Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.27K subscribers
11.7K photos
1.2K videos
95 files
3.57K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Zakovat
#Besh_tashabbus

🔰Ta'lim muassasalarida ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda tizimli ma'naviy tarbiyani yo'lga qo'yishga qaratilgan "Ma'naviy-axloqiy tarbiya dasturi" hamda "Yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo'yicha yoshlar dasturi" da belgilangan rejaga mufoviq Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida haftaning ma'lum kunida loyiha koordinatori Ravshan Xolov boshchiligida “Zakovat” intellektual o'yinlari o‘tkazilib kelinmoqda.

🥇Qiziqarli kechgan ushbu intellektual o'yinda "Evrika" jamoasi 1-o‘rinni egallagan bo'lsa, "Parvoz" va "Diktator" jamoalari bir xil ochko toʻplagan holda 2-o'rinni qo'lga kiritishdi. "Ideal" va "Power of ladies" jamoalari esa 3-o‘rinni band etishdi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

Eng yomon kishilar ilmga amal qilmaydigan kishilardir. Agar tarbiya qiluvchi muallim olim bo'lib amalsiz bo'lsa, bu shogirdlar axloqiga yomon ta'sir ko'rsatadi.

✍️Abdulla Avloniy


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Qaror_ijrosi_amalda

🔰 Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanʼat instituti, Qarshi davlat universiteti va Abdulla Oripov nomidagi ijod maktablari o‘rtasida qo‘shma qarorlar imzolandi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 11-apreldagi “Ijod maktablari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-147-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu qoʻshma qarorga asosan, ijod maktabida Qarshi davlat universitetining "Yangi oʻzbek adabiyoti va adabiyot nazariyasi", "Oʻzbek tilshunosligi" hamda "Ingliz tili va adabiyoti"  kafedralari hamda Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa sanʼat institutining Maqom xonandaligi, Maqom cholg'u ijrochiligi va Doston ijrochiligi kafedralari filiallari tashkil etildi.


📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
https://telegra.ph/AMIR-TEMUR-04-24

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7 "B"-sinf o'quvchilari, "Yosh tarjimon" to'garagining a'zolari Yusupov Doniyor, Najimova Nozima va Eshmurodova Sevinch Amir Temur hayoti va iqtiboslarini o'zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilishdi.
Forwarded from Hilola Umarova
Qadrli ustozlar!

Ayni kunlarda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi pedagog kadrlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Har kuni yuzlab ustozlarimiz oʻzi dars berayotgan fanlardan test topshirib, yanada yuqori malaka toifalarini egallashmoqda.

Bu yilgi malaka sinov jarayonlari toʻliq avtomatlashtirilgan tizim asosida tashkil etilgan boʻlib, bu oʻz-oʻzidan jarayonlarning shaffof va adolatli oʻtkazish, inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.

Hurmatli pedagoglar!

Attestatsiya sinovlarida malaka toifasini olib berish boʻyicha turli takliflar bildirayotgan, buning uchun pul talab qilayotgan shaxslarning aldoviga uchmang va kasbiy obroʻyingizga xavf tugʻdirmang. Faqat oʻz bilimingizga tayaning, aziz ustozlar!

Shu oʻrinda yana bir maʼlumot!

Agar test jarayonlariga doir eʼtirozlaringiz boʻlsa, yoki korrupsion holatlarga duch kelsangiz attestatsiyaga doir murojaatlar uchun maxsus tashkil etilgan vazirlik Ishonch telefoni +998 88-827-09-09 yoki quyidagi bot manzili (https://t.iss.one/uzedu_vazirbot)ga yuborishingizni soʻraymiz.

Sizning shaxsingiz sir saqlanishi kafolatlanadi.

Mazkur telefon raqami orqali sizning murojaatingiz yozib olinadi. Savollaringizga tegishli mutaxassislar tomonidan oʻrnatilgan tartibda javob beriladi.

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri
#hududlardan_xabarlar
#kunlik_dayjest

Toshkent shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining STEAM fanlari o’qituvchilari uchun seminar-trening tashkil etildi.

Guliston shahridagi Prezident maktabida "Oʻrganamiz, oʻrgatamiz" loyihasining navbatdagi soni
taqdim qilindi.

Navoiy shahridagi Prezident maktabida hududdagi taʼlim muassasalarining fizika fani oʻqituvchilari uchun seminar-trening
oʻtkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida futbol boʻyicha "Maktab chempionati"
boshlandi.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi jamoasi korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ijtimoiy videorolik
tayyorladi.

Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi oʻquvchisi Feruza Toylibaeva "Eng yaxshi diplomatlar" xalqaro konferensiyasi ishtirokchisiga
aylandi.

Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o’quvchilari Respublika “Kitobxonlik haftaligi”da
ishtirok etdi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi Qarshi davlat universiteti, Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa sanʼat instituti bilan hamkorlikni
yoʻlga qoʻydi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Bitiruvchilar bogʻi"ga
asos solindi.

Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Akromxon Nazarov yoshlar oʻrtasida bel olish va uch kurash boʻyicha Eronda boʻlib oʻtadigan Jahon chempionatiga yoʻllanmani
qoʻlga kiritdi.

Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tugʻilib oʻsgan goʻshalarga
sayohat qildi.

Oltiariq tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Biz jinoyatchilikka qarshimiz!" mavzusida davra suhbati
tashkil etildi.

Dang‘ara tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Gullar va qushlar bayrami
oʻtkazildi.

Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Behruz Xolmurodov "Yoshlar ovozi Boʻzatov – 2024" tanlovining Respublika bosqichi yoʻllanmasini
qoʻlga kiritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kitobxon_haftaligi
#Muhammad_Yusuf_tavalludining_70_yilligi
🔰Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "2020-2025-yillarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash milliy dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 781-sonli qaroriga asosan, "Kitobsevar millat" shiori ostida joriy yil 22-26-aprel kunlari respublikamiz boʻylab "Kitobxonlik haftaligi" oʻtkazilmoqda.


📚Ushbu haftalik doirasida viloyat axborot-kutubxona markazida Oʻzbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining ijodkir-oʻquvchilari ham ishtirok etishdi.
Muhammad Yusuf she'rlaridan iborat badiiy kompozitsiya hamda shoir she'rlari bilan aytilgan qo'shiqlarni ijro etdilar.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram