Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.28K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
103 files
4.09K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Shahrisabzga_sayohat

O'quvchi-yoshlarda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini rivojlantirish, ularni buyuk ajdodlarimizga munosib voris etib tarbiyalash bugungi kundagi ustivor vazifalardandir.
🟢"Aprel -"Buyuk allomalar merosini o'rganish va targ'ib qilish oyligi" doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda Ogahiy nomidagi ijod maktabining ustoz va o'quvchilari ko'hna va hamisha navqigon Shahrisabz - buyuk Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan maskanga sayohat qildilar.
🟢"Oqsaroy" majmuasi, "Maqom muzeyi", undagi noyob eksponatlar, osori-atiqalar, xalq hunarmand-ustalari yaratgan bebaho san'at asarlari haqida ma'lumotlarga ega bo'ldilar.
🟢O'zbekistonda xizmat kòrsatgan madaniyat xodimi , Xalqaro "Oltin meros"medali sovrindori Elmurod Boymurodov bilan o'zbek maqom san'ati va uning tarixi haqida bo'lib o'tgan suhbat barchaga iliq taassurot qoldirdi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
👍4🤩1
#Dastur_ijrosi_amalda
#Yorqin_taassurot

⚡️Xabaringiz bor, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tizimdagi ijod maktablari o'rtasida sog'lom raqobatni shakllantirish, o'quvchilarning ijodiy faoliyatini yanada rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratish, o'quvchilarni hudud va undagi tarixiy yodgorliklar, mahalliy an'analar, folklor bilan yaqindan tanishtirish maqsadida "O'quvchi almashish dasturi "yo'lga qo'yildi.
💥Shu munosabat bilan Ogahiy nomidagi ijod maktabining ustoz va o'quvchilari bir hafta davomida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida bo'ldilar.
🟠Bugun ularni kuzatish va o'z navbatida hafta davomida ularning ta'lim jarayonida munosib ishtiroklari hamda darsdan tashqari olib borilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardagi faolliklari uchun maktab direktori U.Oripov tomonidan estalik sovg'alari, "Tashakkurnoma " bilan taqdirlandilar.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ANONS!

💥Respublika "Madaniyat va ma'rifat "telekanalida tasvirga olingan "Biim doirasi" ko'rsatuvida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi hamda Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi òquvchilari òzaro bellashadilar.

🔴Haqiqiy biimdonlar, iqtidorlar doirasidagi intellektual bahsdan bebahra qolmang!

❗️Efir vaqti: 1-may , 21:25
"Madaniyat va ma'rifat "kanali

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
👍51🎉1
💥Xushxabar

O'zbekistonning Italiyadagi elchixonasi tomonidan Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga
o'qituvchi -pedagoglarning o'quvchilar bilan ishlash davomida foydalanishlari uchun so'nggi rusumdagi 2 dona "ASUS Chrome book N 3350" nootbuklari yuborildi.

❇️Bugun ushbu sovg'alarni O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi mas'ul rahbari Otabek To'rayev topshirdi.

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
👍10🤩3👏1
Forwarded from Hilola Umarova
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qadrli Vatandoshlar!

Sizlarni bugungi ayyom — Ramazon hayiti bilan chin yurakdan samimiy muborakbod etaman.

Dasturxoningizga to’kinlik, oilaviy xotirjamlik va sihat-salomatlik tilayman! Ezgu tilaklarning ijobati doimo hamrohingiz bo’lsin!

Ramazon hayiti muborak bo'lsin!

Hilola Umarova,
Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori
👍41👏1
HAYIT🌙🌙🌙

Hayit kunlarida janglar ham to‘xtab,
Qilichlar qiniga qaytib kirguvsi.
Mo‘minlar egizak jonlarga o‘xshab,
O‘zgaga boqqan choq o‘zni ko‘rguvsi.

Umidvor har kimsa topib kushoyish,
Qorong‘i dillarga yog‘ib turgay nur.
Uyquda farog‘at, yurtda osoyish,
Duolar ijobat, niyatlar manzur.

Adovat, hasadni kasb etgan inson,
Mayli yo shoh yo gado, yo sayid bo‘lsin.
Iloyo bariga baxsh etsin iymon,
O‘tar har lahzasi bir hayit bo‘lsin...

Abdulla Oripov

Hayit ayyomi barchangizga muborak bòlsin!
👍91👏1
📣Hurmatli ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlar!

📌Sizni 5-may kuni, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi "Yangi O'zbekiston" universitetining qabul jarayonlari yuzasidan bo'lib o'tadigan MATBUOT ANJUMANIga taklif etamiz!

