Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
90 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
Forwarded from Fayziddin Muhiddinov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maktub Abdulla Oripov she`ri. Ustoz xotirasiga bag'ishlanadi. Matnni Fayziddin Muhiddinov o'qidi.
#O'zbek_ruhiyati_me'mori
#Tanlovga

Abdulla Oripov xotirasiga

Unib she'riyatning kurtaklarida,
Tongning quloğiga shivirladi dil.
Ona Qõnĝirtoĝning etaklarida,
Ilhomning otlarin choptirdi dadil.

Qalbini yõrgaklab adolat ila,
Vujudin erkalar ilohiy hislar.
Qutqular sõylabon tinmadi sira,
Hasad sirtmoĝini otib iblislar.

Zaminning sochini õrganda yillar,
Vatanga shodlikdan munchoqlar terdi.
Sabrning tõnini kiyganda dillar,
Mehrga quvonchdan guldasta berdi.

Ma'rifat mash'alin sõz-la yoqqanda,
Kimlardir malomat toshlarin otdi.
Tundagi yulduzlar xira tortganda,
She'riyat tonglari shoir-la otdi.

Millatning dardini kuylabon dadil,
Qalblarga komillik kõzgusin tutdi.
Tafakkur baĝrida yashabon yakdil,
Vatanning betakror madhini bitdi.

Ijodi har lahza otmoqda ildiz,
Jismj bõlmasa ham nomi tirikdir.
She'riy samo ichra bu mitti yulduz,
Buyuk kahkashonlar ichra buyukdir.

Misrasi charx urib ijod boğida,
Quvonchga tõlibon xalqning vujudin.
Ruhi sakson bahor quchar choĝida,
She'riyat nur ila yõllar maktubin.

Adabiyot boĝida mangudir yodi,
Ul zot shijoati qora kõzlarda.
Yurak kitobidan õchmas bayoti,
Bobom she'riyati bizning qõllarda.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf õquvchisi Omonova Sevinch
Abdulla Oripovga

Yurakka she'r ishqi solingan ondan,
Shoirlar yozarlar hasratga tõlib,
Qalbning fasafasi degan tomondan,
Faqat siz yurdingiz birinchi bõlib.


Yoshlik kõngillarga õt yoqar zalvor,
Bu umr goh shodlik,goh ĝurbatingiz.
Xayolga band etgan bu gõzal bahor,
Sizning eng "Birinchi muhabbatingiz".


"Umr manzillari "chalkashdir hanuz,
Turfa yõllar sari chorlaydi har on.
Samoda chaqnagan bir "mitti yulduz",
Mangu yulduz bõlib porlagay hamon.


Shu aziz zaminni qutluĝ bildingiz,
Millatni dardini bittiz daf'atan.
Kecha siz vatanni madh etgan ediz,
Bugun esa sizni madh etar vatan.


Shu elni sevdingiz qaynoq mehr-la,
Sizning ta'rifingiz õzi bir kitob.
Yurakda sharaf-u,yuksak faxr-la
Onajon xalqimga qilurman xitob:

"Mehr chaqnar nur kõzligim,
Tantanovor kuy muborak.
Tinchliksevar hur õzbegim,
80 yillk to'y muborak! "


Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf õquvchisi Sadullayev Bobomurodning "Õzbek ruhiyati me'mori"mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi uchun yozgan she'ri.
#Абдулла_Орипов_80_йиллиги

Бугун А.Орипов ижод мактабида Ўзбекистон Ёзувчилар уюшмаси раиси ўринбосари, шоир Нодир Жонузоқ ва шоир Рустам Мирвоҳид билан ижодий учрашув ҳамда Маҳорат дарси бўлиб ўтди. Дарс Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон Халқ шоири Абдулла Орипов ҳаёти ва ижодига бағишланди. Ўқувчилар ўз ижод намуналари ҳамда буюк шоир ижодидан намуналар ўқидилар.Тадбирда мактаб кутубхонасига ўзбек ва жаҳон адабиётидан нодир бадиий асарлар тақдим этилди.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abdulla_Oripovning_80_yilligiga
O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston Xalq shoiri Abdulla Oripovning 80 yilligiga bag'ishlab Abdulla Oripov ijod maktabi hamda Toifalangan obyektlarni qòriqlash qòshinlari qòmondonligiga qarashli Qarshi shahridagi harbiy qism bilan hamkorlikda buyuk shoir ijodiga bag'ishlangan videorolik tayyorlandi.
✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
Forwarded from Абдулла Орипов шеърияти (Ruxsora Oripova)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири, таниқли жамоат арбоби Абдулла Орипов таваллудининг 80 йиллигига бағишланади

@abdullaorifijodi
#Abdulla_Oripov_tavalludining_80_yilligi
2021-yil 19-mart kuni Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida “Nazm dorilfununining buyuk shoiri” mavzusida xotira tadbiri o’tkazildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi o'rinbosari Akmal Saidov, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahridagi filiali rektori Qalandar Abdurahmonov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, respublikamizdagi ijod maktablari rahbarlari, shoirning yaqin qarindoshlari, viloyat faollari va faxriylar tashrif buyurishdi. Dastlab O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov haykali poyiga gullar qo'yildi. So’ng maydonda milliy qadriyatlarimizni ulug’lovchi bayram kompozitsiyalari o’tkazildi. Mehmonlar O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov muzeyi eksponatlari hamda shoir hayotini aks ettiruvchi ko’rgazmalar bilan tanishdilar. Xotira kechasida ijod maktabi o’quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan badiiy kompozitsiya namoyish etildi.