#Intellektual_tanlov
#Abdulla_Oripov_ijod_maktabi
🔉 Diqqat, tanlov!
✅ Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktabrda "Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida" gi PQ-4865-son qarori doirasida atoqli davlat va jamoat arbobining bebaho ijodiy-ilmiy merosini nafaqat iqtidorli yoshlar orasida, balki xalqimiz, jahon adabiyoti ixlosmandlari orasida milliy madaniyatimiz va adabiy-estetik tafakkurimiz rivojidagi alohida o‘rnini yanada keng targ‘ib qilish maqsadida "Xamsaxonlik bahsi" intellektual tanlovi e'lon qilindi.
💥 Mazkur tanlov Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi barcha ijod maktablarining 9-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida tashkil etiladi.
❗️Tanlovning maktab bosqichi quyidagi shartlar asosida tashkil etiladi.
1-shart: Navoiy lirikasi bo‘yicha mushoira;
2-shart: Navoiy hayoti va ijodi yuzasidan savollar;
3-shart: "Xamsa" dostoni hamda Navoiy zamondoshlari, adabiyotshunoslarning buyuk mutaffakkir haqidagi fikrlari asosida savollar.
🏆 "Xamsaxonlik bahsi" tanlovining yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan uch nafar o‘quvchi maktab direktori tomonidan
1-o‘rin: 1-darajali diplom hamda telefon bilan;
2-o‘rin: 2-darajali diplom hamda esdalik sovg‘a bilan;
3-o‘rin: 3-darajali diplom hamda esdalik sovg‘a bilan taqdirlanadi.
📔 Intellektual tanlovda 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan bir nafar o‘quvchi tanlovning Respublika bosqichiga qatnashish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
👉@abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi

#Mangulikka_daxldor_inson
Chiqdi karvon ila mustaqil yo'lga,
Ko'ngil saroyidan qo'rquvni haydab.
Erklik shamollarin bag'sh etdi yurtga,
Qalbga komillikning niholin qadab.
Poklikka yo'g'rilgan millat orzusin,
O'tmishning qa'ridan opichlab o'tdi.
Baxtning yuzin o'pgan xalqning kulgusin,
Kelajak peshtoqin naqshiga bitdi.
Taralar tinchlikdan qadrdon bonglar,
Yaratdi mehr-la buyuk bo'stonni.
U sabab otmoqda nurafshon tonglar,
Meros qilib ketdi O'ZBEKISTONNI.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o'quvchisi Omonova Sevinch

O'zbekning zabardast buyuk ajdodi,
Qancha-qacha o'tdi jasur o'g'loni.
Janglarda jon tikdi, yosh navqironi,
Shu yurt chun baxshida etdi jonini.
Tarixi buyuk yurt, hur O'zbekiston!
Gullab-yashnayversin mustaqil zamon.
Baxtli bo'lsin, elim, xalqim deb omon,
Mardlar maydoniga chiqdi bir inson.
Dovrug'in taratdi o'zbek shonini,
Mustahkam qurdilar poydevorini.
Xalqi chun ayamay hatto jonini,
Qalblarda qoldirdi mangu nomini.
Tinchligimiz bo'lsin mangu barhayot,
Ruhingiz shod bo'lsin duo qilgaymiz.
Buyuk ajdodlarim berar kuch najot,
Yorqin xotirangiz hech unutmaymiz.
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf ŏquvchisi Musurmonova Shaxina.