Zangiota tumani hokimligi
3.78K subscribers
43.9K photos
3.27K videos
49 files
14.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#sayyor_qabul
#sektor_faoliyati

🔰Zangiota tumanining "Ahmad Yassaviy" mahallasida tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari Shuhrat Miliyev hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farruh Xusanboyev ishtirokida sayyor qabul bo‘lib o‘tdi.

🔰Sayyor qabulda16 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etdi.Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning yechimi bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi. Shuningdek, mahallada sodir bo‘lgan noxush holat ham keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilindi.

🔰Murojaatlar tegishliligi bo‘yicha 3-sektor rahbari nazoratiga olinib, imkon qadar tezkor hal etish choralari belgilandi. Qolgan masalalar esa tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlariga yo‘naltirildi.

🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul
#onlayn

🔰Ayni damda Toshkent viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida Yangiyo‘l tumanida boʻlib oʻtayotgan sayyor qabulda Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov ham ishtirok etib, aholi murojaatlarini oʻrganmoqda, yechimi boʻyicha masʼullarga yoʻnaltirilmoqda.

📷 Jarayondan fotolavhalar.

🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

🔰Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov boshchiligida “Gulbogʻ" mahallasida navbatdagi sayyor qabul bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev, tuman korxona va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etdi.

🔰 Qabul davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘tarilgan dolzarb masalalar tinglandi. Jami 11 nafar fuqaro murojaat qilib, asosan avtobus bekati qurish, kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolar xususida fikr bildirishdi.

🔰Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, tegishli mutasaddilarga muammoni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, fuqarolarga huquqiy tushunchalar berilib, muammolarni hal etish tartib-qoidalari tushuntirildi.


🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#aholi_murojaatlari
#sayyor_qabul

🔰Zangiota tumani “Chorbogʻ” mahallasida fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish maqsadida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

🔰Qabulda tuman hokimining o‘rinbosari Turg‘un Boliqulov hamda tegishli tashkilot va korxonalar rahbarlari ishtirok etdi.

🔰
Sayyor qabul davomida 10 nafar fuqaroning murojaati tinglanib, ularning muammolarini hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi. Ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumanida sayyor qabul: fuqarolar murojaatlari eshitildi

Zangiota tumani hokimining oʻrinbosari Turgʻun Boliqulov va tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev boshchiligida tuman korxona- tashkilot rahbarlari ishtirokida "Baliqchi" MFYda aholi murojaatlari boʻyicha sayyor qabul oʻtkazildi.

Unda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi muammolarini o‘rganish hamda ularni joyida hal etish maqsad qilindi.

Uchrashuvda 25 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ularning murojaat va takliflari tinglandi. Shundan 6 ta murojaat
sayyor qabulning o‘zida ijobiy hal etildi, qolgan 19 ta murojaat esa tegishli tashkilotlar tomonidan o‘rganib chiqish uchun nazoratga olindi.

Murojaatlarni hal etish uchun mas’ul bo‘lim va tashkilot masʼullariga belgilangan muddatda o‘z vazifalarini bajarish topshirigʻi berildi.

Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumani "Eski Qal’a" MFY binosida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabulda tuman hokimining oʻrinbosari Sirojiddin Nosirov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev hamda Nurafshon tumanlararo sudining raisi Jonibek Boboyev va tuman korxona- tashkilot masʼullari ishtirok etdi.

Qabul davomida 20 nafar fuqaro turli masalalar bo‘yicha murojaat qildi. Asosiy muammolar orasida uy-joy va binolarni kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, chorrahaga svetofor o‘rnatish, chiqindi tashlash joyini tashkil etish, moddiy yordam ajratish, uy-joy bilan ta’minlash hamda suv hisoblagichlarini o‘rnatish kabi masalalar bor edi.

Sayyor qabul natijasida 6 nafar fuqaroning muammosi joyida hal etilib, tegishli choralar ko‘rildi. Qolgan 14 nafar fuqaroning murojaatlari nazoratga olinib, ularga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi.

🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli “Qirguzar” mahallasida bo‘lib o‘tdi

🔰 Zangiota tumani hokimining navbatdagi sayyor qabuli “Qirguzar” mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi. Unda tuman hokimi o‘rinbosarlari, Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev, shuningdek, tuman korxona va tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi.

🔰Sayyor qabul davomida jami 20 nafar fuqaroning murojaatlari tinglandi. Ularning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qolgan murojaatlar yuzasidan huquqiy maslahatlar va zaruriy tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalar esa tegishli tashkilotlar bilan birgalikda bosqichma-bosqich ko‘rib chiqilishi uchun nazoratga olindi.

🔰Fuqarolar murojaatlari asosan bandlikni ta’minlash, yer hujjatlarini rasmiylashtirish (kadastr), sog‘lig‘ini tiklashda moddiy yordam ko‘rsatish, simyogʻochlarni yangilash, kabi dolzarb masalalarni o‘z ichiga oldi.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul
#aholi_murojaatlari

Zangiota tumanining "Dehqonobod" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida aholi murojaatlari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazildi

🔰Sayyor qabul Zangiota tumani hokimining o‘rinbosari Sirojiddin Ahadov boshchiligida, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida tashkil etildi.

🔰Qabul davomida 20 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Murojaatlar asosan sog‘liqni saqlash, oqava suv tizimi muammolari, kadastr masalalari va chiqindilarni tashish bilan bog‘liq muammolarni qamrab oldi.

🔰Tinglangan murojaatlarning 4 tasi tegishliligi bo‘yicha yaqin kunlarda hal etilishi belgilandi. Qolgan murojaatlarning yechimi vaqt talab etilishi inobatga olinib, nazoratga olindi. Shuningdek, ayrim murojaatchilarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamovning navbatdagi sayyor qabuli “Saxovat” mahallasida boʻlib oʻtdi.

🔰Unda tuman hokimi oʻrinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev, shuningdek, tuman korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

🔰Sayyor qabul davomida 9 nafar fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Ularning 2 tasi joyida hal etildi, qolgan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularni hal etish yuzasidan masʼullarga aniq topshiriqlar berildi.

🔰Fuqarolar murojaatlarining asosiy qismi ichki koʻchalar taʼmiri va irrigatsiya tizimidagi muammolar, aholi uchun transport xizmatlari sifati, tibbiy ko‘makka ehtiyoj, shuningdek, huquqiy maslahatlar olish kabi masalalarni qamrab oldi.


🌐Telegram | YouTube I Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

🔰Zangiota tumani “Bogʻzor” mahallasi hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi. Ushbu tadbir mahalla fuqarolari bilan bevosita muloqot qilish, ularning mavjud muammo va takliflarini eshitish, infratuzilma masalalarini joyida o‘rganish hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etildi.

🔰Sayyor qabulda Respublika ishchi guruhi a’zolari, Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi masʼul xodimi Sh. Oʻtayev, Toshkent viloyati IIB vakili N. Ismoilov, hamda tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev, tegishli soha mutasaddilari ishtirok etib, aholi muammolarini bevosita joyida o‘rganmoqda. Fuqarolarning murojaatlari qonuniy asosda ko‘rib chiqilmoqda va ayrim masalalarga joyning o‘zida yechim topilmoqda.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Sayyor_qabul

Zangiota tumani “Ahmad Yassaviy” mahalla binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.

🔰Unda mahalla fuqarolari bilan bevosita muloqot qilish, ularning mavjud muammo va takliflarini eshitish, infratuzilma masalalarini joyida o‘rganish hamda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarga amaliy yordam ko‘rsatishga ahamiyat qaratildi.

🔰Sayyor qabulda Respublika ishchi guruhi a’zolari, Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov,  Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi masʼul xodimi Sh. Oʻtayev, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirok etib, aholi muammolarini tingladilar.

🔰Fuqarolarning murojaatlari qonuniy asosda ko‘rib chiqildi, huquqiy maslahatlar berildi va ayrim masalalarga joyning o‘zida yechim topildi.

🔰Mahalla raisi murojaati boʻyicha tuman hokimi joyiga chiqqan holda vaziyatni koʻzdan kechirdi va tegishliligicha masʼullaga topshiriq berdi.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumani “Fayz” mahalla fuqarolar yig‘ini binosida aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.

Ushbu qabulda Respublika ishchi guruhi a’zolari, Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tuman Xalq qabulxonasi mudiri Farrux Xusanboyev hamda tegishli soha vakillari ishtirok etdilar.

Sayyor qabul davomida 17 nafar fuqaro bilan bevosita muloqot o‘rnatilib, ularning mavjud muammo va takliflari tinglandi.

Murojaatlarning asosiy qismini mulkni xususiylashtirish, moddiy yordam masalalari xususida boʻldi va ularga tegishli huquqiy maslahatlar berildi.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul
#aholi_murojaatlari

Zangiota tumani “Mevazor” MFYda aholi murojaatlari boʻyicha sayyor qabul tashkil etildi.

🔰Unda mahalla fuqarolari bilan muloqot qilish, mavjud muammo va takliflarini eshitish maqsadida Respublika ishchi guruhi a’zolari, Zangiota tumani hokimining oʻrinbosari Saodat Usmonova hamda tegishli soha mutasaddilari ishtirok etishdi.

🔰Fuqarolarning murojaatlari qonuniy asosda ko‘rib chiqildi, huquqiy maslahatlar berildi.

Telegram |YouTube IFecebook
|Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumani, “Chinor” MFYda navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

📅 Respublika ishchi guruhi a’zolari va tuman hokimi Erkin Rustamov boshchiligida o‘tkazilgan sayyor qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari hamda korxona va tashkilot rahbarlari ishtirok etdilar.

👥 Jami 21 nafar fuqaroning murojaati tinglandi. Asosiy e’tibor kadastr masalalari, xususiylashtirish hamda asfaltlash ishlari bo‘yicha muammolarni hal etishga qaratildi.

📢 Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot davomida mavjud muammolar aniqlanib, ularni tezkor hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi, huquqiy maslahatlar berildi, mas‘ullarga ijrosi nazoratga olingan holda topshiriqlar belgilandi.

💫2-kurs talabasi Izzatilla Aslbekovning esa orzusi ushaldi. Tuman hokimi uning dasturlash boʻyicha qiziqishlarini inobatga olib noutbuk sovgʻa qildi.

#ZangiotaTumani
#SayyorQabul
#FuqarolarMurojaati
#IshchiGuruh

Telegram |YouTube IFecebook
|WebsiteI Instagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

🔰 Bugun Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov “M.Xorazmiy” mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor qabulni ham o‘tkazdi.

📌 Ushbu ochiq muloqotda tuman hokimining o‘rinbosarlari, tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muhim ijtimoiy masalalarni bevosita tinglashdi.

🌟 Sayyor qabul bilan bir qatorda “M.Xorazmiy” mahallasida madaniy-ma’rifiy tadbir ham tashkil etildi. Tuman hokimi Erkin Rustamov ushbu tadbir doirasida mahalla aholisi bilan samimiy suhbatlar o‘tkazdi. Aholining fikr-mulohazalari tinglanib, takliflar inobatga olindi.

Telegram |YouTube IFecebook
|WebsiteI Instagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul
#aholi_murojaatlari

Zangiota tumani hokimi Erkin Rustamov navbatdagi sayyor qabulni "Bogʻishamol" mahalla fuqarolar yigʻinida oʻtkazdi.
Sayyor qabullar doirasidagi ushbu uchrashuvda tuman hokimining oʻrinbosarlari, tuman korxona va tashkilot rahbarlari ham ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini bevosita tinglashdi.

🔹 Qabul davomida 8 nafar fuqarolarning turli ijtimoiy, kommunal va huquqiy masalalardagi murojaatlari koʻrib chiqildi. Murojaatlarning bir qismi joyida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, qolganlariga huquqiy tushuntirishlar berilib, mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram |YouTube IFecebook
|WebsiteIInstagram

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi