Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
94 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
Forwarded from Ayubxon
#Xushxabar

🔰Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Abdulla Qodiriy tavalludining 128 yilligi munosabati bilan Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarning o'quvchilari o'rtasida "So'nmas mash'al - Qodiriy" mavzusida "Qodiriy asarlaridan biriga muqova uchun rasm chizish yoki kompyuter grafikasi yordamida fotodizayn tayyorlash" bo'yicha rasmlar tanlovi o'tkazilgandi.
🥇Quvonarlisi, tanlov natijalariga ko'ra, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Axmatova Zubayda 1-o'rinni qo'lga kiritdi.
🏆Tanlov tashkilotchilari g'olib va sovrindorlarga diplom hamda estalik sovg'alari yetkazilishini ta'kidlagan.
O‘z navbatida mazkur yutuq bilan Zubayda Axmatovani qutlaymiz!

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
#Mahorat_darsi

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi va Qashqadaryo viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi o‘rtasida tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq, sinf rahbari Latifa Abdullayeva rahbarligida jurnalistika sohasiga qiziquvchi ijod maktabining o‘quvchilari “Jurnalistlar uyi”ga ijodiy safar uyushtirishdi.
📹Dastavval viloyat AOKA boshqarmasi mas’ul xodimi Ch.Rahmonov o‘quvchilarni boshqarmaga taklif etarkan, Qashqadaryo matbuoti tarixi va buguni, viloyatda faoliyat olib borayotgan TV, bosma va internet nashrlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
🗞Shuningdek, o‘quvchilar bir qator gazetalar tahririyatlari va “Nasaf TV” binosida mehmon bo‘lib, gazetaning chop etilish va teleko‘rsatuvlarning tasvirga olish jarayonlari bilan yaqindan tanishishdi.
📸Ijodiy safar so‘nggida viloyat AOKA boshqarmasi boshlig‘i U.Nusurov o‘quvchilar bilan uchrashib, jurnalistika sir-asrorlari haqida “Mahorat darsi” o‘tdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati
#Ochiq_eshiklar_kuni

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan Koson tumanidagi 4-, 85-, 86-, 94- va 95-maktablarning ijodiy-madaniy masalalar bo‘yicha targ‘ibotchilari rahbarligida bir guruh o‘quvchilar tashrif buyurishdi.
🟢O‘z navbatida direktor o‘rinbosarlari – N.Oripova va Y.Jamolovalar o‘quvchilarning maktabga qabul qilish, imtihon, o‘qish jarayonlari, yaratilgan shart-sharoit hamda imkoniyatlar haqidagi savollariga atroflicha javob berishdi.
🟢Direktor o‘rinbosari N.Oripova hamrohligida o‘quvchilar Abdulla Oripov muzeyi, media savodxonlik, aktyorlik mahorati, dizayn, shuningdek, kimyo-biologiya, ingliz tili, rus tili sinflarida bo‘lib, maktab o‘quvchilari uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram |
#Harbiy_sport_musobaqasi

Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani rahbari O.Ahmedov boshchiligida o‘quvchilar o‘rtasida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda bu borada dastlabki ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida “Men Jaloliddin Manguberdi va Amir Temur kabi buyuk sarkardalar avlodiman” shiori ostida harbiy-sport musobaqasi o‘tkazildi.
🟢Musobaqada “Yosh armiyachilar” nomi ostida jami 10 nafardan iborat bo‘linma ishtirok etdi.
🟢Musobaqa qatnashchilari jami uch shart, ya’ni saf nizomiga ko‘ra, safda qurol va qurolsiz yurish, arqon tortish va qo‘l kuchida bellashish shartlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashishdi.

✍️Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram |