Zangiota tumani hokimligi
3.77K subscribers
43.8K photos
3.24K videos
48 files
14.9K links
Zangiota tumani hokimligi rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

Zangiota tumani hokimining matbuot kotibi, axborot-siyosati masalalari bo'yicha maslahatchisi Dilfuza Toshkenboyevaning Zangiota tumanida kuz-qish mavsumini betalafot oʻtkazish maqsadida tuman hokimligida tuzilgan maxsus SHTAB faoliyati yuzasidan axboroti.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

❄️ Zangiota tumanining avtomobil qatnov yo'llarida tuz-qum aralashmasi sepib aholiga qulaylik yaratish ishlari amalga oshirilmoqda.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon

Zangiota tumani "Gulbog" MFY "Sug'diyona" 4- tor ko'chasida TP 196 kabel almashtirdish ishlari olib borildi. Aholi murojaatlari TET korxonasi xodimlari tomonidan qanoatlantirilmoqda.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#ogoh_boʻling

⚡️2023 yil 13 dekabr kuni 12:52 da Zangiota tumani "Ilg‘or" MFY "Aloqa fayzli" BUSHga qarashli 6 dalahovlida yong‘in bo‘layotgani haqida Zangiota tumani FVBga xabar kelib tushdi.

⚡️Yong‘in joyiga 13:12 da Zangiota tumani FVBdan 2 ta yong‘in o‘chirish mashinasi yetib borgan. Yong‘in 13:21 da o‘rab olinib 13:44 da bartaraf qilindi. Natijada dalahovlining 50 m.kv da ichi, shifti, jihozlari yonib zararlangan. Hozirda yong‘in zarari aniqlanmoqda.

❗️Yong'in elektr pechka jihozidan ehtiyotsizlik bilan foydalangani sababli kelib chiqqani aniqlangan.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#sayyor_qabul

🔰 Zangiota tumani "Toʻqimachi" MFYda 3-sektor rahbari Shuhrat Miliyev boshchiligida sayyor qabul boʻlib oʻtdi.

🔰Aholi murojaatlari va muammolari tinglandi. Murojaatlarning aksariyati sovuq kunlar tushishi bilan elektr energiya taʼminotidagi uzulishlar va gaz bosimining pasayishi boʻyicha boʻldi.

🔰Aholiga tuman sektorlar kesimidagi shtab aʼzolari bor imkoniyatlarini ishga solib kecha- kunduz kamchiliklarni bartaraf etish bilan band ekanliklari tushuntirildi.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi
#jarayon
#aholi_murojaatlari

Zangiota tumani "Olmazor" mahallasidagi gazdan muammo bo‘layotgan 15 ta xonadon  mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli va hududiy tuman gaz xodimi R.Xisomiddinovlar tomonidan o‘rganilib, imkon qadar  muammolar joyida bartaraf etilmoqda.

Shuningdek, aholiga xonadondagi gaz uskunalarini qishki mavsumga tayyorlash haqida ham tushuntirish berilmoqda.
Asosiysi ko‘rsatilgan yordamdan fuqarolar mamnun bo‘lmoqdalar. Soha xodimlari esa aholi mamnunligan kuch olib keyingi murojaatlar uchun shaylanmoqdalar.

Telegram | YouTube I Bot | Fecebook
| Website

Kanalga ulanish:👉 https://t.iss.one/Zangiotatumanihokimligi