Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
2.32K subscribers
11.6K photos
1.19K videos
95 files
3.56K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Axborot 24 | Maktab ta’limi sifatini yaxshilash bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi

#26jan #uzbekiston24

00:55 – Hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning baholash tizimi joriy etilayotgani haqida.

03:14 Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Toʻgaraklar_faoliyatidan

🔰Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2022-yil 16-sentabrdagi "Ijod maktabi o'quvchilariga zamonaviy va milliy kasb-hunarga yo'naltirishni tashkil etish to'g'risida"gi buyrug'i ijrosini ta'minlash maqsadida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida "Dizayn" to'garagi o'z faoliyatini olib bormoqda.


🧶"Dizayn" to'garagi milliy qadriyatimizni zamonaviy informatika fani bilan integratsiyalash, ya'ni o'quvchilarning tasviriy san'at, axborot texnologiyalari, milliy kasb-hunarlarga bo'lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi.

📲 To'garak rahbari Shukurova Parizoda to'garak a'zolariga planshet orqali animatsion usullar bilan tasviriy san'at va IT sohasida ijod namunalarini yaratishni o'rgatmoqda.  

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kitobxonlik
#Mutolaa_vaqti

📚Kitob – insonning eng yaqin doʻsti, maslahatchisi va bilim manbaidir. Kitob fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai boʻlgani uchun ham xalqimiz uni nonday aziz, moʻtabar va muqaddas deb hisoblagan. Shuning uchun kitobga muhabbat, uni qadrlash, oʻqishga ishtiyoq xalqimizning qon-qoniga singib ketgan.

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida ham o'quvchilar o'rtasida kitobxonlikni targ'ib qilish, mutolaa madaniyatini yanada oshirish maqsadida "Hafta kitobxoni", "Eng faol kitobxon sinf", "Yilning eng faol kitobxoni" kabi tanlovlar muntazam ravishda o'tkazib borilmoqda.

✍️ Quyidagi videorolikda ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Gulsevar Umirzoqova O'zbekiston Qahramoni, xalq yozuvchisi Said Ahmadning "Jimjitlik" romani haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirgan.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Kun_hikmati

📚Yot ellarning bog'i bilan bog'chasi,
O'z yurtingning yantog'icha bo'lolmas.

✍️Maxtumquli

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#maqola

🔰Behbudiya kutubxonasi: 114 yil avval Samarqandda ochilgan, kuniga 14 soatlab ishlagan va… qarovsiz qolib yopilgan.

maqolani_oʻqish

Kanalga ulanish 👉 https://t.iss.one/dtrdep

Bizning manzil:
Veb-sahifa | Telegram | Facebook
#Besh_tashabbus
#Voleybol

🔰 Prezidentimiz tomonidan mamlakatimiz yoshlari maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʻyicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surilgan edi.

🏐Ushbu tashabbuslarning ikkinchi yoʻnalishi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan boʻlib, oʻtgan davr mobaynida bu borada Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida muntazam ravishda keng koʻlamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

🎗Shu ma'noda, to'garak rahbari M.Shoymardonova boshchiligida ijod maktabining 8-sinflar o'quvchilari o'rtasida sportning voleybol turidan musobaqa bo'lib o'tdi va yakunda do'stlik g'alaba qozondi.

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Diqqat_tanlov

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi turkiy mumtoz adabiyot ustunlari - Alisher Navoiy (583 yilligi) va Zahiriddin Muhammad Bobur (541 yilligi) tavalludiga bag'ishlab, "Millatning buyuk daholari" mavzusida insholar tanlovini e'lon qiladi.


⚡️ Tanlov Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-11-sinflari o'rtasida o'tkaziladi. Tanlov 29-yanvardan 5-fevralgacha davom etadi.

Quyida tanlov
Nizomi bilan tanishishingiz mumkin.

🏆 A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludlariga bag'ishlab o'tkaziladigan tadbirlarda tanlov g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.

🔥Tanlovda ishtirok etib, o'z mahorat va bilimlaringizni sinovdan o'tkazing!

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇                                                   
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Ishga_taklif

❗️YANGI MARRALARNI ZABT ETMOQCHI BO‘LGAN RAHBAR KADRLAR DIQQATIGA!

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi quyidagi vakant lavozimga ishga tanlov e'lon qiladi
:

🔷Ixtisoslashtirilgan fanlar bo'yicha direktor o'rinbosari.

Bizni tanlashingiz uchun 3 sabab:
o‘z ustingizda ishlashingiz, ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribalarni o‘rganishingiz uchun barcha sharoitlar mavjud;
mahalliy va xorijiy mutaxassislar treninglarida bevosita qatnashishingiz va malaka oshirishingiz, shuningdek xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.

📁 Talabgorlar haqidagi ma’lumotnoma quyidagi manzilga yuboriladi:
📩 [email protected]

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram
#Taqdimot

🔰Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabini 2022-2023-o'quv yilida tugatgan, bugungi kunda O'zbekiston jahon tillari universiteti 1-bosqich talabasi - Norqulova Marjona "El-yurt umidi" jamg'armasi 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovida
eng yuqori natijalardan birini qayd etgan.

📚Bugun ijod maktabi kutubxonasida Marjona Norqulova maktabning 10-11-sinf o'quvchilari uchun "El-yurt" jamg'armasi faoliyati haqidagi taqdimoti o'tkazildi.

Taqdimotda jamg'armaga ariza topshirish tartibi, tanlov jarayoni, xorijiy oliy ta'lim muassasalarda tahsil olish imkoniyati haqida so'z bordi.


⚡️Ta'kidlash joizki, Marjona AQShning Cincinnati universitetiga o'qishga qabul qilindi.

📍Bizni
ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram