Zangiota tumani hokimligi
3.46K subscribers
41.1K photos
2.95K videos
47 files
13.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#jarayon

Zangiota tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirilishi davom etmoqda.

Xususan, "Tariq Teshar" mahallasida joylashgan xonadonlar va infratuzilma obyektlari o‘rganib chiqilib, mahalla aholisi bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularga is gazi bilan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘in xavfsizligi hamda turli noxush holatlarning oldini olish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Xonadon egalari isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilish, ventilyatsiya tizimini muntazam nazorat qilish va favqulodda holatlar yuzaga kelganda qanday yo‘l tutish kerakligi haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

Zangiota tumani "Eski qalʼa" mahalla fuqarolar yigʻini binosida aholi murojaatlari boʻyicha navbatdagi sayyor qabul oʻtkazildi.

🔰Ushbu qabul Zangiota tumani hokimining oʻrinbosarlari Sherzod Berdiyev, Sirojiddin Nosirov va Saodat Usmonovalar tomonidan tashkil etildi.

🔰Unda 20 nafar mahalliy aholi ishtirok etdi hamda turli masalalarda oʻz murojaatlarini bildirishdi. Asosiy eʼtibor ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, shuningdek, "Ayollar daftari" roʻyxatiga kiritish masalalariga qaratildi.

🔰Fuqarolar koʻtargan muammolar tinglanib, har bir masala boʻyicha yechim topish va tegishli chora-tadbirlarni koʻrish boʻyicha qarorlar qabul qilindi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#ehtirom
#Zangiota_tumani


101 YILLIK UMR – IBRAT NAMUNASI

Keksalarning duosi yurtni asraydi, ularga e’tibor esa jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, yoshi ulugʻ insonlar e’zozlangan yurtda baraka va farovonlik bardavom boʻladi.

Shu maqsadda, 14-yanvar – "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Zangiota tumani hokimligi tomonidan front ortida mashaqqatli mehnat qilib, oʻz halol ishi va matonati bilan Vatan ravnaqiga munosib hissa qoʻshgan keksa avlod vakillari holidan xabar olish tadbirlari tashkil etildi.

Ilk uchrashuv "Ibrat" mahallasida istiqomat qiluvchi 101 yoshni qarshi olgan Xayrulina Minibika aya xonadonida boʻldi.


Batafsil oʻqish👈

___

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#bildirish

"Zangiotatumangaz" gaz ta'minoti bo'limi 2025- yil 4 -yanvar kuni soat 17:00 da "Turkiston" hududi "Bogʻishamol" MFY koʻchalarini gaz bilan taʼminlovchi yer osti oʻrta bosimli d-102 mm gaz quvurida teshik hosil boʻlib gaz sizib chiqish (avariya) holati aniqlangani uchun "Bogʻishamol" mahalla koʻchalaridagi aholi xonadonlari va ulgurji isteʼmolchilarga soat 17:10 dan gaz taʼminoti vaqtinchalik toʻxtatilganini maʼlum qiladi.

Avariya holati bartaraf etilgandan soʻng qo'shimcha maʼlumot beriladi.


Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi

Oʻzbekistonda mavjud diniy taʼlim muassasalari haqida.


Noqonuniy diniy taʼlim qanday javobgarlikka sabab boʻladi?

📹Batafsil videolavhada.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#Bilasizmi

🔰Qonunchilikka ko'ra, vasiylik yoki homiylik yetim bolalar va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarga quyidagi hollarda belgilanadi:

🔹ota-onasi vafot etganda yoki sud tomonidan vafot etgan deb e'lon qilinganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan ota-onalik huquqidan mahrum etilganda yoki ularning ota-onalik huquqi cheklanganda;

🔹ota-onasi ikki oydan ortiq kasal bo'lishi oqibatida o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajara olmaganda;

🔹ota-onasi sud qarori bilan muomalaga layoqatsiz deb topilganda;

🔹ota-onasi bedarak yo'qolganda;

🔹ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo'yin tovlaganda, shu jumladan, ota-ona tarbiya, davolash muassasalari, tibbiy-ijtimoiy muassasalar va shunga o'xshash muassasalardan bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek, boshqa zarur hollarda.

Manba
Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suv
#Zangiota_tumani

Filiallarimizda qiziq, qisqa va aniq xabarlar! – Zangiota tumani filiali tomonidan ichimlik va oqova tarmoqlaridagi nosozliklar bartaraf etilish jarayoni

– "Achchiq Soy" MFY Oqsoy ko‘chasida diametri 1000 mm li ichimlik suv quvuri tarmog‘i nosozligi bartaraf etildi.

👉 ☎️ "Toshkent viloyati suv taʼminoti" AJ dispetcherlik xizmati (24/7)

🔵Cabinet |💧Bot |🕊Telegram |📱Facebook |📲Instagram |🕊 Twitter | vk.com | 📺Youtube  | 🌐Website | 📨Chat
#rasmiy_munosabat

"Milliy tiklanish" gazetasi tomonidan e’lon qilingan, Nazarbek qo‘rg‘onining “Harakat” mahallasidagi jamoat transporti bilan bog‘liq muammolarga bag‘ishlangan maqola yuzasidan rasmiy munosabat.

Batafsil👈

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#yashil_energiya

Inson qadri uchun
: O‘zbekistonda “yashil” elektr stansiyalar hajmi oshirilmoqda.

Tahlil Buxoro viloyatida barpo etilayotgan (dastlabki quvvatlari ishga tushirilgan) yirik quvvatli shamol elektr stansiyalari misolida.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Veb-sayt