тилим!

@Мирзоҳид Ботиров
#Keksalar_oyligi
#Faxriylar_bilan_uchrashuv
#Mehnat_qahramonlari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi o'quvchilari viloyatimizdagi Ma'naviyat va ma'rifat maskanida bir guruh faxriylar, elimiz ardog'idagi tabarruk insonlar bilan uchrashdilar. Samimiy suhbatdan so'ng o'quvchi-yoshlar bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

@abdullaoripovmaktabi