Matbuot anjumanida Prezident ta'lim muassasalari agentligi rahbariyati va universitetning faxriy rektori Dr. Wolfgang A. Herrmann ishtirok etadi.

Tadbirda qabul jarayonlariga oid barcha ma'lumotga ega bo'lishingiz va o'zingizni qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishingiz mumkin.

Bundan tashqari mehmonlar uchun universitet bo'ylab press-tur ham tashkil etiladi.

☎️Ro'yxatdan o'tish uchun: +998934529276

Sana va vaqti: 5-may soat 11:00
📍Manzil: "Yangi O'zbekiston" universiteti
Mo'ljal: Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, B bino.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 DIQQAT, QABUL!

Agar siz, eng tajribali professorlardan zamonaviy sohalarni chuqur o'rganish va bu sohada xalqaro tajribalar asosida amaliyotga ega bo'lish istagida bo'lsangiz...

Unda safimizga qo'shiling!

"Yangi O'zbekiston" universitetida qabul jarayonlari davom etmoqda.

❗️Hujjatlar https://admissions.newuu.uz sayti orqali ONLAYN TARZDA qabul qilinadi.

☝️ Qabul 2022-yilning 20-IYUNiga qadar davom etadi.

Qabul yuzasidan savollaringiz bo'lsa, quyidagi raqamga murojaat qilishingiz mumkin:

☎️ Call markaz: +998712024111

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda
Veb-sayt | Instagram | Facebook
👍2
#A_level

A-LEVEL IMTIHONLARIGA START BERILDI!

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Cambridge Assessment International Education tashkiloti bilan hamkorlikda A/AS-level imtihonlari boshlandi.

Unda Agentlik tizimidagi maktab o'quvchilari hamda mazkur imtihon uchun ro'yxatdan o'tgan boshqa talabgorlar ishtirok etishmoqda.

📍A/AS level imtihonlari Cambridge Assessment International Education akkredetatsiyasidan o'tib, A-level imtihonlarini o'tkazuvchi rasmiy imtihon markazi sifatida tan olingan Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablarida bo'lib o'tmoqda.

📆 Imtihonlar 4-maydan 9-iyungacha davom etadi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from BAHODIR BAXRIDDINOVICH
❗️O'quvchilar diqqatiga. Diagnostik-test imtihonda ishtirok eting!

— Qashqadaryo viloyati XTB va
Registon ta'lim loyihasi hamkorligida o'quvchilar uchun OLIYGOH.UZ platformasida BEPUL diagnostik-test imtihon tashkil etilmoqda!

👉 BATAFSIL MA'LUMOT

🎯 Loyihadan ko'zlangan asosiy maqsad:

O'quvchilarimizni oliy ta'lim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorlash, ularning bilimini onlayn baholash, to'plagan ballari asosida oliygoh tanlashga ko'maklashishdan iboratdir!

Imtihon haqida barcha ma'lumotlarni @Qashqadaryo_test_bot orqali olishingiz mumkin. Telegram-botdan belgilangan tartibda ro'yxatdan o'ting.

🗓 Test kuni: 12-may
Test vaqti: 08:00 da boshlanadi va 22:00 da hamma uchun yopiladi

— Ro'yxatdan o'tish:
👉 @Qashqadaryo_test_bot
👉 @Qashqadaryo_test_bot

Bizning kanalga ulanish 👇
https://t.iss.one/matematikatayanch
👍5
Президент таълим муассасалари агентлиги тизимидаги ихтисослаштирилган мактабларга ўқувчиларни қабул қилиш тартиби белгиланди

Ҳукумат қарори (233-сон, 05.05.2022 й.) билан Президент таълим муассасалари агентлиги тизимидаги ихтисослаштирилган мактаб-интернатлар ва ихтисослаштирилган мактаблар тўғрисидаги низом тасдиқланди

🔰Низомга мувофиқ, ихтисослаштирилган мактабларга қабул қилиш аниқ ва табиий фанлар, инглиз тили ҳамда мантиқий фикрлаш бўйича ўтказиладиган имтиҳонлар асосида амалга оширилади.

➡️ Ўқувчилар фақат ўз ҳудудидаги ихтисослаштирилган мактабларга қабул қилинади.

📁Танловда қатнаниш учун қабул комиссиясига платформа орқали ҳужжатлар (туғилганлик гувоҳномаси, табел нусхаси, 3х4 расм, олимпиада ғолиблигини тасдиқловчи ҳужжат (бор бўлса) юборилади.

Кириш имтиҳонлари қуйидаги фанлардан тест шаклида ўтказилади:

▫️аниқ фанлар йўналишида: математика, физика, инглиз тили;
▫️табиий фанлар йўналишида: биология, кимё, математика, инглиз тили.

☑️ Мактабларда таълим аниқ фанлар йўналиши бўйича 5-11 синфлар, табиий фанлар йўналиши бўйича 7-11 синфларда амалга оширилади.

🔘Ҳар бир синфда ўқувчилар 24 нафардан кўп бўлмайди.

🔻 ЎзАнинг телеграм каналларини кузатиб боринг

Ўзбекча | O`zbekcha | Русская | Илм-фан | Тезкор
👍6
#Маърифат_сабоғи

YANGI O‘ZBEKISTON VA MA’NAVIY YANGILANISH

🔰Bugun Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabiga “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi, falsafa fanlari doktori, professor, Xalqaro toifadagi Notiqlik bo‘yicha murabbiy Jamila Shermuhammedova tashrif buyurdi.
Dastavval, Jamila Shermuhammedova O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov haykaliga hurmat bajo keltirdi, muzeyda shoirning ijodi, butun hayoti va shaxsi aks etgan eksponantlar hamda fotosuratlar bilan tanishdi, musiqa to‘garagining yosh sozandalari ijrosidagi o‘zbek milliy kuylaridan, yosh rassomlarning ijod namunalaridan bahramand bo‘ldi.
Faollar zalida “Ma’naviyat – yoshlar ko‘zgusi” mavzusida ma’rifiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni maktab direktori U.Oripov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Bugun tobora ziddiyatli tus olib borayotgan dunyohamjamiyatida Yangi O‘zbekistonning strategiyasi qanday? Bugungi yoshlar Vatanimizning yangi uyg‘onish davrini yaratishda qanchalik faol, qanchalik ta’sir etayapti? Umuman olganda, hozirgi yosh avlod kelajakda o‘z istiqbollarini qayerda ko‘rishyapti, qanday his qilishyapti? Ularning maqsadlari, orzu-umidlari Vatan taraqqiyoti, taqdiri bilan uyg‘unmi, tutashganmi? Umumiy ma’no-mazmunga egami?
Suhbat davomida Jamila Shermuhammedova yuqoridagi savollarga munosib javoblar yuzasidan ma’ruza qildi, o‘z fikr-mulohazalarini o‘rtoqlashdi, o‘quvchilar ko‘zlarida yonib turgan uchqunlar, savollar, maqsad hamda ularning orzu-intilishlari borasida qizg‘in, murosasiz, va, albatta, yakdil xulosalar yasaldi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida Jamila Shermuhammedova tomonidan o‘quvchilar va pedagog xodimlar uchun seminar trening tashkil etildi. Trening davomida komil inson tarbiyasi, ma’rifatli jamiyat sari, ta’lim va ma’rifat uyg‘unligi, shaxs va uning jamiyatda tutgan o‘rni haqida ochiq, samimiy va qiziqarli ruhdagi jonli muloqot, shuningdek, o‘quvchilarning hayotga, kelajakka bo‘lgan ishonchi va rag‘batini yanada kuchaytirishga qaratilgan turli xil psixologik mashqlar o‘tkazildi.
Tadbir so‘nggida uning qanchalik darajada samarali bo‘lgani yoki tadbir boshida ko‘zlangan maqsadga qanchalik erishilgani nimalarda namoyon bo‘ladi? Yoshlarning ko‘zlaridagi uchqunlardami, mamnunlik ifodasi zohir bo‘lgan yuz qiyofalardami? Yoki bir so‘z aytishga iymanib o‘zini chetga tortgan o‘quvchining ham tadbir davomida orttirgan o‘z taassurotlarini bo‘lishgisi kelganidami? Ilhomi jo‘shib shu zahotiyoq qog‘oz qoralagan yosh ijodkorning she’riy mashqidami? Tadbir davomida yuqoridagi vazifalarning barchasi amalga oshdi, o‘quvchilarning shaxsiy o‘sish borasidagi maqsadlari yanada qat’iylashdi, orzulari sari tashlangan odimlari tezlashgandek, kattalashgandek bo‘ldi.
Uchrashuv so‘nggida Jamila Shermuhammedova o‘quvchilar va pedagog xodimlar bilan birgalikda esdalik uchun suratga tushdi.

✍️ Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi matbuot xizmati

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Intagram |
👍4🔥2