Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
88 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#8_dekabr_Konstitutsiya_kuni
#Baxtimiz_Qomusi
#Tanlov
#Konstutsiya_mening_nigohimda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 8-B sinf òquvchisi Hayitova Farangizning Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29yilligiga baģishlab ijod maktabida òtkazilayotgan tanlovga taqdim etgan videolavhasi

👉Bizni kuzatishda davom eting

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Бугун Ўзбекистон халқ артисти Хайрулла Саъдиев туғилган кун

Хайрулла Саъдиев 81 ёшни к,аршилади

Хайрулла Ҳабибович Саъдиев - (Тошкент) — Ўзбекистон рассомлик. санъати институтини тугатган (1963). 1963—86 йилларда Ёш томошабинлар театрида, 1986 йилдан Сатира театрида актёр. Актёр, асосан, комик актёр бўлиб, драматик, ҳарактерли ролларни ҳам меъёрига етказиб ижро этиши, ўткир сатирик ва лирик портретлар устаси сифатида ажралиб туради. Манеко ("Полиздаги воқеа") унинг саҳнада яратган илк образидир. Кейинчалик Хлестаков ("Ревизор"), Д Артанъян ("Уч мушкетёр"), Конфетвой ("Суқатой Конфетвой"), Али ("Али ва Вали"), Мушук ("Этик кийган мушук"), Мишка Дадоне ("Тошкент — нон шахри"), Шум бола ("Шум бола"), Афанди ("Афандининг ёшлиги"), Юсуф ("Тобутдан товуш") каби ролларни ижро этиб шухрат қозонди. Кино ("Акмалнинг саргузаштлари"да эртакчи чол; "Шиддат"да Мамат; "Хоразм афсонаси"да машарабоз; "Тўйлар муборак"да куёвнинг дўсти; "Арслоннинг саргузаштлари"да Қўрқинч; "Хумча"да чойхоначи; "Марғиёна"да машарабоз; "Алпомиш"да Тойчахон; "Мешполвон"да Райҳон қизиқ ва бошқалар), телевизион спектакл ва филмларда (Шум бола, "Шум бола"; Анвар, "Излайман"; Собир, "Учрашув", Жалил, "Шайтанат" каби) ҳам суратга тушган. Махсус театрлашган дастурларда Афанди, асабий одам, лектор каби образлар яратган. Хайрулла Саъдиев, шунингдек, телевизион миниатюралар театрининг доимий қатнашчиси.
Иштрок этган фильмлари: "Возвращайся с солнцем" (Жингалак), "Шиддат" (Мамат), "Возраст тревог" (қаҳвахонадаги йигит), "Семурғ" (новвой), "Чинор" (Анвар, Саид), "Как Хашим был большим" (Ҳошим), "Кўринмаслар", "Хоразм афсонаси" (масарабоз), "Тўйлар муборак" (куёвнинг дўсти), "Акмалнинг саргузаштлари" (эртакчи чол), "Новые приключения Акмаля" (волшебный садовник), "Арслоннинг саргузаштлари" (Қўрқинч), "Хумча" (чойхоначи), "Марғиёна" (масхарабоз), "Шайтанат" (Жалил), "Алпомиш" (Тойчахон), "Близнецы" (Мухтор), "Суиқасд", "Осмон яқин", "Йўқолган одам", "Шима" (Япон капитани), "Ўтов" ( участковий), "Иблис девори", "Жаннат қайдадир?", "Аросат", "24 соат" (доктор), "Учар отлар" (Ибн Ал Жаббор), "Қўрғошин" (Абдураҳмон), "Ҳаёт жилғалари" (Тошкенбой ака), "Қовун", "Хазина", "Гумроҳлар", "Хазонрезги"
#qish_ilhomlari

Qish
Oppoq qor yuzlarin silaydi shamol,
Gòzallik libosin kiygan tabiat.
Sumalak yoshiga tutib dastròmol,
Quyoshjon nurlarin sochar beminnat.

Oppoq qor qòynida ungan bir chechak,
Atrofga termilib rosa shodlanar.
Har tomonda qushlar boqadi sergak,
Bahorni chorlashga qayta otlanar.

Garchand sumalakday tòkilsa yoshing,
Kòzingdan sevinchlar tomsa bahorday.
Ko'ngilda mustahkam bòlsin bardoshing,
Orzularing erib ketmasin qorday .

Abdulla Oripov nomli ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi
Hamrayeva Sevinch
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Baxtimizning_oliy_qomusi
#Konstitutsiya_mening_nigohimda

KONSTITUTSIYA --- BAXTIMIZ

Baxtimizning qomusi,
Davlatning bosh qonuni.
Huquqingiz bilasiz,
O'qib chiqsangiz uni

Har moddada huquq, burch,
Har varaqda tarbiya.
Qomusimiz bor ekan,
G'animlar solmas soya.

Adolat-la ish tutar,
Qilar bizni himoya.
Doston yozsak, ta'rifi
Sira bo'lmas nihoya.

Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Omonova Madina
#Baxtimizning_oliy_qomusi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida 8-dekabr Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag'ishlab "Konstitutsiya- baxtimizning oliy qomusi"mavzusida ma'rifiy tadbir o'tkazildi

❇️Tadbirda ijod maktabining oliy toifali tarix fani òqituvchisi Ravshan Xolov tomonidan Konstitutsiyamiz tarixi , uning mohiyati haqida ma'ruza qildi.

✳️Ijod maktabi òquvchilari tomonidan bosh qomusimiz moddalari, bòlim va boblari yoritildi.

🔰Òquvchilar tomonidan ijro etilgan she'r, kuy va qòshiqlardan iborat bayram dasturi barchaga xushkayfiyat ulashdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiya_bosh_qomusimiz

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida 2021-yil 7-dekabr kuni Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga baģishlab "Baxtimizning oliy Qomusi" mavzusida òtkazilgan ma'rifiy tadbirdan lavhalar

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube
✍️ Президент Шавкат Мирзиёевнинг Конституция куни муносабати билан байрам табриги

〰️〰️〰️
Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева в связи с Днем Конституции

https://t.iss.one/Rasmiy_xabarlar_Official
#Tabriknoma
#Konstitutsiya_29_yil

Muhtaram yurtdoshlar!

Konstitutsiya - har bir millatning Bosh qonuni, mamlakat taraqqiyoti va jamiyat hayotining mustahkam huquqiy asosidir.

Sizni ulugʻ ayyom – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yillik bayrami bilan samimiy muborakbod etamiz. Xonadoningizga tinchlik, mamlakat taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona mehnatlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Tinchligimiz abadiy bo’lsin!

Hurmat bilan,
Prezident ta’lim muassasalari agentligi jamoasi
Азиз ватандошлар!
Сиз ва сиз орқали оила аъзоларингизни улуғ айём – Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганининг 29 йиллик байрами билан чин қалбимдан самимий муборакбод этамиз. Барчангизга тинчлик-омонлик, сиҳат-саломатлик, узоқ умр, оилавий бахт, ишларингизга омад тилаб қоламиз. Ватанимиз тараққиёти, юрт тинчлиги, эл-юрт фаровонлиги йўлида олиб бораётган ишларингизга улкан зафарлар тилаймиз. Эркин ва фаравон ҳаётимиз бардавом бўлсин, юртимиз тинчлиги осмонимиз мусаффолиги ҳеч қачон бизни тарк этмасин.
Байрамингиз муборак бўлсин!

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripov_80_yilligi
#Iftixor
#Dramatik_lavha

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining "Aktyorlik mahorati" tògaragi a'zolari tomonidan tayyorlangan dramatik lavha 🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube
#Abdulla_Oripovning_80_yilligiga
O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri
Abdulla ORIPOV xotirasiga

Besh yuz yillik uyqudan keyin
Qalam tutdi yana bir shoir .
Navoiyning izdoshi bo'lib ,
Dong taratdi ABDULLA ORIF .

Qalamida xalqning orzusi ,
U kuyladi istiqlol madhi .
Bong urdi u xalqi dardiga
Darmon bo'ldi har bitta satri .

Bugun o'zbek eli har tongni ,
Qarshi olar : « Madhiya » bilan .
Vatan deya yashab o'tganlar ,
Hech o'chmaydi xalqning dilidan .

Judolik bor , gar qalbimizda ,
Shoir ruhin etib bugun shod ,
Yurtboshimiz boshchiligida
Muzey , maktab etildi bunyod .

Xalqim , uchun yashayman deya ,
Vatanimga etib qasamyod !
G'urur bilan havas qilgulik ,
Ta'lim olar barkamol avlod ! 🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (postlarbot)
#Davlat_Madhiyasi_29_yoshda
#Uluģ_xalq_qudrati_jòsh_urgan_zamon

❇️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida O'zbekiston Respublikasi Dalat madhiyasi qabul qilinganligining 29 yilligiga bag'ishlangan "Ulug' xalq qudrati jo'sh urgan zamon..." mavzusida ma'rifiy tadbir bo'lib o'tdi

✳️Tadbirda Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo'limi rahbari o'rinbosari Latif Qambarov, Xalqaro aeroportlar xavfsizligini ta'minlash qo'shinlari harbiy xizmatchilari ishtirok etdilar

Ijod maktabi o'quvchilari tomonidan madhiyamiz tarixi, uning mohiyati haqida adabiy- badiiy, musiqiy kompozitsiya namoyish qilindi

💠Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan jangovor chiqishlar namoyish etildi.


🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram | web sayt | facebook | youtube