Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
88 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
#Dushanba_adabiyot_kuni
#Òquvchilar_ijodidan


JAHOLATGA QARSHI MA'RIFAT

Dunyoda kimlar ko'p, yaxshiyu - yomon,
Jaholatga qarshi ma'rifat har on.
Seni o'z qa'riga tortsa jaholat
Undan qoch, aqlingni ishlat ,ey inson!

«Jaholat bu nedur?» der, g'arib birov,
Dedim men: «Bu illat, berar ko'p sinov,
Aslo ishonma sen, yo'qsa na holat
Qonunbuzar, beilm, bo'larsan yalqov.

Lek senda bor qurol: olim ma'rifat,
Uni ko'rib qochgay zolim jaholat,
Chunki unda yo'qdur, chora - malomat,
Yo'qdur to'g'ri yo'llik, bilimu - omad.

Ma'rifatli inson, bo'lmaydi hech kam,
Safimizga qo'shil birodar sen ham,
Jaholatga qarshi kurash, qon yig'lat,
Shunda kelajaging, porloqdir har dam!»

YAXSHI NOM

Boylik
deb yashamoq nodonning ishi,
Buni soz biladi har qanday kishi.

Borin olib ketmoq boʻlsaydi agar
Qoʻli boʻsh ketmasdi buyuk Iskandar.

Deydilar, yaxshi nom mangulik demak!
Yurt deb kulmoq kerak, xoh oʻlmoq kerak.

Shuning-chun eslanar buyuk Temur ham,
Zero, afsonamas, u ham bir odam!

Nega yod olinar Shiroq, Toʻmaris?
Nega Muqannalar tarixda aziz?

Nega ular kabi eslanmas yovuz?
Nega yomon debmas maqtov-u xush soʻz?

Chunki barcha narsa oʻz nomiga xos
Yomon kelar-ketar, yaxshiga ixlos…

Vaqtlar oʻtajakdir, ilgʻor, bardavom.
Biroq, aslo o‘chmas yaxshi degan nom!

Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 9-sinf òquvchisi Tojiddinov Shermuhammad
#Dushanba_adabiyot_kuni
#Òquvchilar_ijodidan

Sog‘inch
Nigohlar taftida hijron tunlari,
Sogʻinch hislarida izlayman bahor.
Shafaqdan nur olgan oyning yuzlari,
Yozgi saratonda izlayman bahor.

Hayolimdan ketmas bahor havosi,
Yozgi saharlarda oqadi anhor.
Tushlarimga kirar mayin navosi,
Kuzning xazonida oʻylayman bahor.

Sening goʻzalliging sokin ohangda,
Insonlar yulduz dek porlagini bor.
Oppoq taftlar ila bulut boqqanda,
Sening iforlaring sogʻindim bahor.

Daminova Sevara

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi
#Dushanba_adabiyot_kuni
#Òquvchilar_ijodidan
#Tarjima

MUALLIM
Abdulla Oripov she’ri

Shoirga dedilar : siz baxtli inson,
Xalqingiz ardoqlar, hamma taniydi.
Shoir javob berdi : menda bir armon,
Muallim desalar meni qaniydi.

Inglizcha tarjimasi

They told the poet: "You are so happy"
You are known and valued by everybody,
And the poet replied them kindly:
"I wish i was called a teacher by somebody ".

Abdulla Oripov ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Norqulova Marjona
#Test_namunalari_4_qism
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga o‘qishga kirish istagidagi o‘quvchilar diqqatiga!

⚡️Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabga qabul imtihonlarining 7-sinf BIOLOGIYA fanidan test namunalari.

👉 https://t.iss.one/piimauz/5026

📆Eslatib o’tamiz, haftaning har dushanba va shanba kunlari Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashlashtirilgan maktablarga qabul imtihonlari test namunalarini e'lon qilib boriladi.

✔️Bilimingizni biz bilan sinab ko’rin
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Mahorat_darsi
#Online_ijodiy_uchrashuv

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi òquvchilari Òzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, Òzbekiston xalq yozuvchisi Luqmon Bòrixon bilan òtkazilgan online muloqotda - Mahorat darsida ishtirok etdilar.

🔰"Nasr yònalishida ijod qilishning òziga xos xususiyatlari"mavzusida bòlib òtgan dars davomuda ushbu yònalishda ijod etayotgan òquvchilar òzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Tanlov_natijalari

Abdulla Oripov maktabda ijod maktabi direktori U.Oripov tomonidan tanlov ģoliblari taqdirlandilar .

❇️Muhammad Yusuf ijod maktabi tomonidan Z.M Bobur tavalludi munosabati bilan òtkazilgan tanlovning tasviriy san'at yònalishida ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi M.Fayzullayeva 1-òrinni egallagani uchun mobil telefon bilan, ushbu tanlovning nazm yònalishida 10-sinf o‘quvchisi S. Abdiyeva 3-òrinni egallagani uchun kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadilar.

✳️"Xamsaxonlik bahsi "intellektual musobaqaning maktab bosqichida ishtirok etib, 1-òrinni qòlga kiritgan 10-sinf òquvchisi Sh. Yusupova mobil telefon, 2 va 3 -òrinni egallagan 10-sinf o‘quvchilari
F. Muhammadiyeva hamda A.Oromova kitoblar jamlanmasi bilan raģbatlantirildi.

Shuningdek, maktab rahbari òquvchilar bilan ochiq muloqot tarzida suhbat òtkazdi.Ularning qiziqishlari , istaklari bilan yaqindan tanishdi.
🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Fevral_sportni_ommalashritish_oyligi
#Besh_muhim_tashabbus_ijrosi

Fevral - soģlom turmush tarzi va sportni ommalishtirish oyligi doirasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida 9,10-sinflar òrtasida sportning volebol turi bòyicha musobaqa òtkazildi.

❇️Musobaqada 10-sinf o‘quvchilari ģolib bòldilar 🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
#Besh_muhim_tashabbus_ijrosi
#Shaxmat_musobaqasi

Fevral-soģlom turmush tarzi va sportni ommalashtirish oyligi doirasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida direktor_kubogi uchun shaxmat bòyicha òtkaziladigan musobaqaga start berildi.

❇️"Aql gimnastikasi" sanalmish ushbu sport turida òquvchilar sport tògaragi rahbari M.Shoymardonova tomonidan saralanib, 1-turga yòllanma oldilar.

Bugun har bir sinf kesimida musobaqa òtkazildi.

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi