Zangiota tumani hokimligi
3.76K subscribers
43.5K photos
3.21K videos
48 files
14.8K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
#tadbir

Kuni kecha “25-oktyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari kuni” munosabati bilan Zangiota tumani "Fayz" tantanalar saroyida  bayram tadbiri oʻtkazildi.

Davlat madhiyasi sadolari yangragach soha vakillariga Davlatimiz rahbari va Ichki ishlar vazirining bayram tabrigi oʻqib eshittirildi.
Tabrikda safdor, serjant, ofitser va generallar hamda muhtaram faxriylarning el-yurt tinchligi va osoyishtaligini taʼminlashdek mashaqqatli, sharafli xizmatlari munosib eʼtirof etildi.

Vatan osoyishtaligi va jamoat xavfsizligini taʼminlash, tinchlik mustahkamlashga qoʻshgan hissasi uchun tuman Ichki ishlar sohaviy xodimlariga navbatdagi va muddatidan oldingi lavozim unvonlari topshirildi.

Shuningdek, Zangiota tumani IIB boshligʻi Shuhrat Meliyev bir guruh soha xodimlariga yil davomida fidokorona xizmatlari uchun qimmatbaho esdalik sovgʻalari va tashakkurnomalarni topshirdi.

Madaniyat boʻlimi xonandalari tadbirda oʻz kuy-qoʻshiqlari bilan yigʻilganlarga bayram kayfiyatini ulashdilar.
#qishloq_xoʻjaligi
#Zangiota_tumani

🌱Zangiota tumani "Bo‘z-suv" hududidagi “Agrover” MCHJ dalasida tumanning qishloq va suv xo‘jaligi sohasi vakillari, fermer xo‘jaliklari hamda qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari ishtirokida “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha dala chetlariga mevali va manzarali ko‘chatlar ekish yuzasidan ko‘rgazmali, amaliy seminar o‘tkazildi.

🔰Seminarda dala chetidan samarali foydalanish uchun ko‘chat ekishga yer tayyorlash va ekish ishlarini agrotexnik qoidalar asosida tashkil etish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga tushuntirishlar, tavsiyalar berildi.

🔰Eng asosiysi, foydalanilmay turgan dala chetidan daromad ko‘rgan va uning iqtisodiy samarasini olgan fermerlar, qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlari yig‘ilganlarga o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

🔰Seminar ishtirokchilari joriy yildagi kuzgi “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida faol qatnashishini bildirdilar.


Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Yil ayoli” milliy tanlovi jarayonlari davom etmoqda!

Xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi, Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi mulkchilik shaklidan qat’iy nazar korxona, tashkilot, muassasalarda mehnat qilayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari uchun “Yil ayoli” milliy tanlovini e’lon qiladi!
🧊Tanlov orqali mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga o‘zining ulkan hissasini qo‘shib kelayotgan, yuksak ma’naviyatli, oilada va farzand tarbiyasida ibrat, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan soha nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan turli soha egalari bo‘lgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash maqsad qilingan.
🧊Tanlovda 35 yoshdan yuqori bo‘lgan, o‘zi faoliyat ko‘rsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan hamda yo‘nalishi bo‘yicha faoliyat bilan kamida 5 yil mobaynida uzluksiz shug‘ullanib kelayotgan xotin-qizlar hamda uy bekalari ishtirok etishlari mumkin.

💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati

🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
#jarayon
#obodonlashtirish

Yaqindagina Zangiota tumani "Navro‘z" MFY hududidagi piyodalar yo‘lagini tartibga keltirish va joriy ta’mirlash uchun tuman hokimi tegishli farmoyishni imzolab tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga mablagʻ ajratgan edi.

Kerakli qurilish mahsulotlari keltirilgandan soʻng mahalla ahli ham hashar yoʻli bilan hamjihatlikda piyodalar yoʻlagini qurish ishlarida faol qatnashishmoqda.

Keksalar duoda, aholi esa shukronalik kayfiyatida.


🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#2024_yil_1_noyabrdan

🔰 Qonunchilikka ko'ra, “Kambag'allikdan farovonlik sari” dasturi quyidagilarni nazarda tutuvchi “Kambag'al oilalar uchun yettita imkoniyat va mas'uliyat” tamoyili asosida amalga oshiriladi:

🔹barqaror bandlik va yuqori daromad topishga erishish;

🔹ta'lim olish va kasb-hunar o'rganish;

🔹kafolatlangan davlat tibbiy xizmatidan foydalanish;

🔹ijtimoiy xizmatlardan foydalanish;

🔹yashash sharoitlarini yaxshilash;

🔹davlat tomonidan mahallalar infratuzilmasini rivojlantirish;

🔹davlat organlari xodimlari bilan to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish.

Manba
🌐Telegram | YouTube I Bot | Fecebook| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi