Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.28K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
103 files
4.09K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

Bugun Saudiya Arabistonida bo'lib o'tgan Xalqaro kimyo olimpiadasi va Hindistonda o‘tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida ishtirok etgan O’zbekiston terma jamoasi a’zolari Toshkent shahriga yetib keldi.

O’quvchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

🏆Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari 56-Xalqaro kimyo olimpiadasida 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.

Xalqaro matematika musobaqasida o‘zbekistonlik o‘quvchilar jami 18 ta medal bilan taqdirlanishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🎉3🔥1🥰1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Sandiqdan_sadaf

📝 Aziz kitobxonlar, biz Sizlarni #Sandiqdan_sadaf xeshtegi ostida kutubxona kitob javonlaridan o‘rin olgan “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da ona tilimizda uchraydigan jozibador so‘zlarning sharhi bilan tanishtirib borishda davom etamiz.

📱Rasmiy sahifalarimizga obuna bo‘ling!

Telegram l InstagramYouTubeFacebook l Twitter l Website
3
#Renessans_oromgohi

Abdulla Oripov nomidagi ijod  maktabining bir guruh o'quvchilari
Toshkent viloyatidagi “Renessans” sog'lomlashtirish oromgohida dam olib, o'quv mashg'ulotlariga ishtirok etmoqdalar.

 🔵Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
🥰6👍32🎉2
#ishga_taklif

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi lavozim va yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislarni tanlov asosida ishga taklif qiladi:

Ixtisoslashtirilgan fanlar boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimi;

Ingliz tili fani oʻqituvchisi;
San'at (tasviriy sanʼat, chizmachilik, musiqa) fani oʻqituvchisi;
Geografiya fani oʻqituvchisi;
Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi;
Ikkinchi xorijiy til (nemis, koreys, fransuz, ispan, italyan, xitoy, yapon, turk tillari) mutaxassisi;
Tarbiyachi-pedagog (ingliz tili, ona tili va adabiyot, tarix, matematika).

📁Kerakli hujjatlar:
• nomzodning shaxsiy varaqasi (maʼlumotnoma-obyektivka);
• shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;
• bakalavr/magistraturani tamomlaganligi toʻgʻrisidagi hujjat nusxasi;
• malaka toifa sertifikati;
• til bilish va mutaxassislik fani boʻyicha sertifikati.

👨‍🏫Talabgor o‘qituvchilar eng kamida 2-malaka toifasiga ega bo‘lishlari shart, til bilish va mutaxassislik fani bo‘yicha sertifikat tanlovda ustuvorlik beradi.

📥Hujjatlarni joriy yilning 15-avgust kuniga qadar quyidagi manzilga yoki telefon raqamlariga yuborishingiz mumkin:  

📞 +998914707320
📞 +998914602329
📞 +998888114484

📍Manzil: Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 219-uy.
📌Mo‘ljal: "Sanam" MChJ

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍74
Forwarded from Xushnudbek.uz
🥉Muzaffarbek To’raboyev — Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari bronza medali sohibi

Medallarimiz soni 2 ta bo’ldi. Bitta oltin, bitta bronza. Ikkalasi ham dzyudodan.


👉 @xushnudbek 👈
🎉11👍6👏32🔥1🥰1
#Марғилон

Kuni kecha Margʻilon shahridagi 10-maktabda o‘tkazilayotgan seminar doirasida Мaktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova fargʻonalik davlat va xususiy umumtaʼlim, maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktorlari bilan uchrashdi.

Samimiy kechgan muloqot davomida bugungi kunda sohada olib borilayotgan islohotlar, muammolar va ularning yechimi, taʼlim tizimida amalga oshirilishi zarur boʻlgan vazifalar xususida fikr almashildi.

Direktorlarning "besh yil universitetda oʻqib, 4 ta prefossor koʻrgandik, 5 kunlik seminarda 10 dan ortiq professorlarni tingladik, koʻp narsa oʻrgandik", degan eʼtiroflari bu tashabbus naqadar hayotiy zarurat boʻlganligini koʻrsatdi.


Bu kabi seminar va muloqotlarni doimiy ravishda barcha hududlarda tashkil etish rejalashtirildi. Albatta, jonli suhbatlarda yangi-yangi tashabbuslar tugʻiladi va sekin-asta real hayotga ko‘chadi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